1747-yilda mang‘itlardan boMgan Muhammad Rahim otaliq boshliq
fitnachilar tomonidan oMdirilgan. 1747-56- yillar davomida taxtga
“qo‘g‘irchoq” xonlar o‘tqazi!gan. Mamlakat yana ichki nizolar girdobiga
tortilib, viloyat hokimlari isyon ko‘targanlar. Muhammad Rahim ulami
shafqatsiz suratda bostirgan. U arkoni davlat va ruhoniylar fatvosi bilan
1756- yil 16- dekabrda rasmiy ravishda Buxoro taxtini egalladi va o‘zini
amir deb e’lon qilgan.
Shunday qilib, Ashtarxoniylar sulolasi rasman
barham topib mang'itlar sulolasi bukmronligi boshlangan. Shu vaqtdan
boshlab Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb nom olgan.
Muhammad Rahim vafotidan so‘ng uning amakisi Doniyolbiy
otaliq hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi (1758-1785). U qo‘shinni
mustahkamlashga, unga tayanib ish ko‘rishga harakat qildi. Barcha
mang‘it beklariga katta yer-mulkni tanho shaklida bo‘lib berdi. Xalqdan
olinadigan soliqlami ko‘pavtirdi. Bundan norozi xalq qo‘zg‘olon
ko‘tarar, Doniyolbiy esa ulami bostirishga ulgurmasdi. Uning davrida
Balx, Hisor, Ko‘lob, 0 ‘ratepa viloyatlarining
mustaqillikka intilishlari
kuchaydi. Katta yer egalarining o'zboshimchaligi haddan oshdi.
Doniyolbiy shunday sharoitda taxtni o‘g ‘li Shohmurodga (1785-
1800) topshirdi. Madrasani bitirib, darveshlik jamoasi targ‘ibotchisidan
biriga aylandi. Shohmurod darveshona hayot kcchirar, shayx maslahati
bilan bozorda yuk tashuvchilik qilardi. Keyin esa pichoqqa qin yasab
sotib. shu orqali ro‘zg‘or tebratdi. Shohmurod faoliyatida ommaga
tayanib ish tutdi. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. Shu jihatlari
bilan xalq orasida katta obro‘ qpzorigan edi.
Amir Shohmurod
yoshligidan xudojo'y, porso (pokiza) bo'lib o‘sdi.
Amir Shohmurod islohotlar o‘tkazib, davlatni mustahkamlashga
erishdi. U mamlakat hayotida savdogar va hunarmand qatlamining
qanchalik ahamiyatga egaligini to‘g‘ri baholay oldi. Shuning uchun ham
savdo va hunarmandchilikning o‘sishi uchm barcha zarur sharoitlami
ta’minlab berdi. Aholi savdo daromadidan to'laydigan boj solig‘idan
ozod etildii Hunarmandlardan pul yig‘ish, ulami majburiy mehnatga jalb
etish taqiqlandi. Asosiy sbliq bo‘lgan xiroj miqdori kamaytirildi.
Shuningdek, urush kelib chiqqanida qo'shinning xarajati
uchun
“jul” deb ataluvchi yangi soliq joriy etildi.
Zarafshon vodiysida,
Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida sug‘orish tizimlarini qayta
tiklatdi. Ayni paytda markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan
viloyat hokimlariga qarshi shiddatli kurash olib bordi. Rais (muhtasib)
va qozi askar (harbiy sud) mansablarining nufuzini yanada orttirdi.
Mamlakat iqtisodini yo‘lga qo‘yishda Shohmurod o‘tkazgan pul islohoti
94
ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan
tangalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan edi. Xalq uni hurmat
bilan “amiri ma’sum” (begunoh amir) deb atadi.
Amir Shohmurod vafot etgach, taxtga o‘g‘li Amir Haydar o‘ttrdi
(1800-1826). Ayrim viloyatlar hukmdorlari
uning tajribasizligidan
foycialanib, markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka urindilar. Ayni
paytda, Amir Haydar qanchalik harakat qilmasin, amirlikda toMa
osoyishtalikni ta’minlay olmadi. Bunga bir tomondan markaziy
hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan ayrim viloyat hokimlarining
harakati, ikkinchi tomondan esa jamiyat hayotidagi adolatsizliklarga
qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari sabab bo'ldi. Chunonchi, Amir
Haydar Shahrisabz va Miyonqolni amirlik tarkibida saqlab qolish uchun
kurash olib borishga majbur bo‘ldi. 0 ‘ratepani qo‘lda saqlab qolish
uchun esa Qo‘qon xonligiga qarshi harbiy harakatlar olib bordi. Ayni
paytda, o‘zi 1806-yilda Xiva xonligi hujumiga uchradi.
Garchand Xiva qo‘shini quvib chiqarilgan bo‘lsa-da, mamlakatda
tinchlik qaror topgani yo‘q. Tez orada davlat va uning amaldorlarining
adolatsiz siyosatiga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlandi. 1804-yilda amirga
qarshi ukasi Dinnosirbek boshchiligidagi Marv aholisi, 1821-yili
Miyonqolda qo‘zg‘olon boshlandi. Harbiy harakatlar va ichki nizolar
oddiy mehnatkashlaming bnningsiz ham og‘ir
ahvolini yanada
og‘irlashtirdi.
Amir Haydar vafot etgach, qisqa vaqt oralig‘ida uning ikki o‘g‘li
taxtga o‘tirdi. Biroq ular fitna qurboni bo‘lishdi. Nihoyat, taxtni uning
uchinchi o ‘g‘li Nasrullo egalladi (1826-1860). Amir Nasrullo amirlik
tarkibiga rasmangina kirgan bekliklami yagona davlatga birlashtirish
yo‘lida qat’iyat bilan kurash olib bordi. Shahrisabz va Kitob bekliklarini
to‘la bo'ysundirish uchun kurash 30 yil davom etdi. Nihoyat, 1856-
yildagina u Shahrisabz va Kitobni bolysundirishga muvaffaq bolldi.
Bundan tashqari, mang‘it amirlari o‘zlarining mutlaq hokimiyatini
qaror toptirishni bosh vazifalaridan biri deb hisobladilar. Shu maqsadda
ular amir shaxsiga sig‘inish siyosatini yuritdilar.
Natijada, fuqarolar
jazoga tortilishdan qo‘rqqan!aridan uning nomini baland ovoz bilan ayta
olmaydigan
bo‘lib
qoldilar.
Hukmron
tabaqalar
amirga
xushomadgo‘ylik qilardilar. Amaldorlar amirdan ko‘rsatma kutib
o‘tirmasdan uning xohish-istagini topa bilishga intilardilar. Har bir
amaldor amirning, kichik amaldor o‘zidan katta amaldorning qahriga
uchrab qolishdan qo‘rqib yashardi. 0 ‘zining bugungi mavqeyi, mulki,
hayoti, oilasining omonligi uchun shunday bir qo‘rquv
muhiti vujudga
keltirildiki, natijada hech kirn ishonch bilan ertangi kunidan umidvor
bo‘la olmaydigan bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: