1 -§. Turkistonda istiqlol uchunkuraslining g'oyaviy asoslari


-§. TURKISTONDA OCHARCHILIK VA UNINGOQIBATLARI



Download 126,53 Kb.
bet25/29
Sana15.01.2021
Hajmi126,53 Kb.
#55548
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
совет даври

10-§. TURKISTONDA OCHARCHILIK VA UNINGOQIBATLARI


Ocharchilikning kelibchiqish sabablari vauning boshlanishi

1917-yil qurg'oqchilik bo'lib,g'alla hosili yaxshi bo'lmadi.O'sha yili Turkiston o'lkasibo'yicha 52,5 mln pud g'alla yetishtirildi. Holbuki, o'lka aholisining faqat jon saqlasliiuchun kamida 110 mln pud bug'doy kerak edi.

1917-yil qishida Turkistonda ocharchilik boshlandi.Turkiston Muxtoriyati hukumati Kavkazdan Orenburgorqali Turkistonga g'alla keltirishga harakat qilganligima'lum. Biroq Toslikentda zo'ravonlik bilan hokimiyat-ni egallagan bolsheviklar hukumatining rahbarlari nafaqat siyosiy boshqaruvda, balki iqtisodiy sohada hamqo'pol xato va jinoyatlarga yo'l qo'yishdi. Ana shundayjinoyatlardan biri 1918-yil 26-fevralda Turkiston XKSraisi F.Kolesov imzolagan paxta tolasi va xom paxtanimusodara qilish to'g'risidagi dekret edi. Mazkur dekret-ga ko'ra, qisqa vaqt ichida zavodlarga topshirilgan 3,4mln pud paxta tolasi, 6 mln pud xom paxta, 600.000 pudpaxta yog'i, 4 mln pud chigit, 1,1 mln pud kunjara sovetdavlati ixtiyoriga tekin o'tdi. Dehqonlar zavodga top-shirilgan paxtasi uchun ham, uyidan olib ketilgan paxtaxom asliyosi uchun ham loaqal past narxda bo'lsa-da,mutlaqo pul olishmadi. Bu hoi, bir tomondan, paxtakordehqonlarni junbushga keltirsa, ikkinchi tomondan,ocharchilikni kuchaytirib yubordi.

Turkistondagi ocharchilik bolshevikcha rejimningqattol siyosati natijasida 1918-yil boshlariga kelganda avjolib ketdi. Oziq-ovqat muammosi bu paytga kelibTurkiston respublikasidagi eng o'tkir muammolardanbiriga aylangan edi. Bolsheviklar mahalliy aholi qo'lida-gi g'alla va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tortib olishuchun qat'iy choralarni belgilaslidi. 1918-yil 9-maydaRSFSR da oziq-ovqat diktaturasi joriy qilindi. Bumasala Markazning o'zida ham qattiqqo'llik bilan amal-ga oshirildi. 15-iyunda Turkitsonda uch kishidan iborato'lka oziq-ovqat direktoriyasi taslikil qilindi.

Biroq direktoriya o'z faoliyati davomida katta xato-larga yo'l qo'ydi. Natijada ocharchilikdan qutula ol-mayotgan aholi qirila boshladi. «Ruslarning yangi sha-hari va unda kun ko'rayotgan sovet hokimiyati bilanmahalliy aholi o'rtasida o'tib bo'lmas devor paydobo'ldi», — deb e'tirof qilishga majbur bo'lgan ediTurkbyuro raisining muovini G.Safarov.

Bolshevistik rejim 1919-yil 4-iyunda «G'alla monopoliyasito'g'risida», «Sinfiy non pa-yogi to'g'risida», «Turkistonrespublikasida oziq-ovqatsiyosatini amalga oshirish yuzasidan oziq-ovqat komis-sariga favqulodda vakolatlar berish to'g'risida» kabi dekretlarni qabul qilishi bilan Turkistonda oziq-ovqatdiktaturasini joriy qildi. G'alla monopoliyasi hech qan-day tayyorgarliksiz joriy qilindi va shafqatsiz ravishdaamalga oshirildi. Bu holat Turkistonda ocharchilikningnihoyatda kuchayishiga olib keldi.

Ocharchilikka qarshi kurasli markaziy komissiyasiraisi T.Risqulov o'z tarjimai holida yozganidek,«haqiqatan ham ko'chalar, ariqlar va qishloqlarda o'la-yotgan millionlab yo'qsullar va bolalarni qutqarish kerakedi, o'sha vaqtdagi hokimiyat bunga panja orasidanqarardi (masalan, 1 mln och kishi uchun hammasi bo'lib50 mln so'm pul ajratildi)». Qiyoslasli uchun shu narsanikeltirib o'tamizki, o'sha paytda bir buxanka nonningnarxi 1000 so'm atrofida bo'lgan.

Farg'ona viloyati sovetlarining XIII s'yezdida viloyatinqilobiy qo'mitasi raisi vodiydagi ocharchilik to'g'risidato'xtalib, shunday degan edi: «1917—1918-yillardagiocharchilik Farg'ona viloyati xo'jaligining vayronbo'lishida kuchli ta'sir ko'rsatdi ... Faqat Qo'qon vaMarg'ilon uyezdlarida ocharchilik oqibatida 1917—1923-yillarda 0,5 mln odam o'ldi». Arxiv hujjatlariningdalolat berishicha, «Farg'ona vodiysida 1917—1923-yil-larda ocharchilik natijasida 1 mln kishi halok bo'lgan».

Turkiston respublikasidagi dahshatli ocharchilikuning boshqa viloyatlariga ham keng tarqaldi. Masalan,Samarqand viloyati Jizzax uyezdining 70 foiz aholisiochlikdan qirilib ketdi. Boshqa uezdlarda ham ahvolshunday fojiali edi. Samarqand uyezdining o'zida esa70.000 odam ocharchilikdan o'lib ketdi.

T.Risqulov sal keyinchalik yozgan «Inqilob vaTurkistonning tub aholisi» asarida o'sha davrda Turkistonda, xususan Farg'ona vodiysi va Yettisuvda avjolgan ocharchilikning butun dahshatlarini ko'rsatib be-radi. Uning fikricha, o'lka butun aholisining teng yarmi,taxminan, 2,5 mln kishi ochlikdan azob chekkan.Ocharchilik Turkistonda 1923-yilning oxirigacha davometdi.

T.Risqulov Turkiston sovetlarining favqulodda VIIs'yezdida butun bir millat yo'q bo'lib ketishi mumkinli-gi haqida gapirganda uning so'zlarida kuchli dard bor edi. Ko'z ko'rib, quloq eshitmagan hodisalar haqidaoziq-ovqat komissari V.Lapin tan olib, quyidagi fikrniyozgan edi: «Markaziy Rossiyadagi ocharchiliklar Turkistondagi dahshatlar oldida hech narsa emas».

Shu narsa xarakterli holki, ocharchilik Buxoroamirligi va Xiva xonligi hududida deyarli tarqalmagan.Aksincha, bu mamlakatlarda respublika tuzumi o'rnatil-gach, ular Turkistondagi birodarlariga iqtisodiy yordamberishgan.

Dahshatli ocharchilik va og'iriqtisodiy inqirozni boshidankechirayotgan Turkiston o'l-kasidan Rossiya markazigaeng a vvalo oziq-ovqat mah-sulotlarini olib chiqib ketish tobora kuchaydi. Arxiv hujjatlarining dalolat berishicha,1920-yilda tasliib ketilayotgan g'alla mahsulotlari vaboshqa oziq-ovqat turlarining miqdori 4,5 marta ko'pay-gan. Boshqa bir hujjatda yozilishicha, «1921—1922-yil-larda Turkistondan Rossiyaga 4.400.000 pud g'allajo'natilgan». O'sha paytda don yetishtirishga ixtisoslasli-magan Turkiston qishloq xo'jaligi uchun bu katta miq-dordagi hosil hisoblangan. Chunki, Turkiston chorizmtomonidan bosib olingach, o'lkadagi bug'doyzorlar hiso-bidan paxta ekiladigan maydonlar kengaytirilgan bo'lib,g'alla Rossiyaning markaziy guberniyalaridan bu yergatasliib kelinardi. Ma'lumki, Turkistonda bolsheviklarhokimiyat tepasiga kelgach, Rossiyadagi fuqarolar urushinatijasida o'lkaga g'alla keltirish deyarli to'xtab qolgan edi.

1920-yil boshlariga kelganda g'alla monopoliyasisiyosati bir qadar yumshatildi. Oziq-ovqat razvyorstkasiko'rinishidagi monopoliyani faqat ko'chirib keltirilgankrestyanlar yasliaydigan rayonlarda o'tkazishga qarorqilindi. Mahalliy aholi yasliaydigan joylarda naturasolig'i joriy qilindi. Biroq oziq-ovqat tayyorlaslidagi ta-baqalaslitirilgan bunday yondasliuv uzoq saqlanib qol-madi. Turkkomissiya a'zolari V.Kuybishev va F.Golosh-chyokinning tazyiqi bilan 1920-yil avgustda butunTurkiston respublikasi hududida oziq-ovqat taqsimoti (prodrazvyorstka) ni joriy etish to'g'risida qaror qabul qilindi. Oziq-ovqat razvyorstkasi aholini ochiqdan-ochiqtalasliga aylanib, ijtimoiy keskinlikni kuchaytirib yubor-di. Oziq-ovqat to'plovchi otryadlar mahalliy xalqni qonqaqshatib, uning so'nggi burda nonini ham tortib olisharedi.

Turkiston respublikasidagi oziq-ovqat to'plovchiotryadlar faqat 1920—21-xo'jalik yilida mahalliy aholiqo'lidan 9.708.703 pud g'alla, 6.358.144 pud yem-xa-shak, 1.606.210 pud go'sht va boshqa mahsulotlarni tor-tib olishdi. Tortib olingan oziq-ovqat mahsulotlariRossiyaga jo'natilar edi.

Shunday qilib, Turkistonda g'alla monopoliyasi vaoziq-ovqat razvyorstkasi natijasida mahalliy aholi qo'-lidan:

1) 1918—19-yillarda zo'ravonlik va nomigagina tovarayirboshlasli yo'li bilan 4.500.000 pud;

2) 1919—20-yillarda tovar monopoliyasi va tovarayriboshlasli yo'li bilan 5.250.000 pud;

3) 1920—21-yillarda oziq-ovqat razvyorstkasi hiso-bidan 9.700.000 pud;

4) 1921—22-yillarda oziq-ovqat solig'i hisobidan4.000.000 pud g'alla tortib olindi.

Xalq ocharchilikdan qirilayotgan bir mahaldaTurkistondagi ayrim oziq-ovqat zaxiralari bolsheviklartomonidan frontda harbiy maqsadlar uchun foydalanildi.Masalan, 1919-yilning birinchi yarmida faqat Zakaspiyfrontida 198 sisterna o'simlik yog'i va 305 sisterna neftyonilg'i sifatida ishlatildi. Turkiston temir yo'llaridagiparovozlarda 53 sisterna o'simlik yog'i va 223 sisternaneft yoqildi. Ayrim zavod va korxonalarda 118 sisternao'simlik yog'i va 156 sisterna neft ham yoqib yuborildi.Bu davrda aholi ehtiyojlari uchun atigi 63 sisterna o'sim-lik yog'i ajratildi.

Turkiston Xalq Xo'jaligi Markaziy Kengaslii(XXMK)ning nasliri bo'lgan «Turkiston xalq xo'jaligi»jurnalida o'simlik yog'ining frontda ishlatilishi to'g'risi-da quyidagicha yozilgan edi: «1920-yil fevral oyiga kelib,600.000 pud o'simlik porovozlarda yonilg'i sifatida ish-latilgan». Ko'mir va o'tin yo'qligidan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ham (Turkistonda yuz minglab odamlarocharchilikdan qirilayotgan bir paytda) yoqilg'i sifatidaishlatilar edi. Orol dengizi uchastkasida parovozlar quri-tilgan baliq yoqib yurgizilgan. Shuningdek, parovozlargakunjara yoqishga urinib ko'rilgan. Eng dahshatli hodisasliundan iboratki, hamma narsani qurbon qilish evazigayetishtirilgan paxta ham yoqilg'i sifatida ishlatilgan.

Turkistondagi og'ir iqtisodiy ahvol respublikadaboshlangan ocharchilikni nihoyatda kuchaytirib yubordi.Qishloqlarda nonsiz va yersiz qolgan dehqonlar, shahar-da yasliovchi hunarmand va ziyolilar, mahalliy aholigamansub yuz minglab kishilar dahshatli ocharchilikning qurboni bo'lishdi. O'lkadagi bolshevistik rejim, xalqocharchilikdan qirilayotgan bir paytda Markaziy Ros-siyaga g'alla va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yuzlabeshelonlarda jo'natish bilan cheklanmasdan, balki o'sim-lik yog'i, quritilgan baliq, bug'doy kabi tansiq mahsulotlardan parovozlarni yuritishda yoqilg'i sifatida foydalan-di, ularni frontda harbiy maqsadlarda ishlatdi.

Sovet rejimi davrida keyinchalik ham bir necha martaocharchilik yuz berdi. 30-yillarning boshida MarkaziyRossiya, Volga bo'ylari va Qozog'istonda ocharchilikayniqsa dahshatli bo'ldi. 1932—1933-yillarda ocharchilik O'zbekiston SSRga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Parijda chiqadigan «Yosh Turkiston» jurnalining yozishicha,o'sha kunlarda respublika poytaxti Toslikent ko'chalari-da ocharchilik natijasida o'lgan odamlarning jasadlariniuchratish mumkin edi. Ularning aksariyati qo'shnirespublikalardan non qidirib, Toslikentga kelishgan edi.Afsuski, bu paytga kelib non shahri — Toslikentningo'zida ham non qolmagan edi...



Download 126,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish