1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish


Qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezlarining ichki sekretsiyasi



Download 491 Kb.
bet33/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

Qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezlarining ichki sekretsiyasi.

Qalqonsimon bez qon va limfa tomirlari bilan yaxshi ta'minlangan 1 minutda bez o’zidan massasiga qaraganda 3-7 marta ziyod qon oqib o’tadi. Agar yosh bolada bez gipofunk­siyasi kuzatilsa (gipoterioz kretinizm), tana a'zolarining disroporsiyasi, jinsiy yetishmaslik holatlari paydo bo’ladi. Bunday odamning og’zi doim ochiq bo’ladi. Chunki, tili me'yor­dan katta bo’ladi. Katta odamlardagi gipoterioz miksedemaga olib keladi. Ularda asosiy almashinuv 30-40 % kamayib, tana massasi to’qimalararo suyuqlikning ko’payishidan oshib ke­tadi. Miksedemada oqsillar almashinuvi buzilib to’qimalarda albumin ko’payadi, ular ko’p miqdordagi suvni ushlab qoladi, shishlar (atek) paydo bo’ladi. Natijada fikrlash, gapirish sekinlashadi, yuz, ko’zlar shishadi, jinsiy qobiliyat pasayadi, tana harorati pasayadi. Suv, tuproq, o’simliklarda (tog’li rayonlarda yod kam o’lkalarda) is­tiqomat qiladigan odamlarda bu hol tez-tez uchraydi, bunda bez shishib kattalashadi, lekin sekretsiya kamayadi. Bunday o’lkalarda tuzga yod qo’shish bilan buqoq oldi olinadi. Bez­ning giperfunksiyasi (giperterioz) Bezedov kasalligiga olib keladi (bez kattalashadi, moddalar almashinuvi kuchayadi, harorat ko’tariladi, yurak tez uradi, kuchli qo’zg’aluvchanlik so­dir bo’ladi, ko’z chaqchayadi va hakozo).


Bezdagi gormon ishlab chiqaruvchi to’qimalar tarkibida yod konsentratsiyasi qon plazmasidan 300 marta oshiq. To’qimada yodning o’z konsentratsiyasi gradientiga qarshi holda o’tishi uchun maxsus «yodli nasoslar» bo’lib, ularda ko’p miqdorda ATF parchalanadi (faol transport bo’lishi uchun ATF energiya beradi). Yod bez gormonining sintezlanishi uchun kerak ekan, agar u yetishmasa gormon ishlab chiqaruvchi to’qimalar o’sib bez kattalashadi. Bezdan asosan ikki xil gor­mon ajraladi - triyoditironin va tiroksin. Tiroksin qonda u yerdagi oqsillar bilan birikkan va birikmagan (erkin) holda bo’ladi. Fiziologik ta'surotni erkin holda ishtirokini ba­jaradi (uning miqdori umumiy tiroksin miqdorining 0,1% tashkil qiladi. Bog’langan (birikkan) tiroksin esa erkin ti­roksin kamayishi bilan peshma-pesh o’zidan erkin tiroksin ajratave­radi. Triyodtironning tiroksinga nisbatan juda faol, le­kin uning miqdori kam tiroksinga nisbatan 20 marta kam. Bu gormonlar organizmga yuborilsa ma'lum vaqt o’tishi bilan (12 soat triy­odtiroksin, 24 soat tiroksin) moddalar almashinuvi kuchayib ketadi. Bunda mitoxondriyalarda yuz beradigan oksidlanish ancha kuchayib, natijada to’qimada energiya almashinuvi oshib ketadi. Natijada organizm tomonidan ko’p kislorod sarfla­nib, ko’p SO2 chiqariladi, u kislorod kamchiligiga chiday ol­maydi, tanadan ko’p issiqlik ajratiladi, tez charchaydi. Oqsil, yog’, karbonsuvlar parchalanishi kuchayib organizm oriqlab keta boshlaydi, yog’, glyukogen va oqsillar zahirasi kamayib, siy­dikda mochevina ko’payib ketadi. Gormonning ta'siri natija­sida kuzatiladigan energiya almashinuvi kuchayishi asosan to’qima mitoxondriyalaridagi oksidlanishning kuchayishi tu­fayli bo’lganligi uchun u effektli bo’lmaydi. ATF hosil bo’lishi kamayib ketadi.
Qalqon bezdan yana yodi bo’lmagan trikalsitotsin gor­moni ham ajraladi, u tanada kalsiy miqdorini me'yorda saqlaydi. Yodli gormonlar bezning follikulyar to’qimalaridan, trikalsiytotsin esa porofillikulyar to’qimalari tomonidan sintez qilinadi. Qalqonsimon bez gormonlari organizmni har xil sharoitlarda moslashtirish adaptatsiya uchun ham xizmat qiladi.
Qalqonsimon bez oldi bezlari odamda 2 juft bo’lib, umumiy massasi 100 mg. Ular olib tashlanganidan bir necha kun o’tishi bilan itlarda tana muskullari tortishib qaqshaydi (sudorga yoki tetaniya). Nafas muskullarining tor­tishib qolishidan, hayvon bunday operatsiyadan keyin o’ladi. Tetaniya holatining paydo bo’lishi qon va orqa miya suyuqligida Sa moddasining kamayib ketishi natijasida bo’ladi. Demak, bu bez gormonlari Sa almashinuvini bo­shqarib borar ekan. Bezning gipofunksiyasi har doim tetaniya paydo qiladi. MNS-ning qo’zg’aluvchanligini oshirib yuboradi. Bez giperfunksiyasida qonda Sa ko’payib, suyak to’qimalari yemi­rilib ketadi (osteoporoz), muskullar kuchsizlanadi, bel, oyoq, qo’llar qaqshab og’riydi.
Bu bezlarning gormonlarini paratgormonlar deyiladi. Bu gormonlar suyakdan Ca ni qonda kuplab chiqaradi (9-11 mg % Sa o’rniga qon plazmasida 18 % Sa bo’ladi), u siydik bilan ajralib chiqa boshlaydi. Oshqozon osti bezining Langergans orolchalaridagi to’qimasi ichki sekretorlik vazifasini ba­jaradi. XIX asrdayoq bu bez olib tashlanganidan keyin itlar siydigida shakarning ko’p ajralib chiqishi aniqlangan. Bun­day hayvon ko’p suv ichadi, oriqlab ketadi, ko’p ovqat yeydi. Odamdagi shakarli diabet aynan shunday simptomlarga ega bo’lgan (giperglikemiya), qonda shakar miqdori 200 mg % gacha oshadi (me'yorda 100-120 mg %) bu vaqtda buyraklardagi tanacha­lar shakarni birlamchi siydikdan reabsorbsiya qilmaydi va siydikdagi shakar ko’p ajraladi (glyukozuriya) natijasida or­ganizm suvsizlanib ko’p suv ichiladi (polidipsiya). Karbon­suvlarning foydasiz holda ko’p chiqib ketishi o’z navbatida tanada oqsil va yog’larni kuchli parchalanishiga olib keladi. Bu oziq moddalari (oqsil, yog’) oxirigacha parchalanmaganligi tu­fayli qonda ketonli moddalar oqsil, yog’ va atsetosirka ki­slotalar ko’payib, uning reaksiyasi kislotali tomonga oqadi (alsidov). Bunday paytda organizm diabet koma (og’ir bexush­lik) nafas olish va qon aylanish buzilishiga olib keladi (o’lim).
Bezning Langergans orolchalari uch xil α, β, γ to’qimalardan iborat, shundan β to’qimalar insulin γ to’qima somotostatin gormonlari ajratadi. Bu hujayralardan yana lipokain, vagatanin, sentropnin gormonlari ajralishi aniqlangan. Insulin polipeptid bo’lib, kesilgan pankreasdagi mavjud tripsin ta'sirida tez parchalanadi, shuning uchun uni uzoq vaqtlar toza ajratib olish qiyin bo’lgan. U toza holda 1922 yilda Banteng va Best tomonidan ajratib olingan, shakarli diabetga uchraganlarning (yer shari bo’yicha taxminan 30 mln. aholining) joniga insulin oro kirmoqda. U sun'iy yo’l bilan sintez qilib olingan birinchi gormondir. Insulin ko’pgina umurtqasizlarda ham uchraydi, uning ta'sirida qondagi glyukozaning muskul va yog’ to’qimasiga o’tishi 20 marta oshadi. Insulinga aynan to’qima membranasining glyukoza o’tkazuvchanligini kuchaytirar ekan. Glyukoza to’qimaga kirib glikogenga aylanadi, yoki oksidlanib va fosforlanish tufayli utilizatsiya qilinadi. Yog’ to’qimasida o’tgan glyukozadan yog’ sintezlanishi yuzaki keladi. Insulin yuborilishi natijasida muskullar yog’ to’qimalariga glyukozaning shiddat bilan o’tishi MNS - uni kamaytirib yuborib gipoglikemik komaga (xushidan ketish) ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun shakarli diabetik uchratishlarga insulin yuborishda ehtiyotlik kerak.
Glikogen jigarda glikogendan glyukoza hosil qiluvchi ferment fosforilazani faollashtiradi va shu yo’l bilan qonda glyukoza miqdorini oshiradi (glikogenolizni kuchayishi). Yana u bir vaqtning o’zida jigarda aminokislotalardan glikogen hosil bo’lishini ta'minlaydi (glikoneogenez) va yog’ni parchalaydigan jigar lipazasini ham faollashtiradi. U miokard qisqarishini kuchaytiradi.
Oshqozon-ichak tizimining gormonlari peptidlar hisoblanadi, ulardan eng yaxshi o’rganilganlari gastrin, sekretin va xolitsistokinindir (pankreazimin). Yana bu yerda glikogen ham sintez qilinadi (enteroglikogen). Oshqozon ichaklardan ajraladigan gormonlarni enterin gormonlar deyiladi (A.M.Ugolev), hali ularning ko’plari yaxshi o’rganilmagan. Enterin gormonlarning ta'siri asosan oshqozon-ichak motorikasi va sekretsiyasini kuchaytirishdir. Masalan, gastrin ta'sirida fundal qismidan xlorid kislota ajralishi kuchayadi. Sekretin va xolitsistokinin esa pankreas ekzosekretsiyasini kuchaytiradi (sekretin me'da osti shirasini kuchaytirsa pankreazimin fermentlarni ko’paytiradi). Enterin gormonlar umurtqalilar va umurtqasizlarda, molyuskalardan ham topilgan.
Periferik a'zolar va to’qimalar gormonlari ular alohida olingan bez yoki to’qimalar to’plami tomonidan sintezlanmaydi, mediatorlarga o’xshab ajralib turadi, ancha faol. Ularga kapilyar misol bo’la oladi. Ular silliq tolali muskullarni qisqartiradi (bronxlar, qon tomirlari, ichaklardagi). Kininlarga ter suyuqligi ajralishida paydo bo’ladigan bradikinin kiradi, u qon tomirlarini toraytirib termoregulyasiyada ishtirok qiladi. Prostoglandinlar dastlab prostata bezi va urug’donlardan topilgan, gormonlar ta'sirini yaxshilaydi. Buyraklarda eritropoetin topilgan, u eritrotsitlar hosil bo’lishini kuchaytiradi.
Serotonin gipotalamus va epifizning nerv hujayrasi va oshqozon-ichak sistemasidan ajraladi, ta'siri tomirlarni toraytirish. Uni xulq-atvorni belgilovchi gormon deb qarashadi. Yana termoregulyasiyada va oshqozon-ichak motorikasini boshqarishida qatnashadi. Gistamin oshqozon-ichak trakti, gipotalamus va epifizda topilgan, qon tomirlarini kengaytiradi, silliq muskullarni qisqartiradi, me'da shirasida xlorid kislota miqdorini oshiradi.

Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish