3.4. Q‘rta Osiyoda mahalliy davlatlarning rivojfanishi (Q'ang‘,
Dovon, Xorazmshohlar podsholigi)
Mil. av. Ill asr oxiri - mil.av. II asrda Farg‘ona Dovonda, So‘g‘dda
alohida shahar-davlatlar shakllanadi. Ayni shu davrda Qang‘ davlati
qaror topishi yuz bergan. Bu davlatlarning har biri o‘z tangalarini zarb
etgan.
Tadqiqotchi olimlarning fikriga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida
davlatchilik V-IV asrlarda paydo boMgan. Mil. av. II-I asrlarga oid Xitoy
manbalrida qadimgi Farg‘ona keng, boy va ko‘p aholili, 70 dan ortiq
24
katta va kichik shaharlari bor deb tilga olinadi. "Poiona" bu
Farg‘onaning xitoycha talaffuz etilishidir. Vohada shaharlar ko‘p bo‘lib,
poytaxti Ershi shahri (hozirgi Marhamat) bo‘lgan. Dovon qishloq
xo‘jaligi yuksak darajada rivojlangan mamlakat edi. Dehqonchilik bilan
shug‘ullanuvchi o‘troq aholi bilan bir qatorda, Farg'onaning cho‘l va
dasht hududlarida ko‘chmanchi chorvador aholi ham yashagan.
Manbalarda bu ko‘chmanchilaming ot ustida turib hamon otishga mohir
ekanliklari haqida qayd etiladi.
0 ‘sha davrda Dovon davlati o‘zining “afsonaviy” va “samoviy”
otlari bilan shuhrat qozongan. Dovon arg‘umoqlari mamlakatdan
tashqarida ham xususan, Xitoyda qadrlangan. Dovonliklar usta savdogar
hisoblanganlar va foyda ustida raqobatlashganlar. Mil.av. 11 asrning
oxirlarida Xitoy imperatorlari Dovonni bosib olishga bir necha bor
harakat qiladilar. Ammo Xitoy qo‘shinlari istehkomga aylantirilgan
Dovon qal’aiarini sindirishga ojizlik qiladilar. Shuningdek, qo‘shni
davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan dovonliklar xitoyliklar
ta’siriga tushmasdan o‘z mustaqilliklarini saqlab qola oladilar.
Qadimgi Farg‘ona davlati ancha adolatli va demokratik jamiyat
hisoblangan. Podshoh davlat ishlarini Oqsoqollar kengashiga suyangan
holda yuritgan. Oqsoqollar kengashi doimiy bo‘lib, unda davlatning eng
muhim masalalari muhokama qilingan. U o‘ziga xos qonun chiqaruvchi
organ vazifasini bajargan. Mamlakat hududlari shaharlar va vohalarga
bo‘lingan holda boshqarilgan. Har bir shahar, vohaning o‘z hukmdori
bo‘lgan.
Ichki tartibni saqlash, mamlakatni tashqi dushmanlardan himoya
qilish uchun Dovonda asosan piyoda askarlar va suvoriylardan iborat
bo‘lgan 60 ming kishilik qo‘shin mavjud boMgan. Jangchilar zarur oziq-
ovqat mahsulotlari bilan o‘zlarini o‘zlari ta’minlaganlar. Dovon o‘zining
butun tarixi davomida yirik imperiyalar va kuchli davlatlar ta’siri ostiga
tushmasdan o‘z siyosiy erkinligini saqlab kelgan.
Qang‘ davlati mil.av. Ill asrning boshlarida Yunon-makedon
hukmronligiga qarshi kurashlar va ichki nizolari keskinlashuvi natijasida
paydo bo‘!gan. Bu davlat hududi dastlab Sirdaryoning o‘rta oqimidagi
yerlar (Toshkent vohasi hamda unga tutash tog‘ va cho‘l zonalarijdan
iborat edi. Mil.av. II asrning boshlariga keiib Qang‘ davlatining yerlari
birmuncha kengayib, sharqda Farg‘ona vodiysi shimoliy-sharqda Yue-
chje qabilalari bilan, shimoli-g'arbda Sarisuv daryosi, g‘arbda
Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas
vodiysini va qisman Chu daryosining quyi oqimidagi hudud Qang‘
2 5
к/
davlatining asosiy yerlari hisoblangan. Bu davlat iqtisodiy va madaniy
jihatdan ancha rivojlangan edi. Davlatning taqshi siyosati qo‘shni
mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o‘matish, keskinlashgan
vaziyatning oldini olish va o‘z hududida osoyishtalik o’matishga
qaratilgan edi. Shu bilan birga payti kelganda kuchsizlanib qolgan
qabilalarga, viloyatlarga hujum qilib ulami qaram qilishga harakat
qilgan.
Qang‘ davlatining asosiy aholisi o ‘troq va yarim o‘troq bo‘lib
uning hududida ko’chmanchi chorvadorlar ham yashar edi. 0 ‘troq aholi
asosan vodiyda yashab, dehqonchilik, bog'dorchilik va hunannandchilik
bilan shug‘ullanib kelgan. Sun'iy sug‘orish ishlari yaxshi yo‘lga
qo’yilgan.
Chorva mollarining ko‘pchiligi qisman ko‘chmanchi va yarim
o‘troq holda yashovchi aholi ixtiyorida bo‘lgan. Qang‘ podshohlari,
ya’ni
xoqonlari
va ulaming
xonadoniga yaqin kishilar boy
chorvadorlardan bo‘lgan. Qang‘ hukmdorlarining markaziy shaharlari
ijckita bo‘!ib, yozni 0 ‘trorda, qishlovni Qang‘dizda (uning harobalari
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida) o‘tkazar edilar.
Qangiiklarda ko‘plab qal’a va qo‘rg‘onlar bo‘lib, ular dushman
qamaliga bardosh beradigan qilib qurilgan. Ularda hunarmandchilikning
turli sohalari yaxshi rivojlangan. Qang' harobasidan, Choshtepa va
Toshkent vohasi boshqa tepaqo‘rg‘onlardan topilgan arxeologik
ashyolar Qang‘ davlati madaniyatining namunasi hisoblanadi.
Miloddan avvalgi IV-II asrlarda qadimgi Xorazm mustaqil davlat
bo‘lib, Iskandar, Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlari tarkibiga
kirmagan. Bu hoi Xorazmda o‘ziga xos mahalliy davlatchilik tizimi
rivojiga muhim omil bo‘ldi. Davlat tipi - podshohlik bo‘lib boshqarish
shakli mutloq monarxiya, ya’ni yakkahokimlik edi. Milodiy I asrdan
boshlab Xorazmda Afrig‘iylar sulolasi hokimlik tepasiga kelgan va 700-
800 yil davomida hukmronlik qilgan. Bu davrlarda podshohlikda
markazlashtirilgan tartibda tanga zarb qilingan va hokimiyat sulolaviy
tarzda meros bo‘lib qolgan. Zarb qilingan tanga pullarda Artov,
Artamux, Vazamirkabi Xorazmshohlar ismlari uchraydi.
Arxeologik tadqiqotlar natijasida Xorazm hududlaridan ko’plab
yodgorliklar topilgan. JonbosqaPa, Qo’yqirilganqal’a, Tuproqqal’a
shular jumlasidandir. Bu shaharlar atrofi mudofaa devorlari bilan o‘rab
olingan. Devorlarda shinaklar va minoralar mavjud bo‘lgan. Ko’hna
shaharlarning
asosiy
inshooti
ulkan
qal’a
bo‘lib,
Xorazm
hukmdorlarining qarorgohi bo‘!gan. Tuproqqal’ada ikki qavatli binolar
2 6
bo‘lib, ulardan turli maqsadlarda foydalanilgan. Tashqari xonadonlarda
maxsus qabulxonalar, ya’ni “shohlar koshonasi” ham bo‘lgan.
Qabulxonaning devorlari va supalari turli tasvirlar bilan bezalgan.
Shuningdek, bu qal’ada yozuv namunalari ham topilgan. Xorazmda
dehqonchilik va hunarmandchilik yuqori darajada rivojlangan. Shaharlar
muhim savdo yodlarida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |