0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi


 Chig‘atoy ulusida ijtimoiy-iqtisodiy holat va davlat



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

6.4. Chig‘atoy ulusida ijtimoiy-iqtisodiy holat va davlat
boshqaruvi
Zabt etilgan o‘lka va viloyatlarni Chingizxon hayotlik paytidayoq 
o‘g‘illari va nabiralariga taqsimlab berdi. Sharqiy Turkiston, Yettisuv va 
Movarounnahrga uning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoy ega bo‘ldi. Chingizxon 
vafotidan so‘ng (1227- y.) 0 ‘qtoy mo‘g‘ullar davlatining ulug‘ xoqoni 
qilib tayinlandi. Turkiy aholi odati bo‘yicha podshoh yoki xoqon deb, 
ulus hukmdorlari esa xon deb yuritilardi.
Chig‘atoy 
davlatini 
boshqarishda 
o ‘ziga 
bo‘ysundirilgan 
xalqlaming yuqori tabaqa vakillari xizmatidan foydalanar edi. U 
Movarounnahmi bevosita idora etish ishlarini xorazmlik savdogar 
sudxo‘r Mahmud Yalovochga beradi. Mahmud Yalovoch xalqdan turli 
soliqlar undirib berar edi. Kalon dehqonlardan olinadigan asosiy soliq 
bo‘lib, hosilning 1/10 qismini tashkil qilgan. Qopchur chorvadordan 
olinib, “Yasoq” qonuni bo‘yicha aholidan Shulen deb atalgan soliq 
undirilgan. Yuqoridagi soliq va majburiyatlardan tashqari aholi yana 
mahalliy to'ralarning zulmidan azob chekar edilar.
Bosqinchilar va mahalliy zodagonlarining zulmga qarshi xalq bir 
necha bor kurashga ko‘tarildi. 1238-yilda Buxoroga yaqin Tarob 
qishlog‘ida boshlangan qo‘zg‘olonga shu qishloqlik hunarmand 
Mahmud 
Tarobiy 
boshchilik 
qildi. 
Qo‘zg‘olonga 
Buxoro 
ruhoniylarining boshlig‘i Shamsuddin Mahbubiy ham qo‘shildi. 
Qo‘zg‘olonchilar mo‘g‘ul lashkarlarini Buxoro ostonalarida tor-mor 
keltirdilar. Mag‘lubiyatga uchragan mo‘g‘ullar Karmanaga chekinadilar. 
Mahmud Tarobiy o‘zini Buxoro va atrof yurtlaming hukmdori deb, 
Shamsuddin Mahbubiy esa sadr deb rasmiy ravishda e’lon qildi.
Karmana ostonalarida qo‘zg‘olonchi!ar bilan mo‘g‘ullar o'rtasida 
qattiq jang bo‘ladi. Bu jangda mo‘g‘ullardan 10 ming kishi o‘ldiriladi. 
Ammo qo‘zg‘olonchilaming rahbari Mahmud Tarobiy va Shamsuddin 
Mahbubiylar ham jangda halok bo‘ladi. Mahmud Tarobiyning ukalari 
Muhammad va Ali qo‘zg‘olonga rahbarlikni o‘z qoilariga olgan 
bo‘lsalar-da, ularyoshlik va tajribasizlik qildilar. Xo‘jandga yetib kelgan


Mahmud Yalovoch qo‘zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostiradi va 
qo‘zg‘olonchilar qattiq jazolanadi. Mahmud Tarobiy qo‘zg‘o!onining 
ahamiyati katta edi. Mahmud Yalovoch amalidan chetlatiladi va Pekinga 
hukmdor qilib tayinlanadi. Chig‘atoy ulusiga Yalovochning o‘g‘li 
Ma’sudbek noib hamda ijarador qilib tayinlanadi.
XIII asrning o‘rtalarida mo‘g‘ullar davlatining umumsiyosiy 
ahvoli og‘irlashdi. Chingiziylar o ‘rtasida ziddiyatlar kuchayadi. 1251- 
yil Qoraqurumda chaqirilgan qurultoyda ziddiyatlarga chek qo‘yish 
maqsadida Tuluxonning bosh farzandi Munka ulug‘ xoqon etib 
saylanadi. Munka davrida Chig‘atoy ulusi tugatiladi. Ammo tez orada 
Chig'atoy nabirasi Olguxon Oltin o‘rdaga qarshi keskin choralar 
ko‘rib, 1260-yillarda Chig'atoy ulusini qaytadan tiklashga muvaffaq 
bo‘ladi.
XIII asrning 70-80-yillarida Movarounnahrda sekinlik bilan 
bo‘lsada, shahar hayoti, hunarmandchilik va savdo munosabatlari 
jonlana boshladi. Ma’sudbek pul islohoti o‘tkazib, o‘lkaning 16 shahar 
va viloyatlarida bir xil vazn va o‘lchovda yuqori qiymatga ega bo‘lgan 
kumush tangalar zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Chig‘atoy avlodlari 
o‘troq madaniy hayotga intilib, asta-sekin mahalliy aholi bilan qo‘shilib 
ketadilar. Ular hokimiyatlarini mustahkamlash maqsadida islom dinidan 
foydalanadilar Chig‘atoyning nabirasi Alouddin Tarmashirin mo‘g ‘ul 
hukmdorlaridan birinchi bo‘lib islomni qabul qilgan.
Chig‘atoy xonlaridan biri Kebek (1318-1326) qadimgi Nasaf 
shahri yonida o‘ziga saroy qurdirgan. Saroy mo‘g‘ul tilida “Qarshi” deb 
yuritilgan. Keyinchalik bu saroy atrofida yangi shahar qad ko‘taradi va u 
ham "Qarshi" deb atala boshlanadi.
Kebek davlatni idora etish tizimini va uning iqtisodiy hayotini 
tartibga solish maqsadida ma’muriy va pul sohasida islohot o‘tkazadi. 
Bu islohotlar qadimiy an’analarga barham bera olmagan bo‘lsada, u 
Movarounnahrda feodal davlatni mustahkamlashda ijobiy rol o‘ynadi. 
Kebek davrida ichki va tashqi savdoni yaxshilash maqsadida 
mamlakatda yagona pul birligi joriy qilindi.
Chig'atoy ulusi hukmdorlari davrida yerga egalik qilishning to‘rt 
turi mavjud edi:
1. Mulki devon, ya’ni davlatga qarashli yerlar;
2. Mulki inju-xon noiblari va ulaming avlod-ajdodlariga qarashli 
yerlar;
3. Mulki vaqf-masjid, madrasa, xonaqoh, mozor va maqbaralarga 
tegishli yerlar;


4. Xususiy mulk yerlar.
1269-yilda Chig'atoy ulusi ikki qismga bolinib ketadi. Uning 
Sharqiy qismida - Sharqiy Turkiston, Yettisuvda mo‘g‘ullarning Dug‘lat 
amirligi, g ‘arbiy qismida esa Movarounnahr amirligi tashkil topadi. 
Mo‘g ‘ullar bosqini o‘lkamiz moddiy va madaniyati taraqqiyotini bir 
necha yuz yillar orqaga yubordi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish