1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish



Download 491 Kb.
bet31/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

8- M a ' r u z a.
Endokrin tizim fiziologiyasi
R e j a.

  1. Endokrin bezlarga umumiy xarakteristika, endokrin bezlar evolyusiyasi.

  2. Gipofiz, epifiz, ayrisimon bez.

  3. Jinsiy bezlar.

  4. Buyrak usti bezlari.

  5. Qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezlari.

  6. Oshqozon osti bezi.

  7. Oshqozon-ichak tizimi gormonlari.

Evolyusion taraqqiyot jarayonida hosil bo’lgan ko’p hujayrali organizmlardagi to’qima va hujayralar o’rtasida ma'lum aloqalar asosan ikki, ya'ni endokrin va nerv tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu ikki tizim integrativ faoliyatni amalga oshirish uchun o’zaro muhim bog’lanishga ega. Endokrin tizim yoki boshqaruv haqidagi ta'limot XIX asr­ning ikkinchi yarmida fransuz fiziologi Sh.Braun-sekar hamda A.Bertol tomonidan yaratilgan. Endokrin tizim o’z ta'sirini gormonlar (grekcha-yunoncha hormo-harakatga keltiraman, uyg’otaman) bilan yuzaga keltiriladi. (Angliyalik fiziologlar V.Beylis va ye.Starlinglar 1905 yili bu atamani fanga kiritgan). Aytish kerakki, gormonlar o’simliklar va hayvonlarda ham uchraydi lekin eng ko’pi umurtqalilarda. Gormonlar kimyoviy jihatdan ikki guruhga bo’linadi: steroidlar guruxi va oqsil, aminokislota va peptidlarning hosilalari (steroidlar-politsiklik spirtlar, ketonlar, kislotalar). Gormonlar maxsus bezlar, to’qimalar tomonidan ishlab chiqarilib, o’z ta'sirini effektorlarning retseptorlari, to’qima nishonlar orqali beradi (membrana holatiga va fermentlar tizimiga ta'sir qilish xususiyatiga ega). Gormonlar nihoyatda kam miqdorda nanogramm va pikogramm miqdorda ta'sir etish xususiyatiga ega (1 nanogramm - 10-9gr, grammning milliarddan bir qismi), shuningdek 1 pikogramm 10-12gr).


Gormon ishlab chiqaruvchi bezlar paydo bo’lganiga qadar evolyusion rivojlanish jarayonida nerv hujayralaridan gormon sintez qilib turgan (neyrosekret yoki neyrogormonlar). Mediatorlar ham gormon hisoblanib, aksondan sinaptik oraliqqa chiqarilib turiladi, (adrenalin, noradrenalinlar ham buyrak usti bezidan, ham nerv hujayrasidan sintez qilinadi ).
Umurtqasizlarda gormonlar asosan nerv tugunlarida ishlab chiqarilib turiladi. Hasharotlar sinfiga kelib ham neyrosekret, ham maxsus endokrin bezlardan gormonlar ajralib chiqishi kuzatiladi. Neyrosekret ishlab chiqaradigan markazlar barcha umurtqalilarda mavjud bo’lib, ular muhim funksional ahamiyatga ega. Buni gipotalamus (oraliq miyadagi maxsus bo’rtik ostki qismi) misolida ko’ramiz, undan ajraladigan neyrosekret to’g’ridan-to’g’ri a'zo faoliyatiga yoki endokrin bezga (gipofiz) ta'sir etish xususiyatiga ega. Gormonlarning ajralishi va qondagi konsentratsiyasi murakkab yo’l bilan boshqarib boriladi (teskari aloqa prinsipida). Bu o’rinda maxsus biofaol moddalardan tashqari yana moddalar almashinuvi mahsulotlari glyukoza, aminokislotalar ionlar muhim ahamiyatga ega. Endokrin tizimining maqsadga muvofiq ravishda boshqarilishida gipotalamusining ahamiyati katta. Har xil taassurotlar miya po’stlog’i tomonidan qabul qilingandan keyin maxsus impulslar bilan gipotalamusga o’tadi. Undan ma'lum gormonlar va neyrosekretlar ajralib ba'zi a'zolarga to’g’ridan-to’g’ri boshqalariga esa gitofiya orqali ta'sir etadi (gipotalamo gipofizar tizimi). Bundan tashqari, gipotalamus simpatik va parasimpatik tizimning ham boshqaruvchisidir (shu yo’l bilan gipotalamus boshqa endokrin bezlar ham hujayra nishonlar ishini boshqarib boradi). Shuning uchun ham gipotalamus tana harorati, ovqatlanish, suv balansi, jinsiy, his-tuyg’u, hulq atvor faoliyatlarini yaqindan boshqarib boradi.
Barcha gormonlar uchta asosiy funksiya bajaradi: organizm rivojlanishini ta'minlash, fiziologik tizimlar adaptatsiyasi va asosiy fiziologik ko’rsatgichlarni ma'lum me'yorda saqlash (gomeastatik fuknksiya).
Organizmdagi har qanday bioximiyaviy reaksiya albatta bitta yoki ikkita gormon ishtirokida boradi. Gormonlarda permissiv xususiyati bor, ya'ni aynan olingan gormonning bo’layotgan jarayonga ta'siri to’g’ridan-to’g’ri bo’lmasdan, boshqa shu jarayonga ta'sir qiluvchi gormon faoliyati amalga oshishi uchun kerak, masalan, teroksin o’sish gormonining ta'sir qilishi uchun zarur yana gormonlardan sinergizm xususiyati bor, ya'ni bir gormon ta'siri ikkinchi gormon bilan amalga oshiriladi.
Gormonlarning ta'siri tegishli fermentlar katalitik funksiyasining faollashtirish yoki pasaytirish orqali amalga oshiriladi.
Har xil guruhga ta'luqli gormonlarning ta'sir qilish yo’llari turlicha, masalan, peptid va alingormonlar hujayra ichiga kirmasdan hujayra membranasidagi spetsifik retseptorlar bilan birikadi. Bu kompleks ferment adinilatsiklazani (retseptor unga birikkan bo’ladi) faollaydi. Adinilatsiklaza ATF ni parchalab II AMF ni hosil qiladi. II AMF o’z navbatida tegishli fermentni faol­lab ma'lum jarayon amalga oshiriladi. Steroid gormonlar esa membranada hujayra ichiga kirib sitoplazma retseptorlari bilan birikadi va bu kompleks yadroga kirib DNK ga ta'sir qilib ferment sintezini o’zgartiradi.
Gipofiz. Uch qismdan (oldingi, o’rta, orqa) iborat ichki sekretsiya bezi. Oldingi gipofiz yoki adinogipofizning ikki xil hujayralari xromofay-asosiy va xromofil bo’lib, gor­monlar xromofil hujayralarida sintezlanadi.
Odam va ko’pgina sut emizuvchilarda gipofiz 7 xil aso­siy gormon ajratadi, shundan 4 tasi periferik endokrin bezlarga ta'sir etadi (folluklin rag’batlantiruvchi-stimul­lovchi gormon, lyutinlovchi gormon, tirotop gormon va ad­reyukor, tikotrop gormon), shuning uchun ularni rag’batlantiruvi gormon deyiladi. 3 tasi bevosita a'zolar, to’qimalarga ta'sir etadi, ya'ni effektor gormonlar deyi­ladi (bularga o’sish gormoni-somototrop gormon, prolaktin-lyueotrop gormon, melonotsitlarni rag’batlantiruvi gormon).
Quyida gipofiz gormonlaridan ba'zi birlarini ko’rib chiqamiz. Adenogipofiz gormonlari. Somototrop gormon yoki somototropin (o’sish gormoni), to’qimalarda oqsil sintezini kuchaytirib, ribonuklien kislota sintezini kuchaytiradi, yosh organizmlarning o’sishiga olib keladi. Bu gormon spetsifik­lik xususiyatiga ega, ya'ni cho’chqa va qoramol gipofizidan ajratib olingan somototropin odamda bo’y o’sishiga olib kel­maydi. Odamdan olingani esa maymunlar va boshqa hayvonlarni o’stirishi mumkin. Sog’lom organizmga bu gor­mondan yuborilsa, tanada yog’lar parchalanishi kuchayib yog’ depo­lari kamayadi, tanadan energiya ajratish, shu yog’lar hisobidan bo’ladi.
Yosh bolalarda bu gormon kam ajralsa bo’y o’smay qoladi (gipofizar nanizm-mittilik). Katta odamlarda esa erkak­larda impotensiya, ayollarda homilador bo’lmaslik holatlari kelib chiqadi. Bu gormon ko’p ajralsa (yoshlik payti) gigan­tizm holati kelib chiqadi (240-250 sm bo’y; 150 kg massa). Katta odamlarda somototropinin ko’p ajralishi akromegaliyaga olib keladi. Har ikkala holatda ham (gigantizm va akromegaliya) boshqa ichki sekretsiya bezlari ishi pasayadi (jinsiy bezlar, me'da osti bezi va boshqalar). Follikulni rag’batlantiruvchi va lyutinlovchi gormonlar ularni gonadotrop gormonlar (go­nadotropinlar) deyiladi, ular erkaklik va ayollik jinsiy faoliyatiga, jinsiy gormonlar ajralishiga follikulalar­ning yetishishiga ta'sir qiladi. Bu gormonlarning yetarli aj­ralishi jinsiy qobiliyatni yaxshilab, nasl qoldirishni ta'minlaydi. Qattiq vahimaga tushish, qo’rqish bu gormonlar ajralishini kuchsizlantirib nasl qoldirish tormozlanadi (masalan vaqtida hayz ko’rish sodir bo’lmaydi). Prolaktin yoki lyueotrop gormon sut bezlaridan sut ajlashini kuchaytiradi. Bu gormon hazm fermentlari ta'sirida tez parchalanadi, shu­ning uchun uni teri tagiga yoki qon tomiriga yuborib olish ke­rak xolos. Suti kam organizmlarda prolaktin yuborish muhim amaliy ahamiyatga ega. Terotrop gormon yoki terotropin qalqon bezi faoliyatini rag’batlantiradi. U qalqonsimon bezda yod to’planishiga, bez sekretor hujayralarining ko’payishiga olib keladi. Sovuq harorat tirotrop gormon aj­ralishini kuchaytiradi, bu hol o’z navbatida qalqon bezi gor­monlarini kupaytiradi, natijada organizmda issiqlik aj­ralishi kuchayib sovuqqa chidamlilik oshadi.
Adrenokortikotrop gormon (AKTG) birinchi navbatda buyrak usti bezi po’stloq qismining funksiyasi va rivojla­nishi uchun kerak. U bo’yrak usti bezi po’stloq qismidan sin­tez qilinadigan glyukokortikoidlarni rag’batlantiradi (sti­mulyasiya qiladi). AKTG bo’lmasa buyrak usti bezi atro­fiyalanadi. Turli xil noqulay omillarning ta'sirida (strellashlar) AKTG sintezi darhol jadallashadi. AKTG ning sintezi gipotalamusdan ajraladigan kartikotropin prilizing gormoni bilan tezlashadi. Buyrak usti bezi gor­monlari teskari aloqa prinsipida AKTG sintezini bo­shqarib boradi. Gipofiz o’rta qismi gormonlarining va­kili mexanotsitlarni ragbatlantiruvchi gormon yoki intermi­dindor u ayrim hayvonlar (baqalarda terisining pigmenti­zatsiyasi o’zgarishini boshqaradi) melanofer to’qimalar pig­mentiga ta'sir qiladi va ular muhit sharoitiga moslashadi­lar.
Odamda homiladorlik davrida va buyrak usti bezlari po’stloq qismini funksiyasi pasayganda terida dog’lar paydo bo’ladi. Buning sababi (aynan shunday paytlarda) intermedin­ning ko’payishidir.
Gipofiz keyingi qismining (neyrogipofiz) gormonla­riga gipofunksiyasi tufayli shakarsiz diabet kasalligi (ko’p siydik ajratish - 10l) ga sabab bo’ladi, odam ko’p chanqaydi. Bu holatlarni an­tidiuretik gormon chiqarsa, oksitotsin bachadon muskullari qisqarishini kuchaytiradi.
Oksitatsin bola tug’ish paytida ko’proq ajraladi va bu jarayonni yengillashtiradi.
Epifiz (Dekartning aytishicha odamning ruhi epifizga saqlanadi) (XYII asrda). XIX asrning oxiriga kelib batafsil­roq o’rganish boshlandi,
Bolalarda uning olib tashlanishi ertachi jinsiy o’zgarishga olib kelganligi uchun uni jinsiy apparat ta­raqqiyotida ahamiyati bor deb taxmin qilishgan. Undan mela­tonin degan modda ajratib olingan va uning teri pigmenta­siyasiga bevosita ta'siri bo’lib, terini rangini oqartirish xususiyatiga ega. Melatonin kam ajralsa ertachi jinsiy ulg’ayish, urug’ va tuxum hujayralarning tezroq pishib yeti­lishi kuzatiladi. Melatonin uyquni keltirish va hujayralar bo’linishiga aksi ta'sir etish xususiyatiga ham ega. Epifiz tar­kibida yana seratonin (biogen amin) degan modda ham bo’ladi, u melatoninning hosil qiluvchisi hisoblanadi.
Ayrisimon bez (timusdan) ajratib olingan biologik faol moddalarga limfotsitlarni rag’batlantiruvi gormon T-limfotsitlarni shakllantiradi, timozin, timin va boshqalar kiradi. Ular haqiqiy gormon hisoblanmasada immun tizi­mga kuchli ta'sir ko’rsatadi. Timusdan ajraladigan moddalar jinsiy gormonlar, AKTG, tiroksinlarga nisbatan aksi ta'sir qiladi.



Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish