0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi


Buxoro amirligi va Xiva xonligining tugatilishi. BXSR va



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

10.3. Buxoro amirligi va Xiva xonligining tugatilishi. BXSR va
XXSRning tashkil etilishi
0 ‘rta Osiyoda jadidchilik harakati oMkaning barcha hududlarida 
bir vaqtda paydo bo'lgan bo‘lsa-da, o‘z oldiga qo‘ygan kurash 
maqsadlari jihatidan ikki xil yo‘nalish kasb etgan. Jumladan, Turkiston 
jadidlari o‘z oldilariga bosh maqsad qilib Turkiston oMkasini Rossiya 
mustamlakachilaridan ozod qilish va milliy mustaqil davlat tuzishni 
qo‘ygan boMsalar, Buxoro va Xiva jadidlari amir va xon zulmiga qarshi 
kurashni bosh maqsad deb bildilar. Chunki ular mustamlakachilik 
zulmini o‘z boshidan toTiq kechirmagan edilar. Xalq ommasi amir va 
xon o‘rniga insofliroq va adolatliroq hukmdorga ega boMishni istar 
edilar. Xalqning bu istagini idrok eta olganlar, o‘zlarini “Yosh 
buxoroliklar” va “Yosh xivaliklar” deb atay boshladilar.
Ular konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi doirasida islohotlar 
o‘tkazish yo‘li bilan adolatli va insonparvar jamiyat qurish mumkin, deb 
ishondilar. 1917-1920- yillar davomida Xiva xonligi va Buxoro 
amirligida 
rivojlanib 
kelgan 
demokratik 
harakatlar 
kengaydi, 
islohotchilik talablari amaliyotda mujassamlashdi. Yosh buxoroliklar va 
yosh xivaliklar avvalo yuqoridan turib demokratik islohotlar o'tkazish 
yo‘li bilan xonliklarning ijtimoiy taraqqiyot yoTida 'rivojlanishini 
ta’minlashga harakat qildilar.
“Yosh xivaliklar” xon oldiga qo'yilajak talablami ishlab chiqdilar 
va bu manifest matni 1917-yil 5 -aprelda e’lon qilindi. Xon Majlis 
chaqirishga va boshqa islohotlar qilishga rozilik bildirdi. Xon hokimiyati 
cheklab qoyildi. Natijada, Xiva xonligida ahvol murakkablashdi, 
Asfandiyorxon Junaidxonga xonlikni 
birgalikda boshqarish va 
bolsheviklarga qarshi kurash olib borishni taklif etdi. Xon Junaidxonni 
qo'shinlar qo‘mondoni qilib tayinladi va mamlakatdagi butun 
hokimiyatni unga topshirdi. Qradan ko‘p o‘tmay, Asfandiyorxon 
0
‘ldirildi va taxtga Said Abdullaxon o‘tirdi. TASSR bilan Xiva xonligi 
o‘rtasida qurolli to‘qnashuv kuchayib bordi.
Xorazmga qarshi fitna-hujumlami to‘xtatish uchun Junaidxon 
1919- yil aprelida sovet hokimiyati vakillariga murojaat qildi. 9-aprelda 
Xiva yaqinidagi Taxtada bitim imzolandi. Unda, sovet hukumati 
(Rossiya) Xorazm ahoiisining mustaqilligini tan oladi, deyilgan edi. 
Ammo Xorazmga qarshi tajovuzkorliklar to‘xtamadi, bolshevikiar 
Xorazm xalqi inqilob uchun yetildi, deb yordamga shoshildilar.
134


Oqibatda, 1919- yil 23- dekabrda sovet qo‘shinlarining xonlik hududiga 
bostirib kirishi boshlandi, 1920- yil fevralida Xiva bosib va qizil askarlar 
qismlari hamda yosh xivaliklar tazyiqi ostida Said Abdullaxon taxtdan 
voz kechdi. Shu tariqa, qizil arn.iya qismlari yordamida Xivada davlat 
tontarishi amalga oshirilib, monarxiya tuzurni ag‘darib tashlandi.
1920-yil aprelida Xivada bo‘lib o‘tgan xalq -vakillarining I 
Butunxorazm qurultoyi Xiva xonligini tugatilgan deb e’lon qildi va 
mamlakatni Xorazm Xalq Sovet Respublikasi deb e’lon qildi. Qurultoy 
sobiq yosh xivaliklar a’zosi bo‘lgan Polvonniyoz Hoji Yusupov 
boshchiligida Xalq Nozirlari Kengashini sayladi. Hukumat sobiq yosh 
xivaliklar, turkman urug‘lari rahbarlari va kommunistlardan tashkil 
topdi.
Buxoroning ichki siyosiy hayoti 1917-yil bahorida yangi pallaga 
kirdi. Islohotlar, o‘zgarishlar zarurligi aniq bo‘lib qoldi. Mamlakatda 
ikki oqim liberal-demokratik (“Yosh buxoroliklar”) va konservativ oqim 
harakat boshladi. Natijada, 1917-yil 7- aprelda amir farmoni (manifest) 
e’lon qilindi. Unda amaldorlar ustidan nazorat o ‘matish, soliqlar tizimini 
tartibga solish, davlat byudjetini joriy qilish, sanoat, tijorat, ma’rifat 
rivojlanishi uchun qayg‘urish va’da qilingan edi. Ammo konservativ 
kuchlaming bosh ko‘tarishi natijasida bu islohotlar amalga oshmadi.
1918-1920-yillarda “Yosh buxoroliklar” dasturlari, siyosiy 
qarashlari, taktikasida Buxoroda islohotlar o‘tkazish uchun kuch, zo‘rlik 
ishlatish zarur bo‘lib qolgani tan olindi, ikkinchi tomondan, aholining 
diniy e’tiqodi e’tirof etildi. Shunga qaramay, ular boishevikiarga yordam 
sorab murojaat qildilar.
Buxoro bilan Rossiya davlatlari 
o‘rtasidagi munosabatlar 
keskinlashib bordi. RSFSR hukumati Buxoroni o'z ta’sir doirasiga olish 
uchun barcha chora-tadbirlami ko‘ra boshladi. 1920-yil avgust oyi 
oxirlarida Turkiston fronti qo‘mondoni Frunze buyrugT bilan Buxoro 
hududlari chegaralarida katta harbiy kuchlar: zambaraklar, bronepoezd, 
aeroplan bilan qurollangan qo‘shinlar jangovor holatga keltirildi. Endi 
bolsheviklaming "Sharqqa doir siyosati" ning rejasida Buxoro amirligini 
qulatish vazifasi turardi. 1920-yil 2 9 -avgustda qizil askar qo‘shinlari 
amirlikka bostirib kirdilar. Lekin bu yerda bosqinchilar amir 
qo‘shinlarining va aholining qat’iy qarshiligiga duch keldilar.
Turkfront 
qo‘mondonligi 
buyrug‘i 
bilan 
Eski 
Buxoro 
samolyotlardan bombardimon qilindi, toplar va bronepoezdlafdan turib 
qattiq o‘qqa tutildi. Dahshatli janglardan so‘ng 2-sdntyabrda Buxoro 
inag‘lub bo'ldi, amirlik ag‘darildi. 6 oktyabrda amiming yozgi saroyi-
135


Sitorai Mohi Xosada xalq vakillarining 1 Umumbuxoro qurultoyi ish 
boshladi. Qurultoy Buxoroni Xalq Sovet respublikasi deb e’lon qildi. 
Fayzulla Xojayev Xalq Nozirlar Kengashining raisi boidi.
Buxoro respublikasining xo‘jaligi sezilarli zarar ko‘rib, ziddiyatli 
ahvolni boshdan kechirdi. Qizil qo‘shinlar qo‘mondonligi mamlakatning 
turli joylarida, chunonchi, Xatirchi, Qarshi va Shahrisabzda katta boylik, 
mol-mulklarni qoiga kiritdilar. Buxoro xazinasidagi oltin va javohirlar, 
boshqa qimmatbaho boyliklar vagonlarga ortilib, Turkkomissiya 
buyrugiga binoan Rossiyaga olib ketildi. Shu bilan birga, qizil 
qoshinlarning respublikalarda qoldirilishi, rusiyzabon siyosatchilaming 
ekstremistik xatti-harakatlari ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir 
ko‘rsatdi.
Shunday qilib, 1920-yilda Buxoro amirligi va Xiva xonligida 
amalga oshirilgan harbiy to‘ntarish Markaz va Toshkentda oldindan 
ishlab chiqilgan reja asosida sun'iy ravishda mavjud jamiyat 
taraqqiyotiga majburan kuch ishlatish yo‘li bilan amalga oshirildi. 0 ‘rta 
Osiyo xonliklarida ro‘y bergan bu to‘ntarish bolsheviklarning “jahon 
inqilobi” deb nom olgan hayoliy va g‘ayri ilmiv g'oyasini amalga 
oshirishdan iborat boidi. Bu maqsadga erishish uchun bolsheviklar 
rejimi suveren Xiva va Buxoroning “qozg‘olon koiargan xalqi”ga 
yordam ko‘rsatish bahonasi bilan ularga qurolli bosqinchilik qilishdan 
ham tap tortrnadilar. Qizil armiya qismlari yordamida amalga oshirilgan 
to‘ntarish oqibatida bu mamlakatlar ijtimoiy rivojlanishning tabiiy 
evolyutsion jarayoni sun'iy ravishda uzib qoyildi, dastlabki bosqichda 
xalq-demokratik korinishda boigan sovet tuzumi bu mamlakatlar 
xalqlariga majburan tiqishtirildi. Garchi BXSR va XXSR rasman 
suveren davlatlar bolsalar-da, haqiqatda esa ular avvalboshidanoq Sovet 
davlatiga qaram boiib qolgan edilar.
Xullas, 1917-1920-yillar Turkiston oikasi tarixida eng jiddiy 
burilish yuz bergan davrlardan biriga tog‘ri keldi. 0 ‘tgan o‘n yilliklar 
mobaynida yetilgan jarayonlar ijtimoiy hayot yuzasiga qalqib chiqdi. 
Uning negizini qamrab olgan chuqur tanglikni ochib tashladi. Tashqi va 
ichki omillar tufayli vujudga kelgan bu jarayonlar o‘z tabiatiga ko‘ra bir 
xil emas, lekin yemiruvchiiik ta’siri jihatidan yaxlit edi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish