shaxzodalar uchun zarur edi. Shuning uchun ham ko‘pgina
mashhur
shohlar kitobni o‘z kutubxonalarida asrab, undan davlatlarni idora qilish
san’atini o‘rganganlar.
Masalan, Zahiriddin Muhammad Boburning avlodi Shoh jahon
(1628-1657), Qo'qon xoni Muhammad Alixon (1822-1842), Buxoro
amiri Abduilaxodxon (1885-1910) va boshqalar hattotlarga buyurib,
undan ko'chirmalar olganlar. Alisher Navoiy ham Husayn Bayqaroga
Temuming tuzuklarini o‘qib turishini maslahat bergan.
“Temur tuzuklari” shohlar, amirlar bilan bir qatorda tarixchi,
siyosatchi olimlarning ham diqqat e’tiborini o‘ziga jalb
qilib kelgan va
kelmoqda. Shuning uchun ham u 1783-yilda izohlar bilan Angliyada,
1785 va 1981- yillarda Hindistonda, 1868- yil Eronda bosmadan chiqdi.
Jahon jamoatchiligining diqqat-e’tiborini jalb qilgan va fransuz
(1787), ingliz (1830), urdu (1845), rus (1894, 1934), turk (eski o‘zbek)
tiliga toTiq boMmagan nusxasi (1835, 1857) chop etildi. Ammo o‘zining
ona yurtida ona tilida 1991- yildagina to‘liq nashr qilindi.
Kitob asosan 2 qismdan iborat. 1-qismda Sohibqiron Temuming 7
yoshidan (1342) to uning so‘nggi kunigacha bo‘lgan hayoti, siyosiy
faoliyati tasvirlanadi. Boshqacha aytganda A.Temurning asta-sekin
Movarounnahrda hokimiyatni qo‘lga kiritishi va undan keyin mashhur
yurishlari asosida To‘xtamishxon (1376-1395), Turk sultoni Boyazid-
yildirim (1389-1402) kabi jahongir shohlarni mag‘lubiyatga uchratgani
va juda katta hududda Temuriylar imperiyasiga
asos solgani aniq-qisqa
hikoya qilinadi.
2-qismda esa, Jahongir Sohibqiron Temur nomidan shaxzodalarga
qarata aytilgan vasiyatlar, pand-nasihatlardir. Unda Jahongir o‘z
vorislariga qarata davlatni idora qilish san’atining nozik sirlari,
tamoyillari haqida, Amir vazirlar va beklarni tanlash, ularni joy-joyiga
qo‘yish, qo‘shin boshliqlari, ularning
xizmatlarini taqdirlash, sipohiylar
va ularning maoshlari kabi masalalar hususida vasiyat qiladi.
Hofizi Abruning yozishicha, Amir Temur turk, arab va eronliklar
tarixini chuqur bilgan. Amaliy jihatdan foyda keltira oladigan har
qanday bilimni qadrlagan. Amir Temur davlat ishlari uchun hamma
narsaning foydaii tomonlarini olishga harakat qilgan.
U davlat
ahamiyatiga ega bo‘lgan har bir masalani hal etishda shu sohaning
bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatiashgan.
U zabt etilgan mamlakatlardan moddiy boyliklar bilan birga juda
ko‘p hunarmandiar, san’at ahllari va olimlarni Movarounnahrga olib
keladi va mamlakatni obod etishda ulardan foydalanadi. Amir Temurga
7 5
har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham me’morlik
obidasi barpo etish bilan nishonlash odat boigan. Amir Temur Tabrizda
masjid,
Sherozda saroy, Bag‘dodda madrasa, Turkistonda mashhur
shayx Xoja Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara bino qildirsa-da,
lekin o'zining sahovat va himmatini Kesh (Shahrisabz) va Samarqandda
oliy imoratlar qurdirishda ko‘rsatdi, 0 ‘zining ona 0 ‘zbekistoni Keshda
otasining qabri ustiga maqbara, o‘g‘li Jahongirga maqbara bilan masjid
qurdirdi. Keshda dunyoga dong‘i ketgan mashhur Oqsaroy qad kolardi.
Samarqandda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va
Kesh shaharlarining me’moru binokorlari qo‘li
bilan saroyiar, masjidlar,
madrasalar, maqbaralar quriiadi. Shahar tashqarisida esa bog‘-rog‘lar va
bo‘stonlar barpo etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: