2.2. Nemis tilidagi frazeologik birliklarni tarjima qilishdagi muammolar
Frazeologik birliklarningning o`z semantik va stilistik ko`rsatkichlariga ko`ra guruhlanishi mavjud bo`lib, ular quyidagilardan iboart bo`ladi:
1) teng ma`noli frazeologik birliklar ;
2) ideografik frazeologik birliklar;
3) stilistik frazeologik birliklar;
Teng ma`noli frazeologik birliklar bir xil tushuncha va bir xil fikrni anglatadi. Ularning moddiy tarkibi leksik va tizim jixatidan turlicha bo`lishi mumkin.”
Masalan:
- bei ihm fehlt eine Schraube;
- es spukt bei ihm im Kopfe;
- bei dem piepst's wohl [69,145]
„Ushbu keltirib o’tilgan frazeologizmlar butunlay o’zgacha tuzilishga, turli xil leksik tarkib va turlicha tasviriylikka ega bo’lishiga qaramay, ularning -archasi bir xil ma`noni, ya`ni «g‘alati, mengrovodam» ma`nosini anglatadi va funksional -stilistik jihatdan bir xillikka ega. Ya`ni, kunda ishlatiladigan so’zlashuv nutqiga xosdir. Quyida yana bir qator teng ma`noli frazeologik birliklarni ko’rib chiqamiz:
- j-m nach dem Mund reden (od. sprechen);
- j-m Honig um den Mund schmieren;
- j-m um den Bart gehen;
- j-m Kraut um den Bart schmieren;
- j-s Affen Zucker geben.
Ushbu frazeologik birliklarning barchasi ma`no jihatdan teng va «j-m schmeicheln", ya`ni "kimgadir xushomad qilmoq; » ma`nosini bildiradi. Uning o‘zbek tilidagi muqobillari xam ma`no jixatdan bir-biriga mutloq mos keladi: tilyog`lamalik qilmoq, paxta qo`ymoq, birovni mushugini sizlamoq. „
„Bir xil ma`noli frazeologik birliklardan tashqari, zamonaviy nemis tili frazeologik tizimida bir xil tushunchani ifoda etsa ham, bir-biridan semantik rang-barangligi bilan farq qiluvchi frazeologik birliklar mavjud. Ushbu ko`rinishdagi frazeologik birliklar idiografik frazeologik birliklar deb yuritiladi.“
Frazeologik birliklarning semantik rang- barangligi, mazmun jixatidan qaraladigan bo`lsa, ikkinchi darajali to`ldiruvchi, ya`ni qo`shimcha element sanaladi. Bu semantik rang-baranglik turli ko`rinishdagi frazeologik birliklarni hamda, birinchi navbatda, aks ettirayotgan harakatning tezkorligi munosabatlaridagi frazeologik birliklarni differensiallashi mumkin. "Biror kishini juda yoqtirmoq, yaxshi ko`rmoq;" frazeologik sinonimlar o`zbek tilida o`z muqobillariga ega:
- ko`ngil bermoq, ko`ngil qo`ymoq,
- ko`ngil bog`lamoq,
- o`zini yettinchi falakda his qilmoq,
- sevgidan sarmast bo`lmoq, yaxshi ko`rmoq;.
Keltirib o`tilgan ushbu o`zbek tilidagi frazeologik birliklardan "o`zini yettinchi falakda his qilmoq;" va "sevgidan sarmast bo`lmoq" frazeologizmlari qolganlariga nisbatan kuchli his tuyg`u bilan yo’g`rilgan. "Yaxshi ko`rmoq" iborasi esa aksincha. Bu iborani nafaqat insonga nisbatan, balki barcha yoqtirgan narsalarga nisbatan ham qo`llash mumkin. O`zbek tilidagi "o`zini yettinchi falakda his qilmoq" frazeologizmiga nemis tilida ham ma`no jihatidan, ham tarjima jihatidan mutlaq mos keluvchi muqobili mavjud: im siebten Himmel sein (oder schweben).Keltirib o`tilgan nemis va o`zbek tillaridagi barcha frazeologizmlar semantik jihatdan rang-barang bo`lishidan qat`iy nazar, ularning hammasi frazeologik birlik hisoblanaveradi.
Yuqorida ko`rib chiqilgan frazeologik birliklar turlaridan tashqari, tilda yana stilistik jihatdan frazeologik birliklar ham mavjud. Frazeologiyadagi stilistik birliklar umumiy ma`noga egaligi va qo‘shimcha stilistik farqlari bilan xarakterlanadi. Ular, birinchidan, o`zgaruvchan so`zlarning har xil funksional - stilistik bog`liqligi oqibatida turli ko`rinishga ega komponentlardan iborat bir strukturali sinonimlarda paydo bo`ladi. Bu holatda, ot so`z turkumiga oid komponentlarning turlanishini aks ettiruvchi frazeologizmlar yaqqol misoldir. Frazeologizmning stilistik xarakteristikasi turlanayotgan komponentning qaysi bir yo`nalishda - adabiy tildami, kundalik muloqot tilidami, maxsus leksikadami, hududiy dialektdami, foydalanishiga qarab o`zgaradi. Jumladan:
a) gehoben
-jmnd. zur Hölle wünschen
b) normalsprachlich- es ist noch kein Meister vom Himmel gefallen
c) umgangsprachlich- dem liben Gott den Tag sthelen
d) umgangsprachlich- salopp- zum Himmel stinken
e) vulgär- Himmel, Arsch und Wolkenburuch
Endi quyida nemis tilidan o`zbek tiliga bevosita tarjima qilingan asarlardan olingan misollar bilan frazeologik birliklarni semantik jihatidan taxlil etamiz:
“ Betrunken sein”
Bu frazeologizmni nemis tilida bir qancha sinonimlari mavjud. M:
- einen Affen (sitzen) haben (umg., salopp)
- blau wie ein Veilchen sein (umg., scherzh.)
- voll sein wie eine Strandhaubitze (umg., salopp)
-voll sein wie ein Sack (umg., salopp)
-zu tief ins Glas geguckt (od. geschaut) haben
weiße Mäuse sehen (umg., salopp)[69,45]
Shavkat Rahmatullaevning „O`zbek tilining izohli frazeologik lug`atida“ esa ushbu frzeologik birliklarning quyidagi variantlari keltirib o`tilgan.
-Bazo`r oyog`ida turmoq;
-Xumga bo`kib qolmoq.
Endi ushbu frazeologik birliklarni nemis tilidan o`zbek tiliga bevosita tarjima qilingan Hermann Hessening “Cho`l bo`risi” asarida ko`rib chiqaylik:
“Wenn er zu tief ins Glas geschaut hat, findet er meist das Schlüsselloch nicht mehr.[65,58]
„U ko`pincha ichib kelgan vaqtlari, sira kalit tirqishini topa olmas edi.“
Misoldan anglashiladiki, bu yerda nemis tilidagi ibora semantik jihatdan mos kelishiga qaramasdan tarjimon M. Akbarov tomonidan o`zbek tilida boshqa bir birlik bilan ifodalangan.
-Zur Ruhe kommen;
-Die Ruhigkeit bauen.
O`zbek tilida ma`nosi, „orom olmoq“, „tin olmoq“ iboralariga to`g`ri keladi. Endi esa shu jumla qatnashgan misolni ko`rib chiqaylik:
„Statt deine Welt zu verengern, deine Seele zu vereinfachen, wirst du immer mehr Welt, wirst schliesslich die ganze Welt in deine schmerzlich erweiterte Seele aufnehmen muesse, um vielleicht einmal zum Ende zur Ruhe zu kommen.“[1,38]
Ushbu jumlani M. Akbarov xuddi shunday tarjima qilgan:
„O`z olamingni toraytirish, o`z qalbingni soddalashtirish o`rniga sen endi, ehtimol oxiratga abadiy oromga erishish uchun yanada kengroq olamni, pirovardida butun dunyoni o`zingning qayg`u- hasratla kengaygan qalbing, ko`nglingga sig`dirishinga to`g`ri keladi.“ .“[63,120]
Ushbu jumlada ifodalangan „zur Ruhe kommen“ frazeologizmi „tin olmoq“ deb emas balki, „abadiy oromga erishish“[13]orqali ifodalangan. Ushbu misolda ham ibora ma`no jihatidan bir- biriga mos kelsada, ammo frazeologizm o`rnini o`zbek tilida odiiy so`z birligi ifoda etgan.
Quyida shu asardan olingan yana bir iborani ko`rib chiqsak.
- ein kalter Schauer über den Rücken laufen;
- von den Socken sein.
O`zbek tiliga esa ushbu iboralar „boshdan bir paqir suv quymoq“ ma`nosida tarjima qilinadi. Bu frazeologizmni ham end i bevosita tarjima qilingan asarda ko`rib chiqaylik:
„Ich war sehr gekränkt durch Ihre Worte, sogar ein kalter Schauer lief mir sofort über den Rücken.“[63,122]
„Uning bu so`zlarini eshitib, boshimdan bir paqir suv quyildi, xatto badanlarim jimirlab ketdi.“
Bu yerda esa tarjimonning mahoratliligi yaqqol ko`rinib turadi. Sababi shundaki, nemis tilidagi keltirilgan ushbu iboralar o`zbek tiliga xuddi asl ma`nosida berilgan va frazeologizm o`z ma`nosiga ega bo`lgan. Sh. Rahmatullaevning „O`zbek tilining izohli frazeologik lug`atida“ o`limi yaqin insonga nisbatan quyidagi frazeologik sinonimlar keltirib o`tilgan. Masalan: - bir oyog`i go`rda bo`lmoq; - o`lim to`shagida yotmoq. .“[34,122]
Ushbu iboralarning nemis tilida ham huddi o`zbek tilidagi kabi bir qancha ma`nodosh variantlari mavjud.
-mit einem Bein (od. Fuß) bereits im Grabe stehen (umg.);[66,14]
-in den letzten Zügen liegen;[66,15]
-ins Grass beissen ;[66,16]
-auf dem letzten Loch pfeifen.[66,21]
Guvohi bo`lganimizdek, „bir oyog`i go`rda bo`lmoq“, „o`lim to`shagida yotmoq“ iboralarining nemis tilida bir qancha variantlari mavjud ekan. Endi bularni semantik jihatdan mos kelish holatini quyidagi misollarda kuzataylik:
„Er kann nichts mehr übernehmen. Der steht doch mit einem Bein im
Grabe.“ .“[69,34]
„U deyarli hech narsani sezmay qoldi. O`lim to`shagida yotibdi axir“.
Nemis va o`zbek tillaridagi frazeologik birliklarni qiyoslash shuni ko`rsatadiki, nemis tilidagi ayrim frazeologizmlar va ularning sinonimlari har doim ham o`zbek tiliga ma`no jihatdan mos kelavermas ekan. Quyida yana bir misolni ko`rib chiqaylik. Nemis tilida badavlat kishiga, puli ko`p shaxsga nisbatan quyidagi frazeologizmlar ishlatiladi.
- Geld wie Heu haben;[65,18]
- j-d stinkt nach Geld;[65,65]
- Knöpfe haben va b. .“[65,76]
Bu frazeologizmlar nemis tilida o`zoro sinonim hisoblanadi. Ushbu iboralarning o`zbek tilidagi ma`nosi esa quyidagilardan iborat.
- davlati to`lib toshmoq;
- mol- davlatli bo`lmoq v.b.
Endi ushbu iboralarni tarjima asardan olingan parchalarda ko`rib chiqaylik:
“Der Alte”, flüsterte sie und kam näher, hat Geld wie Heu!” “U qari cholda, yaqinroq kelib pichirladi u, pul degani mo`l.
Quyida yana bir misolni ko`rib chiqaylik:
- j- d ist bekannt wie ein bunter Hund;
- j- d ist bekannt wie eine bunte Kuh.
Ushbu iboralar o`zoro sinonim hisoblandi. Endi bularni Sh. Rahmatullevning
“O`zbek tilinning izohli frazeologik lug`atidan“ ma`no jihatdan mos keluvchi iboralarini ko`raylik.
- dongi chiqmoq;
- dong ketmoq;
- otning qashqasidek ma`lum bo`lmoq. [68,73]
Guvohi bo`lganimizdek, ushbu frazeologizmlarni o`zbek tilida ma`no jihatdan mos keluvchi ekvivalentlari mavjud. Endi buni bevosita nemis tilidan o`zbek tiliga qilingan badiiy asar tarjimasida ko`rib chiqsak.
„Du kennst doch ihn nicht mit seinem lila Hut? Der ist doch bekannt wie ein bunter Hund.“[65,20]
„Naxot uni zangori shlyapasidan tanimading? Uni axir hamma otning qashqasidek taniydiku.“ Bugungi kunga qadar olimlar, shu sohada izlangan tadqiqotchilarning fikrlaridan, hamda ushbu malakaviy bitiruv ishimizning tahlil natijalaridan bilish mumkinki, nemis tilidagi frazeologik birliklarni o`zbek tiliga berilganida ko`p holatlarda ikki tildagi iboralar semantik jihatdan mos keladi. Bunda esa o`z navbatida o`sha nemis tilidagi frazeologizmni o`zbek tilida qisman mos keluvchi iborasi tanlanadi. Misollardan anglashiladiki, ularni faqatgina o`zbek tilida o`xshash ma`noga ega ekanligi bilan tarjima qila olish mumkin. Ularning o`zbek tilida mutloq mos keluvchi muqobillari ba`zi holatlarda mavjud emas. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, uning boshqa mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va gumanitar munosabatlari mislsiz o`sdi, bu esa o`z navbatida fuqarolarimiziing xorijiy tillarni o`rganishga qiziqishini kuchaytirib yubordi. Fuqarolarimizni xorijiy tilga o`rgatish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Mana shunday vaziyatda chet tiliga o`rgatishning lingvodidaktik asosi bo`lmish chog`cishtirma tilshunoslikning axamiyati yanada ortdi. Tilshunoslikning bu soxasini rivojlanishiga yurtimiz olimlarining xissasi katta bo`ldi. [65,38].
Xuddi shunday fikrni tarjimashunoslik xaqida xam aytish mumkin. Mamlakatimiz uchun bilimdon tarjimonlarga extiyoj qator oliy yurtlarimizda tarjimonlik fakultetlarini ochilishiga sabab bo`ldi. Bugungi kunda tarjimonlarimiz xorijiy tildagi matnlarni tug`ridan-tug`ri ona tilimizga va ona tilimizdan xorijiy tilga tarjima qilmokdalar.
Tarjima xoh yozma bo`lsin, xoh og`zaki bo`lsin, millatlar va xalqlar o`rtasidagi muxim aloqa vositasi rolini bajarib kelmoqda. Dunyoda globallashuv jarayoni kechayotgan shu kunda tarjimaning nafaqat amaliy, balki nazariy ahamiyati ham yanada ortib bormoqda. Xar qanday tarjimaning asosiy vazifasi asl tilda so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bildirilgan kommunikativ maqsadni o`zga tarjima tilida to`la va aniq ifoda etishdan iborat.
Tarjimada “mukammallik” atamasi ko`p tilga olinadi. Lekin, uning aksariyat mutaxassislar tomonidan etirof etilgan, tarjimaning barcha turlariga xos universal ta’rif yoki qolipi mavjud emas. “Mukammallik” nazarimizda nisbiylik xususiyatiga ega. U yoki bu asar (matn) tarjimasiga bir paytni o`zida yoki turli davrlarda bir nechta tarjimon qayta qo`l urishi mumkin. Ushbu jarayonda tarjima asari sayqallanib, takomillashib bordi. Tarjimaning aniq va mukammal bo`lishida tarjima tilining grammatik qurilishi, unda muvofiq til birliklarining mavjud ekanligi yoki emasligi, tilning obektiv borliqni ifoda eta olish imkoniyatlarining miqyosi bir xil ekanligi yoxud bir xil emasligi kabi omillar qatorida tarjimonning mahorati katta rol o`ynaydi. Shu ma’noda, tarjimonnafaqat asliyat, tarjima tillarining grammatik qurilishi, leksik boyligi, balki o`sha tillarda gapiruvchi xalqlar tarixi, urf-odatlari, ananalari, til birliklarining funksional jihatlari kabilar haqida ham mukammal bilimlarga ega bo`lishi kerak.
Tarjima jarayonini oson va qiyin kechishida tillarning qarindoshligi yoki qarindosh emasligi, tipologik jihatdan bir yoki boshqa-boshqa til tizimlariga mansubligi ham katta rol o`ynaydi. Analitik qurilishga ega bo`lgan fransuz, ispan,kabi tillarning grammatikasi va grammatik qurilishida o`xshash tomonlarning ko`pligi tarjima jarayonini osonlashtirilsa, agglyutinativ tillarga mansub Hozirgi zamon o`zbek tilida va analitik qurilishga ega bo`lgan Hozirgi zamon ingliz tili asosida amalga oshiriladigan tarjimalarda bu jarayon qiyinroq kechishi mumkin.
Yuqoridagilarda sabab bo`luvchi lisoniy va nolisoniy omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Tarjima jarayoniga jalb etilgan tillarda gaplar turli qoliplar asosida noo`xshash so`z tartibida yasalishi;
Gaplar tarkibiga kirgan so`zlararo munosabatlarningo`xshash emasligi. Masalan, o`zbek tilida kelishik kategoriyasi yaxshi rivojlangani holda, ingliz tilida kelishiklar sonining kamligi. Bu holda inliz tilining ifoda vositalariga kambag`al deb hisoblashga asos bo`la olmaydi. Chunki ingliz tilida o`zbek va boshqa tillardagi kelishiklar ma’nolari predloglar orqali o`z ifodasini topadi;
Nazarimizda, rasmiy xujjatlar, nutqlar va ilm-fan soxalarga oid maqola, risola, matbuot xabarlarida tarjimaning aniq bo`lishiga talab kuchli bo`lsa, badiiy tarjimada kommunikativ intenstiyani ifoda etishda nisbatan erkinlik mavjud bo`ladi. Asliymonand tarjimaga erishish uchun tarjimashunoslik va chog`ishtirma tilshunoslik bilimlarini puxta egallash kerak. Chog`ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik bir-birlariga juda yaqin bo`lsa xam, ular o`rtasida farqlar bor. Bu farqlar quyidagilar:
1. Chog`ishtirma tilshunoslikni asosan tillararo o`xshashliklar va farqlar tarjimashunoslikni matnlararo ekvivalentlar qiziqtiradi.
2.Tarjimashunoslik til birliklarining taksonomiyaga befarq qaraydi. Masalan, inglizcha “stone wall” so’z birikmasidagi “stone” so`zi sifatmi yoki otmi bu muammoni tarjimashunoslik uchun ahamiyati yo`q, ammo uning rus tiliga “kamennaya” so`ziga muqobil bo`lishi esa ahamiyatlidir. Tarjima qilish jarayonining mexanizmini aniqlash tarjimashunoslikning vazifasidir.
Bu farqlarga qaramay,bu ikki fan bir-birini to`ldirib. hamkorlikda bo`ladi bu xaqida mashhur rus tarjimonshunosi V.V.Vinagradov bunday deb yozadi: "..pri professionalnoy podgotovke perevodchikov na perevodcheskix fakultetax i otdeleniyax nashix yazikovix vuzov stelesoobrazno vklyuchay, v programmu kursi kontrastishyuy grammatiki, leksikologii i stilistki. Jelatelno, chtobi etot kurs predshestvoval kursu teorii perevoda i chtobi mejdu nimi bilatesnaya preemstvennaya svyaz».[57,123]
O`zbek tili grammatik tizimida mavjud bo`lgan o`tgan zamon formalarining ma`no va grammatik xususiyatlari beqiyos, ular muloqot jarayonida turli vazifalarni bajaradilar .Kelasi zamon shakllari esa kam miqdorda, ular bajaradigan vazifalar doirasi xam cheklangan. Bizda o`tmishdan ibrat olib, xozirga e`tibor qaratiladi. Shu sababli bo`lsa kerakki, kelasi zamon shakllari ifodalaydigan harakatlar mazmunan «shartli» yoki «gumonli».
Tarjima san`atining O`zbekistonda paydo bo`lib, taraqqiy topayotganiga uncha uzoq vaqt bo`lgani yo`q. Ammo, bugunga kelib o`zbek kitobxonlari juda ko`plab jahon adabiyoti durdonalarining tarjima variantlarini tarjimonlarimizning say` harakatlari evaziga qo`lga kirityaptilar. Bugungi kunda asliymonand tarjima asarlari yaratish va xalqimizni jahon adabiyoti durdonalari bilan mukammal darajada tanishtirish uchun mamlakatimizda, birinchidan, tarjima borasida jiddiy ilmiy tadqiqotlar olib boradigan lingvistik tarjimashunoslik bilan shug`ullanuvchi olimlarni etishtirish, ikkinchidan, falsafa, nutq manaviyati,, til madaniyati, din tarixi, dinshunoslik, umumiy tilshunoslik, chog`ishtirma tilshunoslik, lingvokulturologiya, lingvistik tarjimashunoslik fanlarining zamonaviy nazariyalari bilan birga til va adabiyot tarixi, fonetikasi, grammatikasi, leksikologiyasi va stilistikasini puxta o`zlashtirgan bevosita tarjima bilan shug`ullanuvchi etuk mutaxassis tarjimonlar tayyorlash lozim. Har bir jabhaga yangilanish nafasi kirayotgan va milliy manaviyatimizni yuksak darajaga ko`tarishdek dolzarb masala hal qilinayotgan hozirgi davrda tarjimonlardan jahon adabiyoti durdonalarini asliymonand tarjima qilish talab qilinmoqda. Asliymonand tarjimaga erishish uchun asliyatning badiiy-estetik qimmati, ikki til lisoniy vositalarining lug`aviy muvofiqliklari hamda asliyat mansub bo`lgan xalqning moddiy, manaviy, siyosiy va iqtsodiy hayoti bilan bog`liq omillar tarjimada to`laqonli aks ettirilishi lozim.
Mamlakatimizda ko`p asrlik tarixiy davr mobaynida juda katta badiy-adabiy, tarixiy, axloqiy, falsafiy, ilmiy, diniy asarlar o`zbek tiliga o`girildi. Ammo, afsus bilan qayd etish lozimki, nemis tilidan o`zbekchaga bevosita tarjima qila oladigan haqiqiy mutaxassis tarjimonlarning kamligi sababli nemis tilida ijod qilgan mualliflarning noyob asarlarining o`zbek tiliga hamon rus tili orqali tarjima qilinmoqda. Bu esa tarjima jarayonida muqarrar yo`l qo`yiladigan nuqsonlar miqdorining ikki baravarga oshib ketishiga olib keladi. Lekin tan olish kerakki, keyingi yillarda umid uchqunlari alangalanib, bilvosita tarjimadan bevosita tarjimaga o`tish harakatlari ko`zga tashlanmoqda. Shu o`rinda tarjima amaliyoti ijodiy jarayon bo`lganligi sababli uning uchun muayyan andoza joriy qilishning mumkin emasligini takidlash bilan birga, asliyat ruhini adekvat qayta yaratayotgan bevosita tarjimalar vujudga kelayotgan ekan, bu yutuqlar pala-partishlik oqibatida emas, balki ularga muayyan umumiy qoidalar asosida erishilishi lozimligini takidlab o`tish maqsadga muvofiq. Tarjima amaliyoti o`z qonun-qoidalariga ega bo`lgan ijodiy jarayon bo`lib, uning takomil sari uzluksiz odimlab borishi lingvistik tarjimashunoslardan tarjima tamoyillarini takomillashtirishni taqozo etadi.[49,146]
Taniqli tarjimashunos olim A.V.Fyodrov “Asliyatdagi bir ma`noli so`zga turli kontekstlarda birday mos keladigan bir ma`noli so`zning to`g`ri kelishi amaliyotda juda kam “ deb aytar ekan bunday moslik faqat ba`zi leksik birliklarga asosan grigoriyan yil xisobida amalga oshirilganda bu tezis o`zini oqlaydi Ammo sharq hayoti tasvirlangan mumtoz asarlarda xijriy-shamsiy-qamariy yil xisobi qo`llangan xollarda tarjimon bir mamlakatda yashovchi xamda yagona bir tilda so`zlovchi xalq tilini xam sinxronik xamda diaxronik jixatdan o`rganish lozim. Chunki bir tilida nofaol qatlamdan joy olgan til birliklari boshqa bir xalq tilida faol qo`llanishda bo`lishi mumkin
Til xalq ruxini ifoda etar ekan Vilgelm fon Gumboltnig quyidagi fikrini keltirib o`tishni lozim topdik: “mening tilim-mening dunyoim mening dunyoyim-mening tilim” Darxaqiqat, xar bir til o`ziga xos bir Dunyo shunday ekan bu xaqiqat doimo tarjimonning diqqat markazida bo`lmog`i lozim. Tarjima shunday narsaki, uning shulalari ostida insonlar bir-biri bilan yaqinlashadi siyosiy chegaralar o`rtadan ko`tariladi.
Tarjimani F.Paypke qo`llanilgan bo`lsa tarjimada ikki til doirasida matn darajasida amalga oshiriladigan muloqot deya tavsiflab shunday yozadi :“Tillar emas matnlar tarjima qilinadi So`zlarning ma`nolari emas balki ularning ma`nolari emas balki ularning ma`nolari orqali bildirilgan fikr tarjimada o`z ifodasini topadi”
Yaxshi tarjimaga erishish uchun tarjimon yaxshi adabiyotchi xam bo`lishi kerak. U adabiyot nazariyasini bilishi bilan birga adabiy janr turlarini xam idrok eta olishi zarur. Biz badiiy adabiyotdagi janrlar ichida, xalq og`zaki ijodida etakchi o`rin tutgan frazeologik birliklar va maqol, matallar xaqida so`z yuritmoqchimiz. Avvalo maqol nima? degan savolga aniqlik kiritib olsak. Folklyorshunos olimlar Timofeev va Vengerovlarning ta`riflashlaricha, «maqol - she`riy tarzda xayotda sodir bo`lmish voqelikka nisbatan xalq tomonidan aytilgan xulosa». Xalqlarning bir-biri bilan bo`lgan o`zaro munosabatlari natijasida bir-birini to`ldirib rivojlanib boradi, bu jarayonda ularning tillardan tillarga o`girilishi xam katta axamiyat kasb etadi.
Frazeologik birliklarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilayotganda, quyidagi usullarni qo`llash maqsadga muvofiq:
1) analogik tarjima orkali (bunda frazeologik birlikni ifodalovchi tarjima vositasi (translyatema)ning turi va manosi saqlanadi);
2) ekvivalent tarjima orqali (bunda frazeologik birlikni ifodalovchi translyatemaning faqat ma`nosi saqlanadi;
3) frazeologik birlikni sharxlash tushuntirish orqali (bunda frazeologik birlik ma`nosi tushuntirib va sharxlab beriladi). Tahlillarimiz shuni xam ko`rsatdiki, frazeologik birliklar ikki struktural-semantik turga bo`linar ekan:
1) sodda gap bilan ifodalangan frazeologik birlik;
2) ko`shma gap bilan ifodalangan maqol. Bir tildan ikkinchi tilga o`girayotganda bunday translyatemalarning iloji boricha xam turi, xam ma`nosini saqlab qolishga harakat qilish lozim ( unda bu analogik tarjima usuli deb yuritiladn). Ba`zida frazeologik birlikni ifodalovchi translyatemaning faqat ma`nosi saqlab qolishitaqozo etiladi, ( bunday usulni ekvivalent tarjima usuli deb qaraladi). Uchinchi usulda translyatemaning turi butunlay barxam topadi, uning manosi esa sharxlash bilan kifoyalanadi, yani bu erda yaxlit ma`no yo`qolib, uning o`rnini tushuntirish va sharxlash qoplaydi. Unda frazeologik birlik o`zining paremiologik maqomini yo`qotadi va oddiy sharxga aylanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |