8.5. Qo‘qon xonligi
XVII asr oxiri-XVIII asr boshlarida Buxoro xoniigida ichki nizolar
tufayli markaziy hokimiyat zaifiashgan. Xonlik tarkibiga kirgan
viloyatlarda mustaqiilikka intilish kuchaygan. Natijada 1709- yii
Farg'ona vodiysida Qo‘qon xonligi vujudga kelgan. Unga minglar
urug‘idan bo‘lgan Shohruxbiy asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab
Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara va ularning
atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga
harbiy yurish qilinib Xo‘jand (1725), 0 ‘ratepa (1726), Samarqand
(1732) egalianadi. Abdulkarimbiy davrida 1746- yil qalmoqlar Farg‘ona
vodiysiga hujum qilib, Olsh, Andijon, Marg’ilon kabi shaharlarini
egallab, Qo‘qonni qamal qilgan. Qo’qonliklarga yordamga kelgan
0 ‘ratepa hokimi Fozilbiy qo‘shinlari bilan birgalikda ularni Farg‘ona
vodiysidan quvib chiqarishgan. Norbo‘tabiy davrida Chust va
Namangan beklarining mustaqillik uchun ko'targan g’alayonlari
bostirilgan. Bu davrda mamlakatda sug’orish inshootlari barpo qilinadi,
savdo va hunarmandchiiik, qishloq xo‘jaligi rivoj topadi va mamlakatda
arzonchilik bo‘ladi.
Norbo’tabiyning o ‘g ii Olimbek hukmronligi davrida Qo’qonning
siyosiy mavqei yanada kuchaygan, harbiy islohot o’tkazilgan,
Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram tobe etilgan, tashqi
savdoga ham e’tibor kuchaytirilgan. 1805- yi! davlat rasman Qo‘qon
xonligi deb e’lon qilinib, Olimbek "xon" unvonini olgan, Olimxonning
markazlashgan kuchli davlat tuzish borasida qilayotgan harakatlari
ayrim zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini vujudga keltiradi.
Natijada, ular Olimxonning safardaligidan foydalanib, 1810-yil
Qo’qonda “Olimxon Toshkentda o‘idi”, degan mish-mish tarqatishadi va
uning ukasi Umarbekka toj kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib,
Qo’qonga yo‘l oladi, biroq u Oltiqush mavzesida otib o’ldiriladi.
98
Umarxon davrida xonlik hokimiyatini mastahkamlash va
kengaytirish choralari ko‘ri!gan. 1815-yil Buxoro xonligiga qarashli
Turkiston, 1817-yil esa 0 ‘ratepa bosib olingan. Sirdaryo bo‘yida bir
qancha harbiy istehkomlar barpo etilgan; sug‘orish inshootlarini
kengaytirish, kanallar qazish, masjid va rnadrasalar qurishga e’tibor
berilgan. Xususan, Qo‘qon, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram,
Avliyoota (hozirgi Taroz shahri)da masjid va rnadrasalar qurilgan. 1821-
yilda Chimkent va Sayramda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon bostirilgan.
Umarxon hukmronligi davrida Qo‘qon xoniigida fan, adabiyot, san’at
rivojlangan. Bunda uning sevimli xotini mashhur o‘zbek shoirasi
Modirabegimning xizmati katta bo‘lgan. Umarxonning o‘zi ham
o‘qimishli kishi boiib, "Amiriy" taxallusi bilan o‘zbek va tojik tiliarida
g‘aza!lar yozgan. Umarxon vafotidan so‘ng uning 12 yoshli o‘g ‘li
Muhammad Alixon taxtga o‘tirgan. Xon yosh bo‘lganligi uchun davlatni
dastlabki
davrda onasi Nodirabegim boshqargan. Nodirabegim
madaniyat va san’atni rivojlantirishga alohida e’tibor bergan.
1829-yil Sharqiy Turkistonda xitoylarga qarshi bosh ko’targan
musulmon aholiga yordam berish uchun Muhammad Alixon qo‘shin
tortib b'organ. Natijada Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonning 6 ta
shahridan soliq olish huquqini berishga majbur bo‘lgan.
Muhammad Alixon xonlik hududini kengaytirishga intilib, Janubiy
Oloy tog‘ etagidagi Qorategin, Darvoz, Shug‘non, Ro'shon, Viohon
bekliklarini bo’ysundirgan. Bu davrda xonlikda sug‘orish ishlari
kengaytirilgan. Toshkent yaqinida Xonariq kanali qazilgan. Tashqi
iqtisodiy-savdo aloqalari ham yaxshilangan.
1840-yil Buxoro amiri Nasrulla bilan yuz bergan urushda
Muhammad Alixon yengilib, Xo‘jandni amir Nasrullaga topshirishga va
o‘zini uning noibi deb tan olishga majbur bo‘lgan. Ammo Buxoro-
Qo‘qon munosabatlari bundan keyin ham keskinlashgan. Natijada 1841-
yil noyabr oyida Muhammad Alixon o‘z ukasi Sulton Mahmud
foydasiga taxtdan voz kechgan. Bu voqeadan xabar topgan amir
Nasrulla Qo’qonga bdstirib kelib, uni talon-toroj qiladi. U shu
qirg‘inbarot davomida Muhammad Alini, uning ukasi Sulton
Mahmudxonni, onasi Nodirabegimni va boshqa yuqori mansabdorlami
qatl ettiradi.
Amir farmoni bilan Qo‘qon xonligi Buxoro noibi tomonidan
boshqarila boshlangan. Amir noibi xonlik aholisiga og‘ir soliqlar
yuklaydi. Natijada 1842-yil yozida qo‘qonliklar qo‘zg‘olon ko‘tarib,
amir Nasrullaga sodiq kishilaming
ko‘pchi!igini o‘ldiradi va
99
Norbo‘tabiyning ukasi Hojibekning o‘g‘li
Sheralini xon qilib
ko‘tarishadi. Bunt eshitgan Buxoro amiri Qo‘qonga qo‘shin tortib o‘z
hukmronligini qayta o‘rnatish uchun uni qamal qiladi. Biroq qamalning
qirqirichi kuni Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro hududiga qilgan
hujurni haqidagi xabarni eshitib, orqaga qaytishga majbur boMgan.
Natijada, Xo'jand, Tashkent kabi ko‘pgina hududlari yana Qo‘qon
xonligi ixtiyorida qoladi.
Sheralixonning (1842-1845) taxtga o'tirishida ko‘makchi va
xayrixoh bo‘lgan qipchoqlardan Musulmonqul mingboshi qilib
tayinlangan. Musulmonqul, asosan, harbiy ishlar bilan shug‘ullangan va
xon qo‘shinlarining tarkibini ko‘proq qipchoq yigitlari bilan toidirgan.
Musulmonqul o‘z mavqeidan foydalanib, Sheralixonga o‘z ta’sirini
o‘tkazishga intilgan, ammo xon bunga yo‘l qo‘ymagan. Musulmonqul
xondan norozi bo‘lib, boshqalarning qo‘li bilan suiqasd uyushtirishga
harakat qiladi. 1845-yil 0 ‘shda xonning soliq siyosatiga qarshi
qo‘zg‘olon boshlanadi. Musulmonqul tarafdorlari Olimxonning o‘g‘li
Murodbekni Qo‘qonga taklif qilib taxtga o‘tqazganlar.
Sheralixon esa o'ldirilgan. Musulmonqul 0 ‘shdan Namanganga
kelib qizini Sheralixonning o‘g‘li Xudoyorga turmushga beradi va u
bilan Qo‘qonga kelib, Murodxonni o'ldirib, yosh Xudoyomi xon deb
e’lon qiladi. Musulmonqul xonning yoshligidan foydalanib, xonlikni
deyarli mustaqil ravishda o‘zi boshqaradi, katta lavozimlar qipchoqlarga
ulashib
beriladi.
Xudoyorxon
taxtda
mustahklanib
olgach,
Musulmonqulga qarshi xonlik hududida norozilik harakati kuchaydi va u
mingboshilikdan bo‘shatiladi. Zodagonlar qipchoqlardan qutulish yo‘lini
axtarib Xudoyorxonni o‘zlari taraftga og'dirib, 1853- yil qipchoqlar
qirg‘inini boshlab yuborishgan. Musulmonqul asirga olinib, qatl
qilingan.
Biroq Qo‘qon xonligida o‘zaro taxt uchun kurashlar tinchimagan,
qisqa vaqt ichida xonlar bir necha marta almashganlar. Qo‘qon xonligida
quyidagi mansablar mavjud bo‘lgan: mingboshi, otaliq, shayxulislom,
qozikalon, qushbegi, mehtar, parvonachi, naqib, dodxoh, eshik og‘asi,
inoq, shig‘ovul, to‘qsoba, miroxur, qorovulbegi va boshqalar.
Qo‘qon xonligida quyidagi harbiy unvonlar mavjud bo‘lgan:
mingboshi-odatda, u vazirlik vazifasini birga olib borgan. Keyin
ponsadboshi, yuzboshi, ellikboshi, o‘nboshi, zambarakchi va bulardan
tashqari boshqa turli harbiy mansablar ham bo‘lgan. Qo‘qonda yashagan
sarboz va to‘pchilar faqat alohida vazifadagi noib, dodxohning doimiy
tasarrufida bo‘lganlar. Urush davrida noib, dodxoh o‘z qismiga
too
harakatdagi qo‘shinning hamrna sarbozlarini qabul qilgan, unga
vaqtinchalik boshchilik qilishni maxsus tayinlangan amiri lashkar (bosh
qo‘mondon)ga topshirardi.
XIX asrning 1-yarmida Qo‘qon xonligi shimolda Rossiya bilan
(ular o‘rtasida katta cho‘l zonasi bor edi); g‘arbda Xiva va Buxoro bilan;
janubda Qorategin, Darboz va Ko‘lob; sharqda Sharqiy Turkiston bilan
chegaradosh edi.
Qo‘qon xonligi aholisining soni 3 mln.ga yaqin edi. Rossiya
Imperiyasi qo‘shinlari uning shimol-g‘arbiy viloyatlarini bosib olgach,
xonlik hududi ancha qisqarib, asosan, Farg‘ona vodiysi bilan cheklanadi
va aholi soni taxm. 2 mln.ga tushib qoladi. Qo‘qon xonligining aholisi,
asosan,
o‘zbeklar,
tojiklar,
qirg‘izlar,
qozoqlar,
uyg'urlar,
qoraqalpoqlardan iborat edi.
Qo‘qon xonligida ham yerga egalik qilish va undan foydalanish
turli xil bo‘lgan. Xonlikka qarashli bo‘lgan yerlar amlok yerlar, vaqf
yerlari, mulki xiroj va mulki ushriyaga taqsimlangan. Dehqonlar
o‘rtasida yakka dehqon xo‘jaligi ham rivojlangan. 0 ‘z yerlaridan
ajralgan kambag‘al dehqonlaming ko‘pchiligi yirik yer egalari qo‘lida
chorakorlik qilgan. Yerning bahosi uning unumdorligi va qanchalik suv
bilan ta’minlanganligiga qarab belgilangan.
Qo‘qon xonligi hayotida savdo-sotiq muhim o‘rin egallagan. U
ichki va tashqi savdoga bo‘lingan. Aholi o‘zining ehtiyojlarini asosan
o‘z xonligidagi mahsulotlar bilan qondirishgan. Qo‘qon, Marg‘ilon va
Namangan shaharlarida ip va ipak matolar (atlas, shoyi, beqasam, adras,
chit, bo‘z va boshqalar to‘qilgan. Shuningdek, boshqa hunarmandchilik
tarmoqlarida xo‘ja!ik asboblari, dehqonchilik uchun kerakli uskunalar,
qurol-yarogiar, zargarlik buyumlari, qog‘ozlar ishlab chiqarilgan.
Qo‘qon xonligidan chet davlatlarga quritilgan mevalar, jun, teri, ipak,
gilam, paxta va ipak matolar chiqarilgan. Tashqi mamlakatlardan esa
turli metall rudalari, metall buyumlar, qand va boshqa mahsulotlar
keltirilgan.
Qo‘qon xonligining XV1II-XIX asrlar 1-yarmida kechgan madaniy
hayotida ham birmuncha ijobiy o‘zgarishlar yuz bergan. XIX asrda
xonlikda tarixnavislik rivojlangan. Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy
asarlar fors va arab tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va yangi
kitoblar yozildi.
ХГХ asr boshlarida shakllangan Qo‘qon adabiy muhiti ham
xonlikning
madaniy
hayotida
katta
o‘rin
tutgan.
Qo‘qon
hukmdorlarining bir qancha namoyandalari temuriylar an’anasini davom
lot
ettirib, o‘zlari ham ilm-ma’rifat bilan shug‘ul!anib, bu sohani ravnaq
toptirishga katta sa’y-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qo‘qon
xonlaridan Umarxon (1810-1822) va Muhammad Alixon (1822-1841)
davrlari yaqqol ajralib turadi.
Umuman olganda, XIX asrning o'rtalariga kelib, 0 ‘rta Osiyo
xonliklarida adabiyot va tarixshunosiik bilan bir qatorda matematika,
tibbiyot, geografiya, astronomiyaga oid hamda diniy asarlar yaratilgan.
Bu xonliklarda rassomchilik va hattotlik ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan.
Bu davrning madaniy hayotida dorbozlik, askiya, qo‘gdrchoq teatri,
masxarabozlik ayniqsa, bastakorlik rivojlangan.
Qo‘qon xonligining barcha bekliklarida madrasa, maktabxonalar
mavjud bodgan. Xonlikda me’morlik ayniqsa rivojlangan. 1842-yil
Qo‘qon shahri atrofi yangi mudofaa devori bilan o ‘rab olingan. Uning
12 ta darvozasi bodgan. Shuningdek, Toshkent, Andijon, Namangan
kabi shaharlardagi shu davr me’moriy yodgorliklarini ko‘rsatish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |