0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi


Arab xalifaligiga qarshi xalq qo‘zg‘olon!ari



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

4.6. Arab xalifaligiga qarshi xalq qo‘zg‘olon!ari
Xalifalikning talonchilik siyosati mahaliiy xalqni barcha haq- 
huquqlardan mahrum etdi. Madaniyatning oyoqosti qilinishi, arab tili,
4 0


yozuvi va xalifalik qonun-qoidalarining zo‘rlik bilan joriy etiiishi 
natijasida mahaliiy xalq orasida norozilik tobora kuchayib, qo‘zg‘olonlar 
ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-719) 
murakkab vaziyatni hisobga olib, bo‘ysundirilgan yerli xalqlar bilan 
kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. U yangi yerlarni 
bundan buyon zabt etishni to‘xtatish hamda moliyaviy islohot o‘tkazish 
to‘g‘risida farmon berdi.
Bunga binoan musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi 
qabul qilgan mahaliiy xalqlardan xiroj va jizya soliqlarini olish bekor 
qilindi. Biroq Movarounnahr zodagonlarining'ko‘pchiligi o‘zini haqiqiy 
musulmon deb hisoblab, soliq toMamay qo‘yadi. So’rigra xalifalik 
ma’muriyati bir yo‘la hammadan jizya olish haqida buyruq beradi. 
Natijada Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga 
qaytish boshlanadi. Burning oqibatida mahaliiy mulkdorlar bilan arab 
ma’muriyati o‘rlasida ziddiyat keskinlashib, butun mamlakatda 
bosqinchilarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tariladi.
720-722-yillarda So‘g‘diyonada yuz bergan G‘o‘rak (Samarqand 
hukmdori) va Divashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo‘zg‘olon 
arablar hukmronlikligiga qarshi dastlabki yirik xalq harakatlaridan biri 
bo‘lgan. Unda arablar siyosati va zulmidan g‘azabga kelgan o‘n minglab 
mahaliiy xalq vakillari ishtirok etgan. Xurosonning yangi tayinlangan va 
zolimligi bilan nom chiqargan noibi Said Xarashiy katta muntazam 
harbiy kuch bilan mazkur qo‘zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostirishga 
muvaffaq boMadi. Qo‘zg‘olon rahbarlaridan biri bo‘lgan Divashtich 
ushlanib qatl etiladi. Arablar mahaliiy aholini faqat harbiy kuch bilan 
ushlab turish mumkin emasligini yaxshi anglardilar. Movarounnahr 
aholisini tinchlantirish va arablar hokimiyatini 
mustahkamlash 
maqsadida Xuroson noibi Ashros Islom dinini qabul qilganlardan xiroj 
va jizya soliqlarini olmaslikka qaror qiladi. Bu aholini tinchlantirishga 
qaratilgan vaqtinchalik tadbir edi. Zodagon dehqonlarning ko‘pi o‘z 
chokarlari va kadivarlari bilan islomni qaytadan qabul qilib, arablar 
tomoniga o‘tadilar.
736-737-yillarda Toxariston va So‘g‘dda arablarga qarshi yana 
qo‘zg‘olon ko'tariladi. Natijada arablar juda og‘ir ahvolga tushib qoladi 
va bu vaziyatdan qutulish maqsadida Xuroson va Movarounnahming 
noiblari hamda amirlari bir necha marta o‘zgartiriladi. Xususan, 738- 
748-yillarda Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor davrida ko‘rilgan tadbirlar 
tufayli arablar o‘lkada o‘z mavqelarini mustahkamlash imkoniyatiga ega
41


bo‘Idi. U ma’lum bir muddat davomida mamlakatda nisbiy osoyishtalik 
o‘mata oldi.
Nasr ibn Sayyor mamlakatda o ‘z mavqeyini mustahkamlab olish 
maqsadida moliya islohoti o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar 
jizyadan 
ozod 
etildi. 
Barcha 
musulmonlar 
huquq 
jihatdan 
tenglashtiriladi, yer egasining e’tiqodidan qat’i nazar ularning xiroj 
to‘lashi shart qilib qo‘yiladi. Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan 
mulkdor dehqonlar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari o‘rnatiladi. 
Ayni vaqtda. o‘zi ham namuna ko‘rsatib, Buxorxudotning qiziga 
uylanadi. Bunday.siyosat natijasida arablar bilan mahalliy zodagonlar 
o'rtasida ma’lum darajada ittifoq yuzaga kela boshladi. Ammo bu 
ozodlik yo‘lida olib borilayotgan xalq harakatlariga barham bera 
olmaydi. Movarounnahr xalifalikdagi eng notinch va isyonkor 
o'lkalardan biri bo‘lib qolaveradi.
Arablar 
bosib 
olgan 
hududlarda, 
xususan, 
Xuroson 
va 
Movarounnahrda kuchayib ketgan xalq ommasining ummaviylar 
xalifaligiga noroziligi kun sayin oshirib bordi. Ummaviylami siyosiy 
hokimiyatdan ag‘darib tashlashni o‘z oldiga bosh vazifa qilib qo‘ygan 
raqib guruhlar paydo bo‘la boshladi. Ana shunday guruhlardan biri 
abbosiylar edilar. Bu sulolaga Muhammadning amakisi Abbosning 
evarasi Muhammad ibn Ali asos solgan. Abbosiylar ummaviylami 
rasululloh avlodini qirib tashlashda ayblaydilar. Abbosiylar o‘z 
g‘oyalarini tashviq-targ‘ib qilish maqsadida shu guruhning eng 
ishonchli, sodiq vakillari xalifalikning barcha hududlariga yuborildi.
Ummaviylarga qarshi norozilik harakati xalifa Marvon II (744- 
750) davrida kuchaydi. Bu davrda ummaviylarga qarshi uyushtirilgan 
harakatga abbosiylarning e’tiborli va obro'li vakillaridan imom Ibrohim 
ibn Muhammad boshchilik qildi. Xuddi mana shu davrda Xurosondagi 
abbosiylar harakatiga boshchilik qilish uchun (746-yil) Abu Muslim 
(Abdurahmon ibn Asad) yuborilgan edi.
Abu Muslim Xurosonga kelgach o‘zining qarorgohi qilib, Marv 
shahridan uch farsah g‘arbda Xarkon kanali bo‘yidagi mustahkamlangan 
Safizanj qishlog‘ini tanladi. Abu Muslim o‘z faoliyatini Xuroson 
aholisining yuqori tabaqa vakillariga murojaatdan boshladi. Dastlab arab 
zodagonlari, so‘ngra mahalliy dehqonlar Abu Muslimni qo'llab- 
quvvatlaydilar. Umaviylarga qarshi tashviqotning sadosi tez orada 
Xuroson, Movarounnahr va Toxariston viloyatlariga keng tarqaladi. 
Mamlakat aholisi xalifalikka qarshi qo‘zg‘aiadi.
4 2


Yetarli miqdorda kuch to‘plaganligiga ishonch hosil qilgan Abu 
Muslim 747-yilda o‘z qo‘shinlarini ummaviylarga qarshi ochiq kurashga 
da’vat etdi. Aynan shu paytda Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor bilan 
Marv hokimi Al-Kirmoniy o‘rtasida nizo chiqib, ikki o‘rtada urush 
boshlandi. Sayyor Kirmoniyni asir olib, qatl ettirdi. Xuroson noibi Nasr 
ibn Sayyor Kirmoniyni qatl ettirib katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Kirmoniyga 
tegishli bo‘lgan Azd qabiiasi unga dushman boiib qoldi. Tahlikaga 
tushgah Nasr ibn Sayyor 748-yilda Marvni jangsiz tashlab, Nishopurga 
chekindi. Ammo Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olonchi kuchlar 
Nasrga hal qiluvchi zarbani berdilar: Bu mag‘lubiyat ummaviylar 
hukmronligi taqdirini uzil-kesil hal qildi. Tez orada qo‘zg‘olonchilar 
Xurosonni egallab olib, 749-yilda Iraq va Jazoirda ummaviylar 
qo‘shinlariga bir necha bor qaqshatg‘ich zarbalar berdilar. Shundan 
so‘ng Abu Muslim lashkarlari poytaxt Damashqqa tomon yurish qildi va 
xalifa Marvon II ni taxtdan ag‘dardi.
Shu tariqa xalifalik taxti abbosiylar qo‘liga o‘tdi. Ular 750-1258- 
yillar davomida xalifalik taxtini boshqardilar. Xalifalik taxtiga 
abbosiylardan birinchi bo‘lib Muhammad payg‘ambarning amaki 
avlodlaridan Abul Abbos as-Saffoh (750-754) o‘tirdi.
Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi mehnatkash aholiga hech 
qanday yengiilik keltirmagan. Abu Muslim vositasida abbosiylar 
tomonidan xalq ommasiga berilgan va’dalardan biro‘rtasi ham amalga 
oshmadi. Abu Muslim Bag‘dodda davlat va harbiy kuchlarning yuqori 
lavozimiga tayinlanadi. Biroq abbosiylar uning xalq orasidagi 
obro‘yining tobora ortib borishiga xayrixoh emas edilar. Oqibat Abu 
Muslim poytaxtdan uzoqlashtirilib, Xuroson va Movarounnahrga noib 
qilib yuboriladi. Mehnatkash aholi o‘rtasida abbosiylarga qarshi 
qo‘zg‘olon ko‘tarish kayfiyati paydo bo‘ladi. Bunday qo‘zg‘olonlardan 
biri 750-yilda Buxoroda sodir boTdi. Qo‘zg‘olonga asli arablardan 
bo‘lgan Sharik ibn Shayx Almaxriy boshchilik qildi. Abu Muslim 
mahalliy kuchlar yordami bilan qo‘zg‘olonni zo‘rg‘a bostirdi.
Movarounnahrda arablarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon tufayli 
mamlakatda vujudga kelgan ichki 
ziddiyat 'va to'polonlardan 
foydalangan Xitoy davlatining qo‘shinlari sarkarda Gao-Syan-Ghji 
boshchiligida Markaziy Osiyo hududiga bostirib kiradilar, 751-yilda 
Talas vodiysida Xitoy qo‘shin!ari bilan Abu Muslim tomonidan 
yuborilgan lashkarlar o‘rtasida dahshatli jang bo‘ldi. Bu jang arablaming 
g ‘a!abasi bilan yakunlanadi.
4 3


Abbosiy xalifalar Abu Muslimni taxtga birinchi da’vogar hisobiab, 
uni yo‘qotish payiga tushdilar. Nihoyat, 755-yilda Xalifa Mansur (754- 
775) Makkaga yo‘lga otlangan Abu Muslimni o‘z saroyiga kirib 
o‘tishini so‘raydi. Qurolsiz va yolg'iz saroyga kirgan Abu Muslimni 
Mansur poylo‘qchilari qo‘lga olib, uni o‘ldiradilar. Bu dahshatli fojia 
Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatlarini 
yanada kuchli tus olishiga turtki bo‘ldi. Ana shunday harakatlardan biri 
755-yilda Reyda 
Sunbod 
boshchiligida bo‘lib 
o‘tdi. 
Tabariy 
maiumotlariga ko‘ra, Bu qo‘zg‘olon, 70 kun davom etgan. Qo‘zg‘olon 
qattiqqoilik bilan bostirilgan, qo‘zg‘olonchilardan olti mingga yaqin 
kishi o‘ldirilgan. Qo‘zg‘olon rahbari Sunbod qo‘lga olinib, qatl etilgan. 
Sunbod qo‘zg‘oloni bilan bir vaqtning o‘zida Movarounnahrda ham 
abbosiylarga qarshi harakat boshlangan. Bu qo‘zg‘olonning rahbari Abu 
Muslim harakatining tarafdori Ishoq edi.
Movarounnahrda yana bir xalq qo‘zg‘olonlardan biri 769-783- 
yillarda bo‘lib o‘tgan. Qo‘zg‘ talonchilar oq libos kiyganlari uchun 
tarixda u “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni nomi bilan tilga olinadi. Bu 
harakatning rahbari Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo‘lgan. U 
boshi va yuziga ko‘k parda tutib yurganligi uchun uni “Muqanna”, ya’ni 
“Niqobdor” laqabi bilan atashgan. Muqanna Xurosonda kichik 
lashkarboshidan vazirlik darajasigacha ko‘tarilgan.
Muqanna ajnabiylar hukmronligi va zulmiga qarshi qo‘zg‘alishga 
da’vat qilib, Movarounnahrga yo‘l oladi va o‘z yaqinlari bilan Naxshab 
va Kesh shahriga yetib boradi. Kesh yaqinida tog* tepasiga bino qilingan 
Som qal’asini o‘z qarorgohiga aylantiradi. Tez orada butun Qashqadaryo 
vohasi “Oq kiyimlilar” qo‘liga o‘tadi. Natijada “Oq kiyimlilar” harakati 
kengayib, katta xalq qo‘zg‘oloniga aylanadi. U ayniqsa Sug‘dda avj olib, 
Eloq (Ohangaron) vodiysi va Shoshga ham o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. 
Qo‘zg‘olonda turli tabaqalar qatnashadi.
“Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloniga zarba berish uchun xalifa Mansur 
775-yilda katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qiladi. 
Muqannaga qarshi kurashgan arablarning Jabroil ibn Yahyo va Maoz 
ibn Muslim boshchiligidagi birlashgan kuchlari ham ular ustidan 
sezilarli yutuqqa erisha olmagan. Faqat 777-778- yillar davomidagi 
urush harakatlari chog‘ida buxorolik bir kishi tomonidan iste’dodli 
sarkarda Sug‘diyonning oidirilishi “oq kiyimlilar” uchun juda katta 
yo‘qotish bo‘igan. Shundan so'nggina arablar Samarqandni ishg‘ol 
qilganlar. Narshax va Samarqandda “Oq kiyimlilar” yengilgach, 
mahalliy mulkdor tabaqa vakillari arablarga yordam bera boshlaydilar.
44


Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vodiysida bo‘lib o‘tadi. 783-yilda 
Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi qamalga olinadi. Uzoq davom 
etgan qamaldan so‘ng kurashdan tinkasi qurigan qo‘zg‘olonchilar taslim 
bodadilar. Istilochilarga taslim boMishni istamagan Muqanna o‘zini 
yonib turgan tandirga tashlab halok bo‘ladi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish