0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi


Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

8.2. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi
Qobulni egallab turgan Bobur shoh Ismoilning madadi bilan 
Movarounnahr tomon yurish boshlaydi. 1511-yilda u Qunduz orqali 
Amudaryodan o‘tib, Puli Sangin ko'prigi yaqinida bo'Igan shiddatli 
jangda Shayboniylami tor-mor qiladi. So‘ngra Samarqandga tomon yo‘l 
oladi. Qarshi, Samarqand va Buxoroni Shayboniylar jangsiz bo‘shatib 
ketadilar. Bobur Movarounnahrni hech qanday qarshiliksiz egallaydi. 
Shu bilan bu o‘lkada Shayboniylar hukmronligi vaqtincha to‘xtaydi. 
Bobuming qaytishi va g'alabasini Movarounnahr aholisi xayrixohlik 
bilan qarshi olsa ham, ammo uning hukmronligi uzoqqa bormadi.
Shayboniyxonning jiyani Ubayd Sulton qulay fursatdan foydalanib 
1512-yil bahorida Movarounnahrga yurish qilib Buxorogacha bosib
8 7


boradi. Jondor tumani yaqinidagi Malik ko‘li yonida Bobur lashkari 
Ubaydulla Sultondan yengiladi. Bobur Hisorga chekinadi. Ubaydulla 
Samarqandni egallab, Shayboniylar hukmronligini qayta tiklashga 
muvaffaq bo‘ladi.
Bobur garchi Movarounnahrni qaytarib olish niyatidan voz 
kechmagan bo‘lsa-da, lekin Shayboniylar bilan bundan keyin kurash 
olib borish maqsadidan qaytadi. Qobulga qaytgach, u keyinchalik 
Shimoliy Hindistonni o‘ziga bo‘ysundirib, bu o‘lkada Boburiylar 
saltanatiga asos soladi. Amudaryoning o‘ng sohiligacha boTgan 
viloyatlarda yana Shayboniylar hukmronligi tiklandi.
Shayboniylar hokimiyati tepasida xon turgan. Viloyatlarni xonning 
o‘g‘illari, yaqin qarindoshlari (sultonlar) hamda ko‘chmanchi qabila 
boshliqlari (biylar) idora qilgan. Jumladan, nayman qabilasi sardori Jon 
Vafobiy Hirot dorug‘asi etib ,tayinlangan (1507). Turkistonni 
Ko‘chkunchixon (1503-1509), Toshkentni Suyunchxo'jaxon (1503- 
1525) boshqargan. 
Buxoro va Qorako‘l noibligi (1501-1504) 
Muhammad Shayboniyxonning ukasi Mahmud sultonga, Samarqand va 
uning viloyati to‘ng‘ich o‘g‘li Muhammad Temur sultonga berilgan.
Buxoro xonligi (amirligi) Shayboniylar sulolasi 100 yil hukm 
surgan. Poytaxt dastlab Samarqand, keyinchalik Ubaydullaxon davrida 
1533-yil Buxoroga ko‘chirilgan. Davlat shundan so‘ng Buxoro xonligi 
deb atala boshlagan. Ubaydullaxon xonlikni tashqi va ichki 
dushmanlardan himoya qilishda, uni mustahkamlashda muhim rol 
o‘ynagan. Biroq Ubaydullaxon vafoti (1540) dan so‘ng xonlik mayda 
mustaqil mulklarga 
parchalanib 
ketgan. 
Xususan, 
Buxoroda
Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon (1540-1550), Samarqandda 
Ko‘chkunchixonning 
o‘g‘li 
Abdullatifxan 
(1540-1551), 
Baixda 
Pirmuhammadxon (1546-1567), Toshkent va Turkistonda Baroqxon 
(Navro‘z 
Ahmadxon 
1551-1556-yillarda 
Movarounnahr 
xoni), 
Miyonqoi va Karmanada esa (1529-1561) Iskandarxon mustaqil hokim 
bo‘lishgan.
1551-1556- yillarda Movarounnahr uchun shayboniylar o‘rtasidagi 
kurashda Abdullaxon 
II 
g‘olib 
chiqib 
markaziy 
hokimiyatni 
mustahkamlagan, ayirmachilik harakatlariga chek qo‘ygan kuchli 
qo‘shin tashkil etilgan. Uning bu harakatlarini jo ‘ybor shayxlari 
Muhammad Islom hamda uning o‘g‘li Xo‘ja Sa’dlar faol qo‘Hab- 
quvvatlab turdi. Muhammad Islom va uning avlodlari o‘zlarining kelib 
chiqishini ota tomonidan Muhammad payg‘ambar avlodlariga, ona 
tomonidan esa Chingizxon va Jo‘jiga bogMar edilar. 1556-yilda Navro‘z


Ahmadxon 
vafot 
etgach, 
Abdullaxon II 
darhol 
Karmana 
va 
Shahrisabzda o‘z hukmronligini tikladi. Muhammad Islornning ko‘magi 
bilan esa Buxoro taxtini egalladi va uning poytaxt maqomini qayta 
tikladi.
Dastlab Abdullaxon II amakasi Pirmuhammad, keyinqhalik otasi 
Iskandarxonlar nomidan davlatni boshqardi. 1561-yilda Abdullaxon II 
Pirmuhammad aloqalami uzdi va otasi Iskandar Sultonni (1561-1583) 
xon deb e’lon qildi. Iskandar Sulton nomigagina xon boTib, mamlakatni 
boshqaruv ishlariga deyarli aralashmas, hokimiyat amalda Abdullaxon II 
qoTida edi. 1583-yilda Iskandar Sulton vafot etgach, Abdullaxon II 
rasmiy xon deb e’lon etildi.
Shayboniy 
hukmdorlari 
orasida 
Abdullaxon 
II 
o’zining 
qat’iyatliligi, yaxshi siyosati va sarkardalik qobiliyati bilan ajralib turadi. 
U markazlashgan shayboniylar davlatini tiklash maqsadida bebosh va 
o’zlarini mustaqil hisoblaydigan amirlar, sultonlar, mulklar hukmdorlari 
bilan tinimsiz kurash olib borishga majbur bo‘ldi. Tinimsiz urushlar 
natijasida 1573-yilda Farg‘ona, 1574-yilda Shahrisabz, Qarshi, Hisor 
viloyatlari, 1578-yilda Samarqand, 1582-yilda Toshkent, Shohruxiya, 
Sayram, Ohangaron, 1583-yilda Balx, 1584-yilda Badaxshon, 1588- 
yilda Hirot va uning atroflari, 1595-yilda Xorazm Abdullaxon II 
hokimiyati ostiga birlashtirildi. Tinimsiz, urushlardan charchagan 
joylardagi 
mahalliy aholi ko‘p hollarda Abdullaxon II 
ning 
markazlashtirish siyosatini qo‘llab-quvvatlar edi.
Abdullaxon II davrida xonlik chegarasi Qashqardan Orol va 
Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning 
sharqiy qismigacha bo‘lgan yerlami qamragan. Abdullaxon faol tashqi 
siyosat olib borgan. Buxoro xonligi Eron, Hindiston, Turkiya, Xitoy, 
Rossiya va b. mamlakatlar bilan keng diplomatik, iqtisodiy, savdo 
aloqalari olib borgan. Ichki siyosatda mamlakatda pul islohoti 
o‘tkazilgan, ko‘plab sug‘orish inshootlari, ko‘priklar, madrasalar, 
masjidlar, 
xonaqohlar, 
karvonsaroylar, 
timlar 
qurilgan. 
Hunarmandchilik, savdo-sotiq, ilm-fan, madaniy hayot rivojlangan. 
Abdullaxon vafotidan so‘ng taxt uchun kurashlar yana avj olgan. 
Abdullaxonning o‘g‘li Abdulmo‘minxonning olti oylik hukmronligidan 
so‘ng 

muxolif 
kuchlar 
tomonidan 
o‘ldirilgan. 
Taxtga 
Pirmuhammadxon II chiqqan. Ammo uning hukmronligi ham uzoqqa 
bormay, 1601- yil taxtdan ag‘darilgan.
Shayboniylar sulolasidan taxtga da’vogar qolmagani tufayli 
Movarounnahrdagi hokimiyat Ashtarxoniylar sulolasi qo‘liga o‘tgan.
8 9


XV asming boshlarida Oltin 0 ‘rda (Jo‘ji ulusi) zaiflashib, 
parchalinish xavfi kuchayadi. Natijada XV asming 30-yillarida 
Volgabo‘yi yerlarida Astraxon xonligi yuzaga keladi. Ashtarxon 
“Astraxan”ning o‘zbek tiliga moslanganidir. Ashtarxon aslida “Hoji 
Tarxon” so‘zidan olingan. “Tarxon” turkiy tilii xalqlar hayotida 
imtiyozli unvonlardan hisoblanib, uning egasi odatda soliqlardan ozod 
etilgan. 1556-yilda xonlik Rossiya hukmdori Ivan IV tomonidan bosib 
olindi. Ashtarxon xonligi tugatilgach, xon xonadoniga mansub kishilar 
jon saqlash uchun turli taraflardan boshpana izlashga majbur bo‘ldilar. 
Shulardan biri Yormuhammadxon edi. Yormuhammadxon va uning 
oilaSi Buxoro xonligidan boshpana topdi. U Buxoro xoni Iskandarxon 
(Abdullaxon II ning otasi) bilan yaqin munosabatda bo‘lgan.
Yormuhammadxon oila a’zolari va qarindosh-urug‘i bilan 
Buxoroga kelgach, Iskandarxon ulami izzat-ikrom bilan kutib oldi va 
qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o‘g ‘li Jonibek Sultonga 
turmushga berdi. Jonibek Sulton Zuhrabegimdan uch o‘g‘il (Din 
Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) ko‘rdi. Ota-o‘g‘illar 
Buxoro xonligida yuksak mavqega erishdilar. Shayboniylar sulolasidan 
taxt vorisi qolmagach, Jonibek Sulton xonlik taxtiga eng munosib 
nomzod bo‘lib qoldi. Xonlikning nufuzli kishilari unga taxtni taklif 
etdilar. Lekin u o‘g ‘li Din Muhammad foydasiga taxtdan voz kechdi. 
Biroq bu orada Xurosonda Eron hukmdori Shoh Abbos qo‘shini bilan 
yuz bergan jangda Din Muhammad halok bo‘ldi.
Boqimuhammadxon (1601-1605) mamlakat siyosiy yaxlitligini 
ta’minlashga e’tibor qaratdi. Chunk! shayboniy Pirmuhammadxon 
davrida zaiflashib qolgan markaziy hokimiyat sulolalar almashuvi 
natijasida yanada kuchsizlanib, Marv, Xorazm, Balxdagi siyosiy 
kuchlaming o‘zboshimchaligi boshlangan edi. Boqimuhammad 1602- 
yilda Balx tomon yurish uyushtiradi va Balx bilan birga Anxud, 
Shibirg‘on, Chechaktu, Maymana, Faryob-Murg‘ob daryosigacha 
bo‘lgan yerlami hamda Bag‘lon, Badaxshon, Hisorni ham Buxoroga 
bo‘ysundiradi. 0 ‘zining ukasi Valimuhammadxonni valiahd deb e’lon 
qilib, uni Balxga hukmdor etib tayinlaydi. 
1603-yilda Eron 
safaviylarining Balxga hujum qilgan qo‘shinlarini magiubiyatga 
uchratdi.
Boqimuhammad 
1605-yilda 
vafot 
etadi, 
taxtga 
valiahd 
hisoblanuvchi ukasi Valimuhammad (1605-1611) o'tiradi. Biroq qabila 
amirlari xon hokimiyatiga bo‘ysunmay, muxolifatchilikni kuchaytirdilar. 
Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirganligidan xabar topgan
9 0


Vali Muhammad qochib ketdi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadxonning 
o‘g‘li Imomqulixonni o‘tqazdilar. Abbos oldiga qochishi bilan tugaydi. 
Buxoro taxtiga lmomqulixon chiqadi. 1611-yilda Valimuhammadxon 
shoh Abbos bergan yordam natijasida Buxoro taxtini qisqa muddat 
davomida qayta egallashga erishadi, ammo 1611-yil oktabrda 
lmomqulixon bilan Samarqand atrofidagi navbatdagi to‘qnashuvda 
halok bo‘ladi.
lmomqulixon davrida (1611-1642) ko‘chmanchi qozoqlaming 
Buxoro xonligi yerlariga talonchilik yurishlari kuchaygan, markaziy 
hokimiyatga qarshi isyonlar bo‘iib o‘tgan. Masalan, Toshkentga hokim 
etib tayinlangan Iskandar (lmomqulixon o‘g‘li)ga qarshi shahar aholisi 
qo‘zg‘olon ko'targan va uni o‘ldirgan. Bunga javoban lmomqulixon 
qo‘zg‘olonni bostirib, Toshkentda tartib o‘matgan. lmomqulixon 
davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi.
Imomqulixondan keyin taxtni egallagan ukasi Nodir Muhammad 
(1642-1645) davrida esa siyosiy tarqoqlik kuchaydi. Bunga xonning 
mamlakat viloyatlarini o‘g ‘illariga va yaqin qarindoshlariga mulk qi- lib 
taqsimlab berganligi sabab bo‘ldi. Oqibatda, davlatchilik asoslari 
zaiflashdi. 1645-yilda qozoqlar yana Movarounnahrga yurish qilib, 
Xo‘jandgacha yetib keldilar. Nodir Muhammad ularga qarshi o‘g‘li 
Abdulaziz boshchiligidagi katta qo‘shinni safarbar etdi. Xondan norozi 
bo'lgan bir guruh amirlar yurish davrida Abdulazizni xon deb e’lon 
qildilar va uni taxtga o‘fqazdi!ar. Nodir Muhammad esa Balxga chekindi 
va yerda ma’lum muddat hokimlik qildi (1645-1651).
Nodir Muhammad toj-u taxtni qaytarib olish maqsadida Hindiston 
podshohi temuriyzoda Shoh Jahondan yordam so‘radi. Shoh Jahon Balx 
viloyatini o‘ziga bo‘ysundirish maqsadida qo‘shin yubordi. Uning asl 
niyatini payqab qolgan Nodir Muhammad hind qo‘shiniga qarshi chiqdi. 
Biroq u jangda yengildi va Eronga qochib ketdi. Abdulazizxon Balxni 
ikki yildan so‘nggina qaytarib oldi. 
1649-yilda otasi Nodir 
Muhammadni yana Balx hokimi etib tayinladi. Biroq otasining Eron 
yordamida o‘z mavqeyini mustahkamlashga uringanligi Abdulazizxonni 
tashvishga solib qo‘ydi. Endi u otasiga qarshi ukasi Subhonqulixon 
yetakchiligida qo'shin yubordi. 1651-yilda Subhonqulixon Balxni 
egalladi. Ayni paytda, u Balx hokimi etib tayinlandi. Otasi Nodir 
Muhammad esa Makkaga hajga borayotib yo‘lda vafot etdi.
Abdulazizxon (1645-1681) davrida bir tomondan, ichki kurashlar 
va boshqa tomondan Xiva xonlarining Buxoroga hujumi kuchayib ketdi. 
1681-yilda keksayib qolgan Abdulazizxon ichki ziddiyatlar va tashqi
91


hujumlar 
Buxoro 
xonligining 
ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvolini 
murakkablashtirib yuborganligi va siyosiy vaziyat izdan chiqqanligi 
tufayli taxtdan voz kechdi. Abdulazizxondan keyin taxtga o‘tirgan 
Subhonqulixon 
(1681-1702) 
davrida 
ham 
ahvol 
o‘nglanmadi. 
Subhonqulixon bir tomondan o‘g‘illariga qarshi, ikkinchi tomondan 
viloyatlardagi amir va beklaming markaziy hokimiyatdan mustaqil 
bo'lish yo'lidagi harakatlariga qarshi kurash oiib borishga majbur bo‘ldi.
Subhonqulixon mamlakatni nisbatan uzoq boshqargan bo‘lsa-da, 
mazkur yigirma yil davomida u ham Balx masalasi bilan 
shug‘ullanishga majbur bo‘lgan. Balxga bir necha marotaba o‘z 
o‘g ‘illarini tayinlagan va bir necha marotaba fitnalar tufayli shahzodalar 
qurbon bo‘lgan. Bu holat markaziy hokimiyatning Balxdagi mavqeyi 
nihoyatda zaiflashib ketganini va mahalliy siyosiy kuchlaming, xususan, 
yirik amirlaming nufuzi oshib borganini ko‘rsatadi. Buni 1688 -1697- 
yillar davomida Balx hukumatining yirik amirlaridan Mahmudbiy 
ixtiyorida bo‘lganligi ham isbotlaydi.
Buning ustigay mamlakat g‘arbida ham notinchlik hukm surgan. 
Chunonchi, Xiva xoni Anushaxon ashtarxoniylar hududlariga hujumlar 
uyushtiribj talon-tarojlik qilish bilan shug‘ullangan. Masalan, 1684- 
yilning yozida hatto Samarqandni egallashga erishib, bu yerda o ‘z 
nomidan xutba ham o‘qitgan. Biroq Subhonqulixon qatag'on urug‘idan 
bo‘lgan Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliq yordamida Xiva 
qo‘shinlarini Samarqanddan quvib chiqarishga erishdi. U Xiva hujumiga 
chek qo‘yish uchun Anushaxonga qarshi fitna tayyorladi. Buning 
natijasida Anushaxon taxtdan tushirildi va 1688-yilda xonlikni Buxoro 
tasarrufiga kiritdi. Ichki nizolar oxir-oqibat mamlakat iqtisodiyotini 
chuqur tanazzulga uchratdi.
1702-yili Subhonqulixon vafot etdi. Taxtni o‘g ‘li Ubaydullaxon II 
(1702-1711) egalladi. Ubaydullaxonning asosiy maqsadi siyosiy 
tarqoqlikni tugatishdan iborat edi. U ana shu maqsad yo'lida goh 
isyonkor qabilalarga qarshi, goh bo‘ysunmas mahalliy hukmdorlarga, 
goh davlat sarhadlariga bostirib kirgan ko'chmanchilarga qarshi urush 
olib borishga majbur bo‘ldi.
Dastlab u Balxni bo‘ysundirish yo‘lini izladi. Ma’lumki, 
Ubaydullaxon II ning otasi Subhonqulixon Balxni qatag‘on qabilasi 
boshlig‘i, Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliqqa alohida xizmatlari 
uchun tortiq qilgan edi. Ubaydullaxon davrida Mahmudbiy Balxda 
hokimiyatni to‘!iq o‘z qoMiga oldi va o‘zini 1706-yilda xon deb e’lon 
qildi. Bu Mahmudbiyga qarshi bir necha bor uyushtirilgan harbiy
92


yurishlar natija bermagach, Ubaydullaxon uning mustaqilligini tan 
olishga majbur bo‘ldi.
Ubaydullaxon II o‘tkazgan islohotlar ham muvaffaqiyatsizlikka 
uchradi. Ubaydullaxon II davrida iqtisodiy tanazzul va ichki nizolardan 
tashqari jung‘orlar (qalmoqlar)ning harbiy bosqinlari vaziyatni yanada 
murakkablashtirgan. Ubaydullaxon II ma’muriy sohada islohotlar 
o‘tkazib, davlatni boshqarishga o‘rta tabaqa: hunarmandlar va
savdogarlarni jalb qilgan, markaziy hbkimiyatni kuchaytirish uchun 
yirik yer egalarining imtiyozlarini qisqartirgan. 1708-1709-yillarda 
o‘tkazilgan pul islohoti natijasida pul qiymati 4 marta tushib ketgan, bu 
esa xalq g‘alayonlariga sabab bo‘lgan. Tanga tarkibida kumush foizining 
kamayishi do‘kondor va hunarmandlaming keskin noroziligiga sabab 
bolldi. Endi ular o ‘z mahsulotlarini sotmay qo‘ydilar. Savdo ishlari 
susaydi va oqibatda, mamlakat iqtisodiy hayoti inqirozga yuz tutdi.
1709-yilda Farg‘ona vodiysining Buxoro xonligidan ajralib 
chiqishi esa siyosiy ahvolni yanada murakkablashtirdi. Va nihoyat, 
fitnachilar 
1711-yilda Ubaydullaxonni oMdirdilar. 
Taxtga Etna 
ishtirokchisi, 
Ubaydullaxonning 
ukasi 
Abulfayzxon 
o'tqazildi. 
Ubaydullaxon tariximizda mahalliy hokimlaming o‘zboshimchaligiga 
chek qo‘yishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan 
so‘nggi ashtarxoniy hukmdor sifatida nom qoldirdi.
1711-yilda 
Buxoro 
taxtiga 
Ubaydullaxonga 
qarshi 
Etna 
ishtirokchisi bo‘lgan Abulfayzxon o‘tqazildi. Taxtga o‘tqazilgan 
Abulfayzxon davrida xonning hokimiyati obro‘si tushib, xon amirlar va 
zodagonlar qo‘lidagi bir qo‘g‘irchoqqa aylandi. Uning farmonlari saroy 
ostonasidan nariga o‘tmaydigan bo‘lib qoldi. Xon hokimiyatining bu 
darajaga tushib qolishiga xonlikning muntazam qo‘shinga ega 
bo‘lmaganligi ham sabab bo‘ldi. Muntazam qo‘shin tuzishga va uni 
saqlashga esa mablag‘ yetishmasdi. Bunga esa xoniik iqtisodiyotining 
nochorligi sabab bo‘ldi. Abulfayzxon davrida o‘zbeklarning mang‘it 
qabilasidan chiqqan Muhammad Hakimbiy katta nufuzga ega bo‘lib 
oldi. U barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig'i deb tan olindi. Bu 
boshqa qabilalar aslzodalarining qat’iy noroziligiga sabab boMdi. Ichki 
nizo va o‘zaro urushlar kuchayib ketdi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish