1-Mavzu. Avtomobil yo’llarini qurishda yo’l qurilish materiallarining o’rni va
axamiyati.
Reja:
1. Avtomobil yo‘llarining Respublika iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni.
2. Mavjud yo‘llarni kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish to‘g‘risidagi
buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar.
3. Respublikada olib borilayotgan yo‘l siyosati.
Bundan necha yuz yillar avval xalqlarni bir – biri bilan bog‘lagan karvon yo‘llari
bugun magistral yo‘llarga aylandi. Shunday yo‘llardan biri Buyuk Ipak yo‘lidir.
Mag‘ribu, mashriqni bog‘lagan, xalqlar tarixi va taraqqiyotining eng kuchli
xalqalaridan biri bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li dunyoga mashhur Buxoro , Samarqand,
Qo‘qon va O‘sh shaharlari orqali Qashqardan o‘tib, yo‘nalishini davom ettirgan.
Bu yo‘nalish Yevropa qit’asini Osiyoning okean sarhadlari bilan bog‘laydigan va
xalqaro miq’yosda oltin kamar vazifasini bajaruvchi muhim artyeriya hisoblanadi.
Hozirda esa “Transkontinental yo‘nalishi” deb nom olgan. Prezidentimizning
tashabbusi bilan “ Buyuk Ipak yo‘li” ni tiklash to‘g‘risidagi qonunni qabul qilinishidan,
transport yo‘lagi bo‘yicha xalqaro anjumanlarda qatnashib, shartnomalar, bitimlar
tuzilishi, ayniqsa “Yevropa –Kavkaz- Osiyo” transport yo‘lagi (TRASEKA)ni
rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlardan maqsad portlarga , dengizlarga, jahon
bozoriga chiqish va O‘zbekistonning rivojiga rivoj qo‘shishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovni avtomobil yo‘llarini
rivojlanishiga katta ahamiyat byerishlari, ayniqsa “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi”
qonun 2 oktyabr 2007 №PQ-117 da qayta ko‘rib chiqishi, ushbu qonunning maqsadi
avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish
bo‘yicha 30ta modda keltirilib, unda idoralar va korxonalarga qarashli avtomobil
yo‘llari birgalikda xo‘jalik avtomobil yo‘llari deb, hamda shahar va boshqa aholi
punktlari tasnifi qo‘shilgan.
Respublikamiz
bo‘yicha
barcha
turdagi
transportlarda
tashilayotgan
yo‘lovchilarning 96,6% , yuklarni esa 81,3% aynan avtomobil transporti hissasiga
to‘g‘ri keladi. Demak, mamlakatimizda bu transport vositasiga talab katta. Yo‘l
tarmog‘ini umumiy uzunligi respublika bo‘yicha 183,000 km.
Keyingi 2005-2010 yillar ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
va Vazirlar maxkamasi tomonidan chiqorilgan qarorlar, farmonlar, farmoyishlar,
buyruqlar avtomobil yo‘llarini yanada yaxshilashni maqsad qilib qo‘ygan
Buning uchun Prezidentimizning
2006 yil3.03daga PQ-299-sonli qarori, 2006 yil 25.10dagi PQ 499- sonli qarori,
2006 14.11 daga PQ-511-sonli qarori, 2006 20.12 daga PQ-535-sonli qarori,
2005 30.09 daga R-2338-raqamli farmon, 2006 yil 1.11dagi № 226- sonli Vazirlar
Maxkamasini qarori Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 12.08 dagi 194-sonli qarori,
2009 yil 22.04 dagiPQ-1103- sonli qarori,2009 yil 5.11 dagi , 2009 yil 20.07 dagi PQ-
1164-sonli qarori , 2009 yil 22.10 dagi №277- sonli Vazirlar Maxkamasini qarori 2010
yil 27.01 dagi Vazirlar Maxkamasini majlislari , 21.12.2010 yil PQ-1446 qarori 2011-
2015 yilda infrotuzilmani transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirshni
jadallashtirish to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yilda
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan
eng muxim ustuvor yo‘nalishlarga bagishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining majlisidagi “ Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini
yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi “ mavzusidagi ma’ruzasida
qayd etilganidek, bizning 2011 yilgi va istiqbolga mo’ljallangan iqtisodiy dasturimizni
amalga oshirishda infratuzilmani , transport va kommunikatsiya qurilishini kompleks va
jadal ravishda rivojlantirish ustivor yo‘nalishga aylanishi darkor.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan O‘zbekiston xalqining boyligi va
mamlakatimizning “qon tomirlari” bo‘lgan va bugungi ko‘nda 42654 kilometr
uzunlikdagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari, jumladan 3979 km xalkaro,
14069 km davlat, 24606 km maxalliy axamiyatidagi avtomobil yo‘llari texnik soz
xolatda asraldi, sakdandi, rivojlantirildi, takomillashtirildi. Har qanday ob-xavo
sharoitida transport vositalarining uzluksiz va xavf xatarsiz qatnovi ta’minlanib
kelinmoqda.
O’tgan davrda 1990 yilga nisbatan semetbeton koplamali yo‘llar uzunligi 21
kilometrga, asfaltbeton qoplamali yo‘llar 1852 kilometrga, ko’ra qoplamali yo‘llar 542
kilometrga, tosh shag’al qoplamali yo‘llar 421 kilometrga o’sib, umumfoydalanuvdagi
avtomobil yo‘llardan tuproq yo‘llar uzunligi 746 kilometrga kamaydi.
2755 km uzunlikdagi O‘zbek Milliy avtomagistrali tarkibidagi 238 km avtomobil
yo‘li ikki tasmalidan to‘rt tasmali yo‘lga o‘tkazildi, pirovard natijada avtomobil
yo‘llarining transport oqimiga xizmat ko‘rsatish darajasi 1991 yilgi xolatga nisbatan
mutlaqo o‘sdi. Ayniqsa Xalqaro transport yo‘lagiga kiradigan avtomobil yo‘llarini
qurish, qayta qurish va ta’mirlashda yangi miqdor va sifat o‘zgarishlariga yerishildi.
Bemalol aytish mumkinki, avtomobil yo‘llarining transport foydalanish ko‘rsatkichlari
va yo‘llarning texnik xolatining yaxshilanganligi va isloxatlar samarasi natijasida
bugungi kunda (magistral avtomobil yo‘llarimizda transport vositalarining miqdori ikki
marta oshganligiga qaramasdan) faqat yaqin 2000 yilga nisbatan xam qatnov tezligining
oshganligi hisobiga yuk va yo‘lovchilarning yo‘lga sarflanayotgan vaqti qariyb 25
foizga qisqardi.
O‘tgan 20 yilda jami 23002 km.lik yo‘l ishlari bajarilib, jumladan umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida 2722 kilometrdan ortiq yangi yo‘llar qurildi va
rekonstruksiya qilindi, 3800 km avtomobil yo‘llarida mukammal ta’mirlash va 21978
km avtomobil yo‘llarida o‘rta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek o‘tgan
davrda 175 dona umumiy uzunligi 6645 km bo‘lgan ko‘priklar, 19 dona 3938 km. Yo‘l
o‘tkazgich va transport yechimlari ko‘rildi va rekonstruksiya qilindi.
Jumladan , birgina A-373 “M-39 avtomobil yo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-
Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh (M39 avtoyo‘li (918km)-Sardoba-Bo’ka-
Oxangaron-Angren-Qo‘qon-Shaxrixon-Andijon-O‘sh’’ avtomobil
yo‘lining
“Toshkent –O‘sh” yo‘nalishi bo‘yicha “Qamchiq” va “Rezak” dovonlarida 2,5
kilometrlik tonnellar qurgan xolda 13 km yangidan va 108-214 kilometrlari oralig‘i
qayta ta’mirlandi. Shuningdek, mazkur yo‘lning Farg‘ona, Andijon viloyatlari
xududlaridan o‘tgan qismi to‘liq ta’mirdan chiqarildi va yo‘l to‘liq 2 tasmalidan 4
tasmali yo‘lga o‘tkazildi, yangidan 57 km lik Ko‘kon shaxrini aylanib o‘tish yo‘li
qurildi.
Mamlakatimizda har yil o‘rta hisobda 170-250 kilometr yo‘l qurilmoqda yoki
rekonstruksiya qilinmoqda, qariyb 1500 kilometrdan ortiq yo‘llar o‘rta va kapital
ta’mirdan chiqarilmoqda.
Yuqorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Maxkamasi
tomonidan keyingi 2006-2010 yillardagi qaror va farmoishlarda ko‘tarilgan masalalar
bo‘yicha ko‘rilgan chora- tadbirlar:
”O‘zavtoyo‘l” DAK ni tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha
o‘zgartirishlar qilindi. “2007-2010 yillarda umum foydalanuvdagi yo‘llarni qurilishini
rivojlantirish chora- tadbirlari” qaroriga ko‘ra ”O‘zavtoyo‘l” DAK tomonidan qurilishni
rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha quyidagilarni hisobga olgan
holda yo‘llarni hozirgi holatini va transport vositalari harakatini o‘sib borish jadalligini
aniqlash;
Yevroosiyo xalqaro transport bozori tizimida munosib qatnashchi bo‘lish uchun
quyidagi yo‘nalishlar tarkibiga kiradigan yo‘llarni bosqichma –bosqich qurish va qayta
ta’mirlash, ya’ni MDX va Yevropa mamlakatlariga chiqishni ta’minlaydigan “G‘uzor-
Buxoro- Nukus- Qo‘ng‘irot-Baynov”, “Almata- Beshkek-Toshkent-Tyermiz” va
“Novoiy- Uchquduq; Fors qo‘ltig‘i” va Qora dengiz portlariga chiqishini
ta’minlaydigan “Samarqand- Navoiy-Buxoro–Olot” yo‘llari Konsepsiyadagi
masalalarni bajarishda 679 km avtomobil yo‘llarini, shu jumladan 489 km xalqaro
transport marshrutlari tarkibiga kiradigan yo‘llar va 190 km davlat ahamiyatiga ega
yo‘llarni qurish va qayta ta’mirlash,
I – toifadagi yo‘llarni 557 kmga, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarning umumiy
uzunligini 2743 km ga uzaytirish, shuningdek Respublika ichidagi yuk va yo‘lovchi
tashishni 60-70% ga oshirish va xalqaro va tranzit yuk tashishlarni o‘rtacha 45-55% ga
shu jumladan “Qo‘ng‘irot-Beynov” yo‘nalishida 2,5-3 baravar ko‘paytirishni ta’minlash
imkonini byerdi.
Avtomobil yo‘llarini, avvalo xalqaro va davlat axamiyatiga ega yo‘llarning
transport- ekspluatatsiya sifatlarini xalqaro me’yorlar va standartlar talablari darajasiga.
Ko‘tarish, yuklar va yo‘lovchilarni tashishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha
raqobatbardosh tranzitni amalga oshirish, xamda avariyalarni kamaytirish ko‘rilgan
Prezidentimiz tomonidan chiqorilgan 2009-2014 yillarda O‘zbekiston milliy
avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi PQ -
1103-qaroriga asosan O‘zbekiston milliy avtomagistralini yo‘nalishlarini nomi va unga
kiradigan avtomobil yo‘llari bo‘yicha 2009-2014 yillar ichida quriladigan transport
yechimlari ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va yo‘lni texnik parametrlarni oshirilishi
hamda 4 polosali sementobeton qoplamali yo‘lni uzunligi 400km, 4 polosali
asfaltobeton qoplamali yo‘lini uzunligi 813 km, 2 polosali asfaltobeton yo‘li 288 kmga,
shuningdek yo‘l poyini 1026 km ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichni qurish va rekonstruksiya
qilish 1488 pm hamda ta transport razvyazkani qurish rejalashtirilgan.
27 yanvar 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasini majlisi
bo‘lib, halqaro ahamiyatdagi “Toshkent – O‘sh” yo‘lini 116-214 km ni holatini
yaxshilash masalasiga oid ko‘riladigan chora-tadbirlarni ko‘rish, chunki temir yo‘l
transporti bo‘yicha tashiladigan yukni 4,0 mln.tn.si. “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lini
“Qamchiq” dovoniga yo‘naltirilishi bo‘ldi.
Avtomobil yo‘li A-373 “Toshkent - Osh ” ni “Qamchiq” dovonidan 16,2 mln.tn
xajmidagi yuklarni tashish shuningdek bu bo‘laklarda 2009 –yilni boshida 10415
avt/sut yilning o‘rtasida esa 15851 avt/sut, jadal vaqtida esa 18250 avt/sut. bo‘lishi
ko‘rilgan “Qamchiq” dovonida yil bo‘yi 27 yanvarda 2010 yilda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasini majlisi bo‘lib, halqaro ahamiyatdagi “Toshkent –
Osh” yo‘lini 116-214 km ni xolatini yaxshilash masalasiga oid ko‘riladigan chora -
tadbirlarni ko‘rish, chunki temir yo‘l transporti bo‘yicha tashiladigan yukni 4,0
mln.tn.si. “Toshkent - Osh” avtomobil yo‘lini “Qamchiq” dovoniga yo‘naltirilishi
bo‘ldi.
O‘zbekiston xududlaridan 22% dan ortig‘i tog‘li rayondan iborat. Tog‘li yyerlarni
murakkab relefi avtomobilni xavfsiz harakati va ishlash tartibiga ta’sir qiladi. Tezlikka
va xavfsiz harakatga plandagi kichik egrili radiusi va katta bo‘ylama qiyaliklari ta’sir
etadi. O‘zbekistondagi tog‘li yyerlardan o‘tadigan tog‘ yo‘llari 3 % ni tashkil etadi.
Tog‘li yo‘llarda dovonli qismlari bo‘lgan avtomobil yo‘li A-373 “Toshkent Osh” 116-
214 km bo‘laklari, dovon “Qamchiq” avtomobil yo‘li m-39 “Almata- Beshkek-
Toshkent- Tyermiz”
1120-1145 km bo‘lagi, davon “Taxtakaracha” 1302-1320 km bo‘lagi, dovon
“Akrabot” yo‘llari davlatimizni asosiy iqtisodiy artyeriyasidir “Uzavtoyo‘l” DAK
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovni 2007, 2008, 2009 yilda
yuqorida keltirilgan qonunlari farmoyishlarini, qarorlarini amalda bajarilmoqda va
xavfsiz harakat ta’minlanishi ko‘rilmoqda
Shuningdek, yo‘llardan foydalanishni yaxshilash, xavfsiz harakatni oshirish
maqsadida 8688 ta yangi yo‘l belgilari: 31136 ta 44,5 km yo‘l to‘siqlari, 26486ta
yo‘naltiruvchi; ustunchalar 168,5ni piyodalar yo‘lagi ta’mirlandi 235ta avtobus
bekatlari 483ta avtobus bekatlari qurildi va ta’mirlandi. 2007 yilda qilingan ishlar,
asosan M-37, A-373, M-39, A-380 yo‘llar bo‘yicha olib borilib, 91629,3 mln. So‘mlik
ishlar bajarilib, 2006 yilga nisbatan 275,9% tashkil qildi.
2008 yilda 59.286 dona yangi belgilar eski belgilarni almashtirish, qatnov qismini
belgilanishi, piyodalarning o‘tish joylari, avtobus bekatlari qurishi va ta’mirlash uchun
311819.0 mln. so‘mlik ish bajarildi, bu 2007 yilga nisbatan 128,6%ga ortiq bajariladi.
Bu ishlar A-373 ni 216-274 km lar 411-904 va 4R-148; M-34 ni 104km; M-39 bo‘yicha
hamda A-30, M-34 bo‘yicha to‘la va o‘rta ta’mirlash ob’ektlarida ish bajarilgan.
2009-2014 yillar ichida 23 ta kemping, 28ta motel, 75ta avtomobillarga gaz
quyish siansiyasi, 73ta texnik xizmat va tibbiy yordam stansiyalari, 47 ta avtomobillar
qisqa vaqtga to‘xtash maydonchalari quriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining transport infratuzilmasiga alohida
e’tibori tufayli 2009 yil 22-apreldagi PK-110Z-sonli “2009-2014 yillarda O‘zbek milliy
avtomagistralini rekonstruksiya kilish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi, 2009 yil 22-oktyabrdagi PP 277-sonli “O‘zbek milliy avtomagistrali
bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va syervisini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi,
2010 yil 21-dekabrdagi PQ-1446-sonli “2011-2015 yillarda tranport va kommunikatsiya
qurilishi infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi Qarorlari asosida
maqsadli Dasturlar qabul qilinib amalga oshirilmoqda. O’tgan 20 yil da xalqaro va
davlat axamiyatidagi 3722 kilometrdan ortiq yangi yo‘llar qurildi va rekonstruksiya
qilindi. Xususan 2755 kilometrlik O‘zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi
yo‘nalishlar tarkibidagi 238 km avtomobil yo‘li ikki tasmalidan to’rt tasmali yo‘lga
o‘tkazildi. Ayniqsa mamlakatimiz xududidan o‘tgan 20 ta (E-40, 60, 123, 003, 004,
005, 006, 007, AN-5, 62, 63, 65, Traseka 22, 23, 25, 26, 27, 28, Transafgon yo‘lagi.)
Xalqaro transport yo‘lagiga kiradigan avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va
ta’mirlash ishlarining keskin oshganligi, Navoiy va Angren logistika markazlarining
ishga
tushirilishi,
yirik
loyixalarga
xorijiy
sarmoyalarning
jalb etilishi, avtomobil yo‘llarga bo‘lgan talabni yangi bosqichga xamda yangi miqdor
va sifat o’zgarishlariga olib kelmoqda. Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish va
takomillashtirish uchun har yil qaryib 600-700 mlrd so‘m ajratilayotganligi, shuningdek
mamlakatimizdagi Milliy o‘zbek avtomagistrallari tarkibiga kiruvchi xalqaro transport
yo‘laklarini xalqaro andozalar asosida qayta qurish uchun Osiyo taraqqiyot banki
tomonidan 600 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilayotgani, bularning
xammasi yurt farovonligining ko’zgusi bo‘lgan avtomobil yo‘llarini rivojlantirish
omilidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 21 dekabrdagi PQ-1446-sonli
“2011-2015 yillarda transport va kommunikatsiya qurilishi infratuzilmasini
rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi qaror bilan tuzilgan Dastur asosida 2012-
2015 yillarda mazkur qaror asosida 2306 km yo‘l ( shundan 1410 km O‘zbek Milliy
avtomagistrali tarkibidagi avtomobil yo‘llar) quriladi va rekonstruksiya qilinadi.
Ushbu muxim Dastur nafaqat O‘zbek milliy avtomagistralini rivojlantirishni va
respublikaning barcha mintaqalarini ishonchli avtomobil transporti aloqasini
ta’minlovchi to’rt tasmali sementbeton va asfaltbeton qoplamalar qurishni, balki uni
transportning boshqa turlari , jumladan, temir yo‘l, xavo transportining rivojlanishiga
mutanosibligini, bu esa kommunikatsiya tizimlarining bir butunlikda harakat qilishini
taminlovchi omil ekanligini belgilab byerdi.
Qarorning
yana
bir
muxim
jixati
shundaki,
O‘zbek
milliy
avtomagistrali bo‘ylab yo‘l yoqasi infrastrukturasi va syervisini maqsadli
tashkil qilish ko’zda tutilganligidadir. Jumladan, 2011–2015 yillarda O‘zbek
milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l yoqasi infrastrukturasi va syervisini
rivojlantirish bo‘yicha yo‘l yoqalarida jami – 240 ta jumladan, 19 joyda
kemping, 18 joyda motel, 36 joyda ko‘p yonilg’ili avtomobillarni yoqilg’i bilan
ta’minlovchi shaxobchalar, 49 joyda avtogaz to’ldiruvchi kompressorli stansiyalar,
78 joyda avariya chaqiruv va tibbiy tez yordam xizmati punkti, 31 joyda sanitar
gigiena
shart-sharoitlariga
ega
bo‘lgan
avtomobillarni
qisqa
to‘xtash
maydonchalari, 9 joyda turizmning barcha sharoitlariga ega bo‘lgan ob’ektlari
riladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha esa Beynov-Qo’ng’irot-Buxoro-Navoiy-Samarqand-
Toshkent-Andijon yo‘nalishida 169 joyda, Buxoro-Olot yo‘nalishida 12 joyda,
Buxoro-Qarshi-G’uzor-Tyermiz yo‘nalishida 43 joyda, Samarqand-G‘uzor
yo‘nalishida 16 joyda yo‘l yoqasi infrastrukturasi va syervisi ob’ektlari
quriladi.
Shuni qayd etish lozimki , yangi loyixalanayotgan yo‘l qoplamalari va sun’iy
inshootlar – ko‘priklar , yo‘l o‘tkazgichlar , estakadalar va boshqalar zamonaviy
yuklarni qabul qilishga mo‘ljallangan bo’lishi shart. Buning uchun transport
inshootlarini loyixalash va hisoblash bo‘yicha Respublikamizda amalda bo‘lgan
normativ
xujjatlar
soxa
mutaxasislari
va
olimlar
ijodiy
xamkorligida
mukammallashtirilgan xolda qayta ishlab chiqilyapti.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki yangi yo‘llarni barpo etilishi va eskilarning qayta
ta’mirlanishi xududlarga yangi xayot nafasini olib keladi. Katta xajmdagi qurilish,
bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bilan birga yangi
uy-joylar barpo etiladi. Yo‘llarning rivojlanishi insonlarni bir-biriga yaqinlashtirish
bilan birga ular uchun ko‘plab imkoniyatlar xam yaratib beradi.
Nazorat savollari:
1. Avtomobil yo‘llarining respublika iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rnini qanday
baxolaysiz ?
2. O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari tarmog‘ining zamonaviy xolati
xaqida nimani bilasiz ?
3. O‘zbek milliy avtomagistrallarini barpo etish xaqida qanday qaror va
farmoyishlar chiqarilgan ?
4. Respublikada olib borilayotgan yo‘l siyosati xaqida qanday tushunchaga
egasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |