0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi


- MAVZU: 0 ‘RTA OSIYO HUDUDLARINING XONLIKLARGA



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

8- MAVZU: 0 ‘RTA OSIYO HUDUDLARINING XONLIKLARGA
BO‘LINIB KETISHI, UNING SABABLARI VA OQIBATLARI
Asosiy tushuncha va iboralar: 
xonlik; amirlik; xutba; shayx ul- 
islom; inoq; amlakdor; madrasa; pochta tizimi.
8.1. XV asr oxiri va-XVI asr boshlariva Movarounnahrda
siyosiy vaziyat. Shayboniylar hukmronligining o‘rnatilishi
XIV asr boshlariga kelib, 1236-yilda Botuxon tomonidan asos 
solingan Oltin 0 ‘rda davlati ikki qismga bo‘linib ketdi va uning sharqiy 
qismida Oq 0 ‘rda davlati tashkil topdi. Ayrim tarixiy manbalarda bu 
hududlar “O'zbeklar mamlakati” deb ham eslatiladi. XV asrning 
o'rtalariga kelib Sharqiy Dashti Qipchoq hududlarida Jo‘jixonning 
beshinchi o‘g‘li Shaybon urug‘idan bo‘lgan Abulxayrxon ko‘chmanchi 
o‘zbeklar davlatiga asos soldi va Movarounnahrdagi o‘zaro kurashlardan 
foydalanib Sirdaryoning o ‘rta oqimidagi bir qancha shaharlarni, 
Xorazmning bir qismini bosib olishga erishdi. Shayboniylar sulolasining 
kuchli rivojlangan va bevosita Movarounnahrga aloqador davri 
Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon nomi bilan 
bog'liq.
U 1451-yilda tug‘ilgan. Bobosi, Abulxayrxon va otasi Shoh 
Budog1 Sulton 
o‘limidan 
so‘ng 
boshlangan 
qirg'inlardan
Movarounnahrga qochib qutulgan. Avval Samarqand, keyin Buxoro 
madrasalarida ta’iim olgan. Uzoq harakatlar natijasida nufuzli ruhoniy 
va 0 ‘rta Osiyoning zadagonlari yordamida XV asr oxirlariga kelib 
Muhammad Shayboniyxon Dashtu Qipchoq nomi bilan mashhur bo‘lgan 
yerlarda o‘z hukmronligini o‘matishga muvaffaq boiadi. Oldiga 
qo‘ygan asosiy maqsadi Turkiston zaminidagi siyosiy beqarorlikni 
tugatish, kuchli markazlashgan davlat tuzish edi.
XV asrning so‘nggi choragiga kelib temuriy shahzodalar 
o‘rtasidagi toj-taxt uchun o‘zaro kurashlar avj olib, ko'pgina mulk va 
viloyatlar, xususan, Farg‘ona, Hisor, Samarqand, Buxoro, Toshkent, 
Xorazm o‘zlarini mustaqil hisoblab, ko‘p hollarda bir-birlari bilan 
kurash olib boraredi. Shuning uchun ham Movarounnahrdagi temuriylar 
saltanati amalda mustaqil boshqariladigan kichik-kichik viloyatlarga 
bo'Iinib ketdi, Shayboniyxon esa bunday vaziyatdan ustalik bilan 
foydalanishga harakat qildi.
XV asrning 90- yillarida Temuriylaming o‘zaro 
urushlari 
kuchaygan kezlarda Shayboniyxon Dashti Qipchoqning janubiy qismini,
85


r
jumladan, ОЧгог, Sabron, Yassi (Turkiston) va boshqa shaharlarni 
ishg‘ol qiladi, Shayboniyxon qo‘shinlari 1499-yildan Movarounnahrni 
istilo qilishga kirishdi. U Qarshi va Shahrisabzga bosib boradi, katta 
o‘lja bilan Dashti qipchoqqa qaytadi. Oradan ko‘p o‘tmay Shayboniyxon 
katta kuch bilan Samarqandni qamalga oldi. Shu asnoda Dabusiya 
qal’asi yaqinida u samarqandliklarga yordamga kelayotgan Buxoro 
hokimi Muhammad Boqi Tarxon qo‘shinlarini tor-mor qilib, avval 
Buxoroni, so‘ngra Qorako‘lni egallaydi.
Shayboniyxon Buxoroga o‘z dorug'asi (hokim)ni tayin etib, uni 
o‘zining bosh qarorgohiga aylantiradi. Buxoro va Qorako‘lda 
Shayboniyxonga qarshi ko'tarilgan qo‘zg‘olon shafqatsiz bostiriladi. 
Shayboniyxon yana Samarqand ustiga yurish qilib shahami to‘qqiz oy 
qamalda tutadi.
Bu vaqtda Samarqandda Abu Saidning nabirasi Sulton Ali Mirzo 
hukmdorlik qilardi. Og‘ir iqtisodiy tanglik va taxt uchun kurashlardan 
bezor bo‘lgan mehnatkash omma shahar zodagonlarining ma’lum qismi 
Temuriylar hukmdorligini tiklash tarafdori edi. Ular Farg‘ona hukmdori 
Boburga maktub yo‘llab, Samarqandni ishg‘ol qilishga da’vat etadilar. 
Bobur qo‘shinlari bilan Samarqandga yetib kelgach, unga peshvoz 
chiqilib, shahar darvozalari ochib beriladi. Shayboniyxonning shahar 
himoyasi uchun qoldirgan 600 nafar askari qirib tashlanadi. 
Shayboniyxon katta kuch bilan yana Samarqandga yurish boshlaydi.
1501-yil aprelda Zarafshon bo‘yidagi Saripul qishlog‘i yaqinida 
bo‘lgan jangda Bobur qo‘shinlari yengiladi. Bobur Samarqandga 
chekinadi. Shahar yana qamalga olinib, u to‘rt oy davom etadi. Qamalda 
qolgan shahar aholisining ochlikdan tinkasi quriydi. Noilojlikdan Bobur 
1501-yilning ikkinchi yarmida Samarqandni tark etib, Toshkentga 
tog'asi Mahmudxon huzuriga yo‘l oladi. Shayboniyxon Samarqandni 
ikkinchi marotaba jangsiz egallab, mudofaachilarning aksariyatini 
qilichdan o‘tkazadi.
1503-yilda Shayboniyxon Sirdaryo tomon yurish qilib, Toshkent 
xoni Mahmudxon, Bobur va Sulton Ahmadxonning birlashgan kuchlarini 
tor-mor keltiradi. Toshkent va Shohruxiya shaharlari zabt etiladi. 1504- 
yilda Farg‘ona ishg‘ol qilinadi. Shayboniyxon Samarqandni o‘z 
davlatining poytaxti qilib, Buxoroga inisi Mahmud Sultonni hokim etib 
tayinlaydi. Toshkent xonligi va Sirdaryo bo‘yidagi shaharlarni amakilari 
Ko‘chkunchixon bilan Suyunchxo‘jaxonga topshiradi.
Movarounnahrda 
siyosiy 
mavqeini 
mustahkamlab 
olgach, 
Shayboniyxon 1504-yilda avval Hisor hukmdori Xusravshohni yengib
86


Qunduzni bo‘ysundiradi. So‘ngra Xorazmga yurish qiladi, o‘n oy davom 
etgan qamaldan keyin 1505-yilning avgust oyida Urganch taslim 
boMadi. Natijada butun Xorazm yerlari Shayboniyxon tasarrufiga o‘tadi.
1507- yil may oyida Shayboniyxon Hirotga yo‘1 oladi. Jangda 
Hirot qo‘shinlari tor-mor etiladi. Shayboniyxon shaharga 100 ming 
tanga, zodagon va suyurg‘ol egalariga alohida yana 20 ming tanga tovon 
soladi. Temuriylarning mol-mulklari musodara qilinib, shahar aholisi 
ikki kun talanadi. Temuriylar davlati sakkiz yil mobaynida butunlay 
istilo qilinib, uning xarobalarida Shayboniyxon saltanati tashkil topadi. 
Bu saltanatga Kaspiy dengizidan Yettisuvgacha, Dashti Qipchoqdan 
Xurosonning janubiy chegaralarigacha bo‘lgan yerlar kirdi. Temuriylar 
davlatiriing barham topishiga yuqori tabaqa vakillarining ma’lum qismi 
mamlakatda o‘z mavqelari hamda mol-mulklarini saqlab qolish 
maqsadida Shayboniylar bilan kelishib, sotqinlik yo‘liga o ‘tishlari ham 
sabab bo‘ldi.
Movarounnahr va Xurosonda qozonilgan g‘alabadan so‘rig, 
Shayboniyxon shimolda kuchayib borayotgan Qozoq xonligi, janubdd 
Eron Safaviylari bilan to‘qnashadi.
1510-yilda Shayboniyxon Murg‘ob daryosining narigi tomonida 
bo‘lgan katta jangda qizilboshlilar Shayboniyxon qo‘shinlarini 
qurshovga olib, butunlay tor-mor qiladilar. Ushbu jangda Shayboniyxon 
ham halok bo‘ladi. Shayboniylar zudlik bilan Toshkent hokimi 
Suyunchxo'jaxonni sulola boshlig‘i qilib saylaydilar, lekin shayboniylar 
o‘rtasida 
nizolar to‘xtamagach, 
xon 
avlodining 
yoshi 
ulug‘i 
Ko‘chkunchixonni yurtning yangi hukmdori 
qilib ko‘taradilar. 
Shayboniyxondan keyin shoh Ismoilga qarshi kurashuvchi munosib 
sarkarda topilmaydi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish