Qo‘shma gaplar bo‘yicha savоllar



Download 314 Kb.
bet8/24
Sana13.05.2020
Hajmi314 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
NISBIY SO‘ZLI ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR

Ergash gap tarkibida qo‘llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so‘roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo‘lib keluvchi shu, o‘sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo‘llanganligi, biri ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiyso‘zlar hisoblanadi. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe'llar bilan ifodalanadi.

Masalan: 1. Kim hamkat qilsa, u baraka topadi. (Maqol) 2. Kimning ko‘ngli ochiq bo‘lsa, uning el o‘rtasidagi martabasi ulug` bo‘ladi.

Bosh va ergash gaplardagi o‘zaro nisbat-lanayotgan so‘zlarni toping.

1. Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmog`ingiz darkor. (A. Qayumov) 2. Qalandarov yugurdagini «Eshon hoy!» deb chaqirganda, Saida qanchalik xursand boigan bo‘lsa, hujrani ko‘rib shunchalik ta'bi tirriq bo‘ldi. (Abdulla Qahhor) 3. Kimning ko‘ngli to‘g`ri bo‘lsa, uning o‘zi ham to‘g`ri bo‘ladi. (Maqol) 4. Kimki o‘zining yaxshi ishidan quvonsa, yomon ishidan xafa bo‘lsa, demak, u haqiqiy mo‘mindir. (Hadis) 5. Bu Vatanni jon bilan saqlashga, Cho‘lpon, hozir o‘l, Kimki qasd etsa anga kiysin pushaymondin kafan! (Cho 'lpon)

Bosh va ergash gaplardagi o‘zaro nisbatlanayotgan so‘zlarni toping. Bosh gap tarkibidagi nisbatlanayotgan ko‘rsatish olmoshining qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelayotganini aniqlang.

1. Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo‘ladi. (o‘. Haydarov) 2. Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko‘rsang, Tangri ham seni shunchalik yaxshi ko‘radi. (Hadis) 3. Kim birovga choh qazisa, o‘zi yiqiladi. (Maqol) 4. Qayerda ish to‘g`ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha yerda rivojlanish bo‘ladi. 5. Nima ro‘zg`orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shaiiibozordan keltiraverar edi. (Oybek) 6. Kimkiboshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat qilraaydi. (Hadis)

Nisbiy so‘zlarni aniqlang va ularning gapdagi vazifalarini tushuntiiring.

1. Kimning aqli ko‘p bo‘lsa, ayblari yashirin va do‘stlari ko‘p bo‘ladi. 2. Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, u o‘z maqsadlariga oson erishadi. 3. Nimaiki senga zarar keltirsa, o‘sha narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma. 4. Har kim o‘z og`zining qorovuli bo‘lsa, uning nafasi hech qachon bo‘g`ilmaydi. 5. Kimning ichi nog`ora singari bo‘sh bo‘lsa, uning behuda so‘zlari atrofdagilarning miyasini egovlaydi.

Qanday gaplarga nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar

deyiladi? 2. Qo‘shma gap tarkibidagi qanday so‘zlar nisbiy so‘zlar sanaladi? 3. Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gap qismlari qanday tinish belgisi bilan ajratib yoziladi?

Nisbiy so‘zli qo‘shma gaplarni ko‘chiring. Bosh gap tarkibidagi nisbatlanayotgan olmoshning qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelayotganini va shunga ko‘ra ergash gapning turini ayting.

  1. Kimki samimiy va pokdil bo‘lsa, uning ishlari o‘ngidan kelaveradi. 2. Odamlarga qanchalik yaxshilik qilsang,el seni shuncalik e'zozlaydi. 3. Qaysiki narsaga o‘z mehnating bilan erishsang, o‘sha narsa sen uchun qadrlidir. 4. Kimning yuragida o‘t-olov bo‘lsa, o‘sha odamlarning ishlarida tashabbus bo‘ladi. 5. Qayerda ahillik bo‘lsa, o‘sha yerda yutuq bor.

Bosh gapni qanday izohlashiga ko‘ra ergash gaplarning turlari


Download 314 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati