Ijtimoiy pedagogika” fanidan Mavzu: “Ma`rifatparvar pedagoglardan Munavvarqori Abdurashidxonov va Abdurauf Fitratning ijtimoiy-pedagogik qarashlari”



Download 83,17 Kb.
bet2/7
Sana03.07.2022
Hajmi83,17 Kb.
#737386
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ijtimoiy ped

Kurs ishining maqsadi: Jadidlar o‘z hisoblaridan maktablar ochib, yosh avlodni istiqlolga tayyorladilar, she’r va maqolalar, sahna asarlari orqali milliy ongni shakllantirishga, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirishga urindilar.
XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidlik harakatlarining tepasida Maxmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid CHo‘lpon, Munavvarqqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, So‘fizoda, Xamza, Sadriddin Ayniy, Tavallo singari xalqimizning o‘nlab fidoiy farzandlari, shoiru adiblari, davlat va siyosat arboblari turgan edilar.
Kurs ishining vazifalari: Biz ushbu kurs ishimizda quyiddagi vazifalarni belgilab oldik

  • Marifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonovning ijtimoiy-pedagogik qarashlarini o`rganish

  • Jadidchilarning o`sha davrdagi pedagogik soxaga qo`shgan xissalarini o`rganish

  • Marifatparvar Abdurauf Fitratning ijtimoiy-pedagogik g`oyalarini o`rganish

  • Jaddidchilik davrida ijtimoiy-pedagogik g`oyalarni o`rganish

Kurs ishining ob`ekti: Marifatparvar jaddidchilar Munavvarqori Abdurashidxonov va Abdurauf Fitratlarning ijtimoiy-pedagogik qarashlari.
Kurs ishining predmeti: Marifatparvar jaddidchilar Munavvarqori Abdurashidxonov va Abdurauf Fitratlarning ijtimoiy-pedagogik qarashlarining mohiyati.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Ushbu kurs ishimizdan olingan natijalar va xulosalardan Pedagogika fani bo`icha maruzalar, qo`lyozmalar tayyorlashda va turli pedagogic tadqiqotlar olib borishda nazariy qism sifatida olish mumkin.
Kurs ishining tarkibiy tuzulishi va hajmi: Kurs ishimiz Kirish, 2 bob, 4 bo`lim, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

1-BOB MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOVNING PEDAGOGIK QARASHLARI
1.1 Munavvarqori Abdurashidxonovning yangi usul maktablari tizimini, mazmuni va pedagogik faoliyati
Munavvarqori Abdurashidxonovning maktab ta’limi xususidagi qarashlari eng avvalo yangi usulda tashkil qilingan maktablar hamda darsliklarda o’z askini topganligini ko’ramiz. Yangi usul maktablarida har xil toifa boy va kambag`allarning bolalari birday O’qish huquqiga ega bo’ldi. Tur­kistonda yangi usuldagi maktab soni ayniqsa 1905 yildan keyin tez ko`paydi. Ayni paytda matbuot saxifalarida usuli jadid maktablari to’g’risida fikrlar tez-tez e’lon qilina bordi. Tabiiyki, chor general-gubernatorligi yangi usul maktablarini ochiq yuz bilan kutub olmadi. Chunki jadidlar tezlikda savod o’rgatib, mustamlakachilikdan qutilish muammolarini turli yo’llar bilan tushuntirmoqda edi. «Turkiston viloyatining gazeti», saxifalarida jadid maktablariga qarshi fikrlar tez-tez berib turildi. Jumladan gazeta saxifalaridan birida shunday fikrlar beriladi. «Usuli jadid «degani kaerdan chiqdi. Bu nechuk? Masalan: ota-bobolarimiz usuli qadim ila ukub mullo bo’lganlar va biz ham usuli qadimni ukub bir nima bilib edik. Usuli jadid degan bir tarnoy bid’atturki, yaqin fursatda chiqmishdur.»
Ayni paytda shu gazetani 1908 yil yilgi saxifalaridan birida shunday fikrlar bor: « Usuli jadid nadur?», usuli jadid yangi usul damakdir. Yangi usul deganda, usuli e’tiqod va ibratda yangilik demak emas, balki, so`ng zamonlarda xalqni faqirligi sababli bik xizgonch bir holda tushgan maktab va madrasalarimizning kerak idorasini va kerak ta’lim tadris kayfiyatlarini isloh etmokdan iboratdir.
Munavvarqori Abdurashidxonov jadidlar qoralanayotgan bir paytda mazkur maktablar va ma’rifiy harakat to’g’risida shunday fikrlarni bildirgan edi: «Jadidchilikka xanday baxo berish to’g’risida quyidagi asoslarni keltiraman:
Jadid maktabi qay vaqtda va kimlar qo’li bilan vujudga chiqdi? Mana buni tekshirish uchun 20 yil ilgariga qarash albatta lozim. Hozirgi paytda o’rta ma’lumotga ega bo’lgan kishilar Moskov va boshqa joylarga borib o`qishni xavas qilsa, avvallari savodi chiqqan har bir kishi Buxoroga borib o’qishni o’zi uchun bir sharaf deb bilar edi. Chunki ular ilmni faqat dingina deb bilar edilar. Muhit ham shuni taqozo qilar edi. Jadid maktabi tashkil qilgonlar ham eski maktab, Madrasa va Qorixonalar yetishtirgan kishilar edi. Ular yolg`iz Bog`chasaroyda chiqadurgon Ismoil Gasprinskiyning maktabini yaxshi tushunib, kitoblar oldirar edilar.
Ko’rinayaptiki, taraqqiyparvar Munavvarqori Abdurashidxonov jadidlar qoralanayotganda ham ularga ayni paytdagi xolatdan kelib chiqib baxo berish zarurligini aytadi. Chunki ayni paytda yangi usuldagi maktablar ayni vaqtda zarur va lozim edi.
Yangi usul maktablarini faqatgina chor hukumatigina emas, chor hukumatiga sodiq bo’lgan mahalliy mutaassib ruhoniylar,shu bilan bir qatorda eski maktab domlalari, «usuli qadim» tarafdorlari ham yoqtirmas edi. Ular yangi usul maktablarini «Islom diniga raxna uradi», bu maktablarning muallimlari kofir, deb tashviqot olib borganlar. Mahalliy mutaassib dindorlar yangi usul maktablarini qoralashda va ularni tugatishda chor amaldorlariga yordam berib to’rganlar, yangi usuldagi jadid maktabi muallimlarini yomonlashdan o’zlarini tiymaganlar.
1908 yillarga kelib, Turkiston ulkasida yangi usuldagi maktablar soni ko`paya bordi. Chor hukumati ham ularni zo`rlik bilan bekitishga qurbi yetmay qoldi. Aksincha Turkiston o`lkasiga yangi usuldagi maktablar ochish uchun muallimlarning ruxsat so‘rab yozgan arznomalari ko‘payib bordi. Xatto jadid maktabla­rini ochish ta`qiqlab quyildi. 1910-19» yillar oraligida chor amaldorlari yangi usuldagi maktablarning 50 dan ziyodini yopib kuydi. Shunga karamasdan, fidoyi taraqqiyparvar muallimlar sa’y-harakati tufayli «usuli jadid» maktablari yanada ko`payib bordi. Y. Abdullaevning ma’lumot berishicha «19» yil 31 iyulda Turkiston general-gubernatori maxkamasiga bergan ma’lumotiga ko`ra, Toshkentning eski shahar qismida 16 ta yangi usul maktabi bo’lgan. Keksa kishilardan surishtirib aniqlashimizcha, 1917 yil arafasida Qo`qonda 24 ta (Besharik va Bogdoddagi yangi usul maktablari ham shu xisobga kiradi), Andijon shahri hamda shahar atrofidagi kishloklarda 34 ta yangi usul maktabi bo’lgan». Turkistonda yangi usul maktablarining alohida yagona dasturi bo`lmagan. Jadidlar taraqqiy etgan musulmon mamlakatlari mak­tablari, Ismoil gasprinskiyning usuli jadid maktabini o’rganishlari natijasida va o’zlari ijodiy raviщda mahalliy sharoitga moslab o’quv ishlarini olib borganlar. Ular «usuli jadid» maktablari uchun darsliklar kam bo’lganligi tufayli o’zlari darsliklar yozganlar.
Yangi usul maktablarida ta’lim-tarbiya «usuli-xadim» maktablariga qaraganda juda yaxshi yo’lga quyilgan edi. Bu maktab- larda din darsi ham inkor qilinmay, aksincha, chuqur Urgatilgan. Jumladan,»Tarixi anbiyo», «Turkiy akoid». «Sabotul ojizin», «Islom tarixi» Quron» ning o‘qilishi - qiroati, «Tajvid» nomli kitoblari vositalarida darslar o‘tilgan. Munavvarqori Abdurashidxonovning «Xavoyiji diniya» kitobi ham alohida darslik sifatida qo’llanilgan.
Turkistonda yangi usul maktablari ikki bosqichdan iborat bo’lgan. Birinchi qismi ibtidoiy, ya’ni boshlang’ich deb nomlanib, 4 sinfdan iborat bo’lgan. Ikkinchi qismi 3 yoki 4 sinfni o’z ichiga olgan. Bu qismi rushadiy “o’rta” deb nomlagan. Yangi usul maktablarida asosan bepul o`qitilgan. Bu maktablarda asosan o’g’il bolalar o’qigan. Ammo Toshkent, QO`QON, Kattaqo’rg’on kabi shaharlardagi « usuli jadid» maktablarida qiz bolalar uchun ham maxsus sinflar tashkil qilingan. Xatto qiz va o’g’il bolalar birga o’qiydigan sinflar ham bo’lgan.
Munavvarqori Abdurashidxonov 1890 yilda, 22 yoshida Toshkentning xozirgi Mirobod bozori yaqinida , 1907 yilda Shayxontoxur daxasidagi o’z uyida jadid, ya’ni yangi maktab ochadi. Mazkur maktab va unda tashkil etilgan ta’lim-tarbiya ishlari, o`qitish uslubi o’z mazmuni va xususiyatiga ko‘ra butunlay yangi va ilg’or bo’lib, tez orada millatni madaniy-ma’rifiy, ijtimoyi-siyosiy va oxir-oqibatda, iqtisodiy taraqiyotga olib chiqaruvchi juda katta omil hamda imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Maktabda o’qituvchilar yozish, o`qishni bilishi va jismoniy sog‘lom o‘sishi uchun partalarga o’tkazilgan, o`qitish ko‘rgazmali, o‘rgatiladigan bilim va fan asoslari amaliy xususiyatga ega bo’lgan, ya’ni kasb-hunarga hayot uchun zarur bo’lgan talablarga yaqinlashtirilgan.
Xaqiqiy insonparvarlik, o’zaro hurmat va demokratik tamoyillar diniy va dunyoviy bilimlar Munavvarqori Abdurashidxonov maktab tuzilishi asosini tashkil etadi.
Munavvarqori Abdurashidxonov jadid maktabi ta’lim-tarbiya uslubiy ishlarini takomillashtirish bilan cheklanmaydi. U butun o’zbek milliy xalq maorifining butunlay yangi, mukammal, zamonaviy boshlangich (ibtidoiy), umumta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’lim tarmoqlari majmuiga asos soldi. U o’z dasturida bolalarni har tomonlama, ham aaqliy, ham jismoniy, ham estetik bir butun uyg‘unlikda bilimlarni hayotda bevosita qo’llashga o’rgatishga alohida e’tibor beradi.
Moxir pedagog va bolalar ichki dunyosini yaxshi biladigan bo’lgan Munavvarqori Abdurashidxonov o’qish uchun faqat ota-onaninggina emas, balki bolaning ham roziligini xisobga olish zarurligini aytadi. Uning ta’kidlashicha, bolalar avvalo maktabning ichki tartib qoidalari, ya’ni daryo va tanaffus vaqtlarida o’zini qanday tutish, muallim va o’z safdoshlari bilan qanday muomalada bo’lish, kitob va daftarlarni qanday saqlashni bilishi kerak. Bolalarga beriladigan tanbex va jazo juda demokratik va insonparvarlik ruhida bo’lishi lozim. Masalan, ogoxlantirish, yengil tanbex berish, darsdan so`ng olib qolib ,o‘tilgan mavzularni takrorlashga majbur etish, sinf burchagiga turgazib quyish, xayfsan bildirish va nixoyat maktabdan xaydash kerak.3
Munavvarqori Abdurashidxonov maktab tartib-qoidalariga qat’iy amal qilishni muallimlardan ham talab qilgan, bolalar bilan qo‘pol muomalada bo’lishni, ularni urish va jerkishni qat’iyan taqiqlangan.
Munavvarqori Abdurashidxonov maktabida 1915 yilda 150 ta o’quvchi bo’lgan. Shulardan 30-35 foizi kambag’allarning bolasi bo’lib, bepul o’qitilgan. Ular o’quv darsliklari va qurollari bilan bepul ta’minlangan. Qolganlari esa, o’qish uchun har oyda baxoli qudrat 50 tiyindan to bir yarim so’mgacha pul to‘lagan. Ba’zi badavlat otalar 2 so’mdan ham berib to’rgan. Bir kunda 50 minutdan uch dars o’qitilgan. O`n minutdan bir saotgacha kichik va katta tanaffuslar joriy etilgan.
Ayni paytda hukumat chor amaldorlari qo‘lida bo’lganligi uchun yangi usuldagi maktabda bolalarni maxsus binoda o’qitishning imkoniyati yo‘q edi. Shuning uchun ham yangi usuldagi jadid maktablari mashgulotlari muallimlar va boshqa ilmga rag‘bati bor kishilar uyida olib borilgan. Yangi usul maktablarida bo­lalar sinf-sinfga bo’lib o’qitilgan, ular parta yoki stol-stullarga o`tirishgan. Dars aniq dastur asosida olib borilgan, mashrulotlar jadvallarga rioya qilingan holda tuzilgan. Bu jadvallar asosida din, arab tili, shifoxiya (arab tili amaliy mashgulotlari), islom tarixi, ona tili, fors tili, turkiy adabiyot, tarix, axloq, jurrofiya, xisob, rus tili va boiщa fanlar o’qitilgan. Jadid mktablaridagi ta’lim va darsliklarda Munavvarqori Abdurashidxonov Abdurashidxonovning ma’rifiy qarashlari yaqqol namoyon buladi. Birinchi bobdagi «Munavvarqori Abdurashidxonov-ma’rifatparvar» bo’limida uning «usuli jadid» maktab 4 sinfdan iborat ekanligini aytgan edik. Yuqorida keltirilgan jadid maktablarining birinchi bosqichi Munavvarqori Abdurashidxonov maktabiga ham tegishlidir. Ayni paytda Toshkentdagi usuli jadid maktablari­ning dasturlarini ham Munavvarqori Abdurashidxonov Abdurashidxonov tuzgan. Munavvarqori Abdurashidxonov 19» yilda 6 yilga muljallangan dastur tuzadi va uni amalga oshira boshlaydi, Munavvarqori Abdurashidxonovning «Namuna» nomli maktabida bir necha yuz bolalar taxsil olganligini aytib o’tgan edik. Ulug ma’rifat- parvar Toshkent shahrida «qadimchilar» tomonidan «kufr uyasi» deb atalgan yangi maktab orkali ma’rifat uchogini ocha boshladi. Turkiston bolalarini yangi maktab ta’limi orqali yangi ma’naviyat sari yetakladi, U «usuli jadid» maktabini madaniyat maskaniga aylantirdi, «usuli jadid»maktabiga xalqni milliy mustaqillik uchun kurashga hozirlaydigan targ’ibotxona sifatida qaradi. U o’z faoliyati bilan eski maktablarni tubdan islox qilmay turib, insonlarning ongida o’zgarish yasab bo‘lmasligini anglatishga intildi.4
Munavvarqori Abdurashidxonovning nazarida haqiqiy millatparvarlarni o‘sha vaqtda mavjud bo’lgan»usuli qadim» maktablari ham emas, rus-tuzem maktablari ham emas, balki Turkiston o‘lkasida shakllanib kelayotgan, taraqqiyot masalalarini o’zida mujassamlashtirgan «usuli jadid» maktablarigina yetishtirib bera olar edi. Shu bilan bir qatorda, Munavvarqori Abdurashidxonov ''usuli jadid»maktab ta’limi xususidagi o’z qarashlarini tarkatishga harakat qildi. U Turkistonda maktab ta’lim va maorifni rivojlantirish, ko‘plab yangi maktablar ochish, ulkada taraqqiyparvarlar tomoni­dan tashkil qilinayotgan bilim o‘choqlarini ko‘paytirish uchun targ’ibot hamda tashviqot ishlarini kuchaytirdi. Munavvarqori Abdurashidxonov maktab ta’limi yaxshi yo’lga quyilmagan o‘lkada ziyo taraqatishning turli yo’llarini qidirdi. Shu maqsadda «usuli jadid» mak­tablari uchun darsliklar yozdi. Munavvarqori Abdurashidxonov bu darsliklari orqali komil farzandlarni voyaga yetkazishning asosiy sharti ta’lim va tarbiya birligi deb bildi. Uning darsliklarida va maqolalarida ta’lim-tarbiyaning muhim tomonlari o’z aksini topgan. Munavvarqori Abdurashidxonovning maktab va maorif soxasidagi faoli­yati, pedagogik qarashlari pedagogikamiz tarixidagi yorqin saxifani tashkil etadi.
Xullas, Munavvarqori Abdurashidxonov o’z mexnat faoliyatini Toshkent shahrida yangi usul jadid maktabini ochish 1901 yil va uning 1-sinfida muallimlik qilish bilan boshladi. Hayotining ko‘p yillarini o`qituvchilikka bag‘ishladi. Maktab o’qituvchilariga raxnamolik ko’rsatdi. 1920 yildan Toshkentdagi N. Narimonov nomidagi o’g’il bolalar pedagogika texnikumida . o’qituvchilar tayyorlov kurslarida ona tilidan daryo berdi. (2 sinf uchun o’qish kitobi ) « Adibi soniy», «Er yuzi» (jug’rofiya) daryoliklarini yaratdi, 3-4 sinflarida o`qish daryolarida foyda- lanish uchun Kamiy , Xislat , Sufizoda, Hamza kabi shoirlarning she’rlaridan kirgan « Sabzavor» nomli to`plamni tuzdi. Qur’onning o`qish yo’l-yo`riqlari bayon qilingan «Tajvid' ni tatar ti­lidan tarjima qildi. Diniy qoidalar tushuntirilgan» Xavoyiji diniya» qo’llanmasini o’zbek tilida yozib nashr etdi.
Oktyabr tuntarishidan so`nggi uch yillikda besh yillik o’zbek maktablari 1-2 sinf o’quvchilari uchun turt kitobdan iborat «O’zbekcha til sabokliri» daryoliklarining ilk muallifi bo’ldi.5
Munavvarqori Abdurashidxonovning bolalarga atab yozgan she’riy hikoya va masallari mavjud. Shoir bu asarlarida bolalarda vatanga sadoqat, mehr-muxabbat, insoniylik, to‘grilik, mexnatsevarlik fazilatlarini tarbiyalashga e’tibor berdi. Uning fikricha, Vatanni sevish, uning gullab-yashnashi uchun mexnat qilish va o’qib -ulg‘ayish zarur. Bilimsizlik - nodonlik, yalqovlik demakdir, Munavvarqori Abdurashidxonov «yalqovlik yovimizdir» she’rida yoshlarni bilimlarni egallash, mexnat qilishga da’vat etib, shunday deydi: qo‘zg‘oling, ey urtoqlar, keldi bizga ishlash chori, Biz barchamiz, yosh ishchimiz, ishxonamiz maktab bog’i, To’ring , tezrok ish boshlaylik, Yalqovlikni biz tashlaylik!
U bolalar kalbiga Vatan go‘zalligini singdirib, ularni vatan oldidagi fuqarolik burchini yuksak darajada bajaradigan kishilar qilib kamol toptirishni, Vatan o’z farzandlaridan najot kutib turganligini ta’kidlab deydi:
Jannat kabi guzal yurtning yiglab sendan ish ko’tadir.
Seni kurgach, ishsizlikni xasrat chekib kon yutadir.
Tur o’rningdan, och ko’zingni ,
Ayt yovingga so`ng so’zingni.
Munavvarqori Abdurashidxonovning fikricha, yesh avlodni tarbiyalash orqali millatni uyg‘otish, Vatanni ozod qilish, xalqni ma’naviy yuksaltirish, boyitish va farovon turmush kechirish mumkin.
Munavvarqori Abdurashidxonov « yov» deganda ikki narsani - yalqovlik, ishyoqmaslik, dangasalikni nazarda to’tadi. U bolalarni yoshlikdan boshlaboq bu illatlardan qutqarib , ularda shijoat, g`ayrat - jasorat va mardlik xislatini tarbiyalashni orzu qiladi. Uning ta`kidlashicha, «yov-bu el-yurtni zulukdek surib yotuvchilardir.» Munavvarqori Abdurashidxonovning fikricha, ulardan xoli bo’lishning asosiy yo’li yoshlarni tez va qisqa muddatda xat - savodini chiqarib, ularni fan - texnika yutuqlari bilan kurollantirishdan iboratdir. Ulur mutafakkir bolalarga murojaat qilib shun­day deydi:
Siz ham to’ring, ey o’rtoqlar.
Yurt orzusini yoshlar saklar.
Tirik bo’lsang, kuzgol, O’rtoq!
Qo’lga ishni tez ol,o’rtoq!
Munavvarqori Abdurashidxonov yoshlarni mexnatsevar, yuksak axloqli, umu- minsoniy qadriyatlarga sadoqatli qilib tarbiyalash zarurligini ta`kidlar ekan, ota-onalarni bola tarbiyasidagi muqaddas burchlarini to’g’ri xis etishga da’vat etadi. U bu xususdagi lkrlarini « Har kim ekkanini urar» nomli she’riy hikoyasida erkin ifodalaydi,
Uning hikoyasida keltirilishicha bir kishi soch-soqoli okarib, kuchsizlanib, o’rnidan turishga ham madori qolmaydi. Otadan qutulish uchun urli, kelini va nevarasi maslaxatlashib, uni saxroga chiqarib tashlashga haror qiladilar. O’g’il bilan ne­vara uni kutarib olib, saxroda bir manzilga yetganlarida, ota shunday deydi: «Men ham otamni shu yerga keltirib tashlagan edim, navbat endi o’zimga keldi, Xalqda «Har kim ekkanini urar! degan matal bor». Bu so’zni eshitgan o’g’li uylanib, o’z xilmishidan pushaymon buladi, xungrab yiglaydi va umr buyi otasiga xizmat qilishga va’da beradi. Bu hikoyada kim ota-onasiga qanday xizmat qilgan bo’lsa, bolasi ham unga shun­day xizmat qiladi, bolasidan qaytadi degan g’oyani olg‘a suradi.
Munavvarqori Abdurashidxonov ota-onalarni bolalar ongida ma’naviyat, na- fosat hamda guzallik tuygusini uygotish,ularni shu fazilatlar egasi qilib tarbiyalashga undab, ular e’tiborini «Ko’zi va «Kesh» she’rida tabiat go‘zalligiga, har bir faslning o’ziga xos, inson qalbiga hayot baxsh etuvchi holatlariga jalb etadi. u go‘zallikdan bolalarni baxramand qilishni tavsiya etadi.



Download 83,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish