8.2. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi
Qobulni egallab turgan Bobur shoh Ismoilning madadi bilan
Movarounnahr tomon yurish boshlaydi. 1511-yilda u Qunduz orqali
Amudaryodan o‘tib, Puli Sangin ko'prigi yaqinida bo'Igan shiddatli
jangda Shayboniylami tor-mor qiladi. So‘ngra Samarqandga tomon yo‘l
oladi. Qarshi, Samarqand va Buxoroni Shayboniylar jangsiz bo‘shatib
ketadilar. Bobur Movarounnahrni hech qanday qarshiliksiz egallaydi.
Shu bilan bu o‘lkada Shayboniylar hukmronligi vaqtincha to‘xtaydi.
Bobuming qaytishi va g'alabasini Movarounnahr aholisi xayrixohlik
bilan qarshi olsa ham, ammo uning hukmronligi uzoqqa bormadi.
Shayboniyxonning jiyani Ubayd Sulton qulay fursatdan foydalanib
1512-yil bahorida Movarounnahrga yurish qilib Buxorogacha bosib
8 7
boradi. Jondor tumani yaqinidagi Malik ko‘li yonida Bobur lashkari
Ubaydulla Sultondan yengiladi. Bobur Hisorga chekinadi. Ubaydulla
Samarqandni egallab, Shayboniylar hukmronligini qayta tiklashga
muvaffaq bo‘ladi.
Bobur garchi Movarounnahrni qaytarib olish niyatidan voz
kechmagan bo‘lsa-da, lekin Shayboniylar bilan bundan keyin kurash
olib borish maqsadidan qaytadi. Qobulga qaytgach, u keyinchalik
Shimoliy Hindistonni o‘ziga bo‘ysundirib, bu o‘lkada Boburiylar
saltanatiga asos soladi. Amudaryoning o‘ng sohiligacha boTgan
viloyatlarda yana Shayboniylar hukmronligi tiklandi.
Shayboniylar hokimiyati tepasida xon turgan. Viloyatlarni xonning
o‘g‘illari, yaqin qarindoshlari (sultonlar) hamda ko‘chmanchi qabila
boshliqlari (biylar) idora qilgan. Jumladan, nayman qabilasi sardori Jon
Vafobiy Hirot dorug‘asi etib ,tayinlangan (1507). Turkistonni
Ko‘chkunchixon (1503-1509), Toshkentni Suyunchxo'jaxon (1503-
1525) boshqargan.
Buxoro va Qorako‘l noibligi (1501-1504)
Muhammad Shayboniyxonning ukasi Mahmud sultonga, Samarqand va
uning viloyati to‘ng‘ich o‘g‘li Muhammad Temur sultonga berilgan.
Buxoro xonligi (amirligi) Shayboniylar sulolasi 100 yil hukm
surgan. Poytaxt dastlab Samarqand, keyinchalik Ubaydullaxon davrida
1533-yil Buxoroga ko‘chirilgan. Davlat shundan so‘ng Buxoro xonligi
deb atala boshlagan. Ubaydullaxon xonlikni tashqi va ichki
dushmanlardan himoya qilishda, uni mustahkamlashda muhim rol
o‘ynagan. Biroq Ubaydullaxon vafoti (1540) dan so‘ng xonlik mayda
mustaqil mulklarga
parchalanib
ketgan.
Xususan,
Buxoroda
Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon (1540-1550), Samarqandda
Ko‘chkunchixonning
o‘g‘li
Abdullatifxan
(1540-1551),
Baixda
Pirmuhammadxon (1546-1567), Toshkent va Turkistonda Baroqxon
(Navro‘z
Ahmadxon
1551-1556-yillarda
Movarounnahr
xoni),
Miyonqoi va Karmanada esa (1529-1561) Iskandarxon mustaqil hokim
bo‘lishgan.
1551-1556- yillarda Movarounnahr uchun shayboniylar o‘rtasidagi
kurashda Abdullaxon
II
g‘olib
chiqib
markaziy
hokimiyatni
mustahkamlagan, ayirmachilik harakatlariga chek qo‘ygan kuchli
qo‘shin tashkil etilgan. Uning bu harakatlarini jo ‘ybor shayxlari
Muhammad Islom hamda uning o‘g‘li Xo‘ja Sa’dlar faol qo‘Hab-
quvvatlab turdi. Muhammad Islom va uning avlodlari o‘zlarining kelib
chiqishini ota tomonidan Muhammad payg‘ambar avlodlariga, ona
tomonidan esa Chingizxon va Jo‘jiga bogMar edilar. 1556-yilda Navro‘z
Ahmadxon
vafot
etgach,
Abdullaxon II
darhol
Karmana
va
Shahrisabzda o‘z hukmronligini tikladi. Muhammad Islornning ko‘magi
bilan esa Buxoro taxtini egalladi va uning poytaxt maqomini qayta
tikladi.
Dastlab Abdullaxon II amakasi Pirmuhammad, keyinqhalik otasi
Iskandarxonlar nomidan davlatni boshqardi. 1561-yilda Abdullaxon II
Pirmuhammad aloqalami uzdi va otasi Iskandar Sultonni (1561-1583)
xon deb e’lon qildi. Iskandar Sulton nomigagina xon boTib, mamlakatni
boshqaruv ishlariga deyarli aralashmas, hokimiyat amalda Abdullaxon II
qoTida edi. 1583-yilda Iskandar Sulton vafot etgach, Abdullaxon II
rasmiy xon deb e’lon etildi.
Shayboniy
hukmdorlari
orasida
Abdullaxon
II
o’zining
qat’iyatliligi, yaxshi siyosati va sarkardalik qobiliyati bilan ajralib turadi.
U markazlashgan shayboniylar davlatini tiklash maqsadida bebosh va
o’zlarini mustaqil hisoblaydigan amirlar, sultonlar, mulklar hukmdorlari
bilan tinimsiz kurash olib borishga majbur bo‘ldi. Tinimsiz urushlar
natijasida 1573-yilda Farg‘ona, 1574-yilda Shahrisabz, Qarshi, Hisor
viloyatlari, 1578-yilda Samarqand, 1582-yilda Toshkent, Shohruxiya,
Sayram, Ohangaron, 1583-yilda Balx, 1584-yilda Badaxshon, 1588-
yilda Hirot va uning atroflari, 1595-yilda Xorazm Abdullaxon II
hokimiyati ostiga birlashtirildi. Tinimsiz, urushlardan charchagan
joylardagi
mahalliy aholi ko‘p hollarda Abdullaxon II
ning
markazlashtirish siyosatini qo‘llab-quvvatlar edi.
Abdullaxon II davrida xonlik chegarasi Qashqardan Orol va
Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning
sharqiy qismigacha bo‘lgan yerlami qamragan. Abdullaxon faol tashqi
siyosat olib borgan. Buxoro xonligi Eron, Hindiston, Turkiya, Xitoy,
Rossiya va b. mamlakatlar bilan keng diplomatik, iqtisodiy, savdo
aloqalari olib borgan. Ichki siyosatda mamlakatda pul islohoti
o‘tkazilgan, ko‘plab sug‘orish inshootlari, ko‘priklar, madrasalar,
masjidlar,
xonaqohlar,
karvonsaroylar,
timlar
qurilgan.
Hunarmandchilik, savdo-sotiq, ilm-fan, madaniy hayot rivojlangan.
Abdullaxon vafotidan so‘ng taxt uchun kurashlar yana avj olgan.
Abdullaxonning o‘g‘li Abdulmo‘minxonning olti oylik hukmronligidan
so‘ng
u
muxolif
kuchlar
tomonidan
o‘ldirilgan.
Taxtga
Pirmuhammadxon II chiqqan. Ammo uning hukmronligi ham uzoqqa
bormay, 1601- yil taxtdan ag‘darilgan.
Shayboniylar sulolasidan taxtga da’vogar qolmagani tufayli
Movarounnahrdagi hokimiyat Ashtarxoniylar sulolasi qo‘liga o‘tgan.
8 9
XV asming boshlarida Oltin 0 ‘rda (Jo‘ji ulusi) zaiflashib,
parchalinish xavfi kuchayadi. Natijada XV asming 30-yillarida
Volgabo‘yi yerlarida Astraxon xonligi yuzaga keladi. Ashtarxon
“Astraxan”ning o‘zbek tiliga moslanganidir. Ashtarxon aslida “Hoji
Tarxon” so‘zidan olingan. “Tarxon” turkiy tilii xalqlar hayotida
imtiyozli unvonlardan hisoblanib, uning egasi odatda soliqlardan ozod
etilgan. 1556-yilda xonlik Rossiya hukmdori Ivan IV tomonidan bosib
olindi. Ashtarxon xonligi tugatilgach, xon xonadoniga mansub kishilar
jon saqlash uchun turli taraflardan boshpana izlashga majbur bo‘ldilar.
Shulardan biri Yormuhammadxon edi. Yormuhammadxon va uning
oilaSi Buxoro xonligidan boshpana topdi. U Buxoro xoni Iskandarxon
(Abdullaxon II ning otasi) bilan yaqin munosabatda bo‘lgan.
Yormuhammadxon oila a’zolari va qarindosh-urug‘i bilan
Buxoroga kelgach, Iskandarxon ulami izzat-ikrom bilan kutib oldi va
qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o‘g ‘li Jonibek Sultonga
turmushga berdi. Jonibek Sulton Zuhrabegimdan uch o‘g‘il (Din
Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) ko‘rdi. Ota-o‘g‘illar
Buxoro xonligida yuksak mavqega erishdilar. Shayboniylar sulolasidan
taxt vorisi qolmagach, Jonibek Sulton xonlik taxtiga eng munosib
nomzod bo‘lib qoldi. Xonlikning nufuzli kishilari unga taxtni taklif
etdilar. Lekin u o‘g ‘li Din Muhammad foydasiga taxtdan voz kechdi.
Biroq bu orada Xurosonda Eron hukmdori Shoh Abbos qo‘shini bilan
yuz bergan jangda Din Muhammad halok bo‘ldi.
Boqimuhammadxon (1601-1605) mamlakat siyosiy yaxlitligini
ta’minlashga e’tibor qaratdi. Chunk! shayboniy Pirmuhammadxon
davrida zaiflashib qolgan markaziy hokimiyat sulolalar almashuvi
natijasida yanada kuchsizlanib, Marv, Xorazm, Balxdagi siyosiy
kuchlaming o‘zboshimchaligi boshlangan edi. Boqimuhammad 1602-
yilda Balx tomon yurish uyushtiradi va Balx bilan birga Anxud,
Shibirg‘on, Chechaktu, Maymana, Faryob-Murg‘ob daryosigacha
bo‘lgan yerlami hamda Bag‘lon, Badaxshon, Hisorni ham Buxoroga
bo‘ysundiradi. 0 ‘zining ukasi Valimuhammadxonni valiahd deb e’lon
qilib, uni Balxga hukmdor etib tayinlaydi.
1603-yilda Eron
safaviylarining Balxga hujum qilgan qo‘shinlarini magiubiyatga
uchratdi.
Boqimuhammad
1605-yilda
vafot
etadi,
taxtga
valiahd
hisoblanuvchi ukasi Valimuhammad (1605-1611) o'tiradi. Biroq qabila
amirlari xon hokimiyatiga bo‘ysunmay, muxolifatchilikni kuchaytirdilar.
Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirganligidan xabar topgan
9 0
Vali Muhammad qochib ketdi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadxonning
o‘g‘li Imomqulixonni o‘tqazdilar. Abbos oldiga qochishi bilan tugaydi.
Buxoro taxtiga lmomqulixon chiqadi. 1611-yilda Valimuhammadxon
shoh Abbos bergan yordam natijasida Buxoro taxtini qisqa muddat
davomida qayta egallashga erishadi, ammo 1611-yil oktabrda
lmomqulixon bilan Samarqand atrofidagi navbatdagi to‘qnashuvda
halok bo‘ladi.
lmomqulixon davrida (1611-1642) ko‘chmanchi qozoqlaming
Buxoro xonligi yerlariga talonchilik yurishlari kuchaygan, markaziy
hokimiyatga qarshi isyonlar bo‘iib o‘tgan. Masalan, Toshkentga hokim
etib tayinlangan Iskandar (lmomqulixon o‘g‘li)ga qarshi shahar aholisi
qo‘zg‘olon ko'targan va uni o‘ldirgan. Bunga javoban lmomqulixon
qo‘zg‘olonni bostirib, Toshkentda tartib o‘matgan. lmomqulixon
davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi.
Imomqulixondan keyin taxtni egallagan ukasi Nodir Muhammad
(1642-1645) davrida esa siyosiy tarqoqlik kuchaydi. Bunga xonning
mamlakat viloyatlarini o‘g ‘illariga va yaqin qarindoshlariga mulk qi- lib
taqsimlab berganligi sabab bo‘ldi. Oqibatda, davlatchilik asoslari
zaiflashdi. 1645-yilda qozoqlar yana Movarounnahrga yurish qilib,
Xo‘jandgacha yetib keldilar. Nodir Muhammad ularga qarshi o‘g‘li
Abdulaziz boshchiligidagi katta qo‘shinni safarbar etdi. Xondan norozi
bo'lgan bir guruh amirlar yurish davrida Abdulazizni xon deb e’lon
qildilar va uni taxtga o‘fqazdi!ar. Nodir Muhammad esa Balxga chekindi
va yerda ma’lum muddat hokimlik qildi (1645-1651).
Nodir Muhammad toj-u taxtni qaytarib olish maqsadida Hindiston
podshohi temuriyzoda Shoh Jahondan yordam so‘radi. Shoh Jahon Balx
viloyatini o‘ziga bo‘ysundirish maqsadida qo‘shin yubordi. Uning asl
niyatini payqab qolgan Nodir Muhammad hind qo‘shiniga qarshi chiqdi.
Biroq u jangda yengildi va Eronga qochib ketdi. Abdulazizxon Balxni
ikki yildan so‘nggina qaytarib oldi.
1649-yilda otasi Nodir
Muhammadni yana Balx hokimi etib tayinladi. Biroq otasining Eron
yordamida o‘z mavqeyini mustahkamlashga uringanligi Abdulazizxonni
tashvishga solib qo‘ydi. Endi u otasiga qarshi ukasi Subhonqulixon
yetakchiligida qo'shin yubordi. 1651-yilda Subhonqulixon Balxni
egalladi. Ayni paytda, u Balx hokimi etib tayinlandi. Otasi Nodir
Muhammad esa Makkaga hajga borayotib yo‘lda vafot etdi.
Abdulazizxon (1645-1681) davrida bir tomondan, ichki kurashlar
va boshqa tomondan Xiva xonlarining Buxoroga hujumi kuchayib ketdi.
1681-yilda keksayib qolgan Abdulazizxon ichki ziddiyatlar va tashqi
91
hujumlar
Buxoro
xonligining
ijtimoiy-iqtisodiy
ahvolini
murakkablashtirib yuborganligi va siyosiy vaziyat izdan chiqqanligi
tufayli taxtdan voz kechdi. Abdulazizxondan keyin taxtga o‘tirgan
Subhonqulixon
(1681-1702)
davrida
ham
ahvol
o‘nglanmadi.
Subhonqulixon bir tomondan o‘g‘illariga qarshi, ikkinchi tomondan
viloyatlardagi amir va beklaming markaziy hokimiyatdan mustaqil
bo'lish yo'lidagi harakatlariga qarshi kurash oiib borishga majbur bo‘ldi.
Subhonqulixon mamlakatni nisbatan uzoq boshqargan bo‘lsa-da,
mazkur yigirma yil davomida u ham Balx masalasi bilan
shug‘ullanishga majbur bo‘lgan. Balxga bir necha marotaba o‘z
o‘g ‘illarini tayinlagan va bir necha marotaba fitnalar tufayli shahzodalar
qurbon bo‘lgan. Bu holat markaziy hokimiyatning Balxdagi mavqeyi
nihoyatda zaiflashib ketganini va mahalliy siyosiy kuchlaming, xususan,
yirik amirlaming nufuzi oshib borganini ko‘rsatadi. Buni 1688 -1697-
yillar davomida Balx hukumatining yirik amirlaridan Mahmudbiy
ixtiyorida bo‘lganligi ham isbotlaydi.
Buning ustigay mamlakat g‘arbida ham notinchlik hukm surgan.
Chunonchi, Xiva xoni Anushaxon ashtarxoniylar hududlariga hujumlar
uyushtiribj talon-tarojlik qilish bilan shug‘ullangan. Masalan, 1684-
yilning yozida hatto Samarqandni egallashga erishib, bu yerda o ‘z
nomidan xutba ham o‘qitgan. Biroq Subhonqulixon qatag'on urug‘idan
bo‘lgan Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliq yordamida Xiva
qo‘shinlarini Samarqanddan quvib chiqarishga erishdi. U Xiva hujumiga
chek qo‘yish uchun Anushaxonga qarshi fitna tayyorladi. Buning
natijasida Anushaxon taxtdan tushirildi va 1688-yilda xonlikni Buxoro
tasarrufiga kiritdi. Ichki nizolar oxir-oqibat mamlakat iqtisodiyotini
chuqur tanazzulga uchratdi.
1702-yili Subhonqulixon vafot etdi. Taxtni o‘g ‘li Ubaydullaxon II
(1702-1711) egalladi. Ubaydullaxonning asosiy maqsadi siyosiy
tarqoqlikni tugatishdan iborat edi. U ana shu maqsad yo'lida goh
isyonkor qabilalarga qarshi, goh bo‘ysunmas mahalliy hukmdorlarga,
goh davlat sarhadlariga bostirib kirgan ko'chmanchilarga qarshi urush
olib borishga majbur bo‘ldi.
Dastlab u Balxni bo‘ysundirish yo‘lini izladi. Ma’lumki,
Ubaydullaxon II ning otasi Subhonqulixon Balxni qatag‘on qabilasi
boshlig‘i, Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliqqa alohida xizmatlari
uchun tortiq qilgan edi. Ubaydullaxon davrida Mahmudbiy Balxda
hokimiyatni to‘!iq o‘z qoMiga oldi va o‘zini 1706-yilda xon deb e’lon
qildi. Bu Mahmudbiyga qarshi bir necha bor uyushtirilgan harbiy
92
yurishlar natija bermagach, Ubaydullaxon uning mustaqilligini tan
olishga majbur bo‘ldi.
Ubaydullaxon II o‘tkazgan islohotlar ham muvaffaqiyatsizlikka
uchradi. Ubaydullaxon II davrida iqtisodiy tanazzul va ichki nizolardan
tashqari jung‘orlar (qalmoqlar)ning harbiy bosqinlari vaziyatni yanada
murakkablashtirgan. Ubaydullaxon II ma’muriy sohada islohotlar
o‘tkazib, davlatni boshqarishga o‘rta tabaqa: hunarmandlar va
savdogarlarni jalb qilgan, markaziy hbkimiyatni kuchaytirish uchun
yirik yer egalarining imtiyozlarini qisqartirgan. 1708-1709-yillarda
o‘tkazilgan pul islohoti natijasida pul qiymati 4 marta tushib ketgan, bu
esa xalq g‘alayonlariga sabab bo‘lgan. Tanga tarkibida kumush foizining
kamayishi do‘kondor va hunarmandlaming keskin noroziligiga sabab
bolldi. Endi ular o ‘z mahsulotlarini sotmay qo‘ydilar. Savdo ishlari
susaydi va oqibatda, mamlakat iqtisodiy hayoti inqirozga yuz tutdi.
1709-yilda Farg‘ona vodiysining Buxoro xonligidan ajralib
chiqishi esa siyosiy ahvolni yanada murakkablashtirdi. Va nihoyat,
fitnachilar
1711-yilda Ubaydullaxonni oMdirdilar.
Taxtga Etna
ishtirokchisi,
Ubaydullaxonning
ukasi
Abulfayzxon
o'tqazildi.
Ubaydullaxon tariximizda mahalliy hokimlaming o‘zboshimchaligiga
chek qo‘yishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan
so‘nggi ashtarxoniy hukmdor sifatida nom qoldirdi.
1711-yilda
Buxoro
taxtiga
Ubaydullaxonga
qarshi
Etna
ishtirokchisi bo‘lgan Abulfayzxon o‘tqazildi. Taxtga o‘tqazilgan
Abulfayzxon davrida xonning hokimiyati obro‘si tushib, xon amirlar va
zodagonlar qo‘lidagi bir qo‘g‘irchoqqa aylandi. Uning farmonlari saroy
ostonasidan nariga o‘tmaydigan bo‘lib qoldi. Xon hokimiyatining bu
darajaga tushib qolishiga xonlikning muntazam qo‘shinga ega
bo‘lmaganligi ham sabab bo‘ldi. Muntazam qo‘shin tuzishga va uni
saqlashga esa mablag‘ yetishmasdi. Bunga esa xoniik iqtisodiyotining
nochorligi sabab bo‘ldi. Abulfayzxon davrida o‘zbeklarning mang‘it
qabilasidan chiqqan Muhammad Hakimbiy katta nufuzga ega bo‘lib
oldi. U barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig'i deb tan olindi. Bu
boshqa qabilalar aslzodalarining qat’iy noroziligiga sabab boMdi. Ichki
nizo va o‘zaro urushlar kuchayib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |