Samarqand davlat chet tillar instituti nemis tili va adabiyoti kafedrasi


Frazeologik polisemiya va omonimiya



Download 395,5 Kb.
bet14/16
Sana24.06.2022
Hajmi395,5 Kb.
#699681
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
МI.Gulomova H 3.(new)

Frazeologik polisemiya va omonimiya: Ko’plab tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, har bir tilning frazeologik birliklarda birdan ortiq ma’noga ega bo’lgan hamda omonim ma’noli frazeologik iboralar mavjud. Ular son jihatidan leksik polisemiyadan farq qiladi. Nemis tili frazeologik polisemiyasi bo’yicha maxsus tadqiqot olib borilgan. X.Yeziyevnning ta’kidlashicha, L.E.Binovichning “Nemischa-ruscha frazeologik lug’at”ida berilgan 12000 frazeologik iboraning ming, aniqrog’i 930 tasi birdan ortiq ma’noga ega ekan! Frazeologik polisemiya va omonimiya murakkab hodisalardir. Ularni farqlashda bir qator kompleks kriteriyalardan kelib chiqib, frazeologik birliklar prototipini omonim birliklar deb qaraydilar. Bu xususiyat barcha frazeologizmlar uchun xos emas. Bu haqida alohida ta’kidlab o’tishni joiz deb bilaman. Frazeologik sistema taraqqiyoti natijasida frazeologizmlar ko’p ma’noga ega bo’lishi bilan bir qatorda omonimik xususiyatga ham ega. Fikrimizning yaqqol dalili sifatida quyidagi misolni kelitirishni afzal deb bildik
Masalan: j-n(etw.) auf die Beine bringen: [68,36]
a) oyoqqaturg’izmoq, davolamoq
b) oyoqqaturg’izmoq (moliyaviytomondan)
c) oyoqqaturg’izmoq (mobilizatsiyaqilmoq)
d) oyoqqaturg’izmoq (vahimagasolmoq, bezovtaqilmoq)

Frazeologizmlarning ma’nolari turli stilistik uslublarda qo’llanishiga ko’ra ham farqlanishi mumkin. Masalan,


j-m Schach bieten [69,37]

  1. Shohe’lonqilmoq

  2. Kimgadirhujumqilmoq, tahdidsolmoq

  3. O’zinihimoyaqilmoq, qarshilikko’rsatmoq

Bulardantashqari, ko’p ma’noli farzeologizmlar ma’nolaridan biri dealektik jiloga ega bo’lishi, lekin adabiy tilda barchaga tushunarli bo’lishi ham mumkin. Masala im Tee seinshirakayf bo’lmoq ma’nosini bersa, Saksoniya, Berlin va o’rta nemis dialektlarida jinnilik qilmoq, aqli joyida emas degan ma’noni beradi.
Uchinchi bob bo’yicha xulosa
Ushbu magistrlik ishimizning ushbu bobida hozirgi davrda tilshunoslikda frazeologik birliklar sohasida ancha dolzarb mavzulardan hisoblangan nemis tilidan o´zbek tiliga tarjima qilishdagi muammolar haqida so´z yuritdik. Ushbu ishda frazeologik birliklar va ularning morfemik komponentlarining formal tuzilish jihatlari bilan birga ushbu birliklarning so`z yasovchi, grammatik va semantik vazifalari ham tadqiq etildi. Bunda frazeologik birliklarni tarjima qilishda frazeologik birliklar asosining sinonimik, omonimik va ko`p ma`nolilik muammolari hisobga olinadi, ularning semantik tasnifiga e`tibor beriladi.
Nemis tilidag frazeologik birliklarning hosil bo`lish modellarini ajratib ko`rsatdik, ushbu birliklar yordamida hosil bo`lgan frazalarning formal strukturasini tahlil qilib, negizdagi komponentlarning asosiy grammatik va semantik funksiyalarini ko`rib chiqdik.
Frazeologiyaning asosiy vazifalari yoki masalalari: frazeologik tarkibning izchilligini aniqlash va shu munosabat bilan frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini oʻrganish; frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi, antonimiyasi, polisemiyasi va variantdorligini tavsiflash; frazeologizmlar tarkibida qoʻllanuvchi soʻzlar va ularga xos maʼnolarning oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash; frazeologizmlarning soʻz turkumlari bilan oʻzaro munosabatlarini oydinlashtirish; ularning sintaktik rolini aniqlash; frazeologik birliklar tarkibida soʻzlarning yangi maʼnolari hosil boʻlishini oʻrganish va boshqa frazeologik birliklarni ajratish prinsiplarini, ularni oʻrganish, tasniflash va lugʻatlarda tavsiflash metodlarini ishlab chiqadi. Frazeologiyada ishlab chiqilgan oʻziga xos, xilma xil metodlar asosida tilning frazeologik tarkibi turlicha: struktur-semantik, grammatik vazifaviy uslubiy asoslarga ko’ra tasnif etiladi. Struktur-semantik tasnif prinsipi asosiy hisoblanadi.
Bundan tashqari uchinchi bob bo’yicha olib borilgan izlanishlardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, har bir tilning geografik joylashuv nisbatida o’zaro farqlanishini bilib olsak bo’ladi.
XULOSA
Ishimiznig xulosa qismida shuni ta`kidlab utmoqchimizki nemis tili va o`zbek tillari rivojlanish jihatidan turli til oilalariga mansub bo`lsada ularning rivojlanish tarixlarida oz bo`lsada o`xshashliklar mavjud. Yuqorida ta`kidlab utganimizdek frazeologik birliklar xalqning turmush tarzi yashash sharoitlaridan kelib chiqadi. Shuningdek, nemis tilidagi ko`plab asarlarning o`zbek tiliga o`girilishi tarixi, tarjimalarning lingvostilistik muammolarifilologiyaning yangi sohalaridan bo`lib, uning tadqiqot obyekti nemis tilidagi asalar , ularning o`zbek tiliga tarjimalari va bu borada qilingan ilmiy tahliliy ishlar bo`lib hisoblanadi. Tarjimalarda lingvistik stilistika va adabiyotshunoslik stilistikasiga oid fikr-mulohazalar, nazariy masalalar xususida, tarjima va tarjimonning individual uslubi tadqiq etildi. Tarjima jarayonida muqobillikka erishish uchun tarjimondan ma`lum bilimlarga ega bo`lishi talab etiladi; asliyat muallifining shaxsiy hayoti va tarjimai holi, asliyat yozilgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvol, muallifning ijodiga ta`sir etishi mumkin bo`lgan ichki va tashqi omillar, asliyat muallifi mansub bo`lgan xalq mentaliteti va qadriyatlari, uning ijodkor sifatidagi individual uslubi qirralari. Tadqiqot ishining amaliy qismi sifatida tanlab olingan ayrim nemis tilidan o`zbek tiliga tarjima qilingan asarlarning tarjimalarini lingvostilistik tahlil qildik. Bu tarjimalarni tahlil qilish o`ziga yarasha qiyinchiliklar tug`dirdi va uning ustida chuqurroq ishlashga undadi.
Asliyat matnini tarjima matni bilan qiyos qilar ekanmiz, tarjimonlarimizning har ikkala tilni mukammal bilishini sezishimiz mumkin. Bugungi kunda, biz o`z madaniyatimizni jahonga tanitishni, shu bilan birga chet el adabiyotining eng sara namunalari bilan xalqimizni tanishtirishni maqsad qilib qo`ygan ekanmiz, tarjima maktablarining yanada rivojlanishi uchun oz bo`lsada o`zimizning xissamizni qo`shishimiz lozim.
Magistrlikishning natijalari haqida batafsil so`z yuritadigan bo`lsak, asosiy qismining eng boshidagi vazifa bo`lmish nemis tiladagi frazeologik birliklar va ularni o`zbek tiliga tarjima qilish hamda frazeologik birliklarga ilmiy asosda izoh berildi. Bunda ikki til orasidagi o`xshash va noo`xshash jihatlari tadqiq qilindi. Shu bilan birga frazeologik birliklarning o`ziga xos xususiyatlarini o`rganildi. O`zbek tilida oid iboralarning ma`no xususiyatlarini tahlil qilish orqali o`zbek tilida iboralarning yasalishida ma`no ko`chish usuli katta rol o`ynashini ko`rishimiz mumkin.
Nemis tilidagi frazeologik birliklarning kelib chiqishi, qo`llanilishini o`rganish bo`yicha, chuqur ilmiy-tahlil olib borilib, bu natijasida ko`plab tarjimonlarimiz tomonidan tarjima qilingan asarlar o`rganilib chiqildi.
Ushbu magistrlikishda dastlab har bir tilda mavjud bo`lgan frazeologik birliklarga oid ma`lumotlarni misollar orqali izoh beriladi. So`ngra, nemis tilidagi frazeologik birliklarni o`zbek tiliga tarjima qilish usullari va tarjima qilish muammolari haqida oz bo`lsada ma`lumotlar berib o`tildi.
Shu vaqtga qadar nemis va o`zbek tilshunoslikida frazeologik birliklarga doir ilmiy va tadqiqot ishlari shuni ko`rsatdiki, frazeologik birliklarni nemis tilidan o`zbek tiliga tarjima qilishdagi muommolar juda ko`p uchraydi.
Mazkur magistrlikishida nemis va o`zbek tillaridagi materiallar va nemis tilidan o`zbek tiliga tarjima qilingan asarlardan foydalanildi.

Download 395,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish