O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
“IJTIMOIY PEDAGOGIKA” fanidan
Mavzu: “Ma`rifatparvar pedagoglardan Munavvarqori Abdurashidxonov va Abdurauf Fitratning ijtimoiy-pedagogik qarashlari”mavzusida
KURS ISHI
Talaba: 2-kurs kechki pp 203- guruh talabasi
Aliqulova Dinora
Ilmiy rahbar:___________ Abdurasulova F.R
Toshkent-2022
MUNDARIJA
KIRISH.......................................................................................................3
1-BOB MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOVNING PEDAGOGIK QARASHLARI..................................................................6
1.1 Munavvarqori Abdurashidxonovning yangi usul maktablari tizimini, mazmuni va pedagogik faoliyati……………………………………………..6
1.2 Munavvarqori Abdurashidxonov yaratgan darsliklarda barkamol inson ma’naviy tarbiyasi muammosnning yechimi...............................................14
2-BOB ABDURAUF FITRATNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK QARASHLARI.........................................................................................22
2.1 Abdurauf Fitrat asarlarida ta’lim-tarbiya masalalarining o’rni……...22
2.2 Abdurauf Fitrat asarlarida ijtimoiy masalalarni ochiqlanganligini pedagogik ahamiyati.................................................................................26
XULOSA.....................................................................................................34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.....................................................37
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakat hayotining barcha jabhalarida tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ibratlidir. Aslida ham kelajakni ana yoshlar yaratadi. Davlatimiz rahbarining birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XVI sessiyasidagi nutqida “Erkin fuqarolik ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda biz o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan atrofi, atrofda sodir bo’layotgan voqyea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak.1
Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liqdir”, - deb aytdi.
Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, jismonan sog’lom, ma’nan yetuk shaxs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi.
Turkistonda chor hukumati mustamlakachiligi siyosati tufayli ro‘y bergan fojiali voqea-xodisalarga qarama-qarshi ravishda ma’rifatparvarlik – jadidchilik harakati dunyoga keldi Ma’rifatparvarlarning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, ma’naviyaxloqiy g‘oyalar, fikr-muloxazalari o‘sha murakkab tarixiy sharoitlarda shakllandi va rivojlandi.
Ma’rifatparvarlar xalqimizning donishmand farzandlari sifatida mustamlakachilik davrida Turkistonda hukmron bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, xalqning ma’naviy holati darajasini yaxshi bilganlar. Mustaqillikka erishish uchun xalqning umumiy madaniy saviyasini davr talablari va imkoniyatlari darajasida rivojlantirish, xalqni yangi madaniyat, ma’rifatga chorlash zarurligini chuqur anglab etganlar. Xalqni Evropa mamlakatlari madaniyati, fan-texnika yutuqlari, ilg‘or tajribalari bilan tanishishga tinimsiz ravishda da’vat etganlar. Bilimli, madaniyatli, ma’naviyatli millat va xalq juda katta ijtimoiy kuchga aylanishini ma’rifatparvarlar birinchilardan bo‘lib tushunib etganlar. «Asta-sekin ma’rifatchilikdan jadidchilik o‘sib chiqdi va u ma’lum darajada siyosiy masalalarni olg‘a sura boshladi. Yangi talim-tarbiya, yangi maktab, yangi maorif, uni boshqarish, madaniy targ‘ibot, tashkilotchilik, masalalari asosiy o‘ringa ko‘tarildi. Yangiliklarga asoslangan holda rus va eski maorifdan farq qiluvchi fikr-g‘oyalar oldinga surildi, ular mahalliy matbuot, turli kitoblar orqali keng targ‘ib qilindi. Bu madaniyatdagi mustamlakachilikka qarshi mustaqillikka xalq ongini oshirish, o‘z ahvolini yaxshilashga intilishning ko‘rinishlaridan edi».Jadidchilikning asosiy mohiyati millatni koloqlik, xurofot botqog‘idan chiqarishga qaratilgan.2
XX asr o‘zbek maorifi va madaniyati, qolaversa, bugungi mustaqillik tafakkurimiz, ehtimolki, shu jadidlar oldida burchlidir. «Usuli jadid», «usuli savtiya» nomlari bilan shuxrat topgan yangi maktabni Turkistonda shular tashkil qilganlar. SHular birinchi bo‘lib zamonaviy oliy maktab g‘oyasini ilgari surdilar, o‘nlab jamiyatlar, shirkatlar uyushtirib, ular yordamida qanchadan-kancha yoshlarni taraqqiy qilgan Evropa mamlakatlariga o‘qishga yuborishga muvaffaq bo‘ldilar. O‘zbek teatrining birinchi g‘ishtini ko‘ygan, nashru matbuotini boshlab bergan ham shulardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |