9.4. Rossiya imperiyasining Turkistondagi iqtisodiy siyosati
Rossiya Imperiyasi Turkistonni bosib olishda albatta, iqtisodiy
maqsadga ega edi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Rossiya to‘qimachilik
sanoati AQSh paxtasiga bo‘g‘liq edi. Rossiya to‘qimachilik sanoati
uchun keltirilayotgan Amerika paxtasi uchun yiliga 30-40 million rubl
to‘lab
kelardi.
Shu
boisdan,
Turkistonni
paxta
xomashyosi
yetishtiradigan bazaga aylantirish Rossiya agrar siyosatining bosh
maqsadi deb belgilandi.
1886-yil Nizomga ko‘ra xonliklar davrida davlat mulki
hisoblangan yer maydonlari Rossiya davlati xazinasiga tegishli, deb
e’lon qilindi. Vaqf mulklari ham asta-sekin davlat ixtiyoriga olindi.
Xususiy mulk hisoblangan yerlar ilgarigi egalariga merosiy ravishda
foydalanishga berildi va soliq solindi. Ijaraga yer olib, undan amalda
foydalanib kelayotgan xonadonlarga o‘sha yerlar meros qilib biriktirildi
va ularga soliq solindi. Shu tariqa, o'lkaning barcha hosildor yerlari
Rossiyaning daromad manbaiga aylantirildi. XIX asr oxirida yer solig‘i
4 million rublni tashkil etgan bo‘lsa, 1916-yilda 38 million rubldan
oshib ketdi.
Shuning uchun Turkistonda paxta plantasiyalarini kengaytirishga
jiddiy e’tibor berildi. Paxta plantatsiyalari asosan Farg‘ona viloyatida
tashkil etildi. Xususan, Turkistonda 1885-1916- yillarda paxta
ekiladigan yer maydoni 40 ming tanobdan 550 ming tanobga ko‘paydi.
1884-yilda
hosildorlikni
oshirish
maqsadida
tajriba-urug‘chilik
113
stansiyasi ochildi. Shu yildan paxtachilikda pishiq tolali va hosildor
“Amerika” navini ekish keng tarqala boshlandi.
Shuningdek, Turkistonda yangi ekinlar paydo bo‘lib, Rossiya
iqtisodiyotiga foyda keltiradigan mahsulotlar yetishtirish oshirildi.
Qishloq xo‘jaligida pilla yetishtirish ko‘paytirildi, o‘lkada qand lavlagi,
kartoshka, karam ekinlarini ekish o'zlashtirildi. Vinochilik va
asalarichilik paydo bo‘ldi.
Turkistonni Rossiya bilan bog‘lash uchun qurilgan temir yo‘l
tizimi avvalo harbiy maqsadlarda qurilgan bo‘lsa-da, uning qurilishi
ma’lum darajada o ik a boyliklarini tashib ketishda ham foydalanildi.
1880-1889-yillar oralig‘ida Krasnovodsk, Ashxabod, Marv, Chorjo‘y,
Kushka, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo‘qon, Andijon shaharlarini
bog‘lovchi 0 ‘rta Osiyo temir yo‘li qurildi. 1890-1905-yillarda
Toshkent-Orenburg temir yoTi qurilib, Turkiston Rossiyaning markazi
bilan bevosita bog‘landi. 1915- yilda Buxoro-Qarshi va Termiz-Qarshi-
Shahrisabz-Kitob temir yo‘li qurildi.
Turkiston
Rossiyaning
markazi
bilan
temir yo‘l
orqali
bog‘langach, rus kapitali (sarmoyalari) oMkaga kirib kelishi jadallashfi.
Turkistonda Rus-Osiyo banki, Moskva savdogarlar banki, Rossiya
davlat bankining filiallari tashkil etildi. 0 ‘lkada bir qator zavodlar,
savdo shahobchalari, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar qurildi.
Paxta va uni xarid qilish bilan shug‘ullanuvchi 30 ga yaqin savdo
shahobchasi vujudga keldi. Turkiston iqtisodiyotiga yirik sarmoyadorlar
ta’siri kuchaydi. Masalan, yirik sarmoyador Vodyayevlar Turkistonda
“Vodyayevlar savdo uyi”ni tashkil etib, 30 ta paxta zavodi qurdi.
Farg‘ona vodiysidagi keng paxta dalalari, temir yo'llar, paxta tozalash
zavodlari va Ivanovo to‘qimachilik korxonalari ham ushbu shirkatga
tegishli edi.
Turkistonda sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ta’sirida milliy
sarmoyadorlar va ishchilarning shakllanish jarayoni boshladi. 1914-
yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lkada 49,5 ming ishchi bo‘lib, ulardan 25,5
mingi sanoatda, 24 mingi temir y o i va unga xizmat qiluvchi
ustaxonalarda ishlagan. Turkistonda paxta tozalash zavodlari, do'konlar,
tegirmonlar, yirik bog‘ va uzumzorlarga ega bo‘lgan mahalliy
mulkdorlar ham faoliyat yuritdi.
Turkiston iqtisodiyotining mustamlakachilik xususiyatidan yana
biri, o‘lka Rossiya tovarlari sotiladigan bozorga aylantirildi. 1895- yilda
Turkistonda Rossiya korxonalarida tayyorlangan taxminan 6 million
rubl miqdorida temir, mis, chinni buyumlar, gazlama, yog‘och, choy,
114
oziq-ovqat va boshqa buyumlar sotilgan bo‘lsa, 1914-yilda sotilgan
buyumlar salmog‘i 243 million rubldan oshib ketdi. Sotilgan
mahsulotlarning 40 foizini o‘lkadan tashib ketilgan paxtadan Rossiya
to‘qimachilik korxonalarida to‘qilgan gazlamalar tashkil etardi.
Rossiya savdogarlari va sanoatchilari Turkistonda sanoat
mahsulotlari sotishdan ham, bu yerdan xomashyo sotib olishdan ham
katta daromad olardilar. Shunday qilib, XIX asr oxiri va XX asr
boshlarida
Turkiston
Rossiya
Imperiyasining
nafaqat
siyosiy,
shuningdek, iqtisodiy mustamlakasiga aylantiriidi. 0 ‘lkada tramvay,
telegraf, elektr, telefon, temir yo‘l kabi fan-texnika yutuqlarining paydo
bo‘lishi shu davrga to‘g ‘ri kelishini ta’kidlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |