0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi


 Amir Temur davlatida pochta xizmati va aloqa vositalari



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

7.5. Amir Temur davlatida pochta xizmati va aloqa vositalari
Amir Temur imperiyasida o‘z davrining mukammal aloqa tizimi 
faoliyat yuritgan. Ushbu tizim yordamida poytaxt - Samarqandga 
imperiyaning turli burchaklaridan qisqa muddatda ma’lumotlar oliy 
hukmdorga yetkazilgan. Masalan, Erondan Samarqandga xat 3 kunda 
yetkazilgan. Amir Temur davlatida pochta xizmati bilan maxsus maxfiy 
bo‘linmalar shug‘ullangan. XV asr boshlarida Samarqandga tashrif 
buyurgan Kastiliya qiroli Genrix III ning elchisi Rui Gonzales de
7 7


Klavixo Amir Temur davlatida pochta xizmati faoliyatini yuqori 
baholagan. Boshqa diet el manbalarida ham Amir Temur davridagi 
pochta xizmati haqida ma’lumot beriladi.
Ma’lumki, 1402-yilda Amir Temuming Anqara jangidan so‘ng 
asirga tushgan askarlar ozod etilgan edi. Ular ichida nemis ritsari Iogann 
Shiltberger bor edi. Iogann Shiltberger o‘z kundaliklarida Amir Temur 
davlatida pochta tizimi tasnifini beradi. Kundalikda keltirilishicha, Amir 
Temur davlatida xabarchi aloqa bekatiga yaqin kelganda maxsus ovozli 
signal bergan va shu zahotiyoq bekatda ot tayyorlab qo‘yilgan.
“Temur tuzuklari”da Amir Temur doimo savdogarlarga homiylik 
qilgani va ularni “Oln ikki tabaqa”ga kiritganligi haqida ma’lumot 
beriladi. Olz navbatida, savdogarlar Amir Temumi uzoq yurtlardan 
ma’lumotlar bilan ta’minlab turganlar. Shu haqda “Temur tuzuklari”da 
quyidagi ma’lumotlami uchratish mumkin: “Men barcha mamlakat va 
o‘lka savdogarlariga yordam qo‘lini cho‘zdim. Ular (savdogarlar) menga 
uzoq oMkaiardan xabarlar hamda Xitoy, Xotan (Xitoy Xalq Respublikasi 
Uyg‘ur-Shenjon avtonom viloyatining janubi-sharqi), Hindiston, Misr, 
Traviya, Shorn, Rum shaharlari va orollardan kamyob mahsulotlar olib 
kelib turishgan”. Amir Temur davlatida aloqa va savdo yo‘llari 
xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor berilgan. Bu yo’llarda 
savdogarlar va xabarchilar xavfsizligi xos boshqaruvchilar tomonidan 
ta’minlangan.
Amir Temur vafotidan so‘ng imperiyaning parchalanishi natijasida 
Temuriylar davlati hududi birmuncha qisqardi. Lekin aloqa tizimi 
o‘zining sifatini ma’lum ma’noda saqlab qoldi. Keyingi asrda Amir 
Temur davrida tashkil etilgan pochta tizimi Zaxiriddin Muhammad 
Bobur zamonida yangi bosqichga ko‘tarildi. Hindistonda tashkil topgan 
Boburiylar davlatida qo‘shni hududlar - Xuroson, Afg’oniston, 
Movarounnahr, Eron va boshqalar bilan aloqa o‘rnatish uchun faol ishlar 
blib borildi. Lekin dastlab pochta tizimi holati talabga javob bermas edi. 
“Bobumoma” asarida ma’lumot berilishicha, Agraga jo ‘natilgan xatlar 
ikki yilda ham manziliga yetib bormas edi.
Shuning uchun Bobur barpo etilayotgan yangi imperiyasida pochta 
xizmatini tashkil etish hayotiy zaruriyatga ayiandi. Bobur tomonidan 
qisqa vaqt ichida o‘rta asrlar uchun ancha mukammal bo‘lgan pochta 
tizimi yaratildi. Xabarchilarga doimiy maosh tayinlandi. Ko‘p tilli 
imperiyada terminologik aniqlikka erishish uchun, masofani yagona 
standart masofa o ‘lchov birliklari - “mil” va “kurux” amalga kiritildi. 
Shuningdek, yirik shaharlar o'rtasidagi aniq masofa o‘lchab chiqilib,
7 8


ular orasida bekatlar soni aniqlandi. Masalan, 1528- yilda Agra va Qobul 
o‘rtasidagi masofani o‘lchash ishlari Chaqmoqbek va mirzo Shoxi 
Tamg‘achi yuklatildi. Ular har to‘qqiz kurux (taxrniman 18 km) 
masofada qoravullik punkti, o‘n sakkiz kurux masofada esa 6 ot bilan 
ta’minlangan yom bekati tashkil etishdi.
“Boburnoma”da Zahiriddin Muhammad Boburning qo'shni davlat 
hukmdorlari bilan aloqalari va ular o‘rtasidagi noma almashunuvi 
tasvirlangan. Masalan, Umarshayx mirzoning sodiq amirlaridan biri -
Xudoyberdi Temurtoshning oiim i munosabati bilan Hirotdan O'shga 
Abdul Vahob orqali yuborilgan maktub 4 kunda o ‘z manziliga.yetib 
borgan (masofa 120 yig‘och, ya’ni taxminan 1000 km).
Amir Temur va Temuriylar sulolasi davri 0 ‘rta Osiyoda tarixida 
o‘ziga xos o‘ringa ega. Bu o‘ziga xoslik avvalo ilm-fan, madaniyat, 
qurilisbi iqtisod va tashqi aloqalarning nihoyatda nvojlanishida aks 
etadi. XlVrXV asrlarda tashqi aloqalarning birmuncha jonlanishi 
pochta-aloqa, tizimiga bo‘lgan talabni oshirib, uning rivojlanishiga 
bevositayo‘l ochgan.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish