O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI
NEMIS TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
Qo‘lyozma huquqida
UDK 811.512.801.673.13
KBK 81.2-7 (Nem, o‘zb)
G‘ 79
G‘ULOMOVA HAMROBONU ABDUXAMID QIZI
MAVZU: NEMIS VA O`ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIZMLARNI TARJIMA QILISH USULLARI
5A120102-Lingvistika (nemis tili)
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Kafedraning 2022-yil ___ mayda Ilmiy rahbar: Katta o`qituvchi N.G.Sodikova
bo‘lib o‘tgan yig‘ilishining Ilmiy maslahatchi: f.f.d., prof. A.A.Yaxshiyev
__ - sonli bayonnomasi bilan
himoyaga tavsiya etildi.
Kafedra mudiri: prof. v.b. P.J.Nazarov
Samarqand-2022
MUNDARIJA
KIRISH 3
I BOB.NEMIS VA O`ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING IFODALANISHI 9
1.1. Tilshunoslikda frazeologik birliklarning o`rganilishi 9
1.2. Nemis va o`zbek tilarida frazeologik birliklarning umumiy tasnifi 22
Birinchi bob bo`yicha xulosa 31
II BOB. NEMIS TILIDAGI FRAZEOLOGIZMLARNI O`ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH MUAMMOLARI 33
2.1. Frazeologik birliklarning tarjima qilish usullari 33
2.2. Nemis tilidagi frazeologik birliklarni tarjima qilishdagi muammolar 45
Ikkinchi bob bo`yicha xulosa 57
III. BOB. O’ZBEK VA NEMIS TILIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING MUHIM BELGILARI……………………………………59
3.1. Frazeologik sistemaning markazi va periferiyasi…………………………….59
3.2. Frazeologiyaning semantik kategoriyalari…………………………………...61
Uchinchi bob bo’yicha xulosa…………………………………………………….66
XULOSA…………………………………………………………………………67
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………………….69
KIRISH
Mana yurtimiz necha asr kim kutgan mustaqillik deb atalmish oliy ne`matni qo`lga kiritganidan keyin yurtimizning ertasi, kelajagi bo`lmish biz yoshlarga qanchadan- qancha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Muxtaram birinchi Prezidentimiz I .A. Karimov tomonidan 2012 yilning 10 - dekabrdagi ”Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish”[Karimov.2011:10] to’g’risidagi PQ-1875- sonli qarorining qabul qilinishi va uning ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy harakatlar bugun yurtimizdagi har bir ta’lim muassasalarida, xususan ilk bilim maskani hisoblanmish maktablarda chet tillarini o’qitish uchun yaratib berilayotgan sharoitlarning va o’quvchilarning xorijiy tillarga bo’lgan qiziqishida o’z aksini topmoqda.
Shu jumladan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” asarida
“Iste`dod, iste`dod va yana bir bor iste`dod sohibalarini topish, tarbiyalash va ularning mehnatini munosib qadrlash eng asosiy vazifamizga aylanishi zarur”[1,56] -deb ta`kidlab o`tadilar.
Mamlakatimizda so`nggi yillarda fan va ta`lim sohasiga alohida e`tibor qaratilishi tadqiqotchilar oldiga tilshunoslikning nazariy va amaliy sohalarida mas`uliyatli vazifalarni qo`ymoqda. Bunday vazifalardan biri chet tillarni o`rganish va o`rgatishdir.
Biz milliy ma`naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o`z oldimizga asosiy vazifa qilib qo`yarkanmiz, bugungi kunda ma`naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta`sir ko`rsatadigan barcha omil va me`zonlarni tahlil qilib, ularning bu borada qanday o`rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo`ladi.
Keyingi yillarda xalqimizning milliy-ma`naviy ko`zgusi bo`lgan boy adabiyotimiz namunalarini chet tillarga tarjima qilish va shu asosda xalqimizning hayot tarzini, insoniy fazilatlarini va milliy qadriyatlarini keng namoyish etish borasida ham katta imkoniyatlar paydo bo`ldi.
Xorijiy tilni o`rganishni istagan har bir inson, avvalo, o`sha tilning grammatikasi bilan tanishishdan boshlaydi. Chunki grammatika orqali biz ana shu tildagi gap qurilishi, qonun-qoidalari, so`zlardan o`z o`rnida to`g`ri foydalana olish ko`nikmasini hosil qilish uchun ham grammatika bilan tanish bo`lishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |