Hindiston aholisi o‘rtasida targ‘ib etgan.
Beruniy keltirgan rivoyatga
ko‘ra, Baqtriya podshosi Vishtasp va maiika Xutaosa birinchilardan
bo‘lib zardushtiylik e’tiqodihi qabul etganlar, so‘ng bu din keng
yoyiigan.
“Avesto”da dunyo ezgulik va yovuzlikning doimiy kurashidan
iborat, ezgulik xudosi Axuramazda (Xurmuzd) yovuzlik tangrisi
Axriman ustidan g‘alaba qozonishi bayon etilgan. Zardushtiylik dinida
olov muqaddaslashtirilib, u insonning baxtu-saodati
ramzi sifatida
ulugMangan. Zardushtiylik jamiyatda barcha odamlar tanasining
rangidan, tili, urf-odatlari va yashagan joylaridan qat'i nazar,
osoyishtalik bilan yorqin hayot kechirishga haqlidir, deb hisoblaydi. Bu
din odamlami jur'atli, dovyurak, yetuk insonlar bo‘lishga da’vat etadi.
Otashparastlikda zamin (yer), suv, quyosh va xavo ilohiyat darajasiga
ko‘tariladi va ularni ifloslash og‘ir gunoh hisoblanadi,
Kitobda aytilishicha, Zardusht odamlarga murojaat qilib, yerga,
tuproqqa sifatli urug‘lar sepinglar, pirovard natijada o‘zlaringiz
har xil
illatlardan va balolardan holi bo‘lasizlar. Bilib qo‘yinglar, ishlov
berilmagan tashlandiq yerlarda turli kasalliklar, iflos narsalar va balo-
qazolar paydo bo‘ladi. Demak, sizlar yerga ishlov berib, unga yaxshi
urug‘ sepib, tuproqni e’zozlasangiz har xil balolardan qutulasiz, hayotga,
insonga
ishonchingiz
kuchayadi,
yashagan
joyingizga,
0 ‘zbekistoningizga
mehringiz oshadi, deydi. Ko‘rib turibmizki,
zardushtiylikda tabiatga ehtirom asosiy yo‘nalish bo‘Igan. Zardushtiylik
diniga oid turli buyumlar, rasmlar, urf-odat asoratlari qadimgi Xorazm,
So‘g‘d va boshqa o‘lkalarda ko‘plab topilgan.
Ko‘pchiIik tadqiqotchilarning fikricha, “Avesto” yaratilgan hudud
Amudaryo sohili, aniqrog‘i qadimgi Xorazmdir. Bu asarda olingan 16 ta
yirik hududiy-geografik nomlaming ko‘pchiligi 0 ‘rta
Osiyoga
taalluqlidir. Bular Xorazm, So‘g‘d, Baqtriya yurtlari, Hisor, Pomir,
Tiyanshan tog‘lari, Kaspiy, Orol, Issiqko‘l suv xavzalari, Amudaryo va
Sirdaryolardir.
“Avesto” jahon olimlari tan olgan nodir madaniy yodgorlik va
noyob tarixiy manbadir. U dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan.
Kitob fransuz, ingliz, rus, nemis, fors va boshqa tillarda chop etilgan.
Asaming jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‘mi beqiyosdir.
Shuning uchun ham 1999- yil noyabrda YUNESKO bosh konferensiyasi
“Avesto” yaratilganiigining 2700-yilligini dunyo miqyosida keng
nishonlashga qaror qildi, 2001- yil oktabrida Xorazm zaminida “Avesto”
17
va uning insoniyat taraqqiyotidagi o‘mi
mavzusida xalqaro ilmiy
konferensiya o ‘tkazildi.
Ma’lumki, qadimgi zamon moddiy va ma’naviy taraqqiyoti fanda
antik, ya’ni, qadimgi sivilizatsiya deb ataladi Jahonning turli
mintaqalarida vujudga keigan bunyodkorlik va taraqqiyot bora-bora
umuminsoniy qadriyatlarga, madaniyatga, sivilizatsiyaga aylandi.
0 ‘zbekiston esa insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o‘choqlaridan biri
bo‘lgan. Demak, o‘lkamizda yashab o‘tgan qadimgi odamlar jahon
ravnaqiga, uning bugungi rivojiga o‘zining
munosib hissaiarini
qo‘shganlar. Shu bois bugungi mustaqil 0 ‘zbekiston xalqlarida miiliy
g‘urur bilan birga taraqqiyotga, sivilizatsiyaga intilish hissi kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: