Tibbiyot nuqtai nazaridan spirtli ichimliklarni mudom ichaverish oqibatida roʻy



Download 66,95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.07.2022
Hajmi66,95 Kb.
#740274
Bog'liq
Alkogolizm - Vikipediya



Alkogolizm
Alkogolizm — tibbiyot nuqtai nazaridan spirtli ichimliklarni mudom ichaverish oqibatida roʻy
beradigan surunkali kasallik; ashaddiy ichkilik-bozlik. Keng maʼnoda — spirtli ichimliklarni
meʼyoridan ortiq ichishning kishilar sogʻligʻi va mehnat qobiliyatiga, maʼnaviy va maishiy
hayotiga, shuningdek jamiyat farovonligiga yetkazadigan zararlari majmui. Alkogolizm
individual va ijtimoiy hayotning hamma shakllariga taʼsir koʻrsatadi. Ichkilik taʼsirida odamlar
jamiyat va davlat oldida mas’uliyat sezish hissini yoʻqotib qoʻyadi, bezorilik va qonunni
buzishga aloqador boshqa xatti-harakatlarni qilishi mumkin. Alkogolizm ishlab chiqarishga
zarar yetkazadi, mehnat intizomining buzilishi va unumdorligining pasayishi, odamlarning
xastalanib qolishi va hatto bevaqt halok boʻlishiga olib keladi. Mastlikda odamning
muvozanatni yaxshi saqlay olmasligi, diqqati chalgʻib, atrofdagi vaziyatni aniq bila olmasligi
baxtsiz hodisalarga sabab boʻladi. Alkogolizm rivojlanishida boshlangʻich, oʻrta va soʻnggi
bosqich alomatlari kuzatiladi.
Boshlangʻich bosqich — asosan alkogolga nisbatan haddan ortiqroq maylning paydo boʻlishi
va unga boʻlgan chidamlilik (tolerantlik)ning oshishi, qusish himoya refleksining yoʻqolishi,
yashirin yoki yolgʻiz ichib mast boʻlish, ichayotgan alkogol miqdorini nazorat qila olmay
qolishi, perforatsion amneziya, faqat ichaverish toʻgʻrisidagi istakning miyaga oʻrnashib
qolishi, alkogoldan oʻzni tiyganda holsizlanish (asteniya) holatining yuzaga chiqishi bilan
ifodalanadi.
Oʻrta bosqichda — alkogolga boʻlgan chidamlilik juda oshadi, „alkogol ochligi“ — humor
(abstinent) holatining yuzaga kelishi, alkogolga bogʻlanib qolish, soxta mayzadalik
(psevdozapoy), alkogol psixozlari va shaxsning ruhiy jihatdan tubanlashuvi kuzatiladi.
Soʻnggi bosqich esa alkogolga chidamsizlik (intolerantlik), muttasil ichishning davriy tus
olishi, chin mayzadalik, ruhiy va jismoniy zaiflashish, nerv va ichki aʼzolar faoliyatining izdan


chiqishi, dispeptik holat, oʻtkir va surunkali alkogol psixozlari, xotira va es-hushning aynishi
bilan ifodalanadi.
Alkogolizm odam organizmidagi hamma sistemalar va aʼzolar faoliyatiga putur yetkazadi.
Ichkilikboz odam oʻzi ichayotgan ichkilik miqdorini bilmay qoʻyadi, markaziy va periferik nerv
sistemasi faoliyati buzilib (psixik kasalliklar, nevritlar va boshqa paydo boʻladi), ichki aʼzolar
funksiyasi izdan chiqadi. Ichkilikning zaharli taʼsiri moddalar almashinuvi, ayniqsa vitaminlar
almashinuvining buzilishiga olib keladi. Ichkilikboz odam qoʻl barmoqlari, koʻz qovoqlari, til
uchining titrab turishi, shuningdek har kuni bajarib yurgan odatdagi ishini bajara olmay qolishi
mumkin. Koʻp ichadigan odamda koʻz xiralashib, baʼzan quloq ham ogʻir tortib qoladi.
Ichkilikning meʼdaga taʼsiri natijasida shu aʼzoning barcha funksiyalari buziladi. Ichkilik
ayniqsa jigarga zararli taʼsir koʻrsatib, jigar sirrozi yuzaga keladi. Alkogolizm 
pankreatit

qand
kasalligi

stenokardiya
 va 
miokard infarkti
 kasalliklariga ham sabab boʻladi. Ichkilik ichki
sekretsiya bezlari va birinchi galda jinsiy bezlarga zarar qiladi, mijoz susayib, jinsiy zaiflik
paydo boʻladi.
[1]
Ayollar ichkilik taʼsirida tez soʻlib qoladi, pushti susayib, homiladorlik vaqtida
har xil asoratlar koʻproq uchraydi. Mudom ichib yurish kishining barvaqt qarib, nogiron boʻlib
qolishiga olib keladi. Alkogolizmning oldini olish. alkogolizm belgilari paydo boʻlganda,
ichkilikbozni narkologiya shifoxonalariga yotqizib, uzoq vaqt davomida narkolog vrach
kuzatuvida muntazam davolanishni tashkil qilish kerak.
Spirtli ichimliklarning taʼsiri
noaniq nutq,
noaniqlik,
uyquchanlik,
bosh ogʻrigʻi,
buzilgan hislar,
xotirada uzilishlar,
koʻngil aynishi,
qusish va
ongni yoʻqotish.
Agar odam surunkali spirtli ichimliklarni juda koʻp isteʼmol qilsa, spirtli ichimliklarga qaramlik
rivojlanishi mumkin. Agar spirtli ichimliklarga qaram boʻlgan odam toʻsatdan spirtli
ichimliklarni isteʼmol qilishni toʻxtatsa yoki sezilarli darajada kamaytirsa, pulni olib qoʻyish
mumkin. Spirtli ichimliklardan voz kechishi mumkin boʻlgan odamlar darhol bu holatni
davolashda tajribali shifokorga murojaat qilishlari kerak.
[2]


 
Soʻnggi tahrir 6 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Alkogoli
zm&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
1. 
Alkogolizm
2. 
Dependence on Alcohol |url=
https://lagunatreatment.com/alcohol-abuse/
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Alkogolizm&oldid=2400398

dan olindi 
Adabiyotlar


Download 66,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish