0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

6.2. Q‘rta Osiyoga mo‘g‘ullar hujumi
1219- yilning kuzida Chingizxonning deyarli 200 minglik qo‘shini 
to‘rt yo‘nalish bo‘yicha Xorazm yerlariga yopirilib keladi. 0 ‘giHari 
Chig‘atoy va 0 ‘qtoy 0 ‘tror (Sirdaryo bo‘yida)ga, yana bir o‘g ii Jo‘ji 
Urganchga, Chingizxonning o‘zi Buxoroga hujum boshlaydi.
Harbiy kengashda yagona to‘g‘ri taklifni (ko‘pchilik nomidan) 
Shahobiddin al-Xivaqiy kiritdi. U 400 ming kishilik Xorazm qo‘shinini 
Sirdaryoning narigi tomoniga to‘plash, uzoq yo‘ldan charchab kelgan 
mo‘g ‘ul qo‘shiniga dam olgani qo‘ymay, hujum qilib tor-mor etishni 
taklif qildi. Kengash ishtirokchisi shahzoda Jaloliddin Manguberdi 
mo‘g‘ul qo‘shinini Movarounnahrga kirib kelishiga yo‘l qo'yish, 
keyinchalik mahalliy sharoitni bilganlikdan foydalanib, unga to‘rt 
tomondan hujum qilib, tor-mor etish taklifini o‘rtaga tashladi. Ba’zilar 
esa, ko‘p sonli Xorazm qo‘shinini qal’alarga bo‘lib tashlash va har bir 
qal’aning mudofaasini tashkil etishni o‘sha qal’a himoyachilariga 
topshirish taklifini kiritdi. Bu taklif Xorazm davlati uchun kuchli 
dushman bilan yakkama-yakka kurashishda halokatli taklif edi.
5 9


Ma’lum sabablarga ko‘ra, Xorazmshohga ushbu taklif ma’qul 
keldi. Tarixchi Nasaviyning yozishicha, Xorazmshoh o‘zining ko‘p 
sonli 
qudratli 
qo‘shinini 
qal’alarga 
bo‘lib 
yuborib, 
tuzatib 
bo‘lmaydigan katta xatoga yo‘l qo‘yadi. Hatto, yevropalik tarixchi 
oiimiar ham o‘z asarlarida Xorazmshoh Muhammadni Chingizxonga 
qarshi kurashda noto‘g ‘ri taktika qo‘llab, o ‘z mamalakatini halokatga 
olib borganlikda ayblaydilar. Sulton Muhammadning qabu! qilgan 
qat’iy qarori bilan amalga oshirilgan himoya natijasida mo‘g ‘ullar 
boMinib ketgan harbiy qismlarni osongina birin-ketin tor-mor qilib, 
qisqa fursatda Movarounnahrni egallashlariga qulay imkoniyat 
tug‘ilgan edi.
Mo‘g‘ul istilochilari yo‘lidagi dastlabki yirik shahar O‘tror edi. 
Lekin, shahar mudofaachilari mo‘g‘ullarning quturib qilgan hujumlariga 
qaramay, ulami qattiq turib qaytarmoqda edilar. Manbalarga ko‘ra, 
O‘tror qamali besh oydan ortiqroq davom etgan va uning himoyasida 80 
mingdan ziyod askar ishtirok etgan. Qamal paytida mo‘g‘ullarga ham 
katta talafot yetkazilgan. Inolchiq sarkardalaridan Qoracha Hojib 
qarshilik ko‘rsatish befoyda deb, mo‘g ‘ullarga taslim bo'iishni taklif 
qiladi. Inolchiqdan rad javobini olgach, u o‘z qo‘shini bilan shahardan 
chiqib mo‘g ‘ullarga taslim bo‘ladi.
Nihoyat, boshqa himoyachilar ham dushmanga taslim bo‘ladi va 
mo‘g ‘ul!ar shaharga bostirib kirib, juda qattiq vahshiyliklar qiladi. 
Himoyachilar qirib tashlanadi. Hokim Inolchiq esa, tezda qo‘lga olinib, 
uning ko‘zi va qulog'iga qo‘rg‘oshinni eritib quvadilar. Mo‘g‘ullar 
sotqin Qoracha Hojibni o‘z hukmdoriga sodiq boMmagan - bizga ham 
sodiq boimaydi, deb qatl etdilar. Shunday qilib, 0 ‘tror shahrining 
mudofaasi Xorazmshohning loqaydligi tufayli fojia bilan tugaydi. Bu 
vaqtda Jo‘chi boshliq mo‘g‘ul qo‘shini Sirdaryoning quyi qismida 
joylashgan Sig‘noq shahrini yetti kunlik qamaldan so‘ng ishg‘ol qildi. 
Dushman shahar himoyachilaridan qattiq o‘ch oldi.
Ammo oddiy xalq va o‘z yerining ozodligi uchun kurashgan 
hokimlar mo‘g ‘ullar istilosiga qarshi jiddiy kurashga bel bog‘laydi. 
0 ‘tror shahri Inalchiqxon boshchiligida 5 oy davomida qamal holatida 
bosqinchilar hujumlarini daf etadilar. Nihoyatda katta talofat ko‘rgan 
mo‘g ‘ullar 
kuch 
safarbar 
etib 
shaharni 
egallagach, 
uning 
himoyachilaridan shafqatsiz o‘ch oladilar va ular bo'ysunmas shaharni 
yer yuzidan yo‘q qilib tashlash uchun ko‘p harakat qilganlar.
Xo‘jand shahriga endigina hokim etib tayinlangan jasur sarkarda 
Temur Malik taqdiriga esa dushmanning katta kuchiga qarshi
6 0


kurashish yozilgan edi. Jon-jahdi bilan Xo‘jandni himoya qilgan 
Temur Malik kuchlar nisbatidagi katta farqni yaxshi tushunib, 72 ta 
qayiq tayyorlatdi. Qayiqlari hamda odamlari bilan ko‘p qurbonlar 
berib, daryo oqimi bo‘ylab suzib, mashaqqatlar bilan bilan Urganchga 
yetib keldi. Xo'jand ham dushman tomonidan egallandi. Temur Malik 
Xorazmda urushga qurbi yetadigan kattagina qo‘shin to‘plab, 
mo‘g‘uliarga qarshi kurash olib boradi. Hatto Sirdaryoning quyi 
oqimlaridagi Yangikent shahrini mo‘g‘ullardan tortib olishga ham 
erishadi. U keyinchalik Jaloliddin Manguberdi bilan birlashdi.
1220-yil fevralida Chingizxon katta kuch bilan qadim Buxoroni 
qamal qildi. Noteng dushmanga qarshi Go‘rxon boshchiligidagi 400 
jangchi 12 kun davomida Buxoroning Ark qal’asida taslim bo‘lmay, 
umrining oxirigacha kurashadilar. Alamga mingan mo‘g‘ullar bunga 
javoban buxoroliklaming 30 mingini qirib tashlaydilar. 1220-yil 
martida Samarqandga qarshi harakat boshlanadi. Janglar natijasida 
shaharliklarning 75 foizi halok bo‘lgan yoki asirlikka olingan.
Samarqand jangidan so‘ng Alovuddin Muhammad tahlikaga 
tushib, o‘z mamlakatidan qocha boshlaydi. Avval Iroqqa, so‘ng Kaspiy 
bo'ylariga ketadi. 1221-yilning fevralida u ayanchli tarzda vafot etadi. 
Manbalarga ko‘ra, Xorazmshoh o‘limi oldidan saltanatni faqat 
Jaloliddingina saqlab qolishi mumkinligiga ko‘zi yetgach, uning beliga 
qilich taqadi. Jaloliddinni taxt vorisi va valiahd deb e’lon qilingani 
hamda qolgan farzandlarining uning izmidan chiqmasligi haqidagi 
barcha vasiyatlarini yozma ravishda Jaloliddinga beradi.
1220-yil kuzida mo‘g‘ullar qattiq hujumlar bilan Termiz shahrini 
egallab, uni talon-taroj qildi. Endi Chingizxon xorazmshohlarning 
markazi, tayanchi bo‘lgan Urganch shahrini egallashga bel bog‘ladi. 
Chingizxon bu shahar istilosiga eng sara 50 ming kishilik askar 
kuchlarni tashlaydi. Shahar aholisi mudofaaga yaxshi tayyorgarlik 
ko‘rib, mo‘g‘ullarga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Urganchga mo‘g‘ullar 
bostirib kelayotganini eshitgan Xorazmshohning o‘g‘iilari Uzloqshoh va 
Oqshohlar shaharni tashlab qochgan edilar. Lekin, ular uzoqqa bora 
olmadi va Niso (hozirgi Ashxobod) shahri yaqinida mo‘g‘ullar bilan 
bo‘lgan jangda halok bo‘!dilar. Shaharni himoya qilish esa, qo‘rqoq va 
amalparast, o‘zini sulton deb e’lon qilgan Xumortegin degan kimsaga 
tekkan edi.
Uzoq davom etgan ko‘cha janglarida minglab dushman askarlari 
oMdiriladi. Mo‘g ‘u!lar shu paytgacha Movarounnahrning hech bir 
shahrida bunchalik qurbon bermagan edilar. Bu qonli kurash,
61


manbalarda qayd etilishicha, besh oy davom etgan. Mo‘g ‘ullar 
shafqatsiz jang olib boradilar. Shahar himoyasida sabot turgan 76 
yoshli shayx Naj middin Kubro (asl ismi Ahmad ibn Umar 
Xivakiy)ning “Yo Vatan, yo sharafli o‘lim” deb qiigan xitobi ila har 
qaysi uy uchun jang olib boriladi. Urganch kurashi yetti oy davom 
etadi. Xaligacha mo‘g‘ullar hech yerda bunchalik ko‘p taiofat 
ko‘rmagan edi. Shubhasiz, harbiy kuchda va intizomda ustun bo‘lgan 
mo‘g ‘ullarga qarshi kurashgan urganchliklarning g‘alaba qozonishi 
mushkul edi. llojsizlikdan holi tang bo‘lib, taslim bo‘lgan Urganch 
bosqinchilar tomonidan talon-taroj etiladi. Juvayniyning yozishicha, 
100 ming nafar hunarmand asirga olinib, qolganiari qirib tashianadi. 
Shaharning bosh to 'g ’o.ni buzib yuboriladi va Urganchni suv bosib, 
vayron boladi.
Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng mamlakat hududini tasvirlash 
nihoyatda og‘ir, Bu hududlarda gullab-yashnayotgan shahar va 
qishloqlar bamisoli kultepaga aylandi, hayot butunlay izdan chiqdi. Bir 
paytlar aholisi gavjum bo'lgan guzarlar, bozorlar va savdo yodlari 
bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoldi. Mo‘g ‘ullar bosqini o‘lka xalqlarining moddiy 
va ma’naviy taraaqiyotini bir necha yuz yillar orqaga surib yubordi. 
Yozma manbalar, nodir va bebaho kitoblar yondirildi, oyoq osti qilindi. 
Ular xalqning turli sohadagi arboblari, olim-u donolarini, ulug‘ 
kishilarining ko‘pchiligini qirib tashladilar. Umuman, taraqqiyotga shu 
qadar katta zarba berildiki, uni XIV asrning deyarli yarmiga qadar ham 
tiklash juda mashaqqatli kechdi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish