I
yangi davlatlar tuzish fikrini Turkkomissiya raisi Ya. E. Rudzutak 1920-
yillarning boshlaridayoq o'rtaga tashlagan edi. 1921-yil boshiga kelib
Olrta Osiyoda TASSRdan tashqari
Buxoro va Xorazm Xalq Sovet
respublikalari ham bor edi.
Hududlami qaytadan belgilash va chegaralash tarafdorlari til
tafovutlari, miliiy tafovutlarga diqqatini ko‘proq qaratib, xo‘jalikka oid
iqtisodiy omillami, mavjud suv resurslari, sug‘orish tizimlarining
umumiy ekanligini hamroq hisobga oldilar.
Rahbar xodimlar orasida
rusiyzabonlar bilan tub xalqlar vakillari o ‘rtasidagi ixtiloflar, ayrim
guruhbozlik korinishlarini Rudzutak va boshqalar 0 ‘rta Osiyodagi
miliiy mojaro deb, davlatlar hududini tubdan
qayta belgilash uchun hal
qiluvchi asosiy dalil sifatida ilgari surdilar.
1924-
yildan 0 ‘rta Osiyoni chegaralab bo‘lish va miliiy
respublikalar tuzish g ‘oyasi amalga oshirila boshlandi. Bu g'oyani
amalga oshirishda turli loyihalar, takliflar kiritildi va ular astoydil
himoya qilindi, o‘zaro ziddiyatlar, g'oyaviy kurashlar avj oldi.
Shunga
qaramay,
milliy-hududiy
chegaralanish
o ‘tkazi!ishini
ma’qullab
rezolyutsiyalar qabul qilindi. 1924-yil 31-oktyabrda 0 ‘zbekiston SSR
Inqilobiy Komiteti (revkom) tuzildi, u 0 ‘zbekiston Respublikasi tuzishni
boshqarib bordi.
1925-
yil 13-fevralda Buxoroda Sovetlarning I umumo‘zbek
qurultoyi ochildi. Unda Deklaratsiya qabul qilinib, “0 ‘zbekiston Sovet
Sotsialistik
Respublikasi
tuzilgani”
e’lon
qilindi.
0 ‘zbekiston
hukumatining raisi qilib Fayzulia Xojayev saylandi. Respublika
Markaziy Ijroiya Komiteti raisi etib Farg‘ona vodiysidan chiqqan
dehqon, “Qo‘shchi” uyushmasining rahbari Yo‘ldosh
Oxunboboyev
saylandi. Shuningdek, 0 ‘zbekiston kommunistlar partiyasi tashkil topdi.
Uning Markaziy qomitasining birinchi sekretari etib V. I. Ivanov, II
sekretari lavozimiga Akmal Ikromov saylandilar. 1927-yilda esa
A. Ikromov birinchi sekretar lavozimiga ko‘tarildi. 0 ‘zSSRning poytaxti
qilib Samarqand shahri belgilandi. 1930-yiida poytaxt Toshkentga
ko‘chirildi. 1925- yil mayda 0 ‘zbekiston SSR SSSR tarkibiga kirdi.
Shunday qilib, miliiy hududiy chegaralash xalqning ijtimoiy-
siyosiy hayotiga,
madaniyatiga, an’analariga katta ta’sir ko'rsatdi.
Mintaqa kartasi qaytadan tuzilib, ikkita mustaqil davlat XXSR va BXSR
tugatildi. Millatning bir qismi o‘z ota-bobolari yerida yashab, mehnat
qilsa-da, rasmiy ta’rifga ko‘ra, “oz sonli millatga” aylanib qoldi.
Shuningdek, bu tuzumalarni 0 ‘rta Osiyo xalqlarining “miliiy
davlatchiligi” deb ham bo‘lmaydi. 0 ‘rta Osiyoda tashkil qilingan bu
1 37
tuzilrrialar davlat bo‘lib shakllanmagan tuzilmalar edi. Mazkur
tuzilmalar suverenitet va mustaqillikdan mahrum edilar.
Utar SSSRning
ma’muriy-iqtisodiy rayonlari darajasiga tushirilgan boiib, asosan
Markazning manfaatlariga xizmat qilish, xomashyo etishtirish kabi
vazifalar belgilab berilgan edi.
1936-yil 5 -dekabrda SSSRning
yangi Konstitutsiyasi qabul
qilinib, unda Qoraqalpog‘istonning 0 ‘zbekiston SSR hududiga kirishi
qayd qilindi.
NAZORAT SAVOLLARI
,i.i Turkistonda sovet hokimiyati o‘rnatilishi oqibatlarini sanab o‘ting.
2. Rossiyada fevral va oktabr inqiloblarining Turkistonga ta’siri.
3. Turkiston Muhtoriyati tuzilishining o‘Ika siyosiy hayotiga ta’siri?
4. Qarshilik harakati mazmun-mohiyati namalarda aks etgan?
5. Buxoro amirligi va Xiva xonligining tugalishi sabab va oqibatlari.
6. BXSR va XXSR ning tuzilishi?
7. 0 ‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish qachon va qanday
o'tkazildi?
8. 0 ‘zbekiston SSR qachon tashkil topdi?
1 38