3.6. 0 ‘rta Osiyoda kommunikatsiya tizimlarini
rivojlantirishda Buyuk Ipak yoMining o‘rni
Buyuk ipak yo‘li miloddan avvalgi i ming yillikning ikkinchi
yarmidan to milodiy XV asrgacha Xitoy, Hindiston, O'rta Osiyo, Eron,
Yaqin Sharq hamda 0 ‘rta dengiz mamlakatlarini g‘arb bilan
tutashtiruvchi
savdo-sotiq
iqtisodiy
va
madaniy
aloqalarining
rivojlanishida asosiy vosita bo‘lgan. Nemis sharqshunos olimi Ferdinand
fon Rixtgofen 1877-yilda Xitoy nomli asarida bu karvon yo‘llar
tarmog'ini avvallari ular orqali asosan ipak va shoyi tashilgani uchun
"ipak yo‘li" deb atadi. Keyinchalik “Buyuk ipak yo‘li” atamasini
ko‘pchnlik tadqiqotchi va olimlar ishlatadigan bo‘ldilar. Lekin miloddan
burungi bir necha asrlar qimmatbaho toshlar tashiladigan “Lojuvard
yo‘l” Badaxshonni Eron, Mesopatamiya, Suriya Misr kabi davlatlar
bilan bog‘langan. “Nefrit yo‘li” esa Turkistonni Sharqiy Xitoy bilan
bog'langan.
Miloddan avvalgi II asr oxiridan boshlab 0 ‘rta Osiyo bilan Xitoy
o‘rtasida muntazam diplomatik va savdo munosabatlari amalga oshirila
boshlangan. Xitoy hukmdorlari o‘z elchilarini katta sovg‘a-salomlar
bilan nafaqat 0 ‘rta Osiyoga, balki Buyuk ipak yo'li orqali Eron
Mesopotamiya va Kichik Osiyo davlatlariga ham yuborganlar. Buyuk
ipak yo‘lida yangi-yangi shaharlar, karvonsaroylar va savdo nuqtalari
bunyod etildi. 0 ‘rta Osiyo hududlari o‘zining geografik joylashgan
mavqeiga ko‘ra Buyuk ipak yo'li taraqqiyotida munosib o‘rin egallagan.
Chunki, savdogarlar Sharqiy Turkiston, Xorazm, Buxoro, Naxshab,
Termiz, Samarqand kabi shaharlarda o‘z mollarini sotib bu hududlardan
o‘zlariga kerakli bo'lgan buyumlarni xarid qilib qaytar edilar.
Buyuk ipak yo‘li 12 ming km uzunlikda bo‘lgan. U Sariq dengiz
sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Eron,
Mesopotamiya orqali 0 ‘rta yer dengizi sohillarigacha borgan. Ikkinchi
yo‘nalish Markaziy Osiyo orqali Hindistonga olib borgan. Bu yo‘lda
qator qadimiy shaharlar joylashgan: Sian, Dunxuan, Yorkent,
Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqalar. Markaziy Osiyo
kumushiga ehtiyoj sezgan mamlakatlarga boradigan "Kumush yo‘li"
ham bo'lgan. Bu yo'l Xazar xoqonligi va Bulg'or davlati orqali Kiev,
Rusi va Yevropa mamlakatlariga borgan. U Buyuk ipak yoTning
shimoliy tarmog'i hisoblanib, VI asrdan boshlab ishga tushgan.
Farg'ona vodiysida ipak yo'li ikki tarmoqqa bo'lingan. Birinchisi
O'zgandan Axsi, Qamchiq davoni orqali (yozda) Iloq vohasi va
Toshkentga kelgan. Ikkinchisi janubiy tarmoq bo'lib, O'zgandan O'sh,
2 9
Quva, Marg‘ilon, Qo‘qon orqali Xo‘jand, Samarqand, Buxoroga o‘tgan.
Asosiy karvon yo‘llaridan tashqari ichki savdo yo'llari ham bo'lgan. Biri
Axsidan Koson orqali Chust vohasiga o‘tgan. Yana biri Pop, Zarkent
orqali konchilar qarorgohlari va yaylovlariga borgan. Qurama va Oloy
logMari qazilma boyliklari va Zarafshon daryosi boylikiari tufayli bu
yo‘l tarmog‘i “Oltin yo‘l” deb atalgan.
Bu yo‘l XV-XVI asrlarga kelib o‘zining dastlabki mavqeini
yo'qota bordi. Chunk! bu davrlarda dengiz yo‘li kashf etildi, savdo
kemalari orqali turli yurtlar bilan bordi-keldi qilinadigan boldi. Keyingi
asrlarda o‘zaro iqtisodiy va o‘zga munosabatlar birmuncha osonlashdi,
yangidan-yangi transport vositalari kashf etildi.
NAZORAT SAVOLLAR1:
1. Davlat tushunchasining mazmun mohiyati nimada?
2. Davlatning shakllanishi va paydo bo‘lishidagi asosiy omillarni
ko'rsating.
3. Olrta Osiyodagi ilk davlatlarning boshqaruv tizimi qanday bo‘lgan?
4. Katta Xorazmning geografik o‘mini toping.
5. Qadimgi Baqtriya va So‘g‘d hoqimligining davlat boshqaruv tizimi
qanday bo‘lgan?
6. 0 ‘rta Osiyoga ajnabiy bosqinchilaming hujumi qanday oqibatlarga
olib keldi?
7. Salavkiylar qachon va qanday qilib hokimiyat tepasiga keldi?
8. Yunon-Baqtriya davlati Salavkiylar davlatidan qachon, qanday ajralib
chiqqan?
9. 0 ‘rta Osiyoda mahalliy davlatchilik qanday rivojlandi?
10. Qadimgi Dovon va Qang‘ davlatlarining boshqaruv tizimi qanday
bo‘lgan?
11. Kushon saltanatining geografik o‘mini aniqlang.
12. Kushon podshohligidagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning
rivojlanish jarayoni qanday kechgan?
13. Davlatlarning rivojlanishida Buyuk ipak yo'lining roli qanday
borigan?
3 0
Do'stlaringiz bilan baham: |