6.5. Orta Osiyoga mo‘g‘u!lar bosqinidan so‘ng aloqa tizimi
ahvoli
Istilolar natijasida yuzaga kelgan ulkan imperiyada boshqaruv
tizimini tashkil etishda aloqa muhim vazifani amalga oshirgan. XIII
asrda mo‘g‘uliar imperiyasiga sayohat qilgan venetsiyalik Marko
Poloning kundaliklarida bu davlatda yaxshi tashkil etilgan pochta
xizmati haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, har bir pochta bekatida
doimo 200 dan 400 gacha ot tayyor turishi tasvirlanadi. Aloqa yo‘Uari va
bekatlarida qat’iy intizom o‘matilishi natijasida pochta faoliyati tartibli
tashkil
etilgan.
G‘arb
olimlarining
ta’kidlashicha,
mo‘g ‘ullar
imperiyasida kunlik pochta almashinuvi o‘rta asrlar uchun rekord - 600
km. doirasida amalga oshirilgan.
Ammo ushbu aloqa bekatlarining ta’minotini yetarli darajada
ta’minlash bosib olingan hududlar aholisi zimmasiga yuklatilgan.
Shuningdek, elchilar va xabarchilarga juda katta imtiyozlar berilib,
ularga maxsus yorliq (payza) taqdim etilgan. Payza egalari mahalliy
aholidan ot, oziq-ovqat talab qilish va ulaming uylarida turishga haqli
edilar. Bu huquqlar odatda suiste’mol qilinib, aholining noroziligiga
sabab bo‘lgan. Mo‘g‘ulistonning ulug‘ xoqoni Munke soliq va hashar
ishlarini tartibga solish to‘g‘risida maxsus farmon - yorliq chiqaradi.
Yomlar bo‘ylab pochta xizmati uchun ajratilgan otlar soni belgilanib,
aholidan ortiqcha ot talab qilish man etiladi. Shuningdek, elchilarga,
qo‘llarida bevosita topshiriqlari bo‘lmasa, shahar yoki qishloqlarga
kirmasligi va aholidan ular uchun belgilanadigan ortiqcha yem-xashak
hamda oziq-ovqat olmasligi uqtiriladi. Shu tariqa aholi o'zboshimchalik
bilan yig‘ib olinadigan hisobsiz to‘lovlardan ozod bo‘ladi.
NAZORAT SAVOLLAR1
1. Markazlashgan mo‘g‘ullar davlati qachon qayerda tashkil topdi?
2. XII asr oxiri -XIII asr boshlarida Xorazmshohlar davlatidagi siyosiy
ahvol qanday bo‘lgan?
3. Mo‘g‘ullarning 0 ‘rta Osiyoga istilosi necha yo‘nalishda boshlandi?
4. Mo‘g ‘ullarga qarshi .kurashda kimlar qahramonlik ko'rsatdi?
67
5. Chig‘atoy ulusi qachon tashkil etilgan?
6. Chig‘atoy ulusidagi boshqaruv tizimi qanday bo'lgan?
7. Mahmud Tarobiy qo‘zg‘alonining sabablarini aniqlang?
8. Mo‘g‘ullar davlatida pochta tizimi qanday tashkil eilgan?
6 8
7- MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA
IJTIMOIY- SQTISODIY, SIYOSIY VA MADANIY HAYOT
Asosiy
tushuncha
va
iboralar:
sarbadorlar
harakati;
markazlashgan davlat; “Temur tuzuklari”; devonxona; shayx ul-islam;
suyurg‘ol; aloqa vositaiari; ma’lumot uzatish.
7.1. XIVning ikkinchi yarmida Movarounnahrdagi siyosiy
vaziyat. Amir Temurning saltanatining tashkil etilishi
Amir Temur 1336- yilning aprel oyida Kesh shahri yaqinidagi Xo‘ja
Ilg‘or qishlog‘ida (hozirgi Qashqadaryo viloyati Yakkabog4 tumani
hududida) barlos qabilasi ulugMaridan Tarag‘ay Bahodir xonadonida
dunyoga keldi. Temurbekning otasi Muhammad Tarag‘ay va amakisi
Hoji Barlos barlos qabilasining yirik mulkdorlaridan boTgan. Amir
Temurning yoshligi ona yurti Keshda kechdi. Amir Tarag‘ay o‘g‘lini
yoshligidan aslzodalarga yarasha o‘qitgan va har taraflama bilirn bergan,
ya’ni katta-kichik bilan muomala iimini, ov qilish va harbiy ilmlami
o‘rgatgan. Yosh Temurni yetti yoshidayoq madraSaga o‘qishga beradilar.
U madrasaga kelganda alifbodan mukammal xabardor bo‘lgan. 0 ‘n ikki
yoshidan boshlab bolalarga xos bo‘lgan ermak o‘yinlardan voz kechib,
keyinchalik o‘z tengqurlari bilan sipohiylikka oid o‘yinlar bilan
shug‘ullanadi. Amir Temur yoshlik chog‘laridanoq chavandozlik va ovga
ishqiboz bo‘lib, kamondan nishonga o‘q uzish, ot choptirib turli mashq va
harbiy o ‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi.
Amir
Temur
o‘z
zamonisining
o‘qimishli
va
uquvli
hukmdorlaridan bo‘iib yetishadi. Tibbiyot, matematika, falakiyot,
me’morchilik va tarix ilmidan ham yaxshigina xabardor bo'lgan. Amir
Temur bilan yuzma-yuz o‘tirib suhbatlashishga muyassar bo‘!gan buyuk
arab faylasufi Ibn Xaldunning ta’kidlashicha, Amir Temur turk, arab,
fors xalqlari tarixini chuqur o'rgangan, diniy, dunyoviy va falsafiy
bilimlaming eng murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtira olgan zot
ekan. 0 ‘zining ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qoT ostidagi
navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan.
Ularning o ‘zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko‘rsatgan va janglarda
chiniqqan. Harbiy mahorat va oliyhimmatlilik Amir Temurning
shuhratini oshirib, uning dong'i butun Qashqadaryo vohasi, xususan
Kesh viloyatiga yoyilgan.
XIV asrning 60-yillarida Amir Temur siyosat maydoniga kirib
kelganda 0 ‘rta Osiyoda hali mo‘g‘u!lar hukmronligi davom etayotgan
edi. 1346-yili Chig‘atoy ulusi xoni Qozonxon amir Qazag‘an tomonidan
oddiriladi, 1358-yilda amir Qozog‘on ham o‘ldiriladi, natijada ulus 10
ga
yaqin
bekliklarga
boiinib
ketadi.
Xorazmda
so‘fiylar,
Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloyirlar, Buxoroda
sadrlar, Termiz atrofida sayyidlar hukmronligi boshlanadi. XIV asrning
50-60-yillarida Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik g‘oyatda kuchayib,
o‘zaro kurash yanada keskinlashdi. Davlat ishlari esa butunlay izdan
chiqqan edi. Siyosiy parokandalik, o‘zaro urush va janjallar iqtisodiy
tanglikka sabab bodib, o‘lka aholisini, ayniqsa dehqonchilik xo‘jaligini
xonavayron qilgan edi.
Mana shunday vaziyatda, 1348- yilda Mo‘g‘uliston xoni qilib
ko‘tarilgan Chig‘atoy naslidan bodgan Tugduq Temurxon Mo‘g‘uliston
amirlari ulusning g‘arbiy qismi - Movarounnahrni ham bosib olishga
harakat qildi. Bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talab
qaytdi. Natijada mo‘g ‘ullar istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakati
boshlandi. Shunday siyosiy beqarorlik davrida Temurbek siyosat
maydoniga dastlabki qadamlami qo‘ymoqda edi.
1360 va 1361-yillarda Tug‘luq Temur Movarounnahrdagi ogdr
siyosiy vaziyatdan foydalanib, uni butunlay o‘ziga bo‘ysundirisbga
harakat qiladi. U hech qanday qarshiliksiz Qashqadaryo vohasiga
bostirib kirdi. 0 ‘sha vaqtlarda Qashqardaryo viloyatining hokimi Hoji
Barlos dushmanga qarshi kurashish o‘miga Xurosonga qochdi va o‘sha
yerda oddirildi.
Amir Temur amakisining viloyatini qo‘ldan bermaslik maqsadida
Tugduq Temurxon ishonchini qozonib uning xizmatiga o‘tdi va Kesh
viloyatiga hokim etib tayinlandi. Tugduq Temurxon o‘g‘li llyosxojani
Movarounnahrning hokimi etib yubordi. Ammo Temurbek unga xizmat
qilishni istamadi va Balx hokimi amir Husayn ibn Musallab bilan ittifoq
tuzdi. Temurbek Amir Husaynning singlisi Odjoy Turkon og‘oga
uylangach, ularning ittifoqi qarindoshlik aloqalari tufayli yanada
mustahkamlandi. Amir Temurbek avval o‘zboshimcha amirlarga qarshi
ichki, so‘ngra esa mo‘g‘ullarga qarshi tashqi kurash olib bordi.
Seyistondagi janglarda qo‘li va oyog‘idan og‘ir yaralandi.
1363-yil Tugduq Temurxon vafot etib, Mo‘g‘u!istonda xonlik
taxtini llyosxoja egallaydi. 0 ‘sha yili Amudaryoning chap sohilidagi
Qunduz shahar yonida mo‘g‘ullar bilan bodgan birinchi jangda
Temurbek g ‘alaba g ‘ozondi. Shundan so‘ng mo‘g‘ullarni to‘xtovsiz
ta’qib etish boshlandi. Mo‘g ‘ullar ham Movarounnahrni osongina berib
qo'yishni istamas edilar. llyosxoja 1365-yilda katta qo‘shin bilan
70
Sirdaiyo tomon yo‘lga chiqdi. Husayn va Temurbek ham zudlik bilan
jangga tayyorlandilar.
Ular o‘rtasidagi jang 1365-yilning 2 2 -mayida Chinoz bilan
Toshkent o‘rtasida bo‘ldi. Jang paytida qattiq jala yog‘ib, hammayoq loy
boMganligidan tarixda u "Loy jangi" nomi bilan mashhur bo‘lib qolgan.
Jangda Temurbek bilan Husayn kelishib harakat qilmaganliklari
oqibatida ulaming birlashgan qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi. Bu
mag‘lubiyat dushmanga Movarounnahrga, xususan, uning markaziy
shahri
Samarqandga
tomon
yo‘l
ochib
berdi.
Mo‘g‘ullar
Movarounnahrning markaziy viloyatlarida odatiy talon-torojni yana
davom ettirdilar.
Bu davrda Samarqandda sarbadorlar harakatining faollari boiib,
ular shahar aholisini mo‘g‘ullarga qarshi qo‘zg‘olonga undadi.
Qo‘zg‘olonga madrasa mudarrisi Mavlonozoda, paxta tituvchilar
mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Quluyi Naddof va mergan Xurdak
Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar mo‘g‘ullarga Samarqand
shahrida qaqshatqich zarba berdilar.
Temurbek va Husaynlar
sarbadorlarning dushman ustidan qozongan g ‘alabalaridan mamnun
bo‘lgan!iklarini va ular bilan uchrashmo‘qchi ekanliklarini bildiradilar.
Biroq sarbadorlarning boshliqlari Amir Husayn huzuriga kelganlarida
ular qatl etiladi. Faqat Mavlonzodani Temurbek o‘z himoyasiga olib,
qutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar harakati boshliqsiz qoldirilib,
Movarounnahrda Amir Husaynning hukmronligi o‘matiladi. Ammo
ko‘p
o‘tmay
Husayn
bilan
Temurbek
0
‘rtasidagi
munosabat
yomonlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi.
1370-yil mart oyida Temur yaxshi qurollangan qo‘shini bilan
Keshdan chiqib,
Balxni
qamal
qilib,
shaharni
egalladi.
Movarounnahrning hukmdori Amir Husayn qatl etildi. 0 ‘sha yili Balxda
qo‘shin boshliqlarining qurultoyida Temur “amir” deb e’lon qilindi va
uning hukmronligi rasman qaror topadi. Amir Temur qadimgi odatga
binoan oq kigiz ustiga o‘tqazilib, yuqori ko'tariladi. Amir Temuming
piri Sayyid Baraka duoyi fotiha qilgach, u Movarounnahrning hukmdori
deb e’lon qilinadi. Hokimiyat tepasiga kelgan Amir Temur o‘z oldiga
markazlashgan, kuchli, qudratli davlat barpo etish vazifasini qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |