0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

NAZORAT SAVOLLARI
1. IX asr boshidagi Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat 
qanday bo‘lgan?
2. Movarounnahrda Somoniylar davlati qanday boshqaruv tizimini joriy 
etdi?
3. Qoraxoniylar davlati tashkil topishida qaysi qabilaiar rol o'ynagan?
4. Qoraxoniylar davlatidagi boshqaruv tizimi qanday bo‘lgan?
5. Xorazmshohlar davlatiga qachon asos solindi?
6. Xorazmshohlar davlatining yuksalish jarayoni nimalarda namoyon 
bo‘ladi?
7. Somoniylar, Qoraxoniylar va G'aznaviylar o'rtasida aloqalar.
8 .1Х-ХП asrlarda Olrta Osiyoda aloqa tizimi qanday tashkil etilgan?
5 6


6- MAVZU. O RTA OSIYO XALQLARINING MO‘G‘UL
BOSQINCHILARSGA QARSHI KURASHI. JALOLIDDIN
MANGUBERDl JASORATI
Asosiy tushuncha va iboralar: 
tuman; ulus; qurultoy; bosqoq; 
xon; bosqin; begar; payza; aloqa.
6.1. Chingizxon tomonidan mo‘g‘ul!ar imperiyasiga asos
solinishi hamda lining Xorazmshohlar davlati bilan munosabatlari
Xl-Xll asrlarda mo‘g‘ullar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotda 
qoloq hisoblanar edi. Ularda xali urug‘-aymo‘qchilik munosabatlari 
kuchli bo‘lib, asosan chorvachilik, ovchilik va o‘zaro tovar ayirboshlash, 
savdo-sotiq bilan shug'ullanib kelishgan. XII asr oxiri-X III asr 
boshlarida mo‘g‘ul urug‘ boshliqlari orasida ichki kurashlar avj oldi. Bu 
kurashlarda Temuchin ismli bahodir g'olib chiqib, 1204-1205-yillarda 
ko‘chmanchi chorvador uruglarni siyosiy jihatdan birlashtirishga 
muvaffaq bo‘ldi. 1206-yilda u Onon daryosining yuqori qismida 
qurultoy chaqirdi. Bu qurultoyda Temuchinga Chingizxon unvoni 
berildi, ya’ni kuchli, qattiq, shiddatli xon ma’nosini bildirgan.
Ana shu tariqa Temuchin ko‘p sonli jangari qabilalar saltanatining 
kuchli hukmdoriga aylandi. Bu saltanat qudratining o‘zagini Chingizxon 
yurgizgan qattiqo‘l va huquqiy jihatdan asoslangan, markazlashgan 
siyosat tashkil etdi. Diniy va ijtimoiy faoliyatning barcha sohalarini o‘z 
ichiga olgan bu huquqiy siyosat 1206- yildagi qurultoyda qabul qilingan, 
“Yasoq” qonunida asoslab berilgan edi. Ta’kidlash joizki, “Yasoq” ko‘p 
yillik hayot tajribasi, qabila va urugTarning urfu-odati, an’anasi, o ‘zini 
oqlagan udumlar asosida tuzilgan edi.
“Yasoq”ning 
e’lon 
qilinishi 
Chingizxonning 
mutloq 
hukmdorligini, 
o‘ta 
qattiq 
intizomli 
va 
kuchli 
harbiylashgan 
mamlakatning yuzaga kelganligini isbotlaydi. Mukammal ishlab 
chiqilgan va harakatga keltirilgan bu ulkan tizim o‘zga davlatlar uchun 
jiddiy xavf edi. Chingizxon qo‘shinlari turli qismga bo‘lingan bo‘lib, o‘n 
jangchiga bir boshlik-o‘nboshi va shunga o‘xshab yuzboshi, mingboshi 
va tumanboshilar qo‘yilgan. Davlat unvonlari va mansablar - ulug‘, 
o‘rta va kichik hokimlar dorug'alar, oliy va quyi hokimlardan iborat 
boMgan. Chingizxon davlatining poytaxti Qoraqurum edi. Yozuv va 
o'qishdan bexabar bo‘lgan xon bu boradagi davlat ishlarida uyg‘urlar va 
savdogarlar xizmatidan keng foydalanar edi.
Chingizxon 1207-yilda o‘z mamlakatining shimoliy yerlarini, 
1207-1208-yillarda Enasoy daryosi havzasini, 1211-1215-yillarda
5 7


Xitoyni egalladi. Ayniqsa, Sin sulolasining qulatilishi va uning 
natijasida erishilgan behisob harbiy o‘lja va boylik, zamonaviy jang 
asboblari va uskunalar Chingizxon qo'shinini yangi yurishlarga 
ilhomlantirdi. Mo‘g‘ullar davlati qisqa muddat ichida 0 ‘rta Osiyodagi 
Xoraznishohlar davlatiga Chegaradosh mamlakatga aylandi.
Shunday siyosiy sharoitda Chingizxon va Xorazmshoh daviatlari 
0
‘rtasida elchiiik mimosabatlari o ‘matildi. 1216-yil Chingizxon 
huzuriga Xorazmshoh o‘z elchilarini yuboradi. 0 ‘zaro totuvlik va 
do‘stlik qaror topib, ikki davlat hududlarida savdogarlaming erkin 
qatnoviga xohish bildirildi. So‘ng, 1218-yili Xorazmshoh yangi 
elchilarni yuboradi. Bunga javoban Chingizxon Mahmud Yalovoch 
boshchiligida 
Xorazmshoh 
davlatiga 
elchi 
yuboradi. 
Ammo 
munosabatlar borgan sari keskinlashib bormoqda edi.
1218-yil Chingizxon Xorazmga navbatdagi 500 tuya hamda 450 
savdogarlardan iborat savdo karvonini jo'natadi. Biroq 0 ‘tror noibi 
Inalchiqxonning farmoniga ko‘ra, karvon talanadi, savdogarlar qirib 
tashlanadi. 0 ‘tror shahridagi elchi va savdogarlar fojiasi ikki o‘rtada 
urush bo‘lishini muqarrar qilib qo'ydi. 0 ‘tror fojiasi xususida turii 
ma’lumotlar mavjud. Tarixchi Nasaviyning yozishicha, karvon О ‘tror 
shahriga 
yetib 
kelganida 
shahar 
hokimi, 
Turkon 
xotunning 
amakivachchasi Inolchiqxon undagi qimmatbaho mollami ko‘rib, 
ochko‘zligi avj oladi va niyati buzilib, Xorazmshohga “karvondagilar 
o'zlarini josusdek tutayaptilar”, deb shoshilinch xabar yuboradi. 
Xorazmshoh hokimga karvonni mamlakat ichkarisiga kiritmay, to‘xtatib 
turish haqida buyruq yuboradi. Lekin Turkon Xotun himoyasiga 
ishongan Inolchiq katta fojiaga qo‘i uradi, ya’ni uning buyrug‘i bilan 
karvon qo‘Iga olinadi, savdogarlar va boshqa kishilar qatl etilib, 
karvondagi mollar musodara qilinadi. Tasodif tufayli tirik qoigan bir 
tuyakash Chingizxon huzuriga yetib borib, fojia haqida unga xabar 
berishga muvaffaq boiadi.
Arab tarixchisi Ibn al-Asming yozishicha, Inolchiqxon katta 
karvonni O‘trorga yetib kelganligi haqida Xorazmshohga xabar beradi. 
Xorazmshoh karvondagi barcha savdogar va xizmatchilami o‘ldirishni 
va boyliklami saroyga yuborishni buyuradi.
Xorazmshoh albatta, 0 ‘tror fojiasi aybdorlarini Chingizxonga 
topshirish talablarini bajara olmasligi aniq edi. Chunki bir tomondan, 
Inolchiq Turkon Xotunni amakivachchasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, 
qipchoq sarkardalarf bilan qarindosh edi. Tabiiyki, ular bu ishga, ya’ni 
Inolchiqni hibsga olib, Chingizxonga yuborilis'niga yo‘l qo‘ymasdilar.
5 8


Shu sabab Chingizxon bilan munosabatlar yanada keskinlashdi. Shuni 
ta’kidlash joizki, Xorazmshohning o‘g‘li Jaloliddin Manguberdi otasiga 
elchilarga nisbatan xushmuomalada bo‘lishni, 0 ‘tror fojiasining asosiy 
aybdori Inolchiqni Chingizxon huzuriga jo ‘natishni maslahat beradi. U 
Sirdaryo bo‘ylaridan to Suriyagacha cho‘zilgan katta davlatdagi 
musulmonlarning qoni to‘kilgandan ko‘ra, bitta odamning qoni 
to‘kilishini afzal bilgan edi. Biroq, shoh Jaloliddinning dono maslahatini 
inobatga olmaydi. Jaloliddin boMajak dahshatli urushni, qirg‘inni 
avvaldan ko‘ra bilgan edi.
Chingizxon bu voqeadan nihoyatda darg‘azab boMsada, g ‘azabini 
bosib, ibn Kufroj Bo‘g‘roni ikki ishonchli mulozim kuzatuvchilar bilan 
birga Xorazmshoh huzuriga elchi qilib yuboradi. Chingizxon aybdomi 
jazolash, Inalchiqxonni unga topshirishni talab qiladi. Xorazmshoh 
Chingizxonning taiabiga javoban elchini o‘ldirishni va ikki mulozimni 
soqol-mo‘ylovini qirib sharmandali qilib qaytarib yuborishni buyuradi. 
Bu voqealar ikki davlat o‘rtasida harbiy to'qnashuv muqarrar ekanligini 
ko‘rsatadi.
Xorazm mamlakatining harbiy qudrati, geografik holati davlat 
boshqaruvidagi qarama-qarshilik va zaifliklarini obdon o‘rgangan 
Chingizxon ijtimoiy-siyosiy vaziyat urush uchun nihoyatda qulay 
ekanini tushunadi hamda 1218-yil chaqirilgan navbatdagi qurultoyda 
harbiy harakatlar taktikasini ishlab chiqadi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish