1 -§. Turkistonda istiqlol uchunkuraslining g'oyaviy asoslari


Turkiston Muxtoriyati hukumatining taslikil topishi va uning faoliyati



Download 126,53 Kb.
bet8/29
Sana15.01.2021
Hajmi126,53 Kb.
#55548
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
совет даври

Turkiston Muxtoriyati hukumatining taslikil topishi va uning faoliyati

Siyosiy partiyalar tuzilishi, ular tomonidan dasturiy hujjatlar qabul qilishni Turkistonda milliy harakatning kengquloch yoyganidan dalolat berar edi. Biroq, Petrograddagi oktabr to'ntarishi oqibatida 1917-yil oktabr-noyabr oylarida Turkiston o'lkasida, xususan, Toslikentva Qo'qonda yuz bergan voqealar milliy-ozodlik haraka-tini butunlay boshqa yo'nalishdan ketishga majbur qildi.1917-yil 26— 28-noyabrda (yangi hisob bilan 9—11-dekabrda) Qo'qon shahrida Turkiston o'lka musulmon-larining favqulodda IV qurultoyi bo'lib o'tdi. Qurultoyishining butun tafsilotlari o'sha davr gazetalarida tarixuchun muhrlab qo'yilgan.

Ma'lumki, musulmonlarning ushbu nufuzli qurultoyiva unda qabul qilingan qarorlar o'n yillar davomida«millatchilar guruhining yig'inida e'lon qilingan burjuamuxtoriyati» deb noto'g'ri talqin qilib kelindi. Hujjatlaresa ushbu hohiing butunlay aksi bo'lganini isbotlaydi.Masalan, Turkiston jadidlarining otasi sanalgan Mah-mudxo'ja Behbudiy o'z ma'ruzasida qurultoyning Turkiston xalqlari tarixida ulkan ijobiy, tarixiy hodisa vaburilish davri ekanini ta'kidlab, «Qurultoyimiz qabulqilayotgan qarorlar shuning uchun ham ahamiyatliki, unda Turkiston aholisining yevropalik vakillari hamishtirok etmoqdalar», deydi. Behbudiy qurultoy hay'ati-da musulmonlar bilan bir qatorda boshqa milliy guruhlarning ham vakillari bo'lishini yoqlab chiqdi.

Turkistonni boshqarish shakli to'g'risidagi masalaqurultoyning diqqat markazida turdi. Bu masala mu-hokamasida so'zga chiqqanlarning ko'pchiligi Turkistonning muxtor respublika deb e'lon qilinishi o'lkaaholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqani vaunga mos turmushini uqtirdi. Muxtoriyat va mustaqillike'lon qilish fikrini hamma qo'llab-quvvatladi.

Qurultoyda 1917-yil 27-noyabr (yangi hisob bilan 10-dekabr) kuni kechqurun qabul qilingan qarorda shundaydeyiladi: «Turkistonda yasliab turgan turli millatga man-sub aholi Rossiya inqilobi da'vat etgan xalqlarning o'zhuquqlarini o'zlari belgilasli xususidagi irodasini namo-yon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasitarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e'lon qiladi, shubilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta'sismajlisiga havola etadi». Qurultoy Turkistonda yasliabturgan milliy ozchilik huquqlarining muttasil himoya qi-lishini tantanali ravishda e'lon qildi.

28-noyabr (11-dekabr) da tarkib topayotgan mazkurdavlatning nomi aniqalnib, Turkiston Muxtoriyati debataladigan bo'ldi. Qurultoy o'sha kungi yig'ilishda Bu-tunrossiya Ta'sis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston Muvaqqat Kengaslii va Turkiston Xalq (Millat) Majlisi qo'lida bo'lishi kerak, deb qaror qabul qildi.Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengaslii a'zolari-dan 8 kishidan iborat tarkibda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi. Hukumatning Bosh vaziri hamda icliki ishlar vaziri etib Muhammadjon Tinishboyev saylandi.Islom Sulton o'g'li Shoahmedov — Bosh vazir o'rin-bosari, Mustafo Cho'qayev — tasliqi ishlar vaziri, Ubay-dulla Xo'jayev — harbiy vazir, Hidoyatbek Yurg'uliAgayev — yer va suv boyliklari vaziri, Obidjon Mahmudov — oziq-ovqat vaziri, Abdurahmon O'rozayev —icliki ishlar vazirining o'rinbosari, Solomon Abramoviya Gersfeld — moliya vaziri lavozimlarini egallaslidi.Hukumat tarkibida keyinchalik ayrim o'zgarishlar yuzberdi. Mustafo Cho'qay Bosh vazrr lavozimini bajarish-ga kirishdi. Vazirlardan uch kishi oliy ma'lumotli huquqshunos, ikki kishi o'rtacha malakali huquqshunosekanligi Muxtoriyat hukumati a'zolari bilim darajasining naqadar yuqori ekanidan dalolat beradi.

Qurultoy tugagach, 1-dekabrda Turkiston Muxto-riyatining Muvaqqat hukumati a'zolari (8 kishi) imzola-gan maxsus Murojaatnoma e'lon qilindi. UshbuMurojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy e'tiqodlaridan qat'inazar, yakdillik va hamjihatlikka da'vat etilgan edi.

Oradan ko'p o'tmay Millat Majhsi tomonidan tas-diqlangan qonunlar e'lon qilindi, shuningdek, yangihukumat mamlakat Konstitutsiyasini tayyorlasli uchun taniqli huquqshunoslarni jalb qildi. 1917-yil 26-dekabrda Turkiston Milliy bayrog'i qabul qilindi. «E1 bayro-g'i», «Birlik tug'i», «Свободный Туркестан», «Известия Временного Правительство Автономного Туркестана» kabi hukumat gazetalari o'zbek, qozoq varus tillarida naslir qilina boshlandi. A vval chiqayotgan «Ulug' Turkiston» gazetasi ham o'z sahifalaridaMuxtoriyat hukumati faoliyatiga alohida o'rin beraboshladi. Naslir ishlarini yaxshilasli uchun O. Mahmudovning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga o'tdi.Muxtoriyat hukumati milliy qo'shinni taslikil qilishgakirishdi. 1918-yil boshida bu qo'shin saflarida bir mingdan ortiq askar bo'lgan. Harbiy vazir Ubaydulla Xo'jayevishtirokida o'tkazilgan ko'rik-parad vaqtida askarlar soni 2000 kishiga yetgan. Bundan tasliqari Qo'qonda taxmi-nan shuncha mirshablar bor edi. Hukumat iqtisodiy sohada 30 million so'm miqdorida icliki zayom chiqa-rishni yo'lga qo'ydi. Chunki gazetalarni naslir qilish,muxtoriyat qo'shinlarining ta'minoti va hukumatningicliki xarajatlari uchun mablag' zarur edi. Shuningdek,hukumat a'zolari ochlik changalida qolgan Turkistonaholisiga Orenburg orqali g'alla keltirish muammosinihal qilish uchun ham amaliy qadamlar tasliladi.

Turkiston Muxtoriyati hu-kumati qisqa muddat ichidaxalq o'rtasida katta e'tiborqozondi. Yangi hukumat fao-liyati faqat Qo'qonda yoxudFarg'ona vodiysida emas, balki butun Turkiston minta-qasida yasliayotgan tub yerli xalqlar tomonidan qizg'inqo'llab-qu vvatlandi. Fitrat, Cho'lpon, Hamza Muxto-riyat hukumatini alqab, o'tli she'rlar bitishdi. FitratMuxtoriyat e'lon qilingan 27-noyabr (10-dekabr) tunini«Milliy Laylatulqadrimiz» deb atadi. Alloma Fitratningbu so'zlarida olam-olam ma'no mujassamlasligan.


Download 126,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish