4.3. Turk xoqonligs
VI asr boshlarida Oltoy o‘lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi.
0 (sha paytda hozirgi Mo‘g‘u!iston va qisman Xitoyning shimoliy
hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida
Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug‘ining mavqei ko‘tariladi.
Ashin urug‘iga mansub Asan va Tuu 460-545-yillarda boshqa
urugdarni o‘zlariga bo‘ysundiradilar va Oltoyda turkiy qabilalar
ittifoqiga asos soladilar. Tuuning o‘g‘li Bumin Tele qabilasini ham
bo‘ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun
kurashadi va 551- yiIda Jujan xonining qo‘shinlarini engib, ularni o'ziga
bo‘ysundiradi. Tuuning o‘g ‘li Bumin 551-yilda Markaziy Osiyoda eng
kuchli hisoblangan jujanlar xonini yengib, Turk xoqonligi davlatiga asos
soldi. Xoqonlikda birinchi hukmdor Bumin bo‘lib, u taxtga Hi xoqon
unvoni bilan o‘tirdi. 553-572-yillarda hukmronlik qilgan Muqan xoqon
davrida esa xoqonlik Markaziy Osiyoda siyosiy ustunlikni o‘z qo'liga
oldi.
Aynan mana shu, davrda turklarning g‘arbda jujan qabilalari va
eftaliylarga qarshi faol harbiy harakatlari boshlandi. 552-555-
yillardayoq Buminnnng ukasi Istami “0 ‘n tuman qo‘shinining”
sarkardasi bo‘lib, g‘arbiy yerlami o‘ziga bo‘ysundira boshlagan edi.
Eftaliylar davlati tor-mor etilgandan so‘ng bosib olingan hududlar
bevosita g'oliblarning oliy hokimiyatiga bo‘ysundirilgan edi.
Xoqonlik o‘sha davrning eng yirik davlatlari Vizantiya, Sosoniylar
Eroni, Xitoyning siyosiy va iqtisodiy munosabatlari tizimiga qo'shildi
va Buyuk ipak yo‘li ustidan nazorat o‘rnatish uchun kurasha boshladi.
Turk xoqonligining tarixi uzluksiz urushlar va o‘zaro ichki kurashlar
bilan tolgan edi. Buning natijasida 581-603-yillar oralig‘ida u ikki
qismga Sharqiy va harbiy turk xoqonliklariga bo'linib ketdi.
G‘arbiy xoqonlik tarkibiga Yettisuv, Chu vodiysi, Irtish, Ishim
daryolari bo‘yidagi yerlar, 0 ‘rta Osiyodagi yarim mustaqil davlatlar
qo‘shib olingan edi. Turk xoqonligining sharqiy yerlaridan farqli o‘laroq
G‘arbiy hududda aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi, madaniy
darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan. Negaki, sharqiy hududlarda yashagan
ko‘pchilik ko‘chmanchi turkiy elatlarda urug‘-qabilachilik munosbatlari
hamon kuchli saqlangan. Aholining quyi tabaqasi “budun” yoki “qora
34
budurTlar deb atalgan. Urug‘-qabilaning nomdor vakillari “yabg‘u” deb
yuritilgan, Jamoani xoqon va zodagonlar kengashi - “Qurultoy”
boshqargan. Olrta Osiyo yerlarida esa bu davrda dehqonchilik,
bog‘dorchilik va uzumchilik sohalari yuksak darajada rivojlangan.
0 ‘lkaning Farg‘ona, Xorazm va Zarafshon vohalarida ko‘plab suv
ayirg‘ichlar, kanallar, suv havzalari bunyod etilgan.
VII asrning birinchi choragida G‘arbiy xoqonlik nihoyatda
kuchaygan. lining sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda esa Sind (Hind)
daryosi bo‘ylariga borib yetgan. G‘arbiy xoqonlik o‘ziga qaram
viloyatlami boshqarishda mahalliy sulolalami saqlab qolgan. Muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim oMkalarda esa xoqon xonadoniga tegishli
mansabdorlar tayinlangan. Xoqon To‘ng yabg‘u (618-630) hukmronlik
qilgan davrda boshqaruv tartiblari isloh qilingan. Islohotga ko‘ra,
mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning “yabg‘u” unvoni berilib, ular
xoqonning noibiga (vakiliga) aylanadilar. Shu bilan birga 0 ‘rta Osiyo,
Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari
ustidan siyosiy nazorat kuchaytiriladi. Ular huzuriga xoqonlikning
noiblari - tudunlar yuboriladi. Biroq ichki kurash oqibatida G‘arbiy turk
xoqonligi zaiflashib boradi.
Qadimgi turklarning tasavvuriga ko‘ra, davlatchilikni o‘zida
mujassam etuvchi shaxs xoqon yoki uning suiolasi bo‘lgan. Xoqon uch
kuchga tayanar edi. Bular Osmon-Tangri irodasi, yer-suv saxovati va
turk xalqining faoliyati edi. Xoqonning rafiqasi Xotun unvoniga ega
bo‘lgan. Keyinchalik bu unvonni olgan ayol etnik mansubligidan qat'i
nazar umuman hukmdorning rafiqasini anglatadigan bo‘lib qoldi. Taxtga
vorislik tartibiga ko‘ra, taxt otadan o‘g‘ilga emas akadan ukaga, kichik
amakidan katta jiyanga meros qolar edi. Shahzodalar o‘zlarining
hukmdorlik navbatlari kutib, ungacha o‘zlariga berilgan uluslarda
hokimlik qilar edilar. Hokimiyatni hukmron sulola qo‘lida jamlash odati
Markaziy Osiyo davlatlarida boshqaruvning an’anaviy usuli bo‘lib, u
ikki yoqlama samara berardi. Bir tomondan, ko‘chmanchi chorvachilik
hukmron
bo‘lgan
sharoitlarda boshqaruvning va
mudofaaning
barqarorligi ta’minlansa, ikkinchi tomondan, sulolaning o‘z ichida ham
nisbatan osoyishtalikka erishilar edi.
Davlatning asosini yer bilan xalq tashkil etardi. Xoqonlik
davlatchilikning mustaqil va an’anaviy Olrta Osiyo shakllarini
rivojlantirdi. Davlatni boshqarishda xoqonga, uning qarindoshlari, eng
avvalo, hukmron sulola a’zolari va ular tomonidan yaratilgan boshqaruv
apparati yordam berar edi. Xoqonning qarindoshlari va og‘a-inilariga
35
tegin unvoni berilgan. Davlatda turli-tuman lavozimlar boTib, ulardan
beshtasi oliy mansab hisoblangan: yabg‘u, shad, teginlar, eltabarlar va
tudunlar. Barcha mansablar meros qilib qoldirilgan. Tudunlar
bo‘ysundiriiganlar ustidan nazorat qilish va soliqlar yig‘ish vazifasi
bilan shug‘ullanganlar.
Turk davlati yetarli darajada ishlab chiqilgan jinoiy qonunchilikka
ega bo‘lgan. Jazoning asosiy turlari qatl etish, kompozisiya, ya’ni tovon
to‘lash hisoblangan. o‘lim jazosi davlatga qarshi jinoyatlar uchun (isyon
ko'tarish, sotqinlik va xokazo) hamda odam o ‘ldirganlik uchun berilgan.
Odam o‘ldirganlik uchun qatl etish yoki odam a’zosini kesib tashlash
talion
deyilgan.
Shaxsga qarshi
qaratilgan
boshqa jinoyatlar
kompozisiya, ya’ni etkazilgan zarami o‘n barobar qilib to‘lash, tovon
kabi usullar qoTlanilgan.
Xoqonlikda aholi va qo‘shin boMinishida o‘nlik tizimi mavjud
bo'lgan. Ular orasida shaxsiy so'qchilar, xoqonlarning zirixli gvardiyasi
ajralib turgan. 10, 20 va 40 kishilik alohida qo‘shilmalar shadlar yoki
yabg'u qo‘mondonligida bo’lgan. Qo‘shinda xizmat qilish majburiy
hisoblangan. Davlat, odatda 100 ming kishilik qo’shin olish qudratiga
ega bo‘lgan. Bunday qo‘shin davlat qudratining asosiy tayanchi
hisoblangan.
VII asr o‘rtalariga kelib xoqonlik zaiflashib bir necha qismlarga
boiinib ketgan. Bu vaziyatdan Xitoyning Tan saltanati fpydalanib, 0 ‘rta
Osiyo yerlariga bir necha marta suqiiib kirishga harakat qilib ko‘rgan.
Xoqonlik
ulkan
hudud
ichida
tinchlik
saqlashga
erishgan,
bo‘ysundirilgan xalqlarning ichki ishlariga aralashmagan, ularning
xo’jalik, savdo-sotiq, madaniyat sohalaridagi faoliyatiga to‘sqin!ik
qilmagan. Zabt etilgan yerlaming mahalliy aholisi o‘z ijtimoiy
tuzilmalarini saqlab bu tuzilmaiar ustidan noib-tutuq nazorat qilib
turgan.
Turk xoqonligi qoTida biriashgan xalqlar taraqqiyotning har xil
bosqichida edilar. Turk qabilalarining bir qismi VI-V1I asriarda
o‘tovlarda yashaganlar va to‘rt g‘ildirakli aravalarda ko‘chib yurganlar.
Mamlakatda
ziroatchilik,
boqdorchilik,
shaharlarda
qurilish,
hunarmandchilik, savdo-sotiq avj olgan, kulolchilik, qurolsozlik,
shishasozlik rivojlangan. Turklar yasagan qurol-yaroqlar, zebi-ziynat
buyumlari xilma-xilligi va pishiq-puxtaligi bilan ajralib turgan. Buyuk
ipak yoTi samarali ishlashda davom etib, xoqonlikning asosiy savdo
hamkorlari Eron, Xitoy, Hindiston, Vizantiya bolgan.
3 6
Turk xoqonlari 0 ‘rta Osiyoda hukmronlik qilsa-da, biroq o‘zlari
bu hududga ko‘chib kelmaganlar. Ular Ettisuv va boshqa hududlardagi
bosh qarbrgohlarida qolib, bo‘ysungan hududlami mahalliy hukmdorlar
orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o‘lponlar va to'lovlar bilan
kifoyalanganlar. Bundan ko‘rinadiki, Turk xoqonligi davrida bu
hududdagi mavjud mahalliy davlat tuzilmalari, ulaming boshqaruv
tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyatlari davom
etgan. Xoqonlik istisno hollardagina oMkaning ijtimoiy-siyosiy hayotiga
aralashgan. Bu narsa ko‘proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-sotiq ma-
salalariga daxi etardi. Xitoy rnanbalarida ta‘kidlanganidek, Zarafshon,
Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida bu davrda 9 ta mustaqil hokimlik
mavjud bo‘lgan: Samarqand, Ishtixon, Maymurg1, Kesh, Naxshab,
Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir. Ayniqsa
Samarqand, Buxoro, Xorazm va Choch (Toshkent) hokimliklari
o‘zlariga ancha mustqil bo‘lganlar. Buxorxudotlar zarb etgan tanga
pullar keng muomalada bo‘lgan. Shu bilan birlikda bu nisbatan mustaqil
hokimliklar o‘rtasida o‘zaro kurash, ichki ziddiyatlar ham to'xtovsiz
bo‘lib turgan. Bu esa mahalliy aholi hayoti, turmushini nochor ahvolga
duchor etgan. Masalan, 585-586- yillarda Buxoroda zodagon dehqon va
boy savdogarlarga qarshi qo‘zg‘olon ko'tariladi. Unga Abro‘y
boshchilik qiladi. Xoqon Qoracho‘rin qo‘shinlari qo‘zg‘olonni bostirib,
qo‘zg‘olonchilami qattiq jazolaydi.
San’at ham taraqqiy etgan. Haykaltaroshlik, o'ymakorlik,
naqqoshlik, musiqa, raqs san’atlari rivojlangan. Bunyodkorlik ishlari
sug‘orish inshootlari, qo‘rg‘onlar, shaharlar barpo etishga e’tibor oshadi.
Ko‘p qabilalar tan olgan yagona Xudo Tangri deb atalgan, unga
qurbonlik keltirganlar. Ular ruh abadiyligi, narigi dunyo borligiga
ishonganlar. 0 ‘rta Osiyoning turk xoqonligi tarkibida bo‘lganligi ijobiy
ahamiyatga ega edi. U turkiy qabilalaming jipslashuviga xizmat qildi,
bir qator turkiy xalqlaming shakllanishiga asos soldi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Turk xoqonligida davlatchilik 0 ‘rta
Osiyoning qadimiy an’analari va turkiy qabilalar tomonidan keltiriigan
an’analar asosida o‘ziga xos xususiyat kasb etdi. Bunda siyosiy ittifoq
0 ‘rta Osiyodagi mustaqil va yarim mustaqil mulklaming federatsiyasi
shakllandi. Bu federatsiyada tashkil topgan davlatchilik ma’lum
ma’noda yuqori bosqichga ko‘tarilgan bo‘lib, o‘sha davming hayotiy
talablari va xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan. Bu esa o‘zbek
davlatchiligi poydevorini mustahkamlash tomon qo‘yilgan muhim
qadamlardan biri bo‘ldi.
3 7
Do'stlaringiz bilan baham: |