1 -§. Turkistonda istiqlol uchunkuraslining g'oyaviy asoslari


Turkiston Muxtoriyati-ning tor-mor qilinishi.Qo'qondagi ommaviyqirg'inlar



Download 126,53 Kb.
bet10/29
Sana15.01.2021
Hajmi126,53 Kb.
#55548
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
совет даври

Turkiston Muxtoriyati-ning tor-mor qilinishi.Qo'qondagi ommaviyqirg'inlar

Muxtor hukumatning xalqo'rtasidagi obro'-e'tibori vanufuzi bolsheviklarni tasli-vishga solib qo'ydi. 1918-yil19—26-yanvar (1—8-fevral)da Toslikentda bo'lgan Turkiston o'lkasi ishchi, soldat vadehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda IV qurultoyida muxtoriyat masalasi asosiy o'rinda turdi.Qurultoyda bolsheviklar fraksiyasi tomonidan so'zgachiqqan Toslikent sovetining raisi I.Tobolin surbetlarchasliunday dedi: «Muxtoriyatni hayotga tatbiq etish uchunhali vaqt erta. Chunki biz bu ishni amalga oshirsak,muxtoriyatning birinchi sharti sifatida rus qo'shinlario'lkadan chiqib ketishi kerak bo'ladi». QurultoyTurkiston Muxtoriyati hukumati va uning a'zolariniqonundan tasliqari holatda deb, hukumat a'zolariniqamoqqa olish to'g'risida qaror chiqardi. Bolsheviklar buqabih va mudhish «hukm«ni amalga oshirishga zudlikbilan kirishdilar.

Atigi uch kun o'tgach, 30-yanvar (12-fevral)da Turkiston XKS Muxtoriyat hukumatini tugatish uchunharbiy harakatlarni hpshladi. Turkiston bolsheviklaribuning uchun qizil askarlardan tasliqari armanlarning«Daslinoqsutyun» partiyasi a'zolaridan tuzilgan qurollito'dalardan ham keng foydalandi. 30-yanvar kechqurun Skobelev (hozirgi Farg'ona) shahridan Qo'qonga dast-labki qizil askar otryadlari to'p va pulemyotlar bilanyetib keldi. Bu otryadning komandiri K.Osipov edi. 31-yanvar (13-fevral) ertalab Andijondan va sal keyinroqPerovskdan ham qizil askarlar yetib keldilar. «Ulug' Turkiston gazetasida yozilishicha, 31-yanvar tushdankeyin jang harakatlari boshlandi. 15-fevral (eski hisobbilan 2-fevral)da esa shaharda yong'inlar bo'ldi.

Dastlabki jangda Muxtoriyatning milliy qo'shinidantasliqari qo'qonlik aholi vakillari ham qatnaslidi. Asosanbolta, cho'kich, tayoq ko'targan xaloyiqning soni 100000 kishiga yetdi. Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar qizilaskarlarning Qo'qon shahriga hujumini uch kun davo-mida mardonavor qaytardilar.

Shu kunlarda Muxtoriyat hukumati ichida ham zid-diyatlar kuchaydi. Hukumat a'zolarining bir qismiQo'qon yangi shahar bolsheviklari yuborgan ultimatumasosida ular bilan muzokarani davom ettirishni yoqlabchiqdi. Aslida muzokaralar dastlab qon to'kilishi oldiniolish maqsadida 30-yanvar (12-fevral)da boshlanganbo'lib, muxtoriyatchilar bolsheviklarga o'z talablarinibayon qilishgan edi. Ammo Qo'qon revkomi qonuniyhukumatning qal'ani bo'shatib qo'yish haqidagi adolath'talabiga rozi bo'lmagach, u o'z-o'zidan to'xtab qoldi.17-fevralda bolsheviklar o'z talablari asosida qayta mu-zokara boshlaslini taklif qildilar. Tabiiyki, ularningMuxtoriyat hukumati rahbarlarini sovetlarga topshirislikabi shovinistik talablarini Muxtoriyat hukumati radqildi. 18-fevralda bolsheviklar Muxtoriyat hukumatisovet hokimiyatini tan olishi va unga bo'ysunishi, milliyqo'shinni tarqatib yuborishi kerak, degan yangi talablarqo'ydilar. Bu safar ham ularga rad javobi berildi. Shuorada muxtoriyatchilar qatorlarida parokandalik yuzberdi. Baxtga qarshi o'sha 18-fevralda M.Cho'qayevhukumati ulamochilarning tazyiqi bilan iste'foga chiqdi.Vazirlarning ba'zilari Qo'qonni tark etishga majbur bo'ldi. Hukumatning boshqa a'zolari esa bolsheviklar tomonidan keyinchalik qo'lga olindi.

Qo'qon shahar mirshablari boshlig'i Kichik Ergasli18-fevraldan boshlab amalda Muxtoriyat hukumatiningrahbariga aylandi. Turkiston o'lkasi harbiy komissariYe.Perfilev boshchiligidagi piyoda otliq va artilleriyaqismlaridan iborat 11 eshelon Qo'qonga keldi. Qizilaskarlar shaharda bosqinlar uyushtirib, uni talon-torojqilishga kirishdilar. Shahar ustida uch kun davomidato'plardan yondiruvchi snaryadlar otildi. Muxtoriyatqo'shinining tirik qolgan qismi shahardan chiqib ketdi.Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklarning qonlihujumlari oqibatida ag'darib taslilandi. Ammo Qo'qonva uning atroflarida tinch aholini talasli, o'ldirish avjga chiqdi. Faqat Qo'qonning o'zida uch kun davomida100000 kishi o'ldirildi. Sobiq xonlik poytaxti bo'lganQo'qon shahri butkul vayronaga aylantirildi.

«Ulug' Turkiston» gazetasi chuqur qayg'u bilan xabarberganidek, «20(7)- fevral Ho'qand (Qo'qon) tarixiningeng dahshatli kuni edi. Armanilar ayricha faoliyat ko'rsatganlar...». Gazetadagi ushbu maqola «Ho'qandhozir o'liklar shahri» degan dahshatli ibora bilan tugaydi.

Nihoyat, 1918-yil 22(9)- fevralda Qo'qon shahridagiRus-Osiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tay-yorlangan «tinchlik shartnomasi» imzolandi. Ushbushartnomaning ikkinchi moddasida: «Aholi o'lka XalqKomissarlari Soveti hokimiyatini va barcha mahalliysovet taslikilotlarini tan oladi», deb yozilgan edi. Ha, o'qqa tutilgan, o'ldirilgan, talangan va tahqir etilganqo'qonliklarning tirik qolgan qismi sovet hokimiyatinitan olishga majbur bo'ldi.

Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umrko'rgan bo'lsa ham, u erksevar xalqimizni milliy mus-taqillik va istiqlol uchun kurasliga da'vat etdi. Vatantuyg'usidek muqaddas tuyg'u qalbining to'ridan joyolgan Turkiston Munavvarlarining muxtoriyat uchun olibborgan kuraslilari izsiz ketmadi. 1918-yihiing erta ba-horida avval Farg'ona vodiysida, so'ngra butun Turkistonda Sovet hokimiyati va qizil armiyaga qarshiqurolli harakat boshlandi.


Download 126,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish