0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi


O‘zbekiston hududi Kushon davlati tarkibida



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

3.5. O‘zbekiston hududi Kushon davlati tarkibida
Kushon 
podshohligi. 
Spitamen 
qo‘zg‘oloni 
mag‘lubiyatga 
uchragandan so‘ng mil.av. IV asr oxirlarida asli 0 ‘rta Osiyoda yashagan 
massaget-toxar qabilalarining katta bir qismi Sharqiy Turkistondan to 
MugMliston chegaralarigacha bo‘lgan hududlarga ko‘chib o'tganlar. Ana 
shu qabilalar tarixi bilan bog‘liq mil.av. IV asr oxirlari va milodning V 
asriga oid ma’lumotlar Xitoy manbalaridan olinganligi sababli qabila, 
urug‘, shaxslar, joy va shahar nomlari xitoycha nomlar bilan berilgan. 
0 ‘rta Osiyodan Sharqqa tomon ko‘chib o‘tgan massaget-toxarlar Xitoy 
manbalarida yue-chjelar nomi bilan atalganlar. Xitoyning shimolidagi 
katta hududlarda xunn qabilalari yashagan. Taqdir taqozosiga ko‘ra, 
xunnlar bilan yue-chjelar o'rtasida ziddiyatlar kuchayadi. Natijada, 
xunnlar mil.av. 176-yili yue-chjelarni g‘arbga siqib chiqaradi.
Farg'ona (Dovon) podshohligi hududlariga chekingan yue-chje 
qabilalari bu yerda shahar va qishloqlar barpo qiladilar. Hozirgi 
Namangan viloyati Kushon qishlog‘i va Kosonsoy shular jumlasidandir. 
Ular mil.av. 140-130-yillarda Yunon-Baqtriyani ham o‘zlariga tobe 
qiladilar va “Katta Yue-chje” davlat uyushmasiga asos soladilar. Bu 
davlat uyushmasiga beshta hokimlik: Guyshuan, Xyumi, Shaunmi, Xise 
va Dumilar bo‘ysunar edi.
Bulardan biri Guyshuan (Kushon) hokimligi ancha kuchayib, 
boshqa hokimliklami birlashtiradi va Guyshuan hokimi Kudzula Kadfiz 
o‘zini yagona hokim deb e’lon qiladi. Natijada, yangi davlat — Kushon 
davlati paydo boMadi va hozirgi Surxondaryo viloyatining Shurchi 
tumanidagi Dalvarzintepada joylashgan manzilgoh bu davlatning 
poytaxti bo‘lib qoladi. Kudzula Kadfiz davlat chegaralarini kengaytirib, 
qudratini oshiradi. Parfiya, hozirgi Afg‘oniston hududi va Kashmimi 
egallaydi. Kujula vafotidan keyin uning o‘g‘li Vima taxtga chiqadi va 
Hindistonning markaziy viloyatlarini o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oladi.
Vima Kadfiz 30 yil hukmronlik qilgan. Undan so‘ng Kanishka 
mamlakatni boshqaradi va u Hindistonning janubiy hududlarini zabt 
etadi. Natijada, Kushon davlati katta saltanatga aylanib, Xitoydagi Xan 
davlati hamda Rim imperayasi bilan raqobatlashish darajasiga


ko‘tariladi. Kushonda davlat tipi konfederativ podshohiik bo‘!ib, 
boshqaruv shakii monarxiya edi. Viloyatlar va shaharlar davlat tepasida 
turuvchi oliy hukmdor noiblari tomonidan boshqarilgan. Ular oliy 
hukmdorga so‘zsiz itoat etib, doimiy ravishda davlat xazinasiga 
o‘lpofilar to‘lab turganlar.
Kushonlar davlatida zarb etilgan kumush, oltin tangalaming bir to- 
monida Budda xudolari, zardushtiylar xudolari Anaxita, Mitra rasmlari 
uchrasa, ikkinchi tomonida esa “shoh”, “shohlar shohi” atamasini ko‘ra- 
miz. Buyuk ipak yo‘li tarmoqlarida joylashgan Kushon podshohligi gul- 
lab yashnadi. Ko‘pdan-ko‘p yangi shaharlar bunyod etildi. Bu davrda 
ko‘plab sug‘orish inshootlari qurilib, yangi yerlar o‘zlashtirildi. Shahar­
lar qurilishida aniq binokorlik qoidalari amalga oshirilgan. Shaharlar 
to‘g‘ri burchakii bo'lib, qalin devorlar bilan 
9
‘ralgan. Shahar tuzilishiga 
ko‘ra, u bir necha qismlarga bo‘lingan: hokim saroyi (qaPa), 
hunarmandchilik 
ustaxonalari, 
guzarlar, 
alohida 
ibodatxonalar 
joylashgan qismi, savdo maydoni va boshqalar tartibli ravishda 
joylashgan edi.
Kushon 
podshohligi 
iqtisodiyotining 
asosini 
sug‘orma 
dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan. Ular yuqori 
darajada rivojlangan. Hindiston, Xitoy va Rim saltanati bilan savdo va 
elchilik munosabatlari o‘matilgan edi. Savdo munosabatlarining 
rivojlanishida Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati katta bo‘lgan. Termizdan 
Rim tangalari xazinasi, o‘rta yer dengizi atrofi hududlarida esa kushon 
tangalari topilgan.
Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan Budda dini davlat diniga 
aylandi. Oromiy va yunon yozuvlari bilan birga kushon yozuvi ham 
mavjud bo‘lgan. Kushon saltanati davrida me’morchilik va tasviriy 
san’at yuksak darajada rivojlangan edi. Buni 
0
‘lkamiz ning Ayritom, 
Ko‘hna Termiz, Qoratepa budda ibodatxonalari Fayoztepa, Xolchayon, 
Dalvarzintepa va boshqa joylardan qazib olingan arxeologik 
topilmalardan ko'rishimiz mumkin.
Kushon saltanati inqirozi 
Xuvishka podshohligi davridan 
boshlanadi. Bu jarayon Erondagi Sosoniylar davlatining tarix sahnasiga 
chiquviga asosiy omil bo‘ldi. Xususan, sosoniy hukmdorlardan Shopur I 
ning (milodiy 242-243-yillar) va Shopur II ning (milodiy 309-379- 
yillar) Kushonlarga bergan zarbalari hal qiluvchi o‘rin tutdi. IV asrga 
kelib Kushon podshqhligi asosiy hududlaridan mahrum bo‘ldi. 
Kushqhlaming ayrim mulklari faqat Shimoliy Hindistonda ma’lum 
vaqtgacha saqlanib qoldi.
2 8



Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish