1 -§. Turkistonda istiqlol uchunkuraslining g'oyaviy asoslari


Farg'ona muvaqqat muxtoriyat hukumati



Download 126,53 Kb.
bet29/29
Sana15.01.2021
Hajmi126,53 Kb.
#55548
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
совет даври

Farg'ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga 16 yerliaholi va 8 rus vakili kiritildi. Madaminbek hukumatboshlig'i bo'lish bilan birga, Oliy Bosh qo'mondon hametib tayinlandi.

1919-yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo'lostida 30000 ga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi istiqloljanglarini olib bordilar.

Madaminbek siymosida sarkardalik, davlat va siyosatarbobiga xos sifatlar uyg'unlasligan edi. U vodiydagisovet hokimiyati organlariga muqobil ravishda o'z siyosiyboshqaruv usulini joriy qildi. «U bizning rahbarlik faoli-yatimizda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarimizdanustalik bilan foydalanardi. Uning «boshqaruv apparati»,o'zining tribunali, o'zining «genshtabi» bo'lgan; uqonunlar chiqargan», deb e'tirof etadi Madaminbekkaqarshi kurasligan dushmanlardan biri — qizil komissarGramatovich.

Tarixchi Ra'no Rajabovaning yozishicha, qizil ar-miya qo'mondonligi, bolsheviklar bu kuraslida jiddiyyutuqlarni qo'lga kirita olmaganliklari oqibatidaFarg'ona vodiysining tinch aholisidan vahshiylarcha o'chola boshladi. Chunonchi, 1918-yilda qizil askarlar vadaslinoqlar Chustda 1500 kishini qatl qildilar. 1918-yiloxiri — 1919-yil boshida bu kuchlar Bozorqo'rg'on,Qo'qon-qishloq, So'zoq qishloqlariga bosqinchilikhujumlari uyushtirib, dehqonlarni qirg'in qildilar, mol-mulklarini taladilar, qishloqlarga o't qo'ydilar.

1919-yil bahorida rus krestyanlari sovet hokimiyatisiyosati, tinch aholining qirg'in qilinishidan norozibo'lib, krestyanlarning Monstrov qo'mondonligi ostidagiarmiyasi Madaminbek laslikarlari bilan qo'shildi. Qizilarmiyaga qarshi janglar olib bordi.

Farg'ona vodiysiga bolsheviklar tomonidan qo'shim-cha kuchlarning taslilanishi natijasida 1920-yil yanvaroyining o'rtalariga kelib jangovar tasliabbus qizil armiyaqo'liga o'tdi. Katta Ergasli qo'rboshining qo'shini mag'-lubiyatga uchragach (u 1921-yil dekabrda Xonoboddagiqarorgohida qizil askarlar bilan bo'lgan jangda o'ldirildi),Shermuhammadbek asosiy kuchlarini olib Oloy vohasigachekindi. Madaminbek vaqtdan yutish uchun Farg'onafronti qo'shinlari qo'mondonligiga yarasli muzokaralariboshlaslini taklif qildi. Natijada Madaminbek bilan 2-Turkiston o'qchi diviziyasining boshlig'i Veryovkin-Roxalskiy o'rtasida 1920-yil 6-martda Farg'ona shahridayarasli bitimi imzolandi.

Shuni aytish kerakki, ko'pincha guruh boshliqlario'zaro kelisholmasdi, ular orasida jipSlik, hamjihatlikyo'q edi. Shuning uchun ham bu harakat mag'lubiyatgauchradi. Bir-birini qo'llab-quvvatlasli o'rniga qo'rboshi-lar raqobatchilik psixologiyasidan chiqa olmadilar. Shusababga ko'ra Madaminbek qon to'kishni to'xtatishmaqsadida muzokaralar olib borish uchun qo'rboshilarbilan uchrasliganda Shermuhammadbekning roziligibilan Xolxo'ja eshon 1920-yil 14-mayda Qorovul qish-log'ida uni xiyonatkorona o'ldirdi. Madaminbek o'rtadanko'tarilgach, ertasigayoq bolsheviklar qurolli harakatlarnikengaytirdilar. Ammo Turkiston xalqlarining sovetlargaqarshi janglari 1920-yilda va undan keyin ham davometdi. Farg'ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi kurasli-lar bilan bir qatorda, endilikda Buxoro va Xorazmda hambosqinchi qizil armiyaga qarshi kurasli boshlandi.

Turkistondagi harakat 1920-yilning yozi va kuzidao'zining yangi bosqichiga kirdi. Kurasli yana hamshafqatsiz va murosasiz tus oldi. Turkiston MIK rai-si Inomjon Xidiraliyevning keyinchalik yozishicha,«1920-yil sentabrda bosmachilarning soni 70000 kishigayetdi va kuchli vahima uyg'otdi...».

Turkistondagi sovet hokimiyatiga qarshi harakatning1921—1922-yillarda qaytadan ko'tarilishi va avj olishigasovet hokimiyati tomonidan yuritilgan o'ziga xos mustamlakachilik siyosati, tinch aholining ommaviy ravish-da qirg'in qilinishi jiddiy sabab bo'ldi.

1921-yil 13-sentabrda Farg'ona vodiysida favquloddaholat e'lon qilindi. 1921-yil noyabrda Farg'ona vilo-yatida harbiy diktatura o'rnatildi va Turkfront harbiyinqilobiy kengaslii a'zosi P.Baranov Farg'ona viloyati-ning harbiy boshlig'i qilib tayinlandi.,Turkkomissiya, keyinchalik Turkbyuro qizil qo'shin-lar harakatini boshqarib, Markazga hisobot berib turdi-lar. Markaz harakat boshliqlariga nisbatan shafqatsiz jazochoralari qo'llasli lozimligini qat'iy talab qildi.

Shermuhammadbek boshchiligida tuzilgan Turkistonmuvaqqat hukumati 1922-yil oxirida tarqalib ketdi.Uning o'zi qator janglardan keyin 1922-yil dekabr oyi-ning so'nggi kunlarida Buxoro respublikasi hududiga,1923-yil bahorida esa Afg'oniston davlatiga o'tib ketdi.

Farg'ona vodiysida 1923—1924-yillarda kuraslichi-larning kichik-kichik guruhlari jang harakatlarini olibbordilar. Farg'onada ularning soni 1923-yilda 350—400atrofida edi. Lekin ular kuraslining mazkur bosqichidaturli sabab va mahalliy shart-sharoitlar natijasida doim ham bir-birlari bilan kelishib ish ko'rmadilar.

Bu harakat sovet totalitar tuzumi o'zbek xalqiga vabutun Turkiston xalqlariga o'tkazgan zulmi, istibdodigaqarshi qaratilgan edi. Shuning uchun ham biz uni mil-liy-ozodlik harakati deb baholaymiz.

Lekin uning rahbarlari hammasi ham progressiv fikryurituvchi bo'lgan deyish mumkin emas. Ayrimlari(masalan, Madaminbek) dunyoviy taraqqiyotga intilgandavlat qurmoqchi bo'lsa, boshqalari (masalan, Ibrohim-bek) Buxoroga amir hokimiyatini qaytarish tarafdori edi.Ularning ayrimlari dunyoqaraslilari tor, bir-biridanustun bo'lishni xohlar edilar. Shuning uchun ham ularorasida jipSlik, hamjihatlik yo'q edi.

Shu bilan birga sovet hokimiyati zo'ravonlik usulibilan xalqni o'ziga og'dirolmaganligini tushunib, ayrimislohotlarga yo'l ochib berdi. Masalan, yangi iqtisodiysiyosatning (YlS — NEP) kiritilishi, vaqflarning qay-tarilishi, eski maktablarning qaytadan ochilishi urushlar-dan charchagan xalqni chalg'itdi. Ammo bu islohotlarvaqtincha nayranglar bo'lganligi qurolli harakat tugati-lishidan keyin ayon bo'ldi va ular yo'qqa chiqarildi.



Ammo shubhasiz, sovet hokimiyatiga qarshi qurolliharakatni xalq qo'llab-quvvatladi va uning tarixi bolshe-vizm mafkurasining Turkiston xalqlari turmush tarzigazidligini ko'rsatib beradi.



Download 126,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish