Samarqand davlat chet tillar instituti nemis tili va adabiyoti kafedrasi


Frazeologiyaning semantik kategoriyalari



Download 395,5 Kb.
bet13/16
Sana24.06.2022
Hajmi395,5 Kb.
#699681
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
МI.Gulomova H 3.(new)

3.2.Frazeologiyaning semantik kategoriyalari

Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, tildagi frazeologik iboralari o’z sistemasiga ega. Ushbu sistemani shakllantiruvchi omillardan biri birliklarning bir-biri bilan paradigmatik munosabatda bo’lishi, ya’ni sinonimik, antonimik, variativlik va derivatsion hamda polisemantik xususiyatlar ega bo’lishidadir. Leksik sistemada mavjud bo’lgan ushbu paradigmatik xususiyatlar frazeologik sistemaga ham to’la xosdir.


Frazeologik sinonimiya: Tildagi ma’nosi o’xshash frazeologizmlarning frazeologik sinonimlar deyiladi. Ular ham leksik sinonimlar kabi ma’no plani, stilistik jilosi va ishlatilish doirasi jihatidan guruhlarga ajratiladi. Bir qator tillar, shu jumladan nemis tili frazeolgik sinonimlarining struktur-semantik, funksional xususiyatlari tilshunoslarning ilmiy izlanishlari obyektiga aylanadi.
Har qanday tilning frazeologik iboralari avvalo stilistik vosita sifatida ma’lum. Shuning uchun bo’lsa kerak, tilda stilistik jiloga ega, bir-biri bilan sinonimik munosabatda uchrovchi iboralar judako’p. ushbu fikrni isbotlash maqsadida quyidagi bir strukturaga ega bo’lgan frazeolgik sinonimlarni keltiramiz:
Den Mund halten:
Die Schnauze halten
Den Schnabel halten
Die Fresse halten
Den Rand halten
Die Klappe halten
Die Gusche halten
Keltirilgan frazeologizmlar bir umumiy ma’noga ega –“jimturmoq”. Lekin ularning barchalari bir- biridan stilistik jihatdan farqlanadi. Agar den Mund halten
Iborasi adabiy til doirasida bo’lsa, qolgan sinonimlar turli stilistik darajadagi frazeologik sinonimlardir. Bu birliklarning o’zbekcha ekvivalentlarini solishtirib ko’rsak. Yoki jmdm. In die Hande fallen, jmdm in die Klammen fallen- „qo’lga tushmoq“ [69,24] ma’nosidagi frazeologik iboralar o’z stilistik jilosi bilan bir-biridan farq qiladi.
Tilshunos olim Umarxo’jayevning ta‘kidlashicha „sterben“ tushunchasini ifodalovchi quyidagi frazeologik birliklar mavjud. Bular quyidagilardir:
Die Auge shließen [69,25]
Nicht mehr lange das Licht der Sonneschauen werden. [66,144]
Kein Pfund mehr Mehl essen [66,126]
In die ewige Heimat abberufen werden [69,327]
Yuqorida keltirilgan frazeologik birliklarning sinonimik qatori tilni yanada jozibador qilib ko’rsatadi va ular o’zbek tilidagi quyidagi muqobil variantiga ega: „olam dan o’tmoq, o’lmoq, ko’z yummoq, bandachilik qilmoq, yer tishlamoq“ kabi turg’un iboralarga to’g’ri keladi.“O’zaro teng ma’noga ega frazeologik sinonimlarning soni juda oz “ deb ta’kidlab o’tadi U.Tursunov, boshqa ko’plab olimlar esa- „burni ko‘tarildi“, „dimog’ishishdi“ iboralari uchun umumiy mundarija „kibirlanmoq“ hisoblanadi. Buumumiyma’noninggavdalanishiturlicha. Bundanqat’iynazar, „burniko’tarildi“ iborasiga nisbatan „dimog’i shishdi“ iborasida ma’no jilosi kuchliroq sezilib turibdi.
Bundan tashqari, ba’zi frazeologik sinonimlarideografiknuqatainazaridan, ya’nio’zigaxosnyuanslaribilanhambir-biridanfarqlanadi. Misolqiliboladiganbo’lsak „mast“ ma’nosiniifodalaydiganquidgaibirliklarnikeltirishimizmumkin: einen Affen (sitzen) haben (oyog’ida turolmaydi) -einen (kleinen) Aal haben (biroz shirakayf) [69,328]
Ma’lum territoriyalarda qo’llanishiga ko’ra ham frazeologik sinonimlar ham o’z navbatida farqlanadi. Germaniyaning juda ko’plab hududlarida „judakambag‘al“ ma’nosiniifodalovchi „Arm sein wie ein Krichenmaus“ [5,129] -so’zma-so’z tarjima qilinganda „cherkov sichqoniday kambag‘al“ frazeologizmi o’rnida Shvab dialektida „er hat nicht als Laus, und die sind krank“ [6,30] frazeologizmi ishlatiladi. Berlin dialektida „menga baribir“ ma’nosidagi frazeologik birlik „Das ist mir Jacke wie Hose“ [63,131] ishlatilsa Vena dialektida „Das ist mir Wuscht“, „Das ist mir Pomade“ [63,232] sinonimlari qo’llaniladi.
Umarxo’jayevning ta’kidlashicha o’zbek tilida ham xuddi shunday holatni kuzatishimiz mumkin. Hozirgi o’zbek adabiy tili darsligi mualliflari keltirishicha Qashqadaryo hududidagi aholi „etini yeganday bo’lmoq-juda och qolmoq, andar-mandarini chiqarmoq, vayron qilmoq, g’ujuri qaynamoq-g’ayratga to’lmoq“; Toshkent oblasti shevalarida „toqi chalmoq-biron ishni hammaga ovoza, oshkor qilmoq, tandirni qizig’ida yopmoq-temirni qizig’ida bosmoq“kabi frazeologik sinonimlar qo’llaniladi. Strukturasi turlicha bo’lgan frazeologizmlar ma’no o’xashashligi tufayli sinonimik munosabatda bo’ladi. Masalan: „aqli joyida emas“ ma’nosini ifodalash uchun nemis tilida turli frazeologizmlar mavjud:
Einen Vögel haben [66,133]
Bei dem Piep’s wohl [67,54]
Nicht alle Tasse im Schrank haben [69,75]
Bei dem jemandem spuckt es Im Kopf [1,139]

Bundan tashqari, bir qator frazeologik sinonimlar tarixiy jihatdan o’zga tillardan o’zlashtirilganligi tomonidan ham farqlanishi mumkin, lekin unday hodisalar ko’p uchramaydi.


Frazeologik antonimiya: Dunyoda yaratilgan barcha narsalar o’zining qarama-qarshi tomoniga egadir. Yer osmonga, o’t suvga, issiq sovuqqa, uzoq yaqinga, achchiq shiringa, yosh qariga zid yaratilgan.
Bu hodisalardan frazeologik iboralar ham holi emas. Ularhamleksiksistemaelementlarikabio’zlariningantonimikma’nolarigaega. Lekin ta’kidlash lozimki, frazeologik antonimlar leksik antonimlardan ancha farq qiladi. Avvalambor, frazeologizmlarni tashkil qiladigan komponentlar o’zaro antonimik munosabatlarda bo’lmaydi, balki umumfrazeologik ma’no antonimik ma’no sifatida moslashadi. Ikkinchidan, tilda frazeologik antonimlar leksik antonimlarga qaraganda kam uchraydi. Misol qilib oladigan bo’lsak,
etw. durch eine fremde Brille sehen
alles durch seine eigene Brille sehen [69,143]
etw. durch eine rosa Brille sehen (optimistisch beurteilen)
etw. durch eine schwarze Brille sehen (pessimistisch beurteilen)
O’zbek tilidagi frazeologik antonimlarni qiyoslaganimizda:
Kimnidir ko’kka ko’tarmoq-kimnidi ryerga urmoq
Yuzi yorug‘-yuzi shuvut
Oqko’ngil-ichiqora
Ko’ngli ochiq-qishda qor so’rasang bermaydi
Nemis tilida: grünes Licht- rotes Licht

Download 395,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish