0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

4.2. Eftaliylar daviati (V-VI asrlar)
Mamlakatimiz hududida ilk o‘rta asrlar davrida tashkil topgan yirik 
davlatlardan biri Eftaliylar davlatidir. Eftaliylarning etnik jihatdan qaysi 
qabilaga mansubligi, tillari tarixda yetarlicha tadqiq qilingan emas. 
Olimlaming xulosalariga qaraganda, milodning IV asr o'rtalarida 
kushonlar bilan Eftaliylar boshqa qabilalar bilan birlashganlar. "Eftal" 
so‘zi esa eftaliylar shohi Vaxshunvar Eftalon nomi bilan bog‘liqdir. 
Vaxshunvor 457-yildan e’tiboran Choganiyon, Tohariston, Badax- 
shonni o ‘ziga bo‘ysundirib 0 ‘rta Osiyoda katta davlatga asos soldi.
V asrning ikkinchi yarmi va VI asr boshlarida Eftaliylar daviati 
hududlariga 0 ‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va S'narqiy 
Turkiston yerlari kirar edi. Eftaliylar zamonida saltanat yakka hukmdor 
tomonidan boshqarilgan. Davlat boshqaruv tipi konfederativ podshohlik 
boiib, boshqaruv shakli cheklangan monarxiya bo‘lgan. Taxt vorisini 
aniqlab, taqdim etadigan kengash mavjud bo‘lgan. Bu kengash 
sulolaning mo'tabar vakillari, yirik amaldorlardan iborat bo‘lgan. 
Eftaliylar davrida davlatimiz qonunlar asosida boshqarilib, bu turkiy 
tuzuklardan iborat bo‘lgan. Katta hududni egallagan bu davlatda ba’zi 
katta viloyatlar mahalliy sulolalar tomonidan boshqarilgan.
Eftaliylarning harbiy qo‘shinlari katta kuchga ega bo‘!gan. 
Askarlari qo'iida harbiy qurol-yaroqlardan gurzi, o‘q-yoy va asosiysi 
qilich muhim o‘rin tutgan. Ular lashkarlarining asosini otliq askarlar 
tashkil etgan. Milodiy V asrda sosoniylar va eftaliylar daviati o‘rtasidagi 
harbiy to‘qnashuvlarda eftaliylar qo‘shinining ustun kelishi, ular harbiy 
mahoratining yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.
Sosoniylaming sharqqa yurishlari eftaliylarning qarshiligi tufayli 
to‘xtadi. Ular Eron podshohlarining ichki siyosatiga ham aralashib 
turdilar, hatto shohlardan qaysi birini saylash va tayinlash masalasini hal 
qilish ularning qo‘lida boigan. Eron daviati har yili eftaliylarga o‘lpon 
to‘lab turgan.
Eftaliylar davlatining poytaxti haqida ma’lumotlar yo‘q. Bunday 
markaz Poykan (Boykent) yoki Balx bo‘lgan degan taxminlar bor. Bu 
davrda jamiyatda yerga egalik munosabati shakllanayotgan bo‘lsada, 
qullar mehnatidan foydalanish davom etgan. Qaror topayotgan yerga 
egalik qilish munosabatlariga ko‘ra, katta yerlarni egallab olganlar 
dehqon nomi bilan atalgan. “Dehqon” qishloq hokimi ma’nosini
32


anglatgan. 0 ‘zining kichikroq yerida xo‘jalik yuritganlar kashovarzlar, 
yeridan ajralib qolib dehqon xo'jaliklarida yollanib ishlaganlar 
kadivarlar deb nomlangan.
Eftaliylarning bir qismi ko‘chmanchi bo‘lib, chorvachilik bilan 
shug'ullansalar, asosiy qismi shahar va qishloqlarda yashaydigart o‘troq 
aholi bo'lgan. Ko'pgina hududlarda, xususan, Qashqadaryo va 
Zarafshon vodiylarda g‘alladan tashqari sholi ham yetishtirilgan. 
Shuningdek, ko‘piab g ‘o‘za ekilgan va Markaziy Osiyoning paxtasi
hatto Xitoyda ham mashhur bo‘lgan yilqichilik bilan shug‘ullangan aholi 
asosan tog‘ va tog‘ oldi yerlarda yashashgan, zotdor arg‘umoqlar 
Farg‘ona vodiysida ko‘paytirilgan. Sug'oriladigan yer maydonlarining 
ma’lum bir qismi feoda! munosabatlaiming qaror topa boshlashi bilan 
mulkdor zodagon tabaqa vakillari uchun - "dehqonlar" qo‘liga o‘ta 
boshiagan. Bu esa erkin dehqonlaming zodagon dehqonlarga qaram 
kadivarlarga ayianishiga asos bo‘lgan.
Dehqonchilik 
vohalarida 
Eftaliylarning 
V-VI 
asrlarda 
o‘troqlashuvi kuchayadi va sug‘orma yerlarga talab ortadi. Hozirgi 
vaqtda ham mavjud bo‘lgan. Zag‘ariq, Bo‘zsuv, Darhom kanallari V 
asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan bo‘lgan.
Shu davr me’morchiligidb qasrlar qurilishi ayniqsa ahamiyatli bo‘l- 
gan. Bu qasrlar 2 qavatli, shipi tekis, gumbazsimon va ravoqsimon qilib 
yopilgan bir necha xonadan iborat bo’lgan. Saroy va qasrlar qurilishida V 
asrdan boshlab pishiq g‘ishtlar ishlatila boshlangan. Saroy ibodatxonalar 
devorlari rangdor tasvirlar bilan bezatilgan. Eftaliylar me’morchiligining 
ajoyib namunalaridan biri Buxoro yaqinidagi Varaxsha saroyi bo‘lib, u 
buxorxudotlaming VS-V1I asrlardagi qarorgohlar bo’lgan.
Eftaliylar davrida hunarmandchilikning kulolchilik, shishasozlik, 
chilangirlik, bo‘zchilik, zargarlik, qurolsozlik kabi turlari yaxshi 
taraqqiy etgan. Eftaliylar Eron, Vizantiya, Hindiston, Xitoy kabi 
mamlakatlar bilan elchilik, savdo-sotiq munosabatlarini olib borishgan. 
Xususan, 456-yili Eftaliylar Xitoyga o‘zi elchilarini yuborganlari tarixda 
qayd etilgan.
V-VI asrlarda diniy e’tiqod va tasavvurlari bilan uzviy bogiiq 
bo‘lgan sopol haykalchalarni yasash va ularga topinish keng yoyiladi. 
Ulkan hududga yoyilgan Eftaliylar davlatida turli diniy e’tiqodlar 
turlicha bo‘lgan. So‘g‘dda zardushtiylik keng tarqalgan. Tohariston va 
Sharqiy Turkistonda esa buddiylikka e’tiqod qiluvchilar ko‘p bo‘lgan.
Shunday qilib, V-VI asrlarda yurtimizda Eftaliylar sulolasi 100 
yildan ortiq hukmronlik qildi. Bu sulola vakillari tarqoq mamlakatni
33


birlashtirib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlar va tashqi aloqalar 
taraqqiyotining yuksalishiga erishdi. Ammo 563-567-yillarda turk 
xoqonlari tomonidan berilgan zarbadan so‘ng Eftaliylar inqiroz sari 
yuzlandilar va xoqonlik ta’siriga tushib qoldilar.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish