Samarqand davlat chet tillar instituti nemis tili va adabiyoti kafedrasi



Download 395,5 Kb.
bet5/16
Sana24.06.2022
Hajmi395,5 Kb.
#699681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
МI.Gulomova H 3.(new)

Tadqiqot ishining tuzilishi:
Kirish.
I.Bob. Nemis va o`zbek tillarida frazeologik birliklarning ifodalanish xususiyatlari.
II. Bob.Nemis tilidagi frazeologizmlarni o`zbek tiliga tarjima
qilish muammolari
III. Bob. O’zbek va nemis tilidagi birliklarning muhim belgilari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

Ishning kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, ish oldida turgan maqsad va vazifalar va uning struktural tuzilishi kabi masalalar ustida to`xtaladi.


Asosiy qismning birinchi bobida dastlab frazeologik birliklarning nemis va o`zbek tillarida ifodalanishi haqida umumiy ma`lumot berilib, uning yasalishi va tarjimadagi muammolar haqida umumiy ma`lumotlar berib o`tdik.Ikkinchi bobdanemis tilidagi frazeologik birliklarning o`zbek tiliga tarjima qilish usullari va muammolari to’g’risida fikr yuritiladi. Jumladan nemis tilidan o`zbek tiliga to`g`ridan to`g`ri tarjima qilishdagi muammolarini aniqlashda qiyosiy-tipologik, transformastiya, tasviflash, komponent tahlili kabi bir qator uslublardan foydalanildi. Mazkur uslublardan foydalanish o`rganilgan frazeologik birliklarning o`zbek tiliga tarjima qilinishidagi muammolar va ularning leksik-semantik jihatlarini aniqlash darajasini va ularning boshqa o`ziga xos jihatlarini, hamda farqli tomonlarini aniqlashda qo`l keladi.Undan so`ng frazeologik birliklar va frazeologik chatishmalar to`g`risida ma`lumot berilgan.Ishning “Xulosa” qismi barcha ilmiy va amaliy izlanishlar natijasida qo`lga kiritilgan natijalarni umumlashtirish uchun xizmat qiladi.Mazkur magistrlik ishning yaratilishi uchun mamlakatimizda va boshqa bir qator davlatlarda xususan Germaniya federativ respublikasida chop etilgan bir qancha ilmiy-amaliy ishlar asos bo`lib xizmat qildi. Ularning ro`yxati ish nihoyasida berilgan.


I.BOB. NEMIS VA O’ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING IFODALANISHI
1.1.Tilshunoslikda frazeologik birliklarning o`rganilishi
Bugungi kunda davlatimizda tilga bo`lgan yuksak etibor bugungi kunda o`zbek tilshunoslarining oldiga katta vazifa qo`ymoqda. O`zbek va nemis tillarining boy lingvistik imkoniyatlarini ko`rsatuvchi vositalardan biri frazeologizmlardir. Til qurilishining lug`aviy sathida leksik va frazeologik qatlamlar mavjud. Frazeolgiya har bir tilning muhim qatlami hisoblanib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini yaqqol ko‘zga tashlanishida muhim rol o‘ynaydi. Frazeologizmlarning tilda qanchalik ko‘p bo‘lishi til imkoniyatlarining shunchalik kengligini ko‘rsatadi. Frazeologizmlar (maqol, matal va idiomalar) xalqning o‘tmishi, tarixi, an`analari, urf-odati, va madaniyatini o‘zida yaqqol aks ettiradi. Shu bilan birga, frazeologizmlarda xalqning yorqin milliy hususiyatlari mujassam bo‘ladi, ular chuqur va boy ma`noga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, nutqqa alohida ko‘rk va ta`sirchanlik bag‘ishlaydi. Lug`aviy sathidagi frazeologik qatlam, shuningdek, uni o`rganuvchi soha ham frazeologiya deb yuritiladi. Frazeologiyaning shakllanish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u tilshunoslikning boshqa bo‘limlariga qaraganda ancha yangi bo‘lim bo‘lib, XX asrning 50-yillaridan boshlab leksikologiyaning bag‘ridan alohida bo‘lim sifatida ajralib chiqqan. Ushbu bo‘limning mustaqil soha sifatida shakllanishida mashhur rus akademigi V.V.Vinogradovning xizmati nihoyatda beqiyosdir.Ushbu olimni frazeologiyaning asoschisi deb atash o‘rinlidir. Buyuk fransuz olimi F.de Sossyur ham o‘z davrida frazeologizmlarni tildagi tayyor birliklar sifatida qayd etgan. Tilshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar V. Flaysher, V. V. Vinogradov, E. D. Polivanov, B. A. Larin, A. V. Kunin, N. M. Shanskiy, L.P. Smit va Sh. Ballilar ham frazeologiya va uning masalalari borasida alohida tahsinga loyiq ishlarni amalga oshirishgan va mazkur sohaning taraqqiyotida ularning xizmatlari nihoyatda beqiyos bo‘lgan.
Frazeologiyaning hajmini keng tushunish va tor tushunish bor. Keng tushunishda frazeologiya doirasiga, so`zlarning turg`un birikmalaridan tashqari, maqol, matal, aforizm ham mansub deb qaraladi. Frazeologiya deb so`zlarning semantik bog`lanishlari tushunish ham mavjud. Bu hodisalardan faqat bir turini - so`zlarning turg`un birikmalarini – til birligi deb baholash mumkin.
Olimlar aniq ilmiy mezonlarga suyanib, frazeologik birlik deb, so`zlarning barcha turg`un birikmalarini emas, balki shulardan bir qismini tan oladilar. Frazeologik birlik bo`lish uchun, so`zlaring turg`un birikmasi obrazli ma`no, ko`chma ma`no anglatishi shart. Frazeologik birlikdan yaxlitligicha anglashiladigan ma`no uning tarkibidagi komponentlarga xos leksik ma`nolarning oddiy yig`indisiga teng bo`lmaydi, iboraning ma`nosi umumlashma ma`no, maxraj ma`no sifatida namoyon bo`ladi. Fikrlarimizni umumlashtiradigan bo`lsak, frazeologik birliklar deyilganda, tilda tayyor holda mavjud bo`lgan va nutqqa shundayligicha olib kiriladigan, shaklan so`z birikmasi yoki gapga o`xshaydigan, mazmuni ko`chma ma`noga asoslangan til birliklarini yoki lug`aviy birliklarni tushunamiz.
Keyingi yillarda frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etyapti. Frazeologik birliklar u yoki bu xalqning o'ziga xos hayoti, tarixi va madaniyatini aks ettiradi. Frazeologik so'z boyligini bilish va uni yaxshiroq egallash nafaqat nutqqa zeb beradi, balki o'rganilayotgan til sohiblarining mentalitetini yaxshiroq tushunishga ko'mak beradi. Masaln o`zbek tiliga nemis tilidan tarjima qilingan ko`pgina asarlarda ushbu hodisani olishimiz mumkin. Xorijiy tilning frazeologiyasini o'rganish nafaqat so'z boyligini o'rganish samardorligini oshiradi, balki tilning o'lkashunoslik bilan bog`liq bilimlar bilan boyishiga olib keladi.
Biz axborot yo'llar orqali ma`lumotlarni saqlaymiz va bir-birimizga yetkazamiz. Masalan, audio-video vositalari orqali, shuningdek, elektron variantda. Qachonlardir, xatto yozuv shakllanmagan bir paytda tajribani o'zaro yetkazishning birgina oddiy va jo'n, hamma uchun qulay vositasi bo'lgan: bu bizning tilimiz. Bizgacha ota bobolarimizning qo'shiq, masal, ertak shaklida hikmatli so'zlari yetib kelgan. Ammo eng muxtasar, axborotga boy va eng mahsuldor so'zlar frazeologik birliklar hisoblanadi. Ayni ular o'z badiiy mazmuni tufayli nutqimizni yorqin va ifodali qiladi. Jahon xalqlarining frazeologik birliklar ko'p umumiy jihatlarga, shuningdek, ayni bir xalqning o'ziga xos madaniyatini, uning ko'p asrlik tarixini ko'rsatib beruvchi maxsus xususiyatlarga ega. Frazeologik birliklarda teran mazmun, xalq donoligi ildizlari uzoq o'tmishga borib taqaluvchi xalq donoligi mujassamdir. Ular xalqning madaniyati, an`analarivatarixiningini'kosidir, ular orqali biz yaxshilik va yomonlikni anglaymiz.
Ko'p tadqiqotchilarning izlanishlaridan ma'lumki, frazeologik birlik tilshunoslikning o'ta murakkab ko'p qirrali obyekti hisoblanadi. Tilning yaxlit lug'aviy birligi sifatida uni grammatik, semantik, funktsional, xatto jamiyatshunoslik jihatdan o'rganish mumkin.
Frazeologik birliklar, so'z birikmalarning,o'zaro semantik bog'liq birikmalarining umumiy nomi bo'lib, ular shakliga ko'ra o'xshash sintaktik qurilmalardan farqlidir, ular nutq paytida yuzaga chiqmaydi, ularda fikr ifoda etilayotganda semantik qurilma va aniq leksik-grammatik tarkibning aniqlashtirilgan mutanosibligi saqlanadi.
“Frazeologiya” atamasiga tilshunos olimlar o`zlarining qarashlariga muvofiq turlicha ta`rif berib o`tganlar.
Masalan, mashhur tilshunos olim V.N.Teliya “Frazeologiya atamasi lingvistikaning , frazeologik birikmalarning grammatik tuzilishi va ma'nosidan qat'iy nazar ularning barcha xususiyatlarini o'rganuvchi bo'limdir” deb yozadi.[39,58]
S. Alpatovning fikricha, "Frazeologiya” so'zining bir necha ma'nosi bor. Lingvistik atama sifatida u tilshunoslikning alohida sohasi bo'lib, frazeologik birliklar deb atalavuchi turg'un so'z birikmalarini o'rganadi. Shuningdek, muayyan tilga xos mazkur birikmalarning yig'indisini anglatadi.[4,35]
N.M Shanskiy frazeologizmga quyidagicha ta'rif bergan: "Frazeologizmlar turg'un so'z birikmalari kabi tilning tayyor so'z birikmasi bo'lib, ma'no jihatidan yaxlit mazmunga ega. Ular tarkibidagi so'zlar va komponentlarning joylashishi o'zgarmaydi.[55,27]
O.S. Axmanovaning fikricha, “Frazeologizmning erkin so'zbirikmasidan farqi uning bir butun ma'no berishidir”.[5,29]
E.A. Umarov ko'pgina tilshunoslarning ishlari bilan tanishib chiqib, bu olimlarning leksiklashgan turg'un so'z birikmalarini ularning komponentlari to'g'ri yoki ko'chma ma'no bildirishiga qaramay frazeologizmlarga qo'shadilar. Bunga qarshi o'laroq u ma'nosi komponentlarning leksik ma'nosidan kelib chiqmaydigan so'z birikmalarni frazeologizm deb ataydi. Bunda komponentlarning bari yaxlit holda bir butun ma'noni beradi.
Frazeologik birlikka olimlar turlicha nom beradilar – frazeologik birlik(frazeologichaskaya yedinitsa,), frazeologicheskiy oborot(frazeologik o`ram), frazeologik birikma(frazeologicheskoe sochetanie) va frazeologizm, frazema. Biz esa frazeologik birlik atamasini qo'llaymiz.
Ensiklopedik lug`atlarda “Frazeologiya” atamasiga quyidagicha ta`rif berilgan: “Frazeologiya - (yunoncha - “phrases" ibora,nutq birikmasi, “logos" fan, tushuncha) tilning tarixiy rivoji va hozirgi holatiga doir frazeologik tarkibini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limidir”.
"Frazeologiya" tushunchasi uning ko'lami va boshqa bo'limlar bilan chegarasini aniqlashtirish muammosi bilan uzviy bog'liqdir.
Frazeologiya boshqa fanlar kabi o'z chegarasiga ega bo'lishi kerak. A.M. Babkinning fikricha, bu chegaralarni "o'rnatish" uni mustaqil fan sifatidagi maqomini aniqlash va asoslash uchun o'ta muhimdir.[9,52] Shuning uchun olimning ta'kidlashicha, frazeologiyaning ko'lami va chegarasi frazeologik birlikning nechog'lik turg'unligi va unga xos asosiy jihatni aniq ko'rsatib berish muammosi bilan chambarchas bog'liqdir. Shu yerda S.I.Olegovning "Ikki frazeologiya g'oyasini" aytib o'tish joizdir. Olim "tor ma'nodagi" keng ma'nodagi frazeologiyani ajratgan. U bunga frazeologik birliklarga xos turg'un strukturasini asos qilib olgan. Tilshunos olimning ta'kidlashicha " tor ma'nodagi" frazeologiyaning ham qamrovi kengdir. Bu ham uning ko'lamini aniqlashda qiyinchilik tug'diradi, holbuki, uning tarkibiga o'ziga xos strukturaviy xususiyatlarga ega turfa xil birikmalar tarkibiga kiradi. Keng ma'nodagi frazeologiyaga olim istalgan turg'un so'z birikmalarini hatto erkin so'z birikmalarini kiritib yuboradi. Ushbu hodisa nafaqat nemis va o`zbek tillariga balki barcha tillarga xos bo`lishi lozim. M.M.Kopilenko va Z.D.Popovalarning fikriga ko'ra, rus tilida qo'llaniladigan jamiki turg'un so'z birikmalari rus tili frazeologiyasining akademik lug'atidan joy olishi kerak, shuning uchun bu tadqiqotchilar frazeologik birliklar sirasiga "okazat pomosh" - yordam ko'rsatmoq, "proizvodit vpechatlenie" – yaxshi taasurot qoldirmoq kabi so'z birikmlarini ham kiritgan. Hozirgi o`zbek frazeologiyasi fanida qabul qilingan qarashlarga ko`ra, frazeologik birliklar muayyan nutqqa kiritilgunga qadar ham mazmun, ham ifoda planida shakllanib bo`lgan va til iste`molchilari tomonidan shu holatda anglab yetilgan hamda qabul qilingan bo`ladi. Buning ma`nosi shuki, frazeologik birliklarning nutqqa tayyor holda olib kirilishi ularni til hodisasi sifatida e`tirof etishimizni taqozo etadi. Ko`pchilik tadqiqotchilar ularni til birligi deyilishida masalaning ana shu jihatini e`tiborga olishgan. Hatto, Ferdinand de Sossyur ham “Umumiy tilshunoslik kursi” asarida “Tilda shunday tayyor birikmalar borki, ularning uzual xarakteri ma`nosi va sintaktik xususiyatidan kelib chiqadi. Bunday birikmalar tayyor holda, an`anaga ko`ra qo`llanadi” degan edi.[22,47-50]
Frazeologizmlar, albatta, birdan ortiq so`zning birikuvidan tarkib topib, so`z kabi bir tushunchaga asoslangan ma`noni bildiradi. Lekin uning tarkibida bir nechta so`z bo`lishiga qaramay, bir so`z kabi bir lug`aviy birlik hisoblanadi. U so`zlar birligidan tarkib topgan birikma yoki predikativ qo`shilma qolipli bo`lsa ham, birikma yoki predikativ qo`shilma kabi nutq jarayonida yuzaga kelmaydi, balki tilda tayyor lug`aviy birlik holatida bor ekanligi holda, nutq uchun shundayligicha tanlanadi.
Odatda bitta so`zga teng keladigan leksemaga nutq birligi sifatida qaralar ekan, bir necha so`zning qo`shilishidan tarkib topgan frazeologik birliklarni ham nutq birligi deb atashimizga nima monelik qiladi. Bu so`zlar nutqdan tashqarida bo`lgan qanday holatda va qachon ibora tarzida birikib ulgurgan? Ma`lum bo`ladiki, ular tilda turg`unlashib, ma`lum bir ma`noni ifodalaydigan va til sohiblari uchun tushunarli holiga kelgunga qadar qandaydir o`zaro birikish, sintaktik munosabat jarayonini kechirgan bo`ladi. O`z-o`zidan ayonki, bu birikish faqatgina nutqda amalga oshadi. Turg`unlashish va nutqda til elementi sifatida, tayyor holda ishtirok etish esa bu birliklar hayotidagi ikkinchi bosqich sanaladi. Demak, ular mana shu holatga kelgunga qadar, ya`ni til hodisasiga aylangunga qadar ham nutqiy jarayonda ishtirok etish vazifasini o`tagan.
Shu o`rinda o`zbek tilshunosligida muhim rol o`ynagan A.E.Mamatovning quyidagi fikrlari masalaning mohiyatini yana ham oydinlashtiradi: “Frazeologiyani “keng” va “tor” ma`noda tushunish noto`g`ri, uni bitta ma`noda tushunish kerak. Ular qanday til birliklari deb tasnif qilinishidan qat`iy nazar, aforizmmi, maqol yoki matalmi, turg`un so`zlashuv formulalarimi, “qanotli so`zlar”mi, xullas, agar ular frazeologizmning biz bergan ta`rifiga mos tushsa, undagi talablarni bajara olsa, ya`ni tuzilishi jihatidan so`z birikmasiga yoki gapga teng bo`lgan, obrazli, umumlashgan ma`no anglatadigan, leksik elementlari qisman yoki to`liq ko`chma ma`noga ega bo`lgan, lug`atlarda qayd etilgan har qanday turg`un leksik-semantik birliklar frazeologik birliklar doirasiga kiritilishi shart”.[35,74]
Umumiy tilshunoslikda frazeologik birliklarda ham barcha birliklar singari ifoda va mazmun plani va mohiyatiga ega. Ifoda planida uning qurilishi tushuniladi. Bu qurilmada kamida ikkita mustaqil so`z (leksema) ishtirok etib, o`zaro sintaktik bog`langan bu so`zlar mohiyatiga ko`ra birikma yoki gapga teng bo`ladi. Demak, ifoda planida ular so`z birikmasi yoki gap shaklida bo`lsa, mazmun planida leksemaga teng bo`ladi (ma`no hamma vaqt ham aniq voqe`lanmasligi mumkin). Tadqiqotchilar leksik so`z birikmalari, deganda frazeologik birliklarning ana shu jihatlarini nazarda tutishgan. “.. .mazmun planiga ko`ra frazeologik birliklar leksik birlik (so`z)larga yaqin tursa, ifoda plani jihatidan ular sintaktik birlik (so`z birikmasi,gap)larga yaqindir. Ammo frazeologik birliklar so`zga ham, so`z birikmasiga ham, gapga ham to`la ma`noda teng emas”.
K.M.Gyulumans “Polyak tilidagi ayrim turg`un birikmalar semantikasining evolyusiyasi” nomli ma`ruzasida quyidagilarni bay on qilgan edi: “Erkin birikmalarning turg`un birikmalarga o`tish sabablaridan biri leksikalizatsiya jarayoni bo`lib hisoblanadi. Frazeologiya sohasidagi leksikalizatsiya deb, biz birikma tarkibidagi alohida komponentlar semantik ma`nolarining asta-sekin sezilmaydigan darajaga kelishini, frazeologizmlarning birikma qismlari ma`nolari ustida turadigan umumiy ma`noga ega bo`lishini ataymiz.”[24,1-2]
Yana shuni ta`kidlab o`yishimiz joizki frazeologiya sohasida rus olimlaridan akademik V.V.Vinogradovning katta hissasi bor. Rus tilshunosligida aynan frazeologiya masalalariga bag`ishlangan eng yirik ish sifatida uning asarlarini ko`rsatish mumkin. Akademik V.V.Vinogradov frazeologiya haqida fikr yuritgan olimlarning yutuq va kamchiliklarini hisobga olib, bu sohani o`rganishda yangi bir nazariyani olg`a suradi. U o`z tasnifida ibora tarkibidagi so`zlar ma`nolarining o`zaro munosabatini hamda ibora komponentlarining ma`nolari bilan iboradan kelib chiquvchi ma`no o`rtasidagi munosabatni asos qilib oladi. Qisqacha aytadigan bo`lsak, u rus tili frazeologik birligining ma`no jihatdan tasnifini ishlab chiqqan. Olim frazeologik birliklarni quyidagi guruhga bo'ladi:

  1. Turg'un so'z birikmasining bir butun ma'nosi tarkibidagi komponentlarning ma'nosidan kelib chiqmaydigan, umuman unga taaluqli bo'lmagan so'z birikmlarini frazeologik chatishmalar (frazeologicheskiye srasheniya).

  2. Ma'no jihatdan bir butun birlik bo'lib, ammo shu ma'noga so'z birikmasining u yoki bu komponentining ta'siri seziladi (frazeologicheskiye yedinstva).

  3. Turg'un so'z birikmasi tarkibidagi komponentlardan birining ma'nosi to'g'ri bo'lib boshqa komponentlar esa ko'chma ma'noda bo'ladi (frazeologicheskiye sochetaniya).

Akademik V.V. Vinogradov tasnifining umumiy printsiplari boshqa tillarga ham tatbiq etilishi mumkin. Shunday frazeologik birliklar borki, ular anglatgan ma`noni uning tarkibidagi ayrim so`zlardan to`g`ridan-to`g`ri keltirib chiqarish mumkin emas. Shu bilan birgalikda iboradan butunligicha kelib chiqadigan ma`no bilan ibora tarkibidagi so`zlarning ma`nolari o`rtasida qarama-qarshilik ham yo`q. Iborani tashkil qiluvchi so`zlar o`z mustaqil ma`no markazini saqlamaydi. Iboraning ma`nosi uning tarkibidagi so`zlarga xos bo`lgan ma`nolarning umumiy maxraji sifatida kelib chiqadi. Bu umumiy ko`chma ma`no iboraning butunligini saqlab turadi, uning parchalanib ketishiga yo`l qo`ymaydi.
Shu o`rinda shuni ta`kidlab o`tishimiz lozimki frazeologik birliklar mavzusiga to`xtalganimizda frazeologik birliklarning turlari bo`lmish frazeologik butunlik va frazeologik butunliklarga ham to`xtalmoqchimiz. Tarkibidagi so`zlarning ma`nolariga bog`liq, shularga asoslangan umumlashtiruvchi ko`chma ma`noli iboralar frazeologik butunliklardeb ataladi. Nemis tilidagi frazeologik birliklarning aksariyati frazeologik butunlikka mansubdir. Frazeologik butunliklar o`z stukturasining semantik murakkabligi, komponentlar aro semantik bog`lanishiga qarab umumiy bo`lajak ma`noning chiqarilish imkoniyati kabi jihatlari bilan frazeologik chatishma hamda frazeologik qo`shilmalardan farq qiladi.
Frazeologik birliklar mavzusida ko`pchilik chet ellik olimlar bilan birgalikda o`zbek olimlari ham faoliyat olib borganlar. Bunga mashhur o`zbek tilshunoslaridan akademik A.P.Hojiyevni aytishimiz mumkin. U tilshunos frazeologik birliklarikning deyarli barcha sohalari bilan izchil shug`ullanib, o`zidan salmoqli ilmiy meros qoldirdi. Olimning ilmiy merosida O`zbek tili grammatikasi, morfemikasi, so`z yasalishi, leksikografiyasi kabi sohalar bilan bir qatorda frazeologiya masalalari ham alohida o`rin tutadi. A.P.Hojiyev 1980 yilda nashr etilgan "Hozirgi o`zbek adabiy tili"da frazeologik birliklarigidagi "Frazeologiya" qismining muallifi edi. Shu bilan birgalikda olim o`zining "Lingvistik atamalarning izohli lug`ati (1985), "Tilshunoslikda frazeologik birliklar atamalarining izohli lug`ati" (2002) kabi leksikografik ishlarida tilshunofrazeologik birliklarikning boshqa sohalar qatori "frazeologik birlik", "frazeologizm", "frazeologiya", "frazeologik sinonimiya", "frazeologik omonimiya", "frazeologik antonimiya”, "frazeologik lug`at" singari frazeologiyaning asosiy atamalarini to`plab, ularni ixcham, asofrazeologik birliklari ta'riflar bilan ta'minladi.
Olim "frazeologiya" atamasi, uning tilshunos frazeologik birliklarikda ikki ma'noda qo`llanishini quyidagicha izohlaydi: "frazeologiya tilshunos frazeologik birliklarikning frazeologik birliklarni o`rganuvchi sohasidir. Frazeologiya atamasi tilshunos frazeologik birliklarikda ikki ma'noda qo`llanadi: 1) tildagi frazeologik birliklarning jami ma'nosida va 2) shunday birliklarni o`rganuvchi soha (fan) ma'nosida". Frazeologizmlarga bu ishda quyidagicha ta'rif berilgan edi: "ikki yoki undan ortiq so`zdan tarkib topgan va yaxlit bir ma'no ifodalaydigan til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi: qo`y og`zidan cho`p olmagan, og`zi qulog`ida, yuragiga qil sig`maydi, do`ppisi yarimta, ikki gapning birida, sirkasi suv ko`tarmaydi, o`ziga bino qo`ymoq, o`takasi yorilmoq kabilar"
Shu asosda frazeologik birliklarikda leksikologiya va frazeologiya sohalari garchi bir-biriga yaqin sohalar bo`lsa-da, ular alohida, mustaqil sohalar ekanligi haqida mulohaza yuritiladi, ya'ni leksikologiya tilning lug`at tarkibini (leksikasini), frazeologiya esa frazeologik birliklar tarkibini o`rganadi. Agar lug`at tarkibida til birligi so`z bo`lsa, frazeologiya tarkibida frazeologizm til birligi sanaladi.
Shunday qilib o`zbek olimi A.P.Hojiyev tilning lug`at boyligini ikkita katta katta guruhlarga ajratadi: a) leksika (so`zlar), b) frazeologiya (frazeologizmlar). Ularning har ikkalasi ham tilning lug`aviy birliklari qatoriga kiradi. Shundan keyin ishda frazeologizm bilan so`zning farqli hamda umumiy tomonlarini belgilashga harakat qilinadi. Olimning mulohazasiga ko`ra, "frazeologizmlar birdan ortiq so`zdan tashkil topishi bilan so`z birikmasi yoki gap tipida bo`lsa-da, lekin ular nutq birligi bo`lgan bu birliklardan tamoman farqlanadi va lug`aviy birlik sifatida ko`p jihatdan so`zlarga yaqin turadi, so`zlarga xos bo`lgan juda ko`p xususiyatlar frazeologizmlarga ham xosdir".[25,43-44] Shu asosda A.P.Hojiyev frazeologizmning o`ziga xos frazeologik birliklarni uning til hodisasi ekanligi bilan belgilanishini quyidagicha izohlaydi: "frazeologizmlar so`z birikmasi yoki gaplar kabi nutq jarayonida hosil bo`lmaydi, balki ular, xuddi so`zlar kabi, tilda tayyor holda mavjud bo`ladi.[25,40] Demak, frazeologizmlar nutq hodisasi emas, balki til hodisasi hisoblanadi: aravani quruq olib qochmoq, kavushini to`g`rilab qo`ymoq, sichqonning ini ming tanga, tomdan tarasha tushganday, nog`orasiga o`ynamoq, kapalagi uchib ketdi kabilar tilda tayyor holda mavjud lug`aviy birliklardir". Agar so`zning shakliy tomoni so`z bo`lsa, frazeologizmning shakliy tomoni so`zlar ekanligi ishda sodda tarzda izohlangan. Lekin shuni ham unutmasligimiz lozimki frazeologik birliklar, frazeologizmning komponentlari bilan faqat shakl - tovush jihatidangina so`z holida bo`ladi. Afrazeologik birliklarida frazeologizm tarkibida bu shakl ma'no butunligiga ega bo`lmaydi. Shu sababli frazeologizm tarkibidagi biror so`z iste'moldan chiqqan bo`lsa ham, frazeologizm tamomila yo`qolib ketmaydi. Shu o`rinda o`zbek tilida qo`llanilayotgan va aynan tarjimalarda ham boshqa tillardagi ekvivalentlari bo`lmasa ham qo`lanilib kelinayotgan so`zlarga to`xtalsak, A.Hojiev o`zining quyidagi fikrlarida frazeologik birliklar uchun tilimizda yakka holda qo`llanmay, faqat frazeologizmlar tarkibida yashab kelayotgan "o`taka", "jig`", "enka-tinka", "adi-badi" kabi so`zlar yordamida shakllangan "o`takasi yorilmoq", "jig`iga tegmoq", "enka-tinkasini quritmoq", "adi-badi aytishmoq" kabi frazeologizmlar qo`llangan xarakterli misollar keltiradi.
Frazeologizmlarga nisbatan "turg`un so`z birikmasi", "turg`un ibora" kabi atamalarni qo`llash o`zini oqlamasada frazeologik birliklari quyidagicha izohlangan: "frazeologizmning komponentlari o`zicha, shakl va ma'no butunligiga ega emafrazeologik birliklarigidan, ya'ni haqiqiy ma'noda so`z emafrazeologik birliklarigidan frazeologik birliklarga nisbatan "birikma" atamasini qo`llash, ularni "turg`un so`z birikmasi" deb atash to`g`ri bo`lmaydi. Chunki "so`zlarning turg`un birikmasi", "turg`un so`z birikmasi", "turg`un birikma", "turg`un ibora", "birikma" kabi atamalar hodisaning so`z birikmasi ekanini inkor eta olmaydi, balki tan oladi. Frazeologizmlar esa leksik birlik hisoblanuvchi so`zdan, shuningdek, sintaktik birlik hisoblanuvchi so`z birikmasidan tamomila farqlanuvchi alohida til birligidir. Shuning uchun ham bunday birliklarga nisbatan (ularning mohiyatiga mos keluvchi) "frazeologizm" atamasining o`zini qo`llayverish ma'qul".
Frazeologizmlar lug`aviy birlik bo`lgani sababli xuddi so`zlar kabi, gapda biror bo`lak (ega, to`ldiruvchi, hol, aniqlovchi, kesim kabi) vazifasida keladi. Shu bilan birga ayrim frazeologizmlarning garchi tuzilishi jihatidan gap shaklida bo`lsa-da, nutq jarayonida ular gapning biror bo`lagi bo`lib kelishi izohlab berilgan. Shu asosda A.P.Hojiyev frazeologizmlar sintaktik birlik bo`lgan so`z birikmasi va gapdan tubdan farqli holatlarga ega ekanligini ochib berishga muvaffaq bo`lgan.
Ushbu fikrlar o`rganilib bir to`xtamga kelingandan keyin biroz bo`lsada frazeologizmlarning semantik tuzilishi tahliliga e'tibor qaratamiz. Bo` o`rinda ko`pchilik tilshunos olimlar frazeologizmning semantik strukturasi frazeologik ma'no (ma'nolar) va qo`shimcha ma'no ottenkalaridan iborat bo`lishini alohida ta'kidlab ko`rsatadi. Olimlarning talqinicha, "belgi, harakat kabilar haqida frazeologizm ifodalaydigan ma'lumotga frazeologik ma'no deyiladi"[25,73]. Garchi frazeologizmlar so`zlar singari yaxlit biror ma'no (belgi, harakat kabilarni) ifodalasa-da, lekin frazeologik ma'no ko`p jihatdan leksik ma'nodan farq qiladi. Shu sababli frazeologizmlar so`zlarga sinonim bo`lgan hollarda ham frazeologik ma'no bilan leksik ma'no bir-biriga teng bo`lmaydi, ya'ni frazeologik ma'noda qo`shimcha emosional-ekspressivlik, baho xususiyati o`z aksini topgan bo`ladi. Masalan: o`taketgan - uchchiga chiqqan, beqiyos (juda) - yer bilan osmoncha, albatta - turgan gap, hech qachon - ikki dunyoda (ham), yashirin (xufiya) - yeng ichida. Yuqorida keltirilgan frazeologizmlar o`z sinonimlari bo`lgan so`zlarga nisbatan, birinchidan, ma'noning kuchli daraja bilan ifodalanishi, ikkinchidan, ularda obrazlilik, emosionallik ottenkasining namoyon bo`lishi bilan ajralib turadi. Olim tomonidan erkin so`z birikmalari va gaplarning frazeologizm sifatida shakllanish jarayoni tahliliga ham alohida e'tibor qaratilgan. Masalan, O`zbek tilida sabab (asos) bo`luvchi harakatni bildiradigan g`azablanmoq, chidamoq, afsufrazeologik birliklaranmoq so`zlariga xos ma'no bildiruvchi tepa sochi tik bo`lmoq, tishini tishiga qo`ymoq, barmog`ini tishlamoq kabi birikmalar nutq jarayonida takror-takror qo`llanaverib, oqibatda bu erkin birikmalar g`azablanmoq, chidamoq, afsufrazeologik birliklaranmoq so`zlarining ma'nolarini ifodalovchi frazeologizmlarga aylangan.
Tilimizda ayrim frazeologizmlar turli rivoyat, aqida, tushunchalar asosida shakllanadi. Shunga ko`ra bunday frazeologizmlarning ma'nosini ularning tarkibidagi so`zlar ma'nolaridan keltirib chiqarish qiyin. Masalan, "ko`zi uchmoq", "dumi xurjunda" kabi frazeologizmlar xalq orasidagi aqida yoki rivoyatlar asosida shakllangan.
Darhaqiqat, frazeologik birliklarni akademik V.V.Vinogradov ishlab chiqqan tasnif asosida semantik tiplarga ajratish, ayniqsa, frazeologik birlashma va frazeologik chatishmalarni o`zaro farqlash nihoyatda qiyin. Buni akademik N.M.Shanskiy ham o`z asarida alohida ta'kidlab ko`rsatgan edi. E.V.Kuznesova ham frazeologik birliklarning chatishma, birlashma kabi turlari o`rtasida qat'iy farq yo`qligini isbotlashga intiladi . Bizningcha, frazeologik birliklarni funksional-frazeologik birliklari bu va semantik jihatdan o`rganganda yuqoridagi singari semantik guruhlarga ajratma frazeologik birliklari lozim, chunki bunday tasnif aniq, mantiqiy tamoyillarning yo`qligi, subyektiv yo`nalishning ustunligi bilan xarakterlanadi. Professor A.Nurmonovning ta'kidlashicha, "sobiq sho`rolar davrida V.V.Vinogradovning frazeologizmga yondashuvi va uni uch guruhga tasniflash o`ta subyektiv ekanligi bir qator mutaxassis frazeologik birliklar tomonidan tanqid qilindi. Eng muhimi, V.V.Vinogradovning (frazeologizmlarni) sun'iy ravishda uch guruhga bo`lgan semantik tasnifi orqaga surildi. Uning o`rniga frazeologizmlarning ham xuddi boshqa lug`aviy birliklar kabi semantik tuzilish tahliliga e'tibor berila boshlandi".
Ko`pgina tilshunos olimlar frazeologizmlar tahlilida ular orasida mavjud polisemiya, omonimiya, sinonimiya, antonimiya hodisalarini xarakterli misollar asosida qisqa holda izohlashga muvaffaq bo`lgan. Shuningdek, frazeologizmlardagi o`z va o`zlashgan qatlam, ularning tarixiylik jihatdan bo`linishi, frazeologizmlarning funksional ufrazeologik birliklarublarga ko`ra tiplari masalalarini yoritishga ham alohida diqqat qilinadi.
Ushbu frazeologiyaga doir bayon qilingan ilmiy-nazariy qarashlar qariyib o`ttiz besh yildan buyon bo`lajak filologlar uchun asosiy dasturul amal bo`lib xizmat qilib kelmoqda.
Ma`lumki, frazeologik birliklar va maqollar til fondining qimmatlimateriali hisoblanadi. Aynan maqollar va frazeologik birliklarni chet tillardan tarjima qilishda ko`pgina muammolarga duch kelishimiz mumkin. Nemis tilida ham shunday maqollar va frazeologik birliklar mavjudki ularni aynan so`zma so`z tarjima qilib bo`lmaydi. Ular xalq ijodiyotining bebaho namunasi bo`lib, o`sha xalqning milliy – madaniy xususiyatlarini, dunyoqarashi va millatning ruhiyatini ifodalaydi. Mashhur tilshunos A.A.Abduazizov aytganidek, “maqollar to`plami – bu xalq tilidan, tajribadan olingan hikmatlar majmuasi, sog`lom aql sarasi, xalqning hayotda ortirgan haqiqati”[6,45] . Turli tillarning maqollariga to`xtalar ekanmiz, o`sha til egasi bo`lmish xalqning tarixiy, ma`naviy va moddiy madaniyati ko`zgusi ekaniga guvoh bo`lamiz. Shu sababli, turli til maqollarini qiyosiy o`rganish millatning o`ziga xos madaniy va milliy qirralarini ochishga yordam beradi, boshqacha aytganda, o`sha xalqning mentalitetini ko`rsatadi.
Nemis va o`zbek tillaridagi maqollaridagi mentalitet tushunchasiga to`xtaladigan bo`lsak, xalqimiz qonidagi mehmondo`stlik to`g`risida frazeologik birliklar to`xtalmay ilojimiz yo`q. Nemis tilidan badiiy asarlarni tarjima qilishdagi muammolarning ko`pchiligini quyida ko`rib chiqamiz.
Masalan nemis tilidagi quyidagi frazeologik birlikka nazar tashlaylik.

Download 395,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish