Аср бошларида Фарғона водийсида Миллий озодлик харакатлари Andijon qoʻzgʻoloni



Download 39,6 Kb.
bet1/2
Sana29.12.2021
Hajmi39,6 Kb.
#79659
  1   2
Bog'liq
2 5398055905684097452


19-20 аср бошларида Фарғона водийсида Миллий озодлик харакатлари

Andijon qoʻzgʻoloni

Andijon qo‘zg‘oloni (1898) -o‘zbek xalqining mustamlakachilik va milliy zulmga qarshi ozodlik harakati. Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni (voqeasi) nomi bilan ham mashhur. Unga Andijon uyezdining Mingtepa qishlog‘ilik Muhammadali 510xalfa Sobir o‘g‘li rahbarlik qilgan.Turkistonda Rossiya imperiyasining 19-a. ikkinchi yarmida o‘rnatgan mustam-lakachilik tuzumi mahalliy aholini siyosiy huquqlardan mahrum etdi, mil-liy, liniy qadriyatlarini tahqirladi, iqtisodini esa imperiya maqsadlariga bo‘ysundirib, xalqning turmushi, moddiy ahvolini yomonlashtirib, qashshoqlanishiga olib keldi. Ayniqsa Farg‘onada Rossiya sanoati uchun zarur bo‘lgan paxta xom ashyosini yetishtirish-ga zo‘r berilishi natijasida viloyatdagi aholi hayoti nihoyatda og‘irlashdi. Og‘ir mehnat sharoitida yetishtiriladigan paxta xom ashyosi arzimas narxda sotib olinib, Rossiyaga olib ketilar, dehqon esa bundan durust moddiy manfaat ko‘rmay, aksincha, turli xil og‘ir soliq, to‘lov va qarzlar iskanjasida yil say-in qash-shoqlashib borardi. Viloyatda paxta ekin maydonlarining tez sur’at bilan o‘sib borishi g‘alla mahsulotlari, burdoy yetishtirishni keskin kamayi-shiga, aholini chetdan keladigan g‘allaga qaram bo‘lishiga olib keldi. Rossiyadan keltirilgan yuqori narxdagi bug‘doyni sotib olib, iste’mol qilishga esa qashshoqlashgan dehqonlarning qurbi yet-may, ahvollari yanada og‘irlashdi.Chorizmning nafaqat iqtisodiy, bal-ki ijtimoiy, siyosiy, milliy zul-mi ham cheksiz edi. Siyosiy huquqlardan mahrum etilgan aholi o‘lkani idora qilish ishi-ga mutlaqo yaqinlashtirilmasdi. Mao-rif, tibbiy xizmat, obodonchilik ish-lari qarovsiz holda bo‘lib, mustabid ma’muriyat bunga mut-laqo mablag‘ ajrat-masdi. Mahalliy ahamiyatga molik sarf-harajatlar aholi zimmasiga yuklatilgan-di. Hukmron millat vakillari alohida imkoniyat va huquklarga ega bo‘lgan holda mahalliy aholi huquqsizlik, zulm va zo‘ravonlikdan azob chekardi. Buning ustiga mahalliy aholining unumdor yerlari Rossiyadan ko‘chirib keltiril-gan dehqonlarga tortib olib berilgan bo‘lib, yer-suv munosabatlari masalasida ham adolatsizlik avjiga chiqqandi.Chorizm hukmronligi davrida o‘lkada mustamlakachilar turmush tarzi orqali kirib kelgan maishatparastlik, qimorbozlik, ichkilikbozlik singari illatlar mahalliy aholining ma’naviy-axloqiy ruhiyati, qadriyatlariga putur yetkaza boshlagandi. Bu illatlarning barchasi bir bo‘lib mahalliy xalqning mustamlakachilarga nisbatan nafratini oshirib, milliy, insoniy g‘ururi, nafso-niyatini tahqirlab, bularga chek qo‘yish istagi kun sayin avj olib borgan, mil-liy ozodlik tuyg‘ulari junbushga kelgan.Qo‘zg‘olondan 3 yil oldin — 1895 y.da Muhammadali eshon Marg‘ilon, O‘sh uyezdlarida lavozimini qayta ti-kladi. Shundan so‘ng qishloqlarda ikki hokimiyatchilikni eslatadigan bir holat yuzaga keladi — xalqqa bir tomondan mu-stabid chorizm hukumati vakili bo‘lgan volost boshlig‘i, ikkinchi tomondan oddiy xalq xohish-irodasini ifoda-lagan rais rahbarlik qila boshlaydi. Bu holat mustamlakachi ma’murlar bilan xalq o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da keskinlashtiradi. Mustamlakachilar zulmidan ezilgan xalq Dukchi Eshon-ga murojaat qilib erk uchun muqaddas kurashga fatvo berishini hamda bu ku-rashga rahnamolik qilishini so‘raydi. Xalq noroziligining jilovlab bulma-idigan darajada kuchayib ketganligi-ni ko‘rgan Dukchi (Muhammadali) Eshon uyida Farg‘ona viloyatining turli bo‘lislaridan kelgan vakillar ishtiro-kida maxsus kengashi bo‘ladi. Shu kengash-da Muhammadali eshon yig‘ilganlarni mustamlakachilarga qarshi bosh ko‘tarishga, ularni yurtdan haydab, ona Vatan mustaqilligini tiklash uchun ku-rashga chaqiradi. Ko‘pchilik bu taklifni ma’-qullaydi. Kengashda Muhammadali Eshon ma’lum qilgan rejaga binoan mu-stabid hukumatning vodiydagi 3 shahar — Andijon, Marg‘ilon va O‘shda joylash-gan harbiy lagerlariga bir kunda hujum qilishga, bu hujum muvaffaqiyatli tu-gasa, Qo‘qonda ham qo‘zg‘olon ko‘tarishga kelishiladi. Marg‘ilondagi harbiy la-511gerga Inoyatxon To‘ra, O‘shdagi harbiy lagerga Umarbek dodxoh, Andijondagi harbiy lagerga esa Muhammadali eshon boshchiligida hujum qilinishi kerak edi. 1898 y. 17 may kuni Muhammadali eshon xalqqa murojaat kilib, ular-ni mustamlakachilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga da’vat etadi. Qo‘zg‘olonchilar Muhammadali eshon boshchiligida Ming-tepadan Andijon sh. tomon yo‘l olisha-di. Yo‘l-yo‘lakay qo‘zg‘olonchilar safi to‘lib borib, shaharga yaqinlashganlarida ularning soni 2000 ga yetadi. Shahar yaqinida Muhammadali eshon o‘z jangchi-larini oxirgi marta ko‘rikdan o‘tkazadi. U qo‘zg‘olonchilarni 5 qismga bo‘lib, har qaysi qismga bittadan bayroq bera-di. g‘arbiy lagerga qilinadigan hujum oldidan so‘nggi nutqini so‘zlaydi. U qo‘zg‘olonchilarni oxirgi daqiqalargacha o‘z qasamyodiga sodiq qolishga, Vatan ozod-ligi uchun muqaddas kurashga da’vat etdi. So‘ngra qo‘zg‘olonchilar Andijon harbiy lageriga hujum qiladilar. To‘qnashuv paytida harbiy garnizon jangchilari-dan 22 kishi o‘ldirildi, 24 askar yarador bo‘ldi. Yarim soat davom etgan qattiq jangdan so‘ng jangovar tayyorgarligi durust bo‘lmagan va qurol-yarog‘i nochor qo‘zg‘olonchilar guruhi to‘qnashuv joyida o‘lgan 11 nafar va yarador bo‘lgan 8 nafar odamlarini qoldirib chekinishadi.Marg‘ilon va O‘sh uyezdlaridagi harbiy garnizonlarga hujum uyushtirish rejalari esa amalga oshmay qoladi, chun-ki chor amaddorlari bundan xabar topib, mudofaa uchun zarur choralarni ko‘rib ulguradilar. O‘sh uyezdida mustabid hukumatga sotilgan xoin — uyezd ming-boshisi Qorabek Hasanov o‘z xalqiga xiyo-nat qilib, mustamlakachilarning harbiy kuchlariga qarshi tayyorlanayotgan hujum haqida podpolkovnik Zaysevga xabar yet-kazadi. Bu voqeadan xabar topgan Umar-bek dodxoh yaxshi qurollanmagan xalqni qurollangan, shay turgan harbiylarga qarshi qo‘zg‘olonga boshlashga jur’at et-maydi.Marg‘ilon harbiy lageriga hujum ham amalga oshmadi. 17 may kuni kechqurun belgilangan joyga odam to‘planmadi. Buning ustiga shu kuni yakshanba, ya’ni dam olish kuni bo‘lib, harbiy lagerda qandaydir marosim bo‘layotgandi. Bunday vaziyatda hujum boshlash xatarli edi. Shu bois Inoyatxon To‘ra o‘z odamlari bilan An-dijonga jo‘nab ketgan qo‘zg‘olonchilarni quvib yetib, ular safiga qo‘shiladi.Qo‘zg‘olon haqidagi xabarlar Na-mangan uyezdi va Yettisuv viloyatiga ham yetib bordi va bu yerdagi aholi to-monidan qo‘llab-quvvatlandi. Yettisuv viloyatining Avliyoota uyezdida Shodi-bek xalfa ismli eshon boshchiligida to‘plangan yuzdan ortiq odamlar dovon-lar qordan biroz tozalangach, Andijon tomon harakat qildilar. Bundan xabar topgan mustabid hukumat qo‘shinlari Namangan va Andijondan ularga qarshi yurdilar va oradan besh kun o‘tgach, Sho-dibek xalfani 23 nafar odami bilan qo‘lga oddilar. Namanganda harbiylar yashi-rin ravishda tog‘ so‘qmoqlarini kezib, 29 nafar qo‘zg‘olonchini, shular qatori 4 boshlig‘ini ham ushlashdi. O‘sha kun-larda Yettisuv viloyatining Prjevalsk va Bishkek uyezdlarida, Sirdaryo viloya-tining Xovos temir yo‘l bekatida ham mirshablar bilan mahalliy aholi o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.Andijondagi qo‘zg‘olondan xabar topgan Chor Rossiyasi hukmdori Niko-lay II qo‘zg‘olonchilardan shafqatsiz o‘ch olishni buyuradi. Bu ishga rahbarlik qilish o‘ta shovinist sifatida dong ta-ratgan Sirdaryo viloyati harbiy guber-natori A.I. Korolkovga topshirila-di. Mustamlakachilar A.q. munosabati bilan butun Farg‘ona vodiysida dahshatli qatag‘on uyushtirdilar. Birinchi navbat-da qo‘zg‘olon rahbari Muhammadali eshon va uning yaqin maslaqdoshlaridan 5 na-fari 1898 y. 12 iyunda Andijon sh. mar-kazida butun vodiy jamoatchiligining 8 mingga yaqin vakili ko‘z o‘ngida osib o‘ldirildi. Keyin boshqalar jazolan-di. Qo‘zg‘olonchilardan 18 nafari osib o‘ldirishga hukm qilindi. 344 nafari 5124 yildan 20 yilgacha muddatga, 3 nafari umrbod katorgaga, 8 nafari turli mud-datga qamoq jazosiga hukm qilindilar. 18 kishi Sibirga surgun qilindi. Jami 388 kishi jazolandi. Qo‘zg‘olon marka-zi bo‘lgan Mingtepa, Qashg‘ar, Tojik qishloqlari uch kun to‘plardan o‘qqa tuti-lib, kultepaga aylantirildi.Jazoga tortilgan qo‘zg‘olonchilarning ijtimoiy tarkibi tahlilidan ma’lum bo‘lishicha, ularning ko‘pchiligi dehqon va hunarmandlardan iborat bo‘lib, sardor-lari orasida 2 nafar dodxoh (general), 7 nafar ponsod (polkovnik), 2 nafar sobiq bek, 40 nafar mulla, 2 nafar mudarris bo‘lgan. Ya’ni, A.q. aholining turli toi-fasi vakillarini qamrab olgan tom ma’-nodagi xalq qo‘zg‘oloni bo‘lgan.A.q. Turkiston hayotida tasodi-fiy hodisa emas edi. Bunga qadar ham o‘lkada mustamlakachilarga qarshi bosh ko‘tarilgan. A.q. 19-a.ning so‘nggi choragi-dagi eng kuchli ozodlik kurashi edi. Ammo puxta tayyorgarlik ko‘rilmaganligi, harbiy imkoniyatlari zaifligi, keng doirada uyushmaganligi tufayli mag‘lubiyatga uchradi. Qo‘zg‘olonning ta-rixiy ahamiyati shundaki, u mazlum xalqning siyosiy ongi va kurash tajriba-sining o‘sishida muhim rol uynadi. Gar-chand A.Q- tor-mor etilgan bo‘lsada, lekin o‘zbek xalqining mustaqillik va ozodlik uchun olib borgan kurashlarining eng yorqin namunalaridan biri bo‘lib qoldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida Andijon sh.ning Mirpo‘stin va Navo-iy ko‘chalari orasidagi ko‘chaga (avvalgi Yangi O‘sh ko‘chasi) "Dukchi Eshon" nomi berildi.Ad.Fozilbek Otabek o‘g‘li, Dukchi Eshon voqeasi, T., 1992; Egamnazarov A., Siz bilgan Dukchi Eshon, T., 1994; O‘zbekistonning yangi tarixi, birinchi kitob [Turkiston chor Rossiyasi davrida], T., 2000.Dono Ziyayeva, Alinazar Egamnazarov.

Adabiyotlar

Dukchi Eshon

CHorizmning Turkistondagi halqlarning vatanparvarlik, kurashchanlik tuyg’ularini barbod qilishga har qancha urinmasin, o’lkaning eng markaziy qismlarida qo’zg’olon davom etib turdi. Rus mustamlakachiligi siyosati va hukmronligiga qarshi navbatdagi qo’zg’olon 1898 yilda Andijonda bo’lib o’tdi va bu kurashga Dukchi Eshon (Muhammad Ali halfa) boshchilik qildi.

Muhammad Ali Muhammad Sobir o’g’li Marg’ilonga qarashli SHaxidon qishlog’ida dunyoga kelgan. U yoshligida Buxoroda va keyinchalik Andijonda Sultonxonto’ra Eshon huzurida tarbiya topadi. Hayoti davomida kishilarga ezgulik va savob ishlarni ko’p qiladi. Sultonxonto’ra vafotidan so’ng esa uning vasiyati bilan Eshonning o’rniga pir bo’lib qoladi.

1887 yilda Muhammad Ali Eshon Makka safariga otlanadi va Afg’oniston, Hindiston, Eron, Saudiya Arabistoni, ortga qaytishda esa Rossiyaning janubiy o’lkalarida bo’lib, u yerlardagi taraqqiyot va halq turmushini o’z ko’zi bilan ko’rib, katta taassurotlar bilan Farg’onaga qaytadi.

Eshon chet el safarida o’rganib kelgan ayrim ishlarning aholi ko’z o’ngida bajargach, halqning unga bo’lgan e’tiqodi va ehtiromi yanada oshib boradi. Muridlari uning hovlisidagi 12 gazli minorasini 34 gazga ko’tarib pishiq g’isht bilan yangilab berishadi va 500 otga mo’ljallangan otxona qurib berishadi. U har kuni yetim-esirlar va beva bechoralarga ovqat qilib ulashadi.

Muhammad Alining halq orasida obro’si nihoyatda oshib ketganligi rus hukumatini tashvishga solib qo’yadi. SHu kunlarda Eshonning hovlisidagi minora qulab tushadi va talabalarni bosib qoladi, oqibatda 23 talaba halok bo’ladi, 15 tasi yarador bo’ladi. Bahona topilgan rus hukumati Eshonni darhol qamoqqa oladi. Biroq jabrlargan va halok bo’lgan talabalarning ota-onalaridan hech qanday shikoyat va da’vo bo’lmaganligi sababli ma’muriyat Muhammad Ali Eshonni ozod qilishga majbur bo’ladi. Bu sud va tergov jarayonlari Eshonning obro’sini nihoyatda, oshirib yuboradi va uning mo’ridlari ko’chalarda namoyishlar uyuushtirishadi. 1895 yilda Eshonning huzuriga Qurbonjon dodxoh tashrif buyuradi. Bu vaqtda uning o’g’li Kamchinbek rus amaldorlarini o’ldirganlikda ayblanib, osib o’ldirilgan edi. Qurbonjon dodxoh esa yana ruslarga qarshi butun qirg’izlarni qo’zg’olonga ko’tarishi mumkinligi va ayniqsa, uning Dukchi Eshon bilan uchrashuvi mustamlakachi hukumatni qattiq tashvishga soladi.

1896 yili esa Ko’gart va Ketmontepa qirg’izlari vakillari Muhammad Ali Eshon huzuriga kelib, rus mujiklarining zo’ravonliklari ustidan shikoyat qilib kelishadi.

1897 yil oxirida bu qishloqlarning aholisi bir yerga to’planib, CHibil oqsoqol va qozoq noibi Mullo Raxmatulla boshchiligidagi ruslarga qarshi urush rejasini ishlab chiqishadi. Bundan habar topgan rus ma’muriyati zudlik bilan yetib keladi, biroq uni ma’rakaga yig’ilganliklarini aytib, tarqalishadi va Eshonni Mingtepaga kuzatib qo’yishadi. Bunda e’lon qilingan g’azotga Muhammad Ali Eshon rahbar etib saylangan edi.

Muhammad Ali Eshon darhol ishga kirishib, gazotga tayyorgarlikni boshlab yuboradi va Farg’ona vodiysidagi mashhur kishilarga, jumladan, Muhammadaliboy, Somiy va Holikberdi oxun, Said Axmadxo’ja, Qurbonjon dodxoh, Muhammad YUsuf eshon, YAxyoxon to’ra xoji va boshqalarga maktublari jo’natadi.

Biroq belgilangan vaqtga, ya’ni 1898 yil 15 yanvarga aytilgan kishilarning hammasi ham kelmaydi. Oqibatda dastlabki urinish qoldiriladi.

Bu orada mahalliy halqlarning Dukchi Eshon boshchiligidagi boshlanishi muqarrar bo’lgan qo’zg’oloni haqida rus hukumati ham habardor bo’ladi va uning oldini olish maqsadida turli fitnalar va ig’volarni rejalashtira boshlaydi.

Qo’zg’olonchilarning susayib qolgan tayyorgarliklari yana tezlasha boshlaydi, biroq endi uni ko’rinmas bir kuch boshqarayotgandek tuyuladi. 1898 yil 17 may kuni ikki yuzdan ortiq g’azabga to’lgan olomon Eshonning uyiga bostirib kelishadi va uni oq qig’izga o’tkazib, xon deb e’lon qilishadi. Biroq, reja bo’yicha uning jiyani Abdulaziz xon etib ko’tarilishi lozim edi.

Qo’zg’olonchilar shu yerdan to’g’ri Andijonga qarab yurish boshlaydilar. Yo’l-yo’lakay boshqa qishloqlarning aholisi ham qo’zg’olonchilarga qo’shilib boradi. Qo’zg’olonchilar Andijonning eski shaharida joylashgan 20-Turkiston liniya bataloni kazarmasiga bostirib kirishadi. Ular 30 ga yaqin miltiqni o’lja olib, uxlab yotgan soldatlarni o’ldirishadi. Biroq, keyingi xonalarda yotgan kazaklar uyg’onib, qo’zg’olonchilarga qarshi otishmalarni boshlab yuboradilar. Bir necha daqiqa davom etgan otishmalardan so’ng qo’zg’olonchilar chekinadilar. Ko’plab qo’zg’olonchilar o’ldiriladi va yarador qilinadi. Kazaklardan 23 kishi o’ldiriladi. Qo’zg’olondan habar topgan podsho Nikolay II Turkiston general gubernatori biron Vrevskiyni lavozimidan chetlashtirib, o’rniga vaqtincha Sirdaryo harbiy gubernatori N.I.Korolkovni tayinlaydi.

Korolkov jazo ekspediiyasi tashkil etib, qo’zg’olon bo’lgan hududlarda ko’plab qirg’inlar va jazolarni amalga oshirdilar. Minterada uch soat davomida to’plardan o’q uzib, uni yer bilan yakson qildilar. Aholini ko’chirib yubordilar. Ko’plab aholi esa bungacha tog’larga qochib ketishga ulgurgan edi. Andijonda ham ko’plab odamlar qamoqqa olindilar.

Qochib ketgan Muhammad Ali Eshon Arslonbob yaqinidagi toshko’prik degan joyda millatfurush qo’qonqishloqlik Qodirqul va YOqub qo’rboshilar tomonidan ushlab olinib, rus ma’muriyatiga topshirildi. SHunga qaramay qo’zg’olonlar davom etdi va kuz fasligacha cho’zildi.

Qo’zg’olon natijasida hibsga olinganlar ko’pchilikni tashkil etgan va rus hukumati tomonidan shafqatsiz jazolangan. Qamoqqa olingan 400 dan ortiqroq tutqunlar umumiy hisobda 4621 yilga qamoq qatorga ishlariga hukm qilinganlar.

Muhammad Ali Eshon boshchiligidagi qo’zg’olon rahbarlari esa 1898 yil 25 iyunda YAngi shahar Tuproqqo’rg’on oldida dorga osib o’ldirildi. SHu tariqa 1898 yil may oyida Andijon halqi tomonidan rus mustamlaka siyosati va hukmronligiga qarshi Muhammad Ali Eshon boshchiligida yuz bergan qo’zg’olon mag’lubiyatga uchradi.


Download 39,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish