xalqni tinchitishga urindi. Xalq undan oqsoqoini berishni talab qildi.
Putinsev ham muzokara o‘rniga kuch ishlatishni afzal ko‘rib,
to‘pponchasini g'ilofdan chiqarib dag‘dag‘aga o‘tdi. Sabr kosasi toMgan
olomon, uzoq oylab o‘tirmay, hokimga hujum boshladi. Qurollangan
soldatlar etib kelgach, isyonni bostirdilar. Natijada ko‘p kishilar halok
bo‘ldi yoki yaralandilar. Q olga olingan 60 kishi turli muddatlarga
qamoq jazosi va surgunga hukm qilindi.
Turkistonda ko‘tarilgan ozodlik harakatining yana biri 1898- yilgi
Andijon qozg‘olonidir. Qozg'olonga Andijon yaqinidagi Mingtepa
qish!og‘ida yashovchi Muhammad Ali Eshon boshchilik qildi.
Qozg‘olonchilar Andijondagi mustamlakachilarning harbiy gornizoniga
bostirib kiradi va bu yerdagi qurol-yarog‘larni egallashadi.
Yordamga
yetib kelgan qcfshinlar shaharrii o‘rab olib, qo‘zg‘olonni harbiy kuch
bilan shafqatsizlarcha bostiradi.
Jazo qo‘shinlari Muhammad Ali Eshonni tutish uchun Mingtepaga
bostirib kirdilar, uch soatcha otishma va tintuv o‘tkazdilar. Nihoyat,
Eshon Arslonbob yaqinidagi Toshko‘prikda qo‘lga tushirildi. Eshon va
uning muridlari, tanish-bilishlari, maslakdoshlariga nisbatan dahshatli
qatag‘on uyushtirildi. Dukchi Eshon osib o‘ldirildi, uning 45 nafar
yordamchilari qatl etildi, 208 kishi Sibirga surgun qilindi. Dukchi
Eshon
qozg‘oloni izsiz ketmadi. Butun Farg‘ona vodiysida mustamlakachilarga
qarshi harakat davom etdi. Yakkatut, Namangan, Beshariq, Marg‘ilon va
boshqa tuman, qishloqlarda mustamlakachilarga qarshi harakatlar bo‘ldi.
Rossiya imperatori Nikolay II 1916- yil 25- iyunda Turkiston, Sibir
va Kavkazdagi 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkaklarni front
orqasidagi xizmatlar uchun safarbar qilish tog‘risida farmon chiqardi.
Turkiston general-gubernatoriga zudlik bilan farmonni amalga oshirish
buyurilib, Sirdaryo viloyati zimmasiga 87 ming, Samarqandga 38 ming,
Farg‘ona zimmasiga 50 ming kishi yuborish majburiyati yuklandi.
0 ‘lkada safarbar qilinuvchilarning ro‘yxatlari tuzila boshlandi.
Xalq bu tadbirga “mardikorlikka olish” deb nom berdi. Mahalliy
ma’muriyat mardikorlikka chaqirishni boylik orttirish vositasiga
aylantirdi. Boylarning o‘g ‘illari pul bilan qutulib qolar, hambag‘al
oilalar esa yolg'iz og‘ildan, bo‘quvchisidan ayrilar edi. Bu hoi xalqning
kuchli noroziligiga olib keldi. Iyul oyida Xojand shahrida norozilik
namoyishi boshlanib ketdi. Unga dehqonlar, mardikorlar, chorakorlar,
ayollar-jami 3000
dan ortiq kishi qatnashib, namoyish “Mardikor
bermaymiz!” shiori ostida o‘tdi. Politsiya namoyishni bostirishga
kirishdi, ular ustiga tosh yog'ildi. Harbiy qismdan soldatlar etib kelib
П6
politsiyachilar bilan birgalikda namoyishni bostirdi. Samarqand
uezdining Urgut qishlog‘ida g‘azabga kelgan 2000 kishilik dehqonlar
olomoni volost boshqaruvining mahkamasi oldiga to‘p!andi. Mahkama
xodimlari kaltaklandi. Olsha kuni Samarqand uezdining Siyob, Mahalla,
Xo‘ja Ahror va Angor volostlarida ham namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
11- ivulda
Toshkentda
hunarmandlar,
ishchilar,
shahar
hambag‘allari va shahar atrofidagi dehqonlar Beshyog‘ochdagi politsiya
boshqarmasi tomon yo’l oldilar. Namoy ishchilar «bolalarimizni
bergandan kora ozimiz olganimiz yaxshiroq, podshoh o‘ lib ketsin» deya
maydonni larzaga keltirib qichqirdilar. Mahalliy aholi faollaridan Yolchi
Ibrohimov (konchi), G‘ulom Kamolov (g‘isht teruvchi),
ishchi ayol
Zuhrabibi Musayeva va boshqalar xalqni podshoh hukumatiga qarshi
qat’iy kurash boshlashga da’vat etdilar.
Tez orada jazo qoshini etib keldi. Natijada ular 5 kishini otib
oldirishdi, 15 kishi yarador bo‘ldi. Noroziliklar Farg‘ona vodiysida
tobora kuchaya boshladi. G‘alayonlar Qo‘qon shahri, Kattaqorg‘on,
Rishton qishloqlarida ham bo‘lib otdi. Ulaming barchasi ayovsiz
bostirildi. 9 iyul kuni Andijon jome masjidida podshoh farmoni oqib
eshittirildi. Aholi yashin tezligida maydonni toldirdi. Xalq safarbarlikni
bekor qilishni talab etdi. Politsiya va kazaklarga hujum boshlandi.
Jazolovchilar qozg‘olonchilarga o‘t ochib 3 kishini oldirib, 12 kishini
yarador qildilar.
1916- yildagi qozg‘olonning eng kuchli nuqtasi Jizzaxda bo‘ldi.
Shahar aholisi 13- iyul kuni safarbarlikka chaqirilganlar
royxatini talab
qilib oqsoqol va mingboshi mahkamasiga to‘p!andilar. Oqsoqolni
oldirib, mingboshi mahkamasini vayron qildilar, royxatni topib olib
yondirib tashladilar. Iyul oyiga kelib butun Turkiston o‘lkasida harbiy
holat e’lon qilindi. Jazo otryadlari va mustamlakachi ma’murlarga juda
katta huquq berildi. Qozg‘olonchilar safi kengayib bordi. 18 iyul kuni
Nazirxo‘ja Eshon boshchiligida yangi shahar tomon yurdilar. Jazo
otryadi bilan qozg‘olonchilar o'rtasida bo‘lgan toqnashuvda ikkala
tomondan ham qurbonlar bo‘ldi.
Turkiston general-gubematori Jizzax qozg‘olonini bostirish uchun
polkovnik Ivanov boshchiligida oltita top va 13 ta rota askar, 300
kishilik kazak otryadi va 3 rota sapyorlami safarbar etdi.
Jazo I otryadi
qozg‘olonni shafqatsizlarcha bostirdi. Omon qolgan Jizzax aholisi
jazirama cho‘lga haydaldi. Jizzax ishi bo'yicha 1000 dan ortiq kishi
hibsga olindi, 151 kishi sud qilinib, turli muddatlarga qamaldi. 1916-
yilgi qozg‘oion butun Turkistonga yoyildi, dehqonlar va kambag‘allar
1 17
-
qozg‘olonni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo‘ldi. Qozg'olon
bostirilgan bo‘lsa-da, mustamlakachilar ham anchagina kuchlaridan
ajraldilar. Shuning uchun ham, A. F. Kerenskiy “Urush frontlariga yangi
bir front-Turkiston fronti qo‘shildi”, - deb vaziyatga jiddiy baho bergan
edi.
1916-yil
qozg‘oloni
o'lkadagi
Rossiya
Imperiyasi
mustamlakachilik tizimining yemirilayotganidan darak berardi.
Do'stlaringiz bilan baham: