0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi


 Jaloliddin Manguberdi Vatan qahramoni



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

6.3. Jaloliddin Manguberdi Vatan qahramoni
Poytaxt Urganchda Jaloliddiriga qarshi turli fitnalar tashkil etildi. 
Natijada u shahami tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Jaloliddin Niso 
ostonasida 300 dan ortiq qo'shini bilan uning yo‘lini to‘sib turgan 700 
dan ortiq mo‘g‘ul qo'shinini yengadi. G‘aznaga kelib, yangi kuch 
to‘play boshlab, mo‘g‘ullar ustidan bir necha bor zafar quchadi. 
Qandahor shahrini qamal qilayotgan mo‘g‘ul!ami shiddatli janglardan 
so‘ng tor-mor qiladi. G‘aznada uning qo‘shiniga har tomondan harbiy 
kuchlar qo‘shila boshlaydi.
Xalaj qabilasi harbiy boshlig‘i Sayfiddin Ag‘roq, Balx hokimi 
A ’zam Malik, Afg‘on lashkarining sardori Muzaffar Malik va 
qarluqlar yo‘lboshchisi Al-Hasan qo‘shin!ari Jaloliddinga kelib 
qo‘shildi. U Valiyon qa’lasini qamal qilayotgan mo‘g ‘ul qo‘shinlarini 
ham yakson qilgach, bu g ‘alaba xabari Chingizxongayetib boradi va 
bundan,: bezovtalangan xon o ‘zining eng sinalgan sarkardasi Shiki
62


Xutuxu 
no‘yon boshchiligidagi 
45 
ming kishilik qo‘shinini 
Jaloliddinga qarshi yuboradi. Jaloliddin Valiyon qal’asini qamal 
qilayotgan mo‘g‘ul qo‘shinlariga qarshi hujum qilib, ularni tor-mor 
etadi. Bu Jaloliddinning dushman ustidan qozongan dastlabki yirik 
g‘alabasi edi.
Ikki yirik qo‘shin Afg‘onistonning Parvona dashti yaqinida 
to‘qnashadi. Ushbu jangda Sulton Jaloliddin o‘zining harbiy talantini 
yana bir bor namoyon etadi. Jang shafqatsiz, beomon bo‘ladi. Jangda 
Jaloliddin qo‘shinlari o‘zidan kuchli bo‘lgan mo‘g‘ul qo‘shinlarini tor- 
mor qitadi. Parvonadagi jang mo‘g‘ullaming birinchi katta mag‘lubiyati 
edi. Jaloliddinning Parvonadagi g‘alabasining eng e’tiborli tomonlaridan 
biri shunda ediki, bir qancha shahar aholisi bu g‘alabadan xabar topadi, 
undan ruhlanib, mo‘g ‘ul!arga qarshi isyon ko‘taradj, ulaming noiblarini 
oMdiradi.
Biroq g ‘alabadan keyin qo‘Iga kiritilgan oMjaiarni taqsimlashda 
Jaloliddinning lashkarboshilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik 
boshlanadi. Nizo tufayli lashkarboshilar Sayfiddin Ag‘roq, Aminlar 
har biri 20 mingdan ortiq lashkar bilan arazlab ketib qoladi 
(keyinchalik mo‘glullar ulaming barchasini alohida-alohida yengib, 
qirib tashlashadi). Jaloliddinning ularni qaytarish yoMidagi urinishlari 
naf bermadi. Bu voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi 
zaiflashib qoladi. Fursatdan foydalangan Chingizxon G‘aznaga askar 
tortadi va ajralib chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor etadi. Jaloliddin 
tengsiz janglar olib borib, Sind (Hind) daryosi qirg‘oqlariga 
yaqinlashib boradi.
Sind daryosi bo‘yida bo‘yida 1221-yilning 25-noyabrida ikki 
o‘rtada qattiq jang bo‘ladi. Jaloliddin Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini 
yengadi. Mo‘g‘ullarning pistirmalarga qo‘yilgan 10 ming nafar 
saralangan askari jangni yakunlaydi. Jaloliddin taslim bo'lishni 
xohlamay otda Sind daryosiga sakrab, narigi qirg‘oqqa suzib o'tadi. U 
bilan birga uning to‘rt ming kishilik askari ham daryodan o‘tib oladi. 
Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni “Ot sakrash”, narigi 
tomoni “Cho‘li Jaloliy” deb ataladi. Jaloliddinning jasoratiga qoyil 
qolgan Chingizxon uni ta’qib qilish fikridan qaytadi. Hatto, u 
o‘g‘illariga qarab: “Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim”, - degan 
ekan. Chingizxon bungacha hech bir shoh, hukmdor yoki sarkardaga tan 
bermagan va hech kimni o‘ziga munosib raqib ko'rmagan edi.
Jaloliddin Sind darayosidan kechib o ‘tganidan so‘ng qolgan 
jangchilarini to‘piab, Shimoliy Hindiston hududidagi bir qancha
6 3


davlatlar hukmdorlari bilan aloqa o ‘rnatishga harakat qildi. Jaloliddin 
Hindistonda turli jang va fitnalarni boshdan kechirib, uch yil-u yetti 
oy hukmronlik qiladi. Bu yerda u katta davlat barpo etarkan, unga 
tevarak atrofdan yangi-yangi kuchlar kelib qo'shiladi. U o ‘z davlat 
chegaralarini kengaytirib, katta kuch to ‘plab, so‘ng mo‘g ‘ullar bilan 
kurash olib borishni rejalashtirgan edi. Shu maqsadda harbiy yurish 
qilib, Iroqqa lashkar tortadi. Iroq va Eronning obro'li amaldorlari u 
tomonga o‘tadi. Misr va Suriya hukmdorlari ham unga tobeliklarini 
bildirib, elchi yuboradi. 1226-yilgacha Ozarbayjon va Gurjistonni jang 
bilan egallab, 1227-yil 5-sentabfda Jaloliddin Isfahon yaqinida Eronni 
mo‘g ‘ullardan himoya qiladi va ular ustidan katta g‘a!abani qo‘lga 
kiritadi.
Jaloliddinning bu yutuqlari, uning kuch-qudrati, obro‘-e’tiborining 
oshib borishi xalifa an-Nosimi bezovta qila boshlaydi va u qanday 
bo‘lmasin Jaloliddinni yo‘q qilish payiga tushadi. Al-Nosir mo‘g ‘ullarga 
qarshi kuchlami birlashtirish o‘miga, Jaloliddinni yo‘q qilishga va 
boshqa musulmon hiikmdorlami unga qarshi qo‘yishga harakat qildi. Bu 
harakatlari bilan mo‘g ‘ullarga qarshi kurashda yagona qo‘shin tuzilishini 
imkonsiz qildi. Jaloliddin Xorazmshohlar davlati hududida unga qarshi 
boigan ana shunday ichki raqiblar bilan kurashishga ko‘p vaqt va kuch 
ajratishga majbur bo‘ladi.
1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misrning 
birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchiari Arzinjon 
yaqinidagi jangda magiubiyatga uchradi. Jaloliddin Manguberdining 
kuchsizlanganidan foydalangan mo‘g ‘ullar katta qo‘shin bilan 1231- 
yilda Ozarbayjonga bostirib kirib, Jaloliddin Manguberdini ta’qib 
etishadi. Mo‘g‘ullar uning qarorgohiga uyushtirgan tungi hujum 
natijasida Jaloliddin Manguberdining oz sonli qo‘shinini tor-mor 
keltiradilar, Jaloliddin Manguberdini o‘zi esa ta’qibdan qutulib 
Kurdiston tog'lariga chiqib ketadi. Bu yerda qaro‘qchi kurdlar qo‘liga 
asir tushib, o‘ttiz uch yoshida fojiali halok bo‘lgan. U o‘n yil davomida 
Markaziy Osiyoning turli nuqtalarida mo‘g ‘ullarga qarshi kurashdi. 0 ‘z 
xalqi yerining mustaqilligi va ozodligi yo‘lida astoydil kurashdi. Garchi 
halok bo‘lgan bo‘lsa-da Jaloliddin Manguberdi bo'ysunmas vatanparvar, 
milliy qahramon sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirdi.
1998-yilda 0 ‘zbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining 
mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko‘rsatgan mislsiz jasorati, 
Vatanga va o‘z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va 
uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Manguberdi
6 4


tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qildi. Qarorga 
ko‘ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal o‘matildi, 
ko‘cha, maydon, jamoa korxonalariga va boshqalarga uning nomi 
qo‘yildi. Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil 
0 ‘zbekistonda 1999-yili keng nishonlandi. Jaloliddin Manguberdi 
haqida videofilm, doston, pyesalar yaratildi, 2000- yil 30-avgustda 
“Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish