MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA BANK SEKTORI VA MOLIYA TIZIMINING BARQARORLIGINI TA`MINLASH YO`LLARI
Mundarija Kirish…………………………………………………………………………….. 3 I.BOB.Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank va moliya tizimi……5 1.1.Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimining tutgan o`rni…………………………………………………………………..… 5 1.2.Iqtisodiyotni rivojlantirishda bank sektorida amalga oshirilgan islohotlar………………………………………………………………………. 10 II.BOB.Mamlakatda bank sektori va moliya tizimini rivojlanishi va uni barqarorligini ta’minlash istiqbollari………………………………………..25 2.1.Mamlakatda bank sektori va moliya tizimini rivojlanishi…………….25 2.2.Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimining barqarorligini ta`minlash istiqbollari……………………………………..... 29 Xulosa va takliflar………………………………………………………........ 36 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………………………… 38
Kirish Mavzuning dolzarbligi Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank- moliya tizimini rivojlantirish va uning real sektorni moliyalashtirishdagi rolini yanada oshirish mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishini, aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishiga qaratiladi. Xususan:
- aholi va tadbirkorlik sub'ektlari hamda investorlarning mablag'larini bank aktsiyalari va depozitlarga jalb qilish orqali banklarning kapitallashuv darajasini oshirish hamda resurs bazasini kengaytirish;
- banklarning investitsiya jarayonlarida, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlashdagi ishtirokini yanada kengaytirish va kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash;
- banklarda samarali nazoratni amalga oshirish, bank infratuzilmalarini kengaytirish, bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlarga yangi qulayliklar yaratish;
- hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pullarning bank aylanmasiga jalb etilishini yanada kengaytirish;
- banklarni yakka tartibda baholash milliy reytingiga va xalqaro reyting kompaniyalarining reytinglariga ega bo'lishlarini ta'minlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jahon tajribasidan ma’lumki, bank va bank tizimi bozor iqtisodiyotining ajralmas bo’lagi hamda eng muhim strukturalari hisoblanadi. Bank tizimining kichik va o’rta biznes sohasini rivojlantirishdagi o’rni va umuman davlat makroiqtisodiyotida tutgan o’rnini ochib berishga, bu mavzuning dolzarbligi va muhimligini statistik hamda tahliliy ma’lumotlar orqali daliliy isbot sifatida keltirishga harakat qildim. Banklarning bu sohani rivojlantirishdagi roli ularning pul-kredit operastiyalarining amalga oshirishlaridir.