Murabbiylar kuni



Download 0.6 Mb.
Sana17.12.2019
Hajmi0.6 Mb.

1 OKTABR – O‘QITUVCHILAR VA

MURABBIYLAR KUNI



Istiqlol yillarida o‘qituvchi kasbini e’zozlash, mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish ta’lim sohasidagi islohotlarning muhim yo‘nalishiga aylandi. Farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulug‘, degan purhikmat naqlida ham o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom namoyon. Mustaqillik yillarida davlatimiz rahbari Islom Karimov rahnamoligida bu sharafli va mas’uliyatli kasb sohiblarini e’zozlash, ular mehnatini qadrlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelinmoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, bu bayram, avvalo, o‘zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ayamasdan, ma’rifat yo‘lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir. Ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini jo etadigan, o‘z o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan mo‘tabar zot – o‘qituvchining bu qadar yuksak qadr topishi, jamiyatdagi mavqei yuksalishi zamirida, avvalo, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi va Prezidentimizning doimiy e’tibori hamda g‘amxo‘rligi mujassam ekanligini alohida ta’kidlash joiz. O‘qituvchi shaxsiga e’tibor bevosita uning ish joyi – maktabda barcha sharoitni yaratish bilan uyg‘un tarzda olib borilmoqda. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, soha xodimlariga zarur shart-sharoitlar yaratish, ta’lim mazmuni va sifatini takomillashtirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur hujjatlar yangi, zamon talablariga mos umumta’lim maskanlarini barpo etish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, ularni o‘quv, laboratoriya jihozlari va kompyuter uskunalari bilan ta’minlash, ta’lim sifati va mazmunini takomillashtirish, bolalar sportini rivojlantirish imkonini bermoqda. 2004-2008 yillarda jami 6544 umumta’lim maktabida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan, 275 yangi maktab binosi barpo etildi, 1757 maktab kapital rekonstruksiya qilindi, 2866 maktab kapital, 1646 maktab joriy ta’mirdan chiqarildi.



Bu boradagi ishlar ixtisoslashgan maktablar, maxsus maktab-internatlar, Mehribonlik uylari, ta’limdan tashqari muassasalarni ham qamrab olmoqda. Ayni paytda maktablarni o‘quv-laboratoriya jihozlari, mebellar, kompyuter texnikasi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sohadagi islohotlar ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bilan bog‘liq holda olib borilayotir. Bu jihatlar yangi, takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari asosidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va chop etishda ham ko‘rinadi. 2005-2008 yillarda 85 million nusxada darsliklar chop etildi. Birgina, 2008 yilda umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun 243 nomda qariyb 17 million nusxada o‘quv adabiyotlari chop etildi. Yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik o‘zining yorqin samarasini bermoqda. O‘quvchilar tomonidan davlat ta’lim standartida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishning umumiy samaradorligi muttasil ortib borayotgani, yoshlar ta’limning keyingi bosqichlari bilan izchil qamrab olinayotgani, o‘quvchilarimizning xalqaro fan olimpiadalari, intellektual bellashuvlar, ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani buning yaqqol ifodasidir. 2004-2007 yillarda o‘quvchilarimiz xalqaro fan olimpiadalarida 27 medalni qo‘lga kiritdi. 2008 yilning 28 aprel-4 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ximiya fanidan 42- xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 13 nafar vakilimiz sovrinli o‘rinlarni egalladi. Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari mehnatini rag‘batlantirish va pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 25 noyabrda qabul qilingan "Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori iste’dodli, o‘z kasbiga sodiq pedagoglarni moddiy qo‘llab-quvvatlashning sifat jihatidan yangi mexanizmini joriy etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish jarayonida o‘qituvchi mas’uliyatini oshirishda tub burilish yasadi. Mazkur hujjat sharofati bilan o‘qituvchi o‘zining kasb malakasi, qo‘shimcha dars soati, sinfdan tashqari ishlari, o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan hissasi uchun haq oladigan bo‘ldi. Bu o‘qituvchilarga o‘z qobiliyatini namoyish etish, o‘zaro musobaqa uchun zamin yaratdi. Maktablarda tashkil etilgan direktor fondidan kasb mahorati yuqori, namunali o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq berilayotgani pedagoglarni yanada samarali mehnat qilishga undamoqda. Mustaqillik yillarida qariyb 120 ming xalq ta’limi xodimi o‘z uyini bepul xususiylashtirib oldi, 36 ming pedagog xodimga shaxsiy uy-joy qurilishi uchun yer maydonlari ajratildi. Istiqlol yillarida sohada samarali mehnat qilayotgan, yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan 3155 nafar o‘qituvchi, murabbiy va pedagog Vatanimizning yuksak unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlandi. Ular orasida O‘zbekiston Qahramoni unvoni sohiblari borligi e’tiborga loyiqdir. – Hech qachon ta’lim tizimi ravnaqi uchun mustaqillik davridagidek keng imkoniyat yaratilmagan, – deydi Andijon viloyati Qorasuv shahridagi 19- ixtisoslashgan maktab-internati direktori Ozodaxon Xoliqova. – Prezidentimiz tomonidan maktab ta’limini rivojlantirishga, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Keyingi yillarda xalq ta’limi tizimi xodimlarining ish haqi bir necha barobar oshirilgani, alohida ustama haqlar joriy etilgani, ta’lim standartlariga muvofiq pedagoglarning ish yuklamalari maqbullashtirilgani bizni behad quvontirdi. Joriy yilda bizning maktabimiz ham kapital rekonstruksiya qilindi. Unda o‘quvchilar uchun ham, o‘qituvchilar uchun ham barcha sharoitlar yaratildi. Yorug‘ va shinam sinfxonalar, ximiya, biologiya, fizika laboratoriyalari, yotoqxona, sport zali, oshxona mavjud.



Maktab-internat asosan huquqshunoslik va iqtisod yo‘nalishiga ixtisoslashgan bo‘lib, 200 dan ziyod iqtidorli o‘g‘il-qiz ta’lim-tarbiya olmoqda. O‘quvchilarimiz viloyat, respublika miqyosidagi fan olimpiadalari, turli ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayapti. Maktabimiz bitiruvchilarining 92 foizi oliy o‘quv yurtlariga kirishga muvaffaq bo‘lmoqda. Bunday ilmli va bilimli yigit-qizlarni voyaga yetkazgan xalq hech qachon, hech kimdan kam bo‘lmaydi. Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan. Shu ma’noda, yurtimizda o‘qituvchi-murabbiylarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini yanada oshirishga qaratilgan ishlarga e’tibor tobora kuchaymoqda. Joriy yilning o‘zida davlatimiz rahbarining Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilingani buning tasdig‘idir. Ha, ozod yurtimizda ustoz va murabbiylar xalqimizning yuksak e’zozidan ruhlangan holda yosh avlod kamoloti yo‘lida mehnat qilmoqda. Xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog‘liq. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi.





Bolajon”


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat