Birinchi bob yuzasidan xulosalar
Ishimizning birinchi bobini yozishda, o`zbek va jahon tilshunosligida frazeologik birliklarga oid ilmiy-nazariy qarashlar atroflicha o‘rganildi. Frazeologik birliklarning qamrovi ko'lamiga doir yuqoridagi tushuncha va ta'riflardan so'ng uning chegaralarini aniq va lo'nda aniqlab olish, muammodir. Binobarin, frazeologiya tarkibiga biron bir istisnosiz u yoki bu tildagi turg'un so'z birikmalarining hammasini kiritish bu muammoni yanada chigallashtiradi.
Shunday qilib, “Frazeologiya” tushunchasi bo'yicha hanuzgacha aniq ilmiy
to'xtamga kelinmagan, bunga sabab har bir muallif mazkur atamani o'zicha tushunadi, ya'ni tadqiqotning u yoki bu aspektiga ko'proq urg'u beradi. Tilshunoslar ham frazeologik tizimning ko'lami va chegarasi haqida yakdil emaslar. Bundan esa frazeologik birlik haqidagi tushuncha turli tumanligi namoyon bo`ladi. Bir necha mualliflar frazeologiyani kengroq tushunadilar va uning tarkibiga ham erkin ham turg'un so'z birikmalarini kiritadilar. Bir qancha olimlar (S.I. OJegov, V.V.Vinogradov) frazeologik tizimga faqat turg'un iboralar mansub deb biladilar.
Xususan, mavzuga kengroq yondashish maqsadida o`zbek va nemis tilshunos olimlarining frazeologik birliklarga oid fikr-mulohazalari tahlil qilindi. Tilshunos olim Akademik V.V.Vinogradov ham frazeologiya haqida fikr yuritgan olimlarning yutuq va kamchiliklarini hisobga olib, bu sohani o`rganishda yangi bir nazariyani olg`a suradi. U o`z tasnifida ibora tarkibidagi so`zlar ma`nolarining o`zaro munosabatini hamda ibora komponentlarining ma`nolari bilan iboradan kelib chiquvchi ma`no o`rtasidagi munosabatni asos qilib oladi. Akademik V.V.Vinogradov tasnifining umumiy printsiplari boshqa tillarga ham tatbiq etilishi mumkin. A.A.Davidova ham V.V.Vinogradov fikrlariga qo`shiladi. Tilimizda ayrim frazeologizmlar turli rivoyat, aqida, tushunchalar asosida shakllanadi. Shunga ko`ra bunday frazeologizmlarning ma'nosini ularning tarkibidagi so`zlar ma'nolaridan keltirib chiqarish qiyin. Masalan, "ko`zi uchmoq", "dumi xurjunda" kabi frazeologizmlar xalq orasidagi aqida yoki rivoyatlar asosida shakllangan.
Yangi so`zlarning paydo bo`lishining ekstralingvistik omillari sifatida quyidagilarni tilga olish mumkin: 1) yangi fikrlar, g`oyalarning paydo bo`lshi; 2) hayot sur`atining kengayishi; 3) tilga bo`lgan e`tiborni reklamalar, siyosiy arboblar, rasmiy doiralar orqali jalb etishning zaruriyati kabilar.
Nemis va o`zbek tillaridagi frazeologik birliklarni ularning rivojlanish bosqichlarini ishimizning ushbu bobida ko`rib chiqdik. Frazeologik birliklarni struktural turlarini o`quvchilarga o`rgatishda zamonaviy o`qitish texnologiyalaridan foydalanish yaxshi samara berishini va tarjimada ularning muhimligini tushunib oldik. Keyingi bobimizda esa frazeologik birliklarni nemis tilidan o`zbek tiliga tarjima qilishdagi muommolar haqida to`xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |