Aim.uz
Markaziy osiyoning geografik o`rni, tabiiy sharoiti va resurslari
REJA:
1. Markaziy Osiyoning tabiiy va iqtisodiy geografik o`rni , chegaralari.
2. Markaziy Osiyoning tabiiy sharoiti , geografik o`rnining o`ziga xos xususiyatlari.
3.Markaziy Osiyoning tabiiy sharoiti va resurslariga baho
Tayanch tushunchalar: Geografik o`rni (tabiiy va iqtisodiy geografik ) tabiiy sharoit, tabiiy resurslari , tabiiy- geografik o`lka, siyosiy – ma`muriy chegara, chegara uzunligi, tabiiy sharoitiga va tabiiy resurslariga baho berish, berk havza; hudud, region, tektonik harakat, geologik tuzulish.
Markaziy Osiyo mamlakatlari hududining asosiy qismi (Qozog`iston Respublikasining ma`lum qismidan tashqari) O`rta Osiyo tabiiy – geografik o`lkasida joylashgan. Yuqorida aytilganidek, Markaziy Osiyo siyosiy- ma`muriy tushunchasi tabiiy – geografik tushuncha emas. Uning maydoni 3994.4 ming kv km . O`rta Osiyo tabiiy geografik o`lkasining umumiy maydoni esa -3300,0 ming kv .km atrofida (Hasanov I.A., G`ulomov P.N.T-2002) Markaziy Osiyo 5 ta Mustaqil Respublikalarni o`z ichiga olgan bo`lib , shimolda Rossiya Federasiyasi , sharqda Xitoy, janubda Afg`oniston va Eron, g`arbda Kasbiy dengizi bilan chegaradosh.
Respublikalarning umumiy o`xshashligi tabiiy geografik joylashuvida, tabiiy sharoit va resursllardan foydalanishda, tarixiy kelib chiqishda, aksariyat turkiy xalqlarning tarqalganligi, xo`jalikni tashkil qilish, joylashtirish va rivojlantirish xususiyatlarida va boshqalarda o`z mazmunini topgan. Markaziy Osiyo hududining shimoliy, sharqiy, janubiy va g`arbiy chegaralari iqtsodiy geografik jihatdan Mustaqil Respublikalarning ma`muriy chegaralari doirasida ko`riladi. G`arbda chegarani umumiy uzunligi 2600 km bo`lsa, shundan 900 km, Kaspiy dengizi qirg`oqlariga to`g`ri keladi.
O`rta Osiyo tabiiy – geografik o`lkasi nuqtai nazardan qaralganda o`kaning shimoliy chegarasi OrolIrtish suvayrig`ichidan o`tadi. Chegara g`arbda Ozerney qishlog`idan (510 shimoliy kenglik, 610 sharqiy uzunligi ) sharqda Tarbog`otoy tizmasining sharqiy qismiga Joyir tog`iga (470 shimoliy kenglik, 850 sharqiy uzunlik) borib taqaladi. O`lkaning sharqiy chegarasi Pomir, Tiyanshan, Jung`oriya Olatovi va Torbog`atoy tizmalari suv ayirg`ichlari orqali o`tadi. Bu chegara Kaspiy Orol – Balxash berk havzasi chegaralariga to`g`ri keladi. Tabiiy geografik jihatidan o`lkaning sharqiy chegarasi Savr, Sharqiy Jung`oriya, Jung`oriya, Boroxoro, Iren-Xabirga, Qarat, Xoliqtog` tizmalari suvaryig`ichi, Xontangri tog`tuguni, Ko`kshag`al, Otboshi tizmalari suvaryig`ichi orqali o`tib , Farg`ona tizmasiga tutashadi, so`ngra Oloyning sharqiy qismi va Sariko`l tizmasi suvaryig`ichi bo`ylab o`tib Hindikush tog`lariga tutashadi. O`lkaning janubiy chegarasi Mustog`dan (Shing-Shal davonidan 4832 mt) boshlanib, sharqdan g`arbga Hindikush, Saftko`x, Nishopur tizmalari suvaryig`ichlari bo`ylab o`tib Elburus tog`i orqali Kaspiy dengizining janubiy- sharqiy chekka sohiliga kelib tutashadi. (Hasanov I.A, G`ulomov P.N T-2002- yil)
Geografik o`rning o`ziga xos xususiyatlariga: uning ulkan Yevrosiyo materigining o`rtasida joylashganligi uzoq geologik rivojlanish davomida tabiiy hududiy hosila tarzida shakllanganligi , dunyo okeanidan ancha uzoqda ekanligi Yevrosiyodagi eng katta hududni egallagan berk xavzaning bir qismi bo`lganligi yer yuzasi tuzulishining o`ziga xosligi, o`lkada gorizontal tabiat zonalari va vertical balandlik mintaqalarining aniq shakllanganligi qadimgi va yosh tog`larning bo`lishligi tabiiy va ijtimoiy geografik hodisa va jarayonlarning murakkabligi berk havzaga xos bo`lgan xususiyat va ijtimoiy ekelogik muommolarining yuzaga kelganligini misol tariqasida ko`rsatish mumkin. Bu o`lka shuningdek jahon ma`daniyati va ma`naviyatini rivojlantirishda asosiy o`rinni egallagan buyuk alloma mutaffakkirlar vatani hisoblanadi.
Bu hudud vatanparvar millatparvar, mehnatsevar, mehmondo`st, iymonli, e`tiqodli xalqlar o`lkasidir. Shuning uchun ham istiqlol tufayli mustaqillikni qo`lga kiritgan davlatlar dastlapki yillardayoq jahon bozoriga olib chiqadigan transport yo`llarini ochishga harakat qilmoqdalar. Eron orqali Fors qo`ltig`iga va Hind okeaniga Kaspiy dengizi va Kavkaz orqali Yevropaga, Xitoy orqali Tinch okean qirg`oqlaridagi davlatlarga yetkazuvchi temir va avtomobil yo`llarini qurishda va yana tashkil qilishda qatnashdilar. Har bir mustaqil Respublika havo yo`llari orqali xorijiy davlatlar bilan bog`landi.
Markaziy Osiyo regionida tog`lar va tekisliklar bir tekisda joylashmagan. Janubi, shimoliy- sharqini tog`lar egallagan. Ular o`lka umumiy maydonining 20% ni tashkil etadi. Ulardan g`arbda, shimoliy- g`arbda va shimolda o`lka umumiy maydooning 80% ni ishg`ol etgan past tekislik, plato va qirlar mavjud. O`lkaning asosiy qismi mo`tadil suptropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Shuningdek o`lkada asosan cho`l, chala cho`l, voha va tog` landshaftlari ko`pchilikni tashkil etadi. Qisman dasht landshafti mavjud.
O`lkaning geologik tuzumi murakkab bo`lib, bu hududda proterozoy erasidan to to`rtlamchi davrgacha hosil bo`lgan cho`kindi magmatik va metomorfik tog` jinslari tarqalgan. O`lkaning tektonik tuzulishi ham o`ziga xos bo`lib, yer qobig`ining qalinliogi va yer yuzasining tuzu;lishiga qarab O`rta Osiyo hududida ikkita tektonik o`lka ajratilgan. Bular: Tiyanshan orogen o`lkasi va Turon plitasidir.
Tektonik harakatlar natijasi kuchli zilzilalar bo`lib turadi. 8-10 balli (Rixter shikalasi bo`yicha ) zilzilalar zonasi janubiy Tiyanshan, Pomir, Hindikush, Kopitdog`, hududlaridir. 9-10, balli zilzilalar 1911- yil. Olmaota (Verniy) 1984 -yil. Ashgabatda 1902- yil, Andijonda Qashqarda 1825- yil, Krasnavodskda 1992yil, To`xtagulda kuzatilgan. 7-8 balli zilzilalar Toshkentda 1966-yil, Tovoqsoyda 1977- yil , Nazarbekda 1988-yil va boshqa joylarda ham bo`lgan.
Markaziy Osiyo regioning hozirgi rel’efi davom etgan tashqi va ichki jarayobnlar bilan bog`liq. Neogen va to`rtlamchi davrlarda tog` va tekisliklarning hozirgi rel’efi shakllanib bo`lgan. Tog`lar asosan denudatsiya tekislilar esa akumuliatsiya jarayonlari natijasida hozirgi ko`rinishni olgan. Bir vaqtlar Markaziy Osiyo mintaqasida foydali qazilma turlari va ularning zahirasi kam deb aytilgan bo`lsa, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o`tkazilgan geologik qidiruv ishlarining natijasida ko`plab foydali qazilma konlari ochildi va bu mintaqaning turli foydali qazilmalarga boyligi asoslanildi. Ayniqsa, neft va gaz zaxiralari bo`yicha Fors qo`ltiq bo`yi, hamda g`arbiy Sibir hududlaridan keyinda turuvchi uchunchi mintaqa hisoblanadi.
Neftning eng katta zaxiralari Kaspiy dengizi bo`yida uning shel`fida jumladan Chelekenda , Nebitdog`da, Qoturtepada, Mang`ishloqda, Atrek daryosining qo`yi qismida shuningdek Tengizda, Ko`k dumaloqda, va Mingbuloqda mavjud. Tojikistonning tog` oralig`i botiqlarida Surxondaryo vodiysida ham neft konlari bo`lib, ularning zaxirasi kamroq.
Neft bor joyda tabiiy gaz ham uchraydi. O`zbekistonda Jarqoq, Uchqir , Gazli , Muborak, Sho`rton konlari, Turkmanistonda Achak, Gugurtli, Shodlik konlari mavjud.
Markaziy Osiyoda toshko`mir, qo`ng`ir o`mir konlari, Qozog`iston, O`zbekiston Respublikalari hududlarida topilgan. Qarag`anda toshko`mir havzasi zahirasining ko`pligi, sifatining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ekibastuz ko`mir havzasida ko`mir qatlamlari 8 m gacha yetadi va ochiq usulda qazib olinadi.
Qirg`izistonda Jirg`ali, Ko`kyong`oq, toshko`mir konlarida, Toshko`mir, O`zbekistonning Ohangaron, Qozog`istonning Ubagan, Makyuben va boshqa konlarida qo`ng`ir ko`mir qazib olinadi.
Yangi ko`mir konlar Mang`ishloqda (q`ong`ir ko`mir) To`rg`ay platosida (qo`ng`ir ko`mir) Tuakirda (toshko`mir) ochilgan. Farg`ona vodiysida Issiqko`lning sharqida, ichki Tyanshan, G`arbiy Tyanshanda , Hisorda, Qazog`istoning past tog`larida ko`mir konlari mavjud.
Markaziy Osiyo hududida rudali rangli nodir va qimmatbaho metal konlari bor. Olmaliq, Qo`ng`irot, Jejqazganda mis, Qoramozor va Qoratov tizmalarida polimetall, Qozog`iston past tog`larida, Oloy, Hisor, Zarafshon va Nurota tog`larida nodir metall konlari mavjud.
Yirik oltin konlari Nurota tog`larida, Qozog`iston past tog`larida, Darvez tizmasida Qizilqumda mavjud bo`lib, oltin qazib olish dunyo ahamiyatiga ega. Temir ruda konlarining asosiy qismi Qozog`istonda Sokolov –Sarbay, Ayat, Lisakovsk va boshqa konlar.
Markaziy Osiyo mintaqasida kimyo xom ashyolaridan osh va kaliy tuzlari, oltingugurt, glouber (mirabilit) tuzi shuningdek natriy sul`fat, yod, brom tuzlarining katta zahirali konlari bor. Qorabo`g`ozgo`l turli xil tuzlarga boy. G`arbiy Qozog`istondagi va Xo`jaikon (O`zbekiston) tuz konlari muhim ahamiyatga ega. . Shuningdek fosforit Qaratov va Aktyuba viloyatida (Qozog`iston), hamda Navoiy viloyatlarida konlari bor.
Hududda binokorlik materiallari hamma Respublikalarda bor. Shuningdek, simob, su`rma, konlari Qirg`iziston va Qozog`istonda mavjud.
Markaziy Osiyo hududidagi yirik daryolar - Amudaryo,Sirdaryo , Zarafshon, Ural, Irtish, Tobol, Ishim va ularning irmoqlari (Panj, Vaxsh, Norin, Qaradaryo va boshqa) katta gidro energetik resursga ega. Markaziy Osiyo gidroenergetika resurslari bo’yicha MDH da Rossiyadagi Sharqiy Sibir va Uzoq sharq rayonlaridan so`nggi o’rinda turadi.
Markaziy Osiyo gidroenergetika resurslarning 55% dan ortig`i Tojikistonga to`g`ri keladi. Mintaqa boshqa tabiiy resurslarga jumladan, iqlim, yer, o`rmon, rekreatsiya resurslariga boy. Ularning miqdoriy taqsimlanishi, geografik joylashuvi regionning geografik o`rni xsusiyatlari bilan bog`liq. Hozirgi kunda ulardan oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan .
Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyoning tabiiy sharoiti xilma – xil, keskin kontraslikga ega . Janubdan – shimolga, sharqdan – g`arpga brogan sari bu xilma – xillik ko`zga yaqqol tashlanib turadi. Tabiiy resurslar ham hududda bir tekisda taqsimlanmagan va joylashmagan.
Tabiiy resurslar ham hududda bir tekisda taqsimlanmagan va joylashmagan. Markaziy Osiyo davlatlari xo`jalik tarmoqlarini shakllantirish, joylashtirish va rvojlantirishda ularni hisobga olish , ijobiy va salbiy tomonlarini ilmiy – amaliy jihatdan baholash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |