O‘zbekistonimizning xalq xo‘jaligini turli sohalarini yanada rivojlantirish orqali xalqning moddiy, ma’naviy jihatdan talablarini to‘la qondirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi
KIRISH O‘zbekistonimizning xalq xo‘jaligini turli sohalarini yanada rivojlantirish orqali xalqning moddiy, ma’naviy jihatdan talablarini to‘la qondirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Shu boisdan keyingi yillarda xalq xo‘jaligi va inson kamolotini rivojlantirishni ustuvor yo‘nalishlari belgilanmoqda. Ayniqsa qo‘yilgan vazifalarni bajarishda ilm fan oldiga katta ma’suliyat yuklatilmoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari tobora xal qiluvchi omillardan biriga aylanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin respublika hukumati qishloq xo‘jalik sohasida chuqur islohotlarni o‘tkaza boshladi. Mamlakat aholisini oziq-ovqat, chorvachilikni em-xashak, sanoatni xom-ashyo bilan to‘la ta’minlash vazifasi qishloq xo‘jalik mehnatkashlari, mutaxassislar oldiga asosiy vazifa qilib qo‘yildi.
Iqtisodiyotni izchil isloh etish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, sanoatni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish kabi ustuvor vazifalarni amalga tadbiq etishda ilm-fan va innovatsiya yutuqlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Aytish joizki, innovatsion loyihalar nafaqat sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni ekologik jihatdan toza va sifatli mahsulotlarni tayyorlashga, balki atrof-muhitni izchil muhofaza qilishga ham xizmat qilmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan 2009-yil “Qishloq taraqiyoti va faravonligi” yili deb belgilanshi. Keyinchalik 2017-yil O’zbekiston Respublikasi prizidenti Shavkat Mirziyoyev tamonidan 7-fevralda qabul qilingan PF-4947-sonli qaroriga asosan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora tadbirlar to’g’risidagi qarori qabul qilindi. Qarorga asosan qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish: Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
Paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo’shagan erlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog’ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog’ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;
Fermer xo’jaliklari, eng avvalo, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanayotgan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rag’batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hozirgi kunga kelib PF-5853 23.10.2019 O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida farmon imzolangan.
Respublikamiz mustaqilligidan so'ng mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi rivojlanishi bilan bir vaqtda yangi zamonaviy mashinalar ham kirib kela boshladi Neft zaxiralarining kamayib borishi, ekologik muammolarning keskinlashuvi, shuningdek anʼanaviy energoresurslar bahosining doimiy oʻsishi bilan keyingi yillarda butun jahonda muqobil ѐnilgʻilarga boʻlgan qiziqish ancha ortdi va bu kabi masalalarni xal etilishi Respublikamizda energetika va ekologik muammolarini hal qilishning yechimlaridan biri boʻlib xizmat qiladi. Xoʻjalikda faoliyat koʻrsatadigan boʻlgʻusi mutaxassislar, neft maxsulotlaridan samarali foydalanishi, ularning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash usullarini bilishi va ularning ishlatishga yaroqliligi toʻgʻrisida xullosa qilishlari lozim. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki neft maxsulotlarini saqlash va uni keying avlotlarga ham yetkazish asosiy masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Shuni takidlash lozimki hozirda ishlatilayotgan qishloq xo’jaligi texniklarida foydalanilayotgan D-240 dvigatellarini ishlatish va ularning hizmat muddatlarini oshirish chora tadbirlaridan biri bu dvigatelning moylash sistemasida ishlayotgan moyning hususiyati va tarkibi asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Moylarning tarkibidagi qatiq jisimlar o’zaron brikuvchi detallarning orasiga kirib ularning uzoq muddat ishlashiga to’sqinlik qiladi. Buni oldini olish maqsadida dvigatellarning moylash sistemasida qo’lla nilayotga moy tozalash filtirlarini takomillashtirish dvigatellarni ishlash muddatini oshirish uchun asosiy omil hisoblanadi