To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi asosiy muammolar sanab o‘tildi



Download 24,19 Kb.
bet1/3
Sana13.07.2022
Hajmi24,19 Kb.
#793006
  1   2   3
Bog'liq
Tog\'ridan to\'g\'ri 2.2


To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi asosiy muammolar sanab o‘tildi
Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining ta’kidlashicha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi asosiy muammolar — qulay investitsiya muhitining yo‘qligi, xususiy mulk huquqlarini tartibga solish va himoya qilish sohasining nomukammalligi bo‘lib turibdi. Amaldagi investitsiya tendensiyalarining shunday davom etishi iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishishni sekinlashtirishi mumkin.
Кириллчада26 fevral 2021, 18:46 Iqtisodiyot
Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirish vazirligi O‘zbekistonning 2020 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va 2021 yilga mo‘ljallangan prognozlarini taqdim etdi (PDF).
2020 yil yakuniga ko‘ra, asosiy kapitalga qo‘yilgan investitsiyalar hajmi real qiymatida 2019 yilga nisbatan 8,2 foizga kamaydi va 202 trln so‘mni tashkil qildi. Markazlashtirilgan manbalardan moliyalashtiriladigan investitsiyalar hajmi 34,9 foizga kamayib, 39,3 trln so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiyalar 33,6 foizga, O‘TTJ mablag‘lari 75,7 foizga, hukumat tomonidan ta’minlangan xorijiy investitsiyalar va kreditlar 28 foizga kamaygan.
РЕКЛАМА
"Gazeta.uz"da reklama
2020 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 32,7 foizga (kafolatlanmagan xorijiy kreditlarni inobatga olmagan holda) kamayib, 2,9 mlrd dollarni (dollar ekvivalentida pasayish 33,8 foizga yetdi) tashkil etdi.
Hisobotga ko‘ra, kafolatlanmagan xorijiy kreditlar quyidagi tarmoqlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobardan ziyod (2,4 mlrd dollardan 3,5 mlrd dollargacha) o‘sdi, jumladan:

  • NKMK — 636,5 mln dollar;

  • «O‘zbekneftgaz» AJ — 154,8 mln dollar («Sho‘rtan GKM» MCHJ — ishlab chiqarish quvvatini oshirish" — 122,7 mln dollar);

  • «O‘zeltexsanoat» AJ — 101,8 mln dollar (maishiy muzlatgichlar ishlab chiqarish — 48 mln dollar);

  • ATKR vazirligi — 89,4 mln dollar (keng polosali telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish — 35,5 mln dollar);

  • «O‘zqurilishmateriallari» AJ — 91 mln dollar.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 22,1 foizi tabiiy gaz ishlab chiqarish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga, 22,5 foizi boshqa metall bo‘lmagan mineral mahsulotlarni ishlab chiqarish, 9,3 foizi qurilish ishlariga yo‘naltirilgan.
Bundan tashqari, eksport salohiyati yuqori bo‘lgan — mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida asosiy kapitalni shakllantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning darajasi pastligicha qolmoqda.
«Mazkur tendensiya ushbu sohalarda qulay investitsiya muhiti yaratilmaganligi, xususan raqobat muhiti, xususiy mulk daxlsizligi, moliya bozorlari, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasida tizimli muammolarning mavjudligidan dalolat beradi», — deyiladi hisobotda.
Ta’kidlanishicha, investitsiyalar sohasidagi mavjud tendensiyalarning davom etishi 2021 yilda iqtisodiy o‘sish sur’atlariga (5,1% darajasida deb prognoz qilinmoqda) erishishga tahdid solishi mumkin, bu esa iqtisodiyotga jalb qilingan investitsiyalar hajmini sezilarli darajada oshirishga qaratilgan investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralarni va ularning samaradorligini oshirishni talab qiladi.
Investitsiyalarning asosiy manbalari hisoblangan davlat tashqi qarzi, Tiklanish va taraqqiyot fondi mablag‘lari, kafolatlanmagan xorijiy kreditlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, shuningdek tijorat banklari kreditlarining YAIMga nisbati 2019 yilda 23,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yil yakuniga ko‘ra ushbu ko‘rsatkich YAIMning 20,1 foizini tashkil etdi.
Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning yuqori texnologiyali va inson kapitaliga faol yo‘naltirilmasligi mamlakatda yuqori darajadagi inklyuziv o‘sishga erishish va kambag‘allik darajasini qisqartirish kabi maqsadlarga erishish jarayonini xavf ostiga qo‘ymoqda.
Investitsiya muhitini yaxshilash sohasida asosiy qadam xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlar orqali to‘liq va samarali institutsional asosni shakllantirish bo‘lishi lozim, deya ta’kidladi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi.


Download 24,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish