16-kazus
Maxfiy axborot yo‘qotilishi bilan bog‘liq xodisalar soni yil sayin oshib bormoqda: Rossiya, AQSHdan keying muhim ma’lumotlarning tarqalishi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. 92% hollarda mijozlar, hamkorlar va kompaniyalar xodimlarning maxfiy shaxsiy ma’lumotlari ommaga oshkor etiladi. 55% xollarda, oshkor aybdorlar joriy yoki sobiq xodimlari bo‘lib chiqadi.
Savol: tadbirkorlar qanday qilib o‘zlarini axborotlarini butunligini himoya qilishlari va xodimlar bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishlari mumkin? Qanday usullar mavjud(savdo maxfiy rejimi, ishlab chiqarish siri, oshkor bo‘lmagan bitim va boshqalar.)?
Avvalambor, yuqorida keltirib o‘tilgan kazusimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yechim berishimizdan avval, maxfiy axborot nima? ishlab chiqarish siri nima? degan savollarga atroflicha javob berib o‘tsak. Maxfiylik -bu har qanday ma’lumotning oshkor etilishi hamda tarqalishining oldini olish zarurati hisoblanadi. Maxfiylik asosan, oshkor qilinmaydigan ma’lumotlar sanaladi. Maxfiylik tushunchasini biz deyarli barcha sohalarda keng foydalanamiz. Maxfiylik bilan sir amalda bir xil ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda barcha korxona, tashkilot hamda davlat idoralari o‘zining shaxsiy hamda o‘z xodimlarining shaxsiy ma’lumotlarini sir saqlashga jiddiy e’tibor qaratishmoqda.
Har bir korxonaga tegishli ma’lumotlarni sir saqlash har bir xodimning burchi hisoblanadi. Tijorat siri to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasiga ko‘ra “ tijorat siri quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak: uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli o‘z mulkdori uchun haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega” deb ta’kidlangan.
Endi esa bevosita yuqoridagi vaziyat yuzasidan to‘xtalsak. Tanganing ikki tomoni bo‘lgani kabi texnologiyalarning jadallik bilan rivojlanishining ham yaxshi va yomon tomonlari mavjud. Yaxshi jihatlari shundan iboratki, biz zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlarimizni ancha yengillashtirishimiz mumkin bo‘ladi. Natijada, ishimizning samaradorligi oshadi. Yomon tomoni esa turli xil kiber hujumlarga uchrab turamiz. Stasistikalarga ko‘ra, dunyodagi barcha kiber jinoyatlarning 70%i ma’lumotlar o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq hisoblanadi. Bu parolni yoki kompyuterning o‘zini o‘g‘irlanishi hamda jinoyatchilar korporativ ma’lumotlarni qo‘llariga olishiga olib keladi.
Buni oldini olish uchun esa har bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi tegishli tartibda texnologik bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. Ushbu yuqoridagi rasmda ko‘rsatib o‘tilgan holatda xodimlar kiber hujumni oqibatlari bo‘yicha hisobotlarni yig‘ishmoqda.
Bugungi kunda kompaniyalar o‘z shaxsiy ma’lumotlariga ruxsatsiz kirib bilishning oldini olish uchun bir qator chora-tadbirlar ko‘rmoqda. Xususan, lenova kompaniyasi o‘zining korporativ mijozlari uchun asosiy maxfiylikni, autifentifikatsiyani, ma’lumotlarni himoya qilishni va tarmoqning zaifligini aniqlashni ta’minlaydigan keng qamrovli ThinkShield xavfsizlik platformasini yaratdi. Ushbu platforma orqali turli xil ko‘rinishdagi kiber hujumlarni soni kamaymoqda. Rossiyada texnologiyalar ancha rivojlangan. Shu sababli hozirgi kunda davlat sirlarini, korxona va tashkilotning sirlarini maxfiy tarzda saqlash uchun ko‘plab chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tijorat sirini maxfiylik darajasini yanada oshirmoqda. Tashkilotlarning sirlarini sotilishini oldini olishning bir qator yo‘llari mavjud. Xususan, har bir tashkilot korxona rahbari o‘z xodimlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi zarur. Hamda xodimlar uchun mehnatiga yarasha oylik maosh berishi lozim. Qachonki xodim oylik maoshidan qoniqmasa yoki rahbar bilan tortishib qolsa u holda ishdan bo‘shashi va korxona maxfiy sirlarini sotish ehtimoli ko‘p bo‘ladi. Bundan tashqari, korxonaning sirlarini oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish kerak. Ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida yozilganidek har bir noqonuniy harakat uchun jinoiy javobgarlik mavjud bo‘ladi. Qachonki nazorat kuchli bo‘lsa tartib yaxshi bo‘ladi. “Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashda shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida” gi Konvensiyaga muvofiq, tomonlar shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan maxfiylikni saqlashi shart. Zamonaviy tarzda maxfiyliknin saqlashning bir qancha usullari mavjud. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida axborotning maxfiyligi bir qator shartnomalar va ko‘rsatmalar bilan tartibga solinadi, masalan, Yevropa Ittifoqi direktivasi 95/46/ EI, 2002/58/EI va ETS 108, ETS 181, ETS 185,, ETS 189.
Do'stlaringiz bilan baham: |