Turkistonda madaniy-ma’rifiy harakat sifatida rivojlandi va asosiy
maqsadi milliy hayotni zamonaviylashtirishga qaratildi. Bu jumladan
quyidagilami anglatar edi:
- xalq ta’limini isloh qilish;
- adabiyotni rivojlantirish;
; • n
' , ■
.
- zamoriaviy matbuotni yaratish;
- islom aqidaparastligi va mutaassiblikni rad etish;.
• '
!
- zamonaviy teatr va dramaturgiyani yaratish;
- tarix fanini rivojlantirish va o‘zbek xalqining yangi tarixini
yozish.
Jadidlar etiqodli, izchil va chinaham musulmonlar bo‘lib, hech
mahal Turkistonda islom dini arkonlarini taftish qilishni istamaganlar.
Jadidlar islomni
har xil soxtaliklardan tozalab, haqiqiy dinni qaror
toptirish va dunyoviy bilimlami egallash yoli bilan jamiyatda uning
ta’sirini mustahkamlashga erishmo‘qchi edilar. Jadidlarga mutaassib
ruhoniylar qarshilik ko‘rsatdilar.
Jadidlarning xalqaro aloqalari keng qamrovli bo‘lgan. Ular
Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari
dasturlaridan xabardor bo‘lganlar. Shu bilan birga, jadidlar milliy teatrga
asos soldilar. Munavvar qori rahnamoligida 1913-yilda musulmon
drama san’ati havaskorlari jamiyati - “Turon” truppasi tuzildi. 1914- yil
27- fevralda Toshkentdagi “Kolizey” teatri binosida o‘zbek milliy
teatrining 1-rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi. 0 ‘sha
kuni sahnada
Behbudiyning “Padarkush” pyesasi namoyish etildi.
Abduqodir Shakuriy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy,
Munavvar qori va boshqalar kuch-g‘ayratlarini o‘z islohotchilik
g‘oyalarini aholi orasida targ‘ib etishga qaratishdi. Qattiq qol senzuraga
qaramasdan, ular o‘z gazeta va jumailarini nashr eta boshlashdi.
Turkistonda 1906-1908-yillarda jadidlarning “Taraqqiy”, “Shuxrat”,
.‘‘kurshid”, 1913-1917-yillarda “Sadoi Turkiston”, “Samarqand”,
“Oyina”, “Turon”, “Buxoroi Sharif’, “Sadoi Farg‘ona” va boshqa
gazetalari bosmadan chiqa boshladi.
Mustamlakachi ma’murlar jadidlar harakatini jilovlash choralarini
kordilar. Ular ustidan nazorat o‘matar,
gazeta va jumailarini man etib,
nashriyotlami buzib tashlar, kitob dokonlari, qiroatxonalarni yopib
tashlar edi. Mustamlakachilarning jadidlarga nisbatan qoilagan
zoravonlik choralari ulami ma’naviy-ma’rifiy islohotdan
siyosiy
qarshilik ko‘rsatish darajasiga ko‘tarilishga olib keldi. Jadidlar boy
tarixiy merosida milliy g‘oya va milliy mafkura alohida orin tutadi.
П 9
■
■■'"■■■■4
Jadidchilik faqat madaniy hodisa bo‘lib qolmasdan, u, avvalo, siyosiy
hodisa ham edi. Milliy taraqqiyparvarlar o‘z faoliyatida davlat va uning
qurilishidan tortib, jamiyat va uning ma’naviy hayotigacha bo'lgan
barcha masalalarni qamrab olishgandi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga keigan
Jadidchilik madaniy-ma’rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U osib
mustamlakachilarga qarshi ko‘tarilgan milliy-ozodlik harakatining
mafkurasiga aylandi. Xulosa qilib aytganda, XIX asrdagi parokandalik,
uch xonlikdagi ozaro notinchlik va mahalliychilik yurtimizni jahongir
davlatlar iskanjasiga soldi. Bosqinchilar uchun qulay zamin yaratdi.
Natijada, XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Turkiston
xalqlarini asoratga soldi. U o‘lkani siyosiy-hududiy jihatdan zabt
etibgina qolmay,
balki erksevar, zahmatkash xalqni ma’naviy-ruhiy
boysundirishga erishdi.
Rossiya imperiyasi o'lkani Turkiston general-gubernatorligi,
Buxoro amirligi va Xiva xonligidan iborat uch qismga bo‘lib, tub aholi
birligi va siyosiy qudratini sindirish yolida barcha vositalardan
foydalandi. Mustamlakachilar Turkiston xalqlari turmushida nimaiki
ularning istiqboliga to‘g‘anoq bo‘!sa, ularni ozodlik uchun kurashdan
chalg‘itsa, hammasini qoMlab-quvvatlagan holda, istiqlolga xizmat
qiluvchi
barcha
intilishlarning
payini
qirqdilar.
Rossiya
mustamlakachilarining og‘ir asorati sharoitida ham xalqimiz o‘zligini,
milliy
qadriyatlarini, ma’naviyatini, madaniyatini, urf-odatlari va
turmush tarzini saqlab qola oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: