II BOB. NEMIS TILIDAGI FRAZEOLOGIZMLARNI O`ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH MUAMMOLARI
2.1.Frazeologik birliklarning tarjima qilish usullari
Ishimizning ushbu bobida frazeologik birliklarning nemis tilidan o`zbek tiliga tarjima qilinish usullari haqida fikr yuritamiz. Yuqorida aytib o´tganimizdek turli davrlarda turlicha olimlar tomonidan frazeologizmlarni tarjima qilganda muommolarga duch kelishgan. Frazeologik birliklarni tarjima qilinish usullariga to´xtaladigan bo´lsak u haqda turli olimlar tomonidan fikrlar bildirilgan. Aksariyat tarjimonlar frazeologik birliklarni nemis tiliga o`girganda ularda ko`plab muommolarga duch kelishadi. Nemis tildagi ko`pgina asarlarni tarjima qilganimizda ularda ko`pgina muommolarga duch kelishimiz mumkin. Masalan nemis tilidagi Die Geschichte so`zi aynan tarix so`zi bilan mos kelishi mumkin. Lekin nemis tilidan o`zbek tiliga tarjima qilinayotgan asarimizning manosini to`g`ri chiqarib berishimiz lozim.
Tarjima jarayonida tarjimon quyidagilarga alohida e`tibor berishi lozim:
a) frazeologizmlar tarkibidagi so`zlarning moddiy ma`nosini saqlagan holda aniq tarjima qilish;
b) asl nusxadagi frazeologizmlarning mazmuni yoki shaklini biroz o`zgartirgan holda;
v) asl nusxadagi frazeologizmlarni tarjima qilinayotgan tildagi mavjud bo`lgan muqobili orqali o`girish.
Ayniqsa, frazeologizmlar tarkibidagi so`zlarning moddiy ma`nosini to`liq saqlagan holda aniq tarjima qilish eng sermahsul usullardan bo`lib, tilni yangi frazeologizmlar hisobiga boyishiga sabab bo`ladi. Badiiy asarlarni nemis tilidan o`zbek tiliga tarjima qilganda ko`plab usullardan foydalanish mumkin. Masalan:
1. Ilmiy mushohada usuli. Biror bir badiiy asarni o`qish jarayonida beixtiyor ko`z o`ngimizda asarda tasvirlanayotgan voqealar, qahramonlar, joylar, turli holatlar namoyon bo`ladi. O`zimizni qahramonlar dardiga sherikday his qilamiz, ularni o`rtagan tuyg`ular bizni ham o`rtay boshlaydi. Asar o`qish jarayonida biz butunlay yozuvchi yo`rig`ida bo`lamiz. Uning to`g`ri deb bilganlarini kuzatib boramiz yoki biz ham kitobda yozilganlarni to`g`ri deb qabul qilamiz. Lekin asar o`qib bo`lingach, dastlab his qilganlarimiz, tushunganlarimiz, tasavvur qilganlarimizning hammasi ham to`g`ri emasligini anglaymiz. Demak, mushohada orqali dastlabki hislarimizni tahlil qila boshlaymiz. Bu bilan asarni xayolan o`z saviyamizga ko`ra qayta tiklagan bo`lamiz. Qayta tiklash jarayonida ilmiy mushohada usulidan foydalanamiz. Asarda yozuvchi o`zi xohlagan narsani xohlaganiday ko`radi va istaganiday tasvirlaydi. O`zi istagan o`rinlarda atroflicha, turli badiiy tasvir vositalaridan foydalanib, to`lib-toshib tasvirlaydi. Istamagan joylarini qisqagina yoki butunlay ochiq qoldirib ketishi mumkin. Kitobxon esa asarda yoritilmagan, ochiq qolib ketgan o`rinlarni tiklab boradi. Yohud yozuvchi tasvirlagan makonni, qahramonni kitobxon o`zidan kelib chiqib butunlay qayta yaratadi. Badiiy nutqni lingvopoetik tahlil qilishda o`sha ikki jihatni unutmasligimiz kerak. Ba`zan tadqiqodchilar badiiy asarlar nutqini tahlil qilish jarayonida yozuvchining tushiga ham kirmagan fikrlarni «yozuvchining mahorati yoki kashfiyoti» sifatida talqin qilishadi. Bunday xatoga yo`l qo`ymaslik uchun ilmiy xolislikka amal qilish kerak. Ilmiy mushohada usulida har bir til hodisasiga ilmiy mantiqqa asoslanib yondashish talab etiladi.Masalan nemis tilidagi jdm um die Bart gehen [68,10]iborasi o´zbek tiliga tarjima qilinganda so´zma so´z tarjimasi kimningdir soqoliga bormoq shaklida tarjima qilinadi. Ammo bu so´zning badiiy tarjimasi kimnidir dog´da qoldirib ketmoq shaklida tarjima qilinadi.
2. Lisoniy tabdil usuli. Tabdil-«almashtirish, o`zgartirish, o`rin almashtirish» degan ma`noni bildiradi. Asar tilining badiiyligi, ishonarliligi, yozuvchining mualliflik mahoratini aniqlashda ushbu tahlil usuli natijalaridan foydalaniladi. Asarda, badiiy nutqda qo`llanilgan so`z yoki iboralarni, jumlalarni qayta tuzib ko`rish, o`xshashi bilan almashtirib ko`rish va shu asosda baho berish nazarda tutiladi.
3. Badiiy nutq variantlarini qiyoslash usuli. Bu usul orqali ma`lum asar nutqi boshqa variantlari bilan qiyoslanadi va lisoniy farqlarning mohiyati adib nuqtai nazari, badiiy-estetik niyati hamda asar g`oyasiga bog`lab yoritiladi. Yozuvchining badiiy asar nutqi ustida ishlashini o`rganishda, yozuvchi tuzatishlarni ayni bir mazmunni ifodalashga qaratilgan turli vositalarni aniqlashda va umuman yozuvchining tildan foydalanishdagi mohoratini belgilashda bu usul yaxshi samara beradi.
4. Lug`atlarga asoslanish usuli. Asar badiiy nutqi, ayniqsa tarixiy mavzudagi asar yoki tarjima asarlarining nutq xususiyatlari tekshirilayotgan paytda tegishli lug`atlarga murojaat qilish lozim bo`ladi. Masalan, «Shayboniyxon» dostoni badiiy nutqida qo`llanilgan gudar, savash, sovut, sodoq, g`ul, tuv, baydoq kabi o`sha davr ruhiyatiga mos harbiy atamalar ma`nosini bilish asarni puxta o`rganishga yordam beradi. Bu-ku bir necha yuz yil oldingi asar ekan, o`tgan asr boshlarida yozilgan asarlar uchun ham lug`at tuzish oddiy ehtiyojga aylanib bormoqda. Umarxo’jayevning ta`kidlaganidek: «Badiiy nutqning lisoniy tahlilini turli-tuman lug`atlarsiz tasavvur qilish qiyin. Lug`at ustida ishlash o`quvchi va talabalarning so`z boyligini, og`zaki va yozma nutqini o`stirishning eng muhim omillaridan biri bo`lib hisoblanadi va shu lug`at yordamida nafaqat so`zlarning tub ma`nosini, balki ko`chma ma`nolari, har bir so`zning qaysi til unsuri ekanligi, etimologiyasi (so`zning kelib chiqish tarixi va tadrijiy rivoji), tarkibi, ba`zan esa grammatik shakli bilan yaqindan tanishiladi.»[42,142]
Nemis va o`zbek tillarining frazeologiyasi qanchalk boy ekanligini ushbu tillarda chiqqan lug`atlarni ko`rib guvohi bo`lishimiz mumkin. Biroq ushbu tillarda frazeologiyaga doir nazariy va amaliy manbalar kam.
So`z xususiyati va ma`nosini mukammal o`rganmasdan turib til boyligini egallash va undan foydalanish mumkin emas. So`z boyligini oshishida frazeologik birliklar va turg`un so`z birikmalarining roli kattadir. Frazeologik birliklar tilda muhim o`rin egallaydi, til qurilishining lug`at sathini esa leksik va frazeologik qatlamlar tashkil etadi. Lug`at satxidagi frazeologik qatlam ham, uni o`rganuvchi soha ham frazeologiya deb yuritiladi. Mazkur soha juda murakkab lingvistik jarayondir. Chunki frazeologik birliklarning paydo bo`lishidan tortib hozirgi kunimizdagi bo`lgan davrda ushbu birliklarning rivojlanishi, o`zgarishlar va ular ustida olib borilgan mashhur tilshunoslarning ilmiy ishlari va izlanishlarini kuzatish, yangiliklardan xabardor bo`lish, bizning bilim doiramizni kengaytirishga, frazeologiya haqida batafsilroq fikrlashga o`rgatadi.
Hozirgi kunga kelib frazeologiya sohasi keng qamrovda tushunilmoqda, ya`ni frazeologiya qatlamiga nafaqat frazeologik turg`un birliklar, balki, maqol va matallar, naql va latifalar ham kiradi. Ushbu birliklarda xalqning hayotiy muammolari, mehnat-mashaqqatlari, g`am-anduhlari, rohat-farog`atlari, muvaffaqiyat-majburiyatlari, rasm-rusumlari kabilar ifodalanadi. Shunday ekan, ushbu nutq birliklarini bir tildan ikkinchi bir tilga tarjima qilish o`ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Avvalambor, bu ikki nemis va o`zbek tillari tarixan turli tillar oilasiga mansubdir. Bu esa ikki xalqning turli madaniyat va urf-odatlarga ega ekanligiga borib taqaladi.
Bizga ma`lumki, frazeologik birliklar ko`pincha o`z va ko`chma ma`nolarda tushuniladi.Frazeologik birliklarni nemis tilidan o`zbek tiliga tarjima qilishda va ularga muqobil ekvivalent tarjimalarni topishda ba`zi muammolar mavjud. Masalan: Nemis tilidagi jemandem fällt ein Stein vom Herzen (Goethe.J.W.S 49)turg`un so`z birikmasi so`zma-so`z tarjima qilinganda yurakdan tosh ag`darilmoq degan ma`noni anglatadi. Xuddi shu birikma, o`zbek tiliga boshqa so`z birikmasi elkasidan tog` ag`darilmoq orqali beriladi. Keltirilgan misolda frazeologik birlikni o`zak komponentlari ma`nosidan anglashib bo`lmaydi va bu ko`chma ma`noda ishlatiladi. Boshqa misolni kuzatsak: Ich bin so müde „Das Maß ist voll" [68,72]turg`un so`z birikmasi uchun o`zbek tilida muqobil ekvivalenti mavjud bo`lib, bu "sabr kosasi to`lmoq", "pichoq borib suyakka qadalmoq" ma`nolarini anglatadi.
Tillardagi frazeolgizmlar o`rtasidagi o`xshashliklar xalqlar o`rtasida qadim zamonlardan beri davom etib kelgan do`stlik va o`zaro munosabatdan dalolat beradi. G`aybulla Salomovning ta`kidlashicha, "qardoshlik, territoriya yoki etnik jihatdan bir-biridan uzoq bo`lgan xalqlarning tillarida o`xshash ko`chma ma`noli birikmalarning uchrash sabablari bir qanchadir" . Shuning uchun ham turli xalqlar tillarida shaklan turlicha bo`lsada obrazli asoslari o`xshash, mazmunan bir-biriga yaqin frazeologizmlar uchraydi. Masalan
Do'stlaringiz bilan baham: |