Mavzu: Armanistondagi demokratik kuchlar g`alabasi ( 2018)
Reja:
KIRISH:
ASOSIY QISM:
Armanistondagi demokratik kuchlar 2018 yildagi holat mohiyati
Armanistondagi baxmal inqilobi.
Armanistonda iqtisodiy inqilob boshlandi.
MUOMMONI HAL ETISH BO`YICHA TAKLIFLAR.
KIRISH Armaniston Respublikasi (Hayastani Hanrapetutyun) – Zakavkazyening janubiy qismida joylashgan mamlakat. Shimolda Gurjiston, sharqda Ozarbayjon, janubda Eron, gʻarbda Turkiya bilan chegarador. 37 ta tuman, 27 ta shahar, 31 ta shaharcha bor. Maydoni 29,8 ming km². Aholisi 3,277 mln (2012). kishi. Poytaxti – Yerevan shahri. Armaniston – Demokratik respublika. Davlat boshligʻi –Prezident (ARMEN SARKISYAN). Qonun chiqaruvchi oliy organi – Millat majlisi (1995- yildan). Oliy ijroiya va farmoyish beruvchi organi – Vazirlar Kengashi. Bosh vazir Nikol Pashinyan. Armanistonning asosiy aholisi – armanlar (3 mln.dan ortiq). Ruslar, kurdlar, gruzinlar, ukrainlar va boshqalar ham yashaydi. Aholining 69,5 % shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili – Arman tili. Dindorlar asosan xristian-monofisiylardir. Yirik shaharlari –Yerevan, Gyumri, Vanadzor. Armanistonni I-asrda saljuqiylar, 13-asrda moʻgʻullar, 14-asrda Amir Temur bosib olgan. 16 – 18-asrlarda Turkiya bilan Eron oʻrtasida kurash maydoniga aylandi.
1555-yilda Turkiya bilan Eron oʻrtasida tuzilgan bitimga asosan Turkiya Gʻarbiy
Armanistonning katta qismini, Eron esa Sharqiy Armanistonni oldi. 1801-yildan Sharqiy Armaniston Eron zulmidan ozod qilina boshladi. 1828-yilgi rus-eron urushi natijasida Erevan va Naxichevan xonliklari Rossiyaga qoʻshildi. 1877-1878 yillardagi rus-turk urushi natijasida Kars va Gʻarbiy Armanistonning ayrim hududlari Rossiyaga qoʻshib olindi. 1917- yilda hokimi-yat dashnoklar qoʻliga oʻtdi.
1918-yil yezda Turkiya Brest sulhi shartnomasini buzib, Armanistonning katta qismini bosib oldi. 1918-yil noyabrda ularning oʻrnini ingliz qoʻshinlari egalladi. 1920-yilda sovet hokimiyati oʻrnatiddi va Armaniston SSR tuzildi. 1922-yildan Armaniston Zakavkazye federatsiyasiga, 1936 yildan bevosita SSSR tarkibiga kirdi. 1990-yil aprelda Armaniston Oliy Kengashi uni Armaniston Respublikasi deb atash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 1991-yil 24- sentabrda Armaniston mustaqil deb eʼlon qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1995-yil 27-oktabrda oʻrnatgan. Armanistonda 20 dan ortiq siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari faoliyat ko`rsatmoqda. Bular: Armaniston umummilliy harakati, Liberaldemokratik partiya, Respublika partisi, Xristian-demokratik partiya, Milliykonservativ partiya, Milliy uy-gʻonish partiyasi, Milliy oʻzligini anglash birlashmasi, Konstitutsion huquq ittifoqi, Milliy-demokratik ittifoq. Armaniston millatparvar partiyasi va boshqalar Eng muhim jamoat tashkilotlari: Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi. Umumarman „Ayastan“ jamgʻarmasi, Respublika xotin-qizlar kengashi va boshqalar. 1
Armanistondagi demokratik kuchlar 2018 yildagi holat mohiyati
Armanistonda 2018-yil 13 aprel kuniga kelib xalq tomonidan norozilik harakatlari kuchayib demokratik kuchlar maydonga chiqdi. 17 aprelga kelib OAV larining ma`lumot berishicha norozi fuqarolar soni 20 mingga yetdi. Xalqning norozilik harakatlari ularning “ qadam bos Serjni rad et !” shiori ostida nomoyon bo`ldi. Serj Sarskyan bu 2008-yil 9 apreldan 2018-yil 9 apreligacha Armanistonning davlat rahbari va 2007-yil 4 aprelidan 2008-yil 9 apreligacha va 2018-yil 17 apreldan 23 aprelgacha bosh vazir faoliyatini olib borgan.2 Serj Sarskyanning davlat rahbarligiga saylov muddati 2018-yil 9 aprel kuni tugatiladi. Va Serj Sarskyan bosh vazir etib saylanadi. Mana shu saylanishdan so`ng Armanistonda norozilik harakatlari boshlanadi. armanistonda yuzaga kelgan demokratik kuchlar harakatining asl sababi 2015-yilda Armaniston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartirish kiritilib davlat parlamentar respublika bo`lganligida edi. parlament respublika bu parlament to`liq hokimiyatga ega bo`lib, hukumat uning oldida siyosiy javobgar hisoblanadigan, parlament tomondan saylangan president esa faqat davlat boshlig`i, ijro etuvchi hokimiyat boshlig`I sanaladigan davlat boshqaruv shaklidir. Shunday qilib konstitutsiyadagi bitta o`zgartirish butun davlat hukumatini tubdan o`zgartirib yubordi. Va bu albatta Serj Sarskyaning rejasi bo`lib, u davlat boshqaruvligida qayta saylana olish huquqi bo`lmaganligi uchun o`zini parlament tomonidan bosh vazirlikka saylantiradi va bosh vazir faoliyati miqyosida Armanistoni boshqarmoqchi edi. Ammo bu reja amalga oshmadi. Xalq tomonidan norozilik namoyishi boshlandi. Xalq ichida ushbu norozilik namoyishini keltirib chiqargan, xalq o`z ehtiyojlari va erkinliklari uchun kurashishlari kerakligini anglashiga olib kelgan va Armanistonda “baxmal inqilobi” ni keltirib chiqargan va lider bo`lgan Nikol Pashenyan Armanistondagi demokratik kuchlarning o`chog`ida turgan edi.
Nikol Pashenyan 1975-yili Armanistonda dunyoga kelgan bugungi kunda Arman siyosatshunosi. Armaniston Milliy majlisi deputati. 2019-yildan boshlab “mening qadamim” partiyasi nomzodi.3 Nikol Pashenyan Arman xalqining yillar mobaynida qiynab kelgan muommolarning sababchisi va ushbu muommolarni yechimini toppish uchun harakat qilishlariga undadi. Armaniston xalqi uchun muhim bo`lgan muommolar bular oylik ish haqqining pastligi, iste`mol savatchasining amal qilinmasligi, korrupsiya darajasining yuqoriligi va iqtisodiy inqirozdir. Nikol Pashenyan ushu muommolarning sababchisi etib Serj Sarskyani ko`rsatdi. Chunki Armanistonda Serj.S rahbarlik davridan buyon eng kam oylik ish haqqi narxi o`zgarmagan ammo mahsulotlar narxi oshib boravergan. Yerevan davlat universitetining xalqlararo munosabatlar va diplomatiyasi kafedrasi dotsenti Grigor Balasanyanning intervyu berishicha4
Armaniston xalqi bugungi kunda maydonga chiqib demokratik kuchlarining shiddatini ko`rsatmoqdaki demak aholi mavjud bo`lgan sharoitlarda kun kechirishni ortiq istashmayapti. Rasmiy ma`lumotlardan keltiradigan bo`lsam Armanistoning aholisining 32,5% kambag`aldir. Aholida norozilikni keltirib chiqaruvchi yana bir jihat bu iqtisodiyotning monopollashganidir. Ya`ni iqtisodiyoning har bir sohasida ushbu sohani rivojlantiradigan va albatta foyda ko`radigan o`z monopol shaxslari mavjudligidir.
Nikol pashenyan Armaniston xalqiga ularda norozilikni keltirib chiqarayotgan muommolarni yechimini topib davlatni boshqarishga uni gullab yashnashiga olib kelishiga so`z bergan holda davlatning qator milliy maydonlarida oddiy sport kiyimlarini kiyib aholi ichiga kirib norozilik namoyishlarini olib boradi. Parlament saylovida Nikol Pashenyan bosh vazirlikga o`z nomzodini qo`yadi va yakuniy natijada deputatlarning 8 % ovozi uning nomzodi saylanishiga yetmay qoladi. Uning o`rniga Serj Sarskyan bosh vazir bo`lgach Armaniston xalq tomonidan yuzaga kelayotgan norozilik namoyishlari yanada kuchaytiriladi. Armaniston aholisi ish tashlashga o`tadi. Butun aholi kun bo`yi maydonlarda ko`ngli istagan ishlarni qilib yuradi. Armaniston aholisi intervyularida “ biz shu yerdamiz ketmaymiz” “ekinlik va forovonlik shunday mashaqatlarga loyiqdir” “ armaniston davlati o`zgardi endi aholisi ham oldindek emas” kabi jumlalarni eshitamiz.
Nikol Pashenyaning bunday harakatlari haqida Armaniston Mlliy majlisining deputati Armen Ashotyan quyidagicha intervyu beradi5
Menga Nikol pashenyaning bunday harakatlari chunarsiz ko`rinyapti. Hozirgi aholi tomonida ko`tarilayotgan demokratik kuchlarni biz bugungi kun muommosi deb hisoblayapmiz. Aholining harakatlaridan ko`rinyaptiki bu muommoning yechimi Nikol Pashenyanning bosh vazir bo`lishidir. Ammo menga qiziq agar Nikol Pashenyan ertaga bosh vazir bo`lsa va xalq oldida bergan vadalarini bajara olmasa ana o`shanda haqiqiy va dahshatli demokratik kuchlar yuzaga kelmasmikan ?
Armanistondagi baxmal inqilobi.
“Baxmal inqilobi” slovyan tilidan olingan bo`lib muloyim inqilob deya tarjima qilinadi. Ya`ni xalq tomonidan demokratik kuchlarni muloyimlik bilan namoyish qilishdir. Baxmal inqilobi ilk marta Chexloslovakiyada 1989-yili bo`lib o`tgan. Va hokimiyatdan komunistik partiya faoliyatini olib tashlashga erishilgan.
Armaniston «Fuqarolik kelishuvi» muxolif partiyasi rahbari, parlament deputati Nikol Pashinyan mamlakatda «baxmal inqilob» boshlangani haqida e'lon qildi. «Mamlakatda inqilobiy vaziyat yuzaga keldi. Gyumri, Idjyevan, Vanadzor, Kapan va Metsamor shaharlarida ham namoyishchilar ko‘chalarni va xalqaro trassalarni to‘sib qo‘yishmoqda. Odamlar ishga chiqmayapti, ommaviy ish tashlashlar boshlandi», degan u.
2018-yil 16 aprel kuni Pashinyan tarafdorlari Yerevan ko‘chalarini to‘sib qo‘ya boshlashdi va parlament binosini egallashga urinib ko‘rishdi. Politsiya maxsus vositalar qo‘llab, namoyishchilarni chekintirdi. TASS ma'lumotlariga ko‘ra, dushanba kungi to‘qnashuvlardan keyin 12 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Armaniston bosh prokuraturasi ommaviy tartibsizliklar yuzasidan jinoiy ish ochgan. 2017 yilning dekabrida Armaniston boshqaruvning prezidentlik shaklidan voz kechib, parlamentar respublikaga aylangandi. Bu qaror sobiq prezident Serj Sargsyan tashabbusi bilan o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra qabul qilingan. Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga ko‘ra, konstitutsion islohotni yoqlab, referendum ishtirokchilarining 63,37 foizi ovoz bergandi (825 ming kishi), 32,32 foiz saylovchi qarshi chiqqandi (421 ming kishi). Serj Sargsyan prezidentlik lavozimini 2018 yilning 9 aprelida, 10 yillik boshqaruvdan keyin tark etdi.6 Armanistonda baxmal inqilobini boshlashga va qator muommolarni keltirib chiqarishga sababchi Serj Srskyan edi. Nikol Pashenyan tarafdorlarining demokratik kuchlarining g`alabasi tufayli 2018-yil 8 may kuni uch haftalik norozilik namoyishlaridan so`ng parlament tomonidan bosh vazir nomzodiga saylov boshidan o`tkazilishiga qaror qilindi. Bu saylovda Pashenyanning nomzodi ham qo`yilib, Pashenyan 100 % deputatlardan 59% rozilik bilan va 42 % qarshiligi bilan Nikol Pashenyan bosh vazir etib parlament tomonidan saylandi.
Armanistondagi 2018 –yil miqyosidagi demokratik kuchlar g`alabasining yutuq va kamchiliklarini ko`rib chiqishimiz mumkin. 7